Nura, (qozoqcha: Нұра [Nura]) Keregetas, Qarashoʻqi, Baygʻoʻja — Qozogʻiston Respublikasining Qaragʻanda va Okmoʻla viloyatlaridagi dare. Qarqarali togʻlari etagidan boshlanadi va shim., shimoli-gʻarbga oqib borib Tengiz koʻliga quyiladi. Uz. 978 km, havzasining maydoni 60,8 ming km². Toʻlib oqqan davrlarda N.ning anchagina suvi Muxor tarmogʻi orqali Ishim daryosiga quyiladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi quyilish joyidan 369 km da 19,5 m’/sek. Asosan, qor suvlaridan toʻyinadi. Bir oycha (asosan, aprel oyida) toʻlibtoshib, qolgan vaqtlarda esa jildirab oqadi. Noyab. da muzlab aprelda muzdan boʻshaydi. N. Qaragʻanda va Temirtovni suv bilan taʼminlashda muhim ahamiyatga ega. N.da suv omborlari qurilgan.[1]

Nura
qozoqcha: Нұра [Nura]
Tavsif
Uzunligi 978
Joylashuvi
Davlat Qozogʻiston
Nura

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil