Chaatas
Chaatas (xakascha — urush toshi) — Minusinsk soyligidagi (Xakasiyadagi Abakan va Yenisey daryolari havzasi) mozorqoʻrgʻonlar va arxeologik madaniyat (6—9-asrlar)ning nomi. Toshdan bunyod etilgan qoʻrgʻonlar vertikal tosh plitalar va stela (ustunlar) bilan qoplangan. Bu stelalarning baʼzilarida Urxun-Yenisey bitiklari uchraydi. Qoʻrgʻonlarning tosh lahadlarida marhumlar kuydirib dafn etilgan, mayyit atrofiga ovqat va ichimlik qoldiklari boʻlgan idishlar qoʻyilgan. Zodagonlarga tegishli katta qoʻrgʻonlar (diametri 30 m gacha) dan oltin va kumushdan yasalgan idishlar, qurol-aslaha, egar-jabduq va boshqa topilgan (qarang Uybat Chaatasi), bu qoʻrgʻonlarning atrofi oddiy jamoa aʼzolariga tegishli kichik mozorqoʻrgʻonlar bilan oʻralgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |