Bodomoy
ziynat buyumi; Xorazmda keng tarqalgan
Bodomoy — ziynat buyumi; Xorazmda keng tarqalgan. Uchta bodom shakli asosida yotgan yangi oy tasviri boʻlgan murakkab shaklli yaxlit taqinchoq. Bodomoy tagi zanjir, marjon, bargak yoki zigʻiraklardan tuzilgan shokilalar qatori bilan yakunlanadi. Shakllar va ularning aniq chizigʻi egiluvchan doira hosil qiladi. Xorazm zargarlari uchun anʼanaviy bulgan feruza koʻzlar halqasi bilan oʻralgan yirik koʻz (qubba)lar mujassamoti har bir shakl boʻlaklarida takrorlanadi. Bodomoy 19-asrda urf boʻlgan, yakka holda peshonaga, juft holda ikki chakkaga, majmua (4 ta) holida gardonga ham taqilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |