Ayman Musaxo‘jayeva

Ayman Kojabekovna Musaxadjayeva (qozoqcha: Айман Қожабекқызы Мұсақожаева; 1958-yil 15-martda Qozogʻistonning Olmaota shahrida tugʻilgan) — sovet va qozogʻistonda skipka yo'nalishi rivojida ulkan hissa qoʻshgan musiqachi, musiqashunos pedagog, professor. Musiqa yoʻnalishi yoʻlida amalga oshirgan xizmatlari e'toborga olinib, 1998-yilda Qozogʻiston Milliy sanʼat universitetiga rektor etib tayinlangan. Faoliyati davomida koʻplab unvon va e'tirofga sazovor boʻlib, munosib taqdirlangan.

Ayman Musaxoʻjayeva
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 15-mart 1958-yil (1958-03-15) (65 yosh)
Fuqaroligi SSSR va Qozogʻiston
Janr classical music

1986-yilda Qozogʻiston Xalq artisti unvoniga, 1994-yilda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist, 2000-yili adabiyot va sanʼat sohasiga qoʻshgan hissasi uchun Qozogʻiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati sovrindori, 2007-yili Ayman Musaxoʻjayeva Qozogʻiston Respublikasi Birinchi Prezidenti — millat yetakchisining tinchlik va taraqqiyot Davlat mukofoti laureati hamda 2014-yili Qozogʻiston Mehnat Qahramoni boʻlgan.

Tarjimai holiTahrirlash

Yosh musiqashunosning ota-onasi farzandlarining musiqaga boʻlgan qiziqishlarini inobatga olib, ularni musiqa maktabiga berdi: Raisa Musaxoʻjayevani (skripkaga), Raushan Musaxoʻjayevni (qobizga), Ayman Musaxoʻjayevani (skripkaga) va Baxitjon Musaxoʻjayevni (violonchelga). Oilaning kelib chiqishi xoʻjalarga borib taqaladi.[1]

Yosh Ayman 7 yoshidan boshlab konsertlarda chiqa boshladi. 13 yoshida esa ilk marta orkestr ijrosida Sen-Sansaning «Introduksiya va Rondo kaprichchiozo»sini ijro etdi. Uning noyob isteʼdodini atoqli musiqa maktabi oʻqituvchisi N.M.Patrusheva his qilib, ochib berdi.

U 1975-yil Olmaotadagi Kulyash Bayseitova nomidagi maxsus musiqa maktabini tamomlaydi, 1983-yili P.I.Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriyasini bitiradi, Rossiya xalq artisti, professor Valeriy Klimov qo'lostida tahsil oladi.

Mehnat faoliyatiTahrirlash

1983-1990-yillarda Jambul nomidagi Qozogʻiston Davlat filarmoniyasida yakkaxon-instrumentchi bo'lib faoliyat yuritadi. Uning repertuarida — Bax, Gaydn, Motsart, Betxoven, Paganini, Brams, Chaykovskiy, Sibelius asarlari musiqalari, shuningdek, Qozogʻiston bastakorlarining kuylari oʻrin olgan.

1990-yilda Kurmangaz nomidagi Olmaota Davlat konservatoriyasida skripka kafedrasi dotsenti lavozimida, keyinchalik 1993-yili shu kafedraning mudiri, 1997-1998-yillarda torli asboblar kafedrasi mudiri boʻlib ishladi.

Ayman Musaxoʻjayeva 1993-yili «Yakkaxonlar akademiyasi»ga asos soldi va uning badiiy rahbariga aylandi.

Ayni shu yildan yana Chaykovskiy, Mikelanjelo Abbado, A.Yampolskiy nomidagi skripkachilarning Xalqaro tanlovlari hayʼati aʼzosi boʻldi.

1998-yilda Ostonadagi Qozogʻiston milliy musiqa akademiyasini tashkil etdi va rektor boʻlib saylandi (2009-yil 12-oktabrda esa Qozogʻiston milliy sanʼat universitetiga aylandi).

Mukofot va unvonlariTahrirlash

Qator tanlovlar diplomati va laureati:

  • 1976 — Belgrad (Yugoslaviya)dagi Xalqaro tanlovda;
  • 1981 — Genuye (Italiya)dagi Paganini nomidagi Xalqaro tanlovda;
  • 1983 — Tokio (Yaponiya)dagi Xalqaro tanlovda;
  • 1988 — Qozogʻiston Lenin komsomoli mukofoti — yuqori ijro mahorati uchun;
  • 1985 — Xelsinki (Finlyandiya)dagi Sibelius nomli Xalqaro tanlovda;
  • 1986 — Moskvadagi Chaykovskiy nomli VIII Xalqaro tanlovda;
  • 1986 — Qozogʻiston xalq artisti;
  • 1988 — Lenin komsomoli mukofoti — yuqori ijro mahorati uchun;
  • 1994 — Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist (1994-yil 26-may) — Qozogʻiston Respublikasi Oʻzbekistondagi kunlariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishda koʻrsatgan fidokorona mehnati hamda yuksak darajadagi mahorati uchun.[2]
  • 1998-yil — «Ostona» medali;
  • 1998-yil — YUNESKOning «Tinchlik artisti» faxriy unvoni bilan taqdirlangan;
  • 2000-yil — Adabiyot, sanʼat, meʼmorchilik sohasida koʻrsatgan ishi uchun Qozogʻiston Respublikasi davlat mukofoti;
  • 2002-yil — Qozog'iston homiylari klubi uni «Musiqa» nominatsiyasida «Platinum Tarlan» mustaqil mukofoti bilan taqdirladi;
  • 2002-yil — Ayman Musaxoʻjayeva nomi «20-asrning eng yaxshi musiqachilari» IVS Butunjahon faxriy roʻyxatiga kiritilgan;
  • 2003-yil — «Qozog'iston Respublikasining faxriy ta'lim xodimi» ko'krak nishoni bilan taqdirlangan;
  • 2007-yil — Ostona shahar faxriy fuqarosi;
  • 2008-yil — Jahon musiqa sanʼati rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi, maʼnaviyat, tinchlik va totuvlik, umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan faol badiiy ijodi uchun Birinchi Prezidentning Tinchlik va taraqqiyot Davlat mukofoti;[3]
  • 2010-yil — «Do'stlik» ordeni (2010 yil 4-noyabr, Rossiya) — Rossiya Federatsiyasi bilan madaniy aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, chet davlatlarda rus tili va madaniyatini saqlash, targʻib qilishdagi ulkan hissasi uchun;[4]
  • 2011-yil — «Gloria Artis» madaniyat sohasidagi xizmatlari uchun medal;[5]
  • 2014-yil — Qozogʻiston Mehnat Qahramoni Otan ordeni bilan (2014-yil 5-dekabrda) — Qozogʻiston Respublikasi ijtimoiy-gumanitar rivojlanishdagi ulkan yutuqlari, faol ijtimoiy faoliyati, madaniyat rivojiga qoʻshgan alohida hissasi uchun.
  • 2018-yil — «Italiya Respublikasi oldidan xizmatlari uchun» orden;[6]
  • 2018-yil — «Ostonaning 20 yilligi» medali[7].

EslatmalarTahrirlash

  1. Бердалы Оспан. Руға бөліну керек пе?
  2. УКАЗ ПРЕЗИДЕНТА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН О НАГРАЖДЕНИИ ГРУППЫ УЧАСТНИКОВ ДНЕЙ РЕСПУБЛИКИ КАЗАХСТАН В УЗБЕКИСТАНЕ
  3. Глава государства Нурсултан Назарбаев вручил Государственную премию мира и прогресса Первого Президента Республики Казахстан ректору Казахской национальной академии музыки Айман Мусаходжаевой., 2019-09-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-05-07
  4. Народная артистка Казахстана А. Мусаходжаева Указом Дмитрия Медведева награждена Орденом Дружбы, 2017-05-19da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-05-07
  5. Великому Шопену посвящается…, 2019-09-11da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-05-07
  6. Президент Италии удостоил почетным орденом Айман Мусаходжаеву
  7. Юбилейной медалью «Астана 20 лет» наградили работников культуры и спорта

HavolalarTahrirlash

  • Айман Мусаходжаева // Казахстан. Национальная энциклопедия (рус.). — Алматы: Қазақ энциклопедиясы, 2006. — Т. IV. — ISBN 9965-9908-6-7. (CC BY-SA 3.0)