Corrientes (ispancha: koˈrjentes, tar. „oqimlar“; guarancha: Taragui), rasmiy nomi Province of Corrientes (ispancha: Provincia de Corrientes; guarancha: Taragui Tetãmini) ― Argentina shimoli-sharqida joylashgan provinsiya. Mesopotamiya regionida joylashgan. U (shimoldan boshlab soat mili boʻyicha): Paragvay, Misiones provinsiyasi, Braziliya, Urugvay, va Entre Ríos, Santa Fe, Chaco provinsiyalari bilan oʻralgan.

Corrientes provinsiyasi
Provincia de Corrientes (Ispancha)
Taragui Tetãmini (Guarancha)
Provinsiya
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
28°39′36″S 57°37′48″W / 28.66000°S 57.63000°W / -28.66000; -57.63000
Mamlakat Argentina
Region Mesopotamiya
Hukumat
 • Gubernator Gustavo Valdés
Maydon 88,199 km2 (34,054 kv mi)
Rasmiy til(lar)i Ispancha, Guarani[1]
Aholisi
 (2022)
1,197,553[2]
Zichligi 14 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTCART
Corrientes provinsiyasi Provincia de Corrientes (Ispancha) Taragui Tetãmini (Guarancha) xaritada
Corrientes provinsiyasi Provincia de Corrientes (Ispancha) Taragui Tetãmini (Guarancha)
Corrientes provinsiyasi
Provincia de Corrientes (Ispancha)
Taragui Tetãmini (Guarancha)

Tarixi

tahrir
 
José de San Martín, Argentina otasi.

Ispan bosqini yetib kelishidan oldin, Kaingang, Charrua va Guarani xalqlari Corrientesning katta qismida istiqomat qilishgan. Corrientes shahri 1588-yili 3-aprel Juan Torres de Vera y Aragón tomonidan Asunción va Buenos Airesni bogʻlab turuvchi yoʻl oʻrtasida toʻxtash joyi sifatida tashkil qilingan; shahar shu yoʻl harakati oqimi tufayli gullab-yashnagan. Iso Masih jamiyati tomonidan missionerlik harakatlari provinsiyaning shimolida olib borilgan. Ispaniyadagi mustaqillik uchun boʻlgan janglarda, Corrientes Artigasning Liga de los Pueblos Libres (1814–1820) harakatiga qoʻshilgan. 1865-yili Paragvay kuchlarining provinsiyaga hujumi natijasida Uch ittifoq urushi boshlangan.

1919-yili National University of the Littoral tashkil qilingan va 1956-yili National University of the Northeast nomiga oʻzgartirilgan.

 
Corrientesning 1 real markasi (1856).

Corrientes oʻzining 1856-yildan 1880-yilgacha chiqargan pochta markalari bilan filateliya dunyosida afsonaviy oʻringa ega. Bu pochta markalari dunyoning eski yoki „klassik“ markalar qatoriga kiradi (Buyuk Britaniyada eng birinchi 1840-yili, Qoʻshma Shtatlarida esa 1847-yili chop etilgan). Corrientes markalari Fransiyaning birinchi marka nashrining oʻxshash nusxalari boʻlgan, va ular Ceres maʼbudasining (Rim qishloq xoʻjaligi maʼbudasi) yon tomon yuzini tasfirlagan, va individual tarzda qoʻlda oʻyilgan, keyin kichkina qogʻoz parchalarida bosib chiqarilgan. Birinchi nashr 1856-yildan 1860-yilgacha davom etib, qiymati pastki qismda joy olgan; 1860-yili qiymat paneli olib tashlangan; qiymati keyinchalik qogʻozning rangi bilan belgilangan. Mahalliy ishlab chiqarilgan „primitivlar“ singari Corrientesning eski markalari filatelistlar tomonidan qadirlangan. 1880-yildan keyin Argentina markalari ishlatilgan[3].

XIX va XX asrning katta qismida Corrientes provinsiyasi hayotida Romero Feris oilasi katta siyosiy kuchga ega boʻlgan. Hukumat tamaki ishlab chiqarishning katta qismini nazorat qiladigan mahalliy yer egalari tomonidan boshqarilgan. Bu davrga kelib Romero Ferises maosh toʻlaydiga hukumat toʻlovlarini yaratgan va yer islohotiga qaratilgan qoʻzgʻalonlarni bostirgan. 1991-yilgi bahsli saylov natijalaridan soʻng jamoatchilik noroziligi prezident Carlos Menemni gubernator Raúl „Tato“ Romero Ferisni lavozimidan chetlatishga majbur qilgan va garchi u 1997-yilda poytaxt meri etib saylangan boʻlsa-da. Romero Feris oxir-oqibat 1999-yilda davlat mablagʻlarini oʻzlashtirishda ayblangan. U 2002-yil may oyida 7 yil qamoq jazosiga hukm qilingan[4].

 
Yacyretá Dam

Corrientes provinsiyasi keyingi yillarda milliy siyosatga sezilarli darajada taʼsir oʻtkaza olgan. 2001-yilda UCR boshchiligidagi siyosiy ittifoq gubernatorlik poygasida Romero Feris mashinasini magʻlub etgan, ammo Corrientes prezident Néstor Kirchnerning doimiy qoʻllab-quvvatlashi natijasida partiyani Corrientes boʻlimida, shuningdek, bir qator boshqa (ayniqsa Mendoza provinsiyasida) qoʻzgʻolonni keltirib chiqargan. Ushbu holat UCR gubernatorlari va prezident Krichnerga ittifoqdosh boshqa siyosatchilar paydo boʻlishiga olib kelgan[5].

Corrientes provinsiyasining shimoli-sharqiy qismidagi hudud 1974-yilda prezident Juan Perón va Paragvay prezidenti Alfredo Stroessner oʻrtasidagi kellishuvdan soʻng Yacyretá toʻgʻoni uchun joy sifatida tanlangan. Yil davomida qurilgan va 11 milliard dollar mablagʻ sarflangan Yacyretá dunyodagi eng yirik toʻgʻonlardan biridir. Hozirda Paragvay bilan birgalikda toʻgʻonni kengaytirish ishlari amalga oshhirilmoqda, bu esa elektr quvvatini 2 barobar koʻpaytirish imkonini beradi[6].

Madaniyati

tahrir
 
Corrientes tarixiy muzeyi

Corrientesdagi madaniyat birinchi navbatda Yevropa va Guarani urf-odatlaridan ilhomlangan; bunga misol musiqaning chamame janridir.

Mashhur correntinolar mustaqillik qahramoni general Don Xose de San Martin (1778-yilda Yapeyyuda tugʻilgan) va San-Lorenso jangida general uchun halok boʻlgan Xuan Bautista Kabral (Saladasda tugʻilgan) edi (mashhur afsonaga koʻra).

Corrientes provinsiyasidagi sayyohlik yoʻnalishlari qatoriga Ibera suv-botqoqlari va Mburucuya milliy bogʻi kiradi.

Rasmiy tillari

tahrir

2004-yil 22-oktyabrdagi 5598-sonli provinsiya qonuni (2326/2004-sonli qaror) Guarani ispan tili bilan bir qatorda Corrientesning rasmiy tili deb eʼlon qildi. Bu ispan tilidan boshqa tilni rasmiylashtirgan Argentinaning birinchi provinsiyasi edi, undan keyin 2010-yilda Chaco.

Geografiyasi

tahrir
 
Corrientes provinsiyasining Köppen iqlim xaritasi

Corrientes ikki daryo bilan oʻralgan – sharqdan Urugvay daryosi va shimoli-gʻarbda Parana daryosi provinsiya hududini oʻrab turadi. Parananing past qirgʻogʻi tez-tez suv toshqinlarini keltirib chiqaradi. 1982-yildagi kuchli halokatdan soʻng, toʻsiqlar qurish bilan himoya tizimini yarata boshlandi.

Provinsiya asosan tekislikdan iborat boʻlib, eng baland nuqtalari sharqda joylashgan. Gʻarbda Paraná daryosiga bir qator irmoqlar kelib quyiladi. Ibera botqoqliklari, lagunlar va botqoqlar hududi, vulqon oqimidan kelib chiqqan keng depressiya boʻlib, keyinchalik bilan qoplangan. Flyuvial va eol choʻkmalari.

Iqlimi

tahrir

Iqlimi asosan subtropik, quruq fasl kuzatilmaydi[7]. Oʻrtacha yillik harorat 20 °C (68 °F), oylik oʻrtacha harorat iyulda 14 °C (57 °F) dan yanvarda 26 °C (79 °F) gacha[8]. Yilning koʻp qismida harorat issiq boʻladi, yogʻingarchilik esa yil davomida koʻp va bir tekis taqsimlanadi[7]. Toʻrt fasl bor: qish, bahor, yoz va kuz[7]. Qishlari qisqa, ammo janubdan sovuq, qutb havosining vaqti-vaqti bilan kirib kelishi sovuqni keltirib chiqarishi mumkin[7]. Aksincha, yozda harorat 35–40 °C (95104 °F) gacha yetishi mumkin[7]. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 1100 dan 1900 millimetrgacha (43 dan 75 dyuymgacha) boʻlib, shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga qarab kamayadi[7]. Kuz eng yomgʻirli fasl, qish esa eng qurgʻoqchil fasldir[8].

Demografiyasi

tahrir

2022-yilgi Argentina milliy aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Corrientes provinsiyasida 1,197,553 nafar aholi istiqomat qiladi.

Corrientes provinsiyasini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra irqiy tarkibi (1814-yildan 1833-yilgacha[9])
Yillar Oq tanli odamlar
(Criollo aholisi va Castizo aholisi)
Boshqalar Umumiy
# % # %
1814 21,370 70.80% 8,814 29.20% 30,184
1820   28,110   76.60%   8,587   23.40%   36,697
1833   48,693   87.11%   7,204   12.89%   55,897

Iqtisodiyoti

tahrir

Corrientes Argentina shimolida joylashgan koʻplab boshqa aholi punktlari kabi uzoq vaqtdan beri nisbatan kam rivojlangan iqtisodiyotga ega. Provinsiyaning 2006-yilgi ishlab chiqarish hajmi 4,2 milliard AQSh dollariga baholangan (Argentinaning iqtisodiy oʻsish koʻrsatkichiga koʻra, 2011-yilda bu taxminan 6,7 milliard AQSh dollarini tashkil etgan) yoki aholi jon boshiga 4,540 AQSh dollarni (2011-yilda taxminan 6,600 AQSh dollari) tashkil etgan. Bu milliy oʻrtacha koʻrsatkichdan deyarli 40 foizga past[10].

Qishloq xoʻjaligi hamon provinsiyadagi asosiy faoliyat turlaridan biri boʻlib, mahsulot ishlab chiqarishining 15 foizini tashkil etadi. Provinsiya asosan sitrus, tamaki, guruch, choy, paxta va yerba mate mevasi eksportiga asoslangan. Yogʻochsozlik sanoati uchun daraxt yetishtirishda 1400 km2 qaragʻay va evkalipt oʻrmonlaridan foydalaniladi.

 
Paraná daryosidagi Corrientes porti

Provinsiya shimolida qoramollar issiqdan, ayniqsa, xashak sifati pastligi sababli muammolarga duch kelgan. Shu sababli, Brangus zoti mintaqada eng keng tarqalgan qoramol turi hisoblanadi. Janubda esa turli zotlarni uchratish mumkin. Provinisya hududining 70 ming km2 ida 4 million boshdan ortiq qoramol boqiladi.

Corrientesning ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish sohasidan tashqari) faoliyati tarkibida tamaki va uni qayta ishlash provinsiya yalpi daromadining 45%, oziq-ovqat va undan olinadigan mahsulotlar 30% va toʻqimachilik 16% qismni tashkil etadi.

Ituzaingó shahri yaqinidagi Paraná daryosidagi Yaciretá toʻgʻoni nafaqat provinsiyani, balki Argentina va Paragvayni ham energiya bilan taʼminlaydi.

Esteros del Ibera tabiiy landshaftining ekoturizmi va qushlarni kuzatishni sevadigan sayohatchilari sababli Corrientes provinsiyasida turizmning ahamiyati oʻsib bormoqda. Ibera milliy bogʻi 2018-yilda yaratilgan. Golden dorado baligʻini ovlash istagi ham uzoq vaqtdan beri Corrientesga mahalliy aholi va turistlarni jalb qilib keladi.

Siyosiy boʻlinishi

tahrir

Viloyat hukumati odatda uchga boʻlingan: Vazirlar Mahkamasini xalq tomonidan saylangan gubernator boshchiligidagi ijro etuvchi hokimiyat; qonun chiqaruvchi; va oliy sud boshchiligidagi sud tizimi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat deputatlar palatasi va Senatdan iborat ikki palatali organdir. Qonun chiqaruvchi organ mahalliy qonunlarni kiritish va qabul qilish bilan shugʻullanadi. Corrientes Konstitutsiyasi provinsiyaning rasmiy qonunini tashkil qiladi. Argentinada eng muhim huquqni muhofaza qiluvchi tashkilot Argentina federal politsiyasi hisoblanadi, biroq qoʻshimcha ishlarni Corrientes provintsiyasi politsiyasi amalga oshiradi.

 
Gubernatorlik idoralari

Viloyat 25 departamentga (departamentlarga) boʻlingan:

Departmentlari (poytaxt):

  1. Bella Vista departmenti (Bella Vista)
  2. Berón de Astrada departmenti (Berón de Astrada)
  3. Capital Department (Corrientes)
  4. Concepción departmenti (Concepción)
  5. Curuzú Cuatía departmenti (Curuzú Cuatiá)
  6. Empedrado departmenti (Empedrado)
  7. Esquina departmenti (Esquina)
  8. General Alvear departmenti (Alvear)
  9. General Paz departmenti (Nuestra Señora del Rosario de Caá Catí)
  10. Goya departmenti (Goya)
  11. Itatí departmenti (Itatí)
  12. Ituzaingó departmenti (Ituzaingó)
  13. Lavalle departmenti (Lavalle)
  14. Mburucuyá departmenti (Mburucuyá)
  15. Mercedes departmenti (Mercedes)
  16. Monte Caseros departmenti (Monte Caseros)
  17. Paso de los Libres departmenti (Paso de los Libres)
  18. Saladas departmenti (Saladas)
  19. San Cosme departmenti (San Cosme)
  20. San Luis del Palmar departmenti (San Luis del Palmar)
  21. San Martín departmenti (La Cruz)
  22. San Miguel departmenti (San Miguel)
  23. San Roque departmenti (San Roque)
  24. Santo Tomé departmenti (Santo Tomé)
  25. Sauce departmenti (Sauce)

Manbalar

tahrir
  1. „Ley No. 5598 de la Provincia de Corrientes, 22 October 2004“.
  2. „"Nuevos datos provisorios del Censo 2022: Argentina tiene 46.044.703 habitantes"“. Infobae.
  3. Louis, Stich. Corrientes: the Issues from 1856–80. New York: The Collectors Club, 1957-yil. 
  4. El Diario Digital (es). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 18-mart.
  5. 4 Semanas (ispancha)
  6. RiverNet: the Yacyretá Dam
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 7,5 „Clima“ (es). Dirección de Estadística y Censos de la Provincia de Corrientes. 2016-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-mart.
  8. 8,0 8,1 Rubio 2018, s. 175.
  9. „La Población de Corrientes según el Censo Provincial de 1833“. Academia Nacional de la Historia. Qaraldi: 27 aprel 2024-yil.
  10. I. A. D. E.R

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir