Dima Qayum
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (May 2024) |
Dima Qayum (asl ismi Dilshod Boltaboyev; 3-avgust 1983-yil, Rishton, Fargʻona viloyati) — bloger, tadbirkor, hunarmand, “Menkim, Dima Qayum” nomli kitob muallifi[1].
Dima Qayum | |
---|---|
Tavalludi |
Dilshod Abdullayevich Boltaboyev 3-avgust 1983-yil |
Fuqaroligi | SSSR→ Oʻzbekiston |
Taʼlimi | 1990–2000-yillar Rishton 2-maktab |
Kasbi | Bloger, tadbirkor, hunarmand |
Veb-sayti |
Hayoti
tahrirDilshod Abdullayevich Boltaboyev 1983-yil 3-avgustda Fargʻona viloyati Rishton tumanida tugʻilgan. 1990–2000-yillar davomida Rishton tumani 2-sonli umumy oʻrta taʼlim maktabida tahsil olgan.
Otasi maktabda rus tili fani oʻqituvchisi va onasi bolalar bogʻchasida tarbiyachi boʻlib faoliyat yuritgan[2]. 2 nafar farzandi bor.
Uning taxallusi abbreviatura shaklida yaʼni “DIMA — Dilimga Iymon Marhamatingni Ayamagin”; Abduqayum oʻrniga esa qisqa qilib “Qayum” soʻzi olingan[3]. 2017-yilda uning Facebookdagi shaxsiy sahifasida eʼlon qilingan hazil-hangomalaridan tarkib topgan “Menkim, Dima Qayum” nomli kitobi nashrdan chiqqan[1]. 2019-yilda Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasiga aʼzo bo‘lib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatligiga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi boʻlgan[4], lekin niyati amalga oshmagan[5]. 2020-yilda Xalqaro Islomiy xayriya tashkiloti bilan hamkorlikda xayriya tadbirini uyushtirgan[6].
Kutubxona buzilishi mojarosi
tahrirDima Qayum oʻz tashabbusi bilan 2017-yilda Rishton markazidagi dehqon bozorida xalqdan tushgan xayriya hisobiga “Roshidoniy” nomli xalq kutubxonasi ochgan[7][8][9][10]. 2018-yilda yangi binoda ochilish marosimi boʻlgan[11]. Ushbu kutubxonaga sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov tibbiyotga oid kitoblar sovg‘a qilgan[12].
2018-yilda Rishton tuman hokimiligi tarafidan kutubxonani buzish kerakligi aytilgan[13][14]. Shu yili Rishton tumani markazida olib borilayotgan buzilish va qurilish ishlari oqibatida[15] ushbu kutubxonani buzib tashlash uchun “Dehqon bozori” MCHJ boshqaruvi raisi I.Oripjonovdan ogohlantirish xati olgan[16]. Dima Qayum oʻzi ochgan kutubxonani saqlab qolish uchun prezident Shavkat Mirziyoyevdan[16] va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi Komil Allamjonovdan yordam soʻragan[17][18][19]. Bundan tashqari ziyoli odamlar bu voqeani Farg‘ona viloyati hokimiga yetkazishgan va hokim esa kutubxona buzilmasligini hamda zarur hujjatlar taxlab berilishini aytgan[20].
2019-yilda unga xalq kutubxonasi bunyod etilishi uchun yangi qurilayotgan bozor hududidan joy berilgan[21]. Bundan soʻng esa Dima Qayum 5 nafar bozorchi ayollar hujimiga uchragan va ularni sudga bergan[22][23][24]. Bu hujum emas, tadbirkorlarning tushunmovchili boʻlgan degan manbalar ham bor[25][26]. Sud bu ayollarga nisbatan eng kam ish haqining 22 barobarida jarima to‘lashga qaror qilgan[27]. Boʻlib oʻtgan voqealardan so‘ng Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev Rishtonga borib Dima Qayum bilan uchrashgan va kutubxona qurilishiga o‘zi kafil bo‘lishini aytgan. Komil Allamjonov esa kutubxona qurilishi uchun mablag‘ ajratilishini ma’lum qilgan[28].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Dilshod Boltaboyev. Menkim, Dima Qayum, Tuzuvchi: Muhammad Temur A’zam, Toshkent: ʻʻQaqnus Mediaʻʻ nashriyoti, 2017-yil — 88-bet. ISBN 978-9943-4932-2-3.
- ↑ Botir Madiyorov. „Dima Qayumning jaydari falsafasi“. Xalq soʻzi (25-iyul 2022-yil). Qaraldi: 5-may 2024-yil.
- ↑ Navbahor Imamova. „Rishtondan mobil-salom: Dima Qayum bilan yuzma-yuz“. Amerika ovozi (2-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 4-may 2024-yil.
- ↑ Xabar.uz. „Dima Qayum deputatlikka o‘z nomzodini qo‘ymoqchi“ (25-aprel 2019-yil). Qaraldi: 5-may 2024-yil.
- ↑ BBC. „Ўзбекистон: Депутат бўлолмаган Дима: "Балки ҳазиллашди, деб ўйлашди"“ (21-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 5-may 2024-yil.
- ↑ BBC. „Қувайт ва Дима Қаюм Риштондаги камбағалларга қандай ёрдам беришмоқда? Ўзбекистон O'zbekiston“ (10-fevral 2020-yil). Qaraldi: 4-may 2024-yil.
- ↑ Ziyouz.uz. „Rishton bozorida “Roshidoniy” xalq kutubxonasi ochildi“ (21-oktyabr 2017-yil). Qaraldi: 5-may 2024-yil.
- ↑ Daryo.uz. „“Dima Qayum” taxallusi bilan tanilgan tadbirkor Rishtonda xalq kutubxonasi ochdi“ (21-oktyabr 2017-yil). Qaraldi: 5-may 2024-yil.
- ↑ Kun.uz. „O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoq «yulduzi» xalq kutubxonasiga asos soldi“ (21-oktyabr 2017-yil). Qaraldi: 5-may 2024-yil.
- ↑ Sarvar Usmon. „Dima Qayum: Ozodlikda qo‘shiq zakaz qilsa bo‘ladimi?“. Ozodlik radiosi (25-oktyabr 2017-yil). Qaraldi: 5-may 2024-yil.
- ↑ Sarvar Usmon. „Dima Qayum o‘zi asos solgan Xalq kutubxonasi uchun qurilgan binoni ochdi“. Ozodlik radiosi (3-fevral 2018-yil). Qaraldi: 5-may 2024-yil.
- ↑ Xabar.uz. „Vazirning shaxsan o‘zi Dima Qayumga kitoblar sovg‘a qildi“ (14-iyun 2018-yil). Qaraldi: 5-may 2024-yil.
- ↑ Daryo.uz. „Rishton tuman hokimi hunarmandning o‘z hisobidan bozorda qurgan kutubxonasini buzdirmoqchi“ (8-fevral 2018-yil). Qaraldi: 5-may 2024-yil.
- ↑ Kun.uz. „https://kun.uz/news/2018/02/08/fargonaning-ristonida-okimlik-bozorda-tiklangan-halk-kutubhonasini-buzmokda“ (8-fevral 2018-yil). Qaraldi: 5-may 2024-yil.
- ↑ Elmurod Ermatov. „«Rishtonda nima gaplar?» Tuman markazidagi buzilish ishlari haqida“. Kun.uz (26-may 2019-yil). Qaraldi: 5-may 2024-yil.
- ↑ 16,0 16,1 Kun.uz. „Rishtonda xalq kutubxonasi buzilmoqda: Dima Qayum Prezidentdan yordam so‘radi“ (4-aprel 2018-yil). Qaraldi: 5-may 2024-yil.
- ↑ Qalampir.uz. „Rishtonlik Dima Qayumning kutubxonasi buzilyapti. Pechkachi Allamjonovga maktub yo‘lladi“ (25-may 2019-yil). Qaraldi: 5-may 2024-yil.
- ↑ Barno Anvar. „Rishtonda xalq kutubxonasi buziladigan bo‘ldi. K.Allamjonov Dima Qayumga yordam va’da qildi“. Ozodlik radiosi (26-may 2019-yil). Qaraldi: 5-may 2024-yil.
- ↑ Shuhrat Shokijonov. „Munozara uchun mavzu: Bozorlarda kitob do‘konlari bo‘lishi majburiy qilinishi kerakmi?“. Kun.uz (27-may 2019-yil). Qaraldi: 5-may 2024-yil.
- ↑ Sadriddin Ashur. „Ijtimoiy tarmoqdagi norozilik Dima Qayumning “xalq kutubxonasi”ni asrab qoldi (VIDEO)“. Ozodlik radiosi (9-fevral 2018-yil). Qaraldi: 5-may 2024-yil.
- ↑ Kun.uz. „Rishtonda bloger Dima Qayumning snosga tushgan «Xalq kutubxonasi»ga yangi joy berilib, binoga ramziy g‘isht qo‘yildi“ (13-oktyabr 2019-yil). Qaraldi: 5-may 2024-yil.
- ↑ Daryo.uz. „Video: Rishtonda bloger Dima Qayum bozorchi ayollar hujumiga uchradi“ (16-oktyabr 2019-yil). Qaraldi: 5-may 2024-yil.
- ↑ Xabar.uz. „Dima Qayum va ayollar mojarosi haqida. Tergovoldi surishtiruv ishlari boshlandi“ (17-oktyabr 2019-yil). Qaraldi: 5-may 2024-yil.
- ↑ Aniq.uz. „Farg‘onalik bloger Dima Qayum «samosud» qilindi. O‘zi tahqirlandi, telefoni sindirildi (Video)“ (16-oktyabr 2019-yil). Qaraldi: 5-may 2024-yil.
- ↑ Daryo.uz. „Bloger Dima Qayum o‘ziga nisbatan uyushtirilgan “samosud” sabablariga izoh berdi“ (16-okyabr 2019-yil). Qaraldi: 5-may 2024-yil.
- ↑ Bahodirxon Eliboyev. „Айрим расмийлар Дима Қаюм орқали «очко» ишлаб олишмоқда“. Xabar.uz (16-oktyabr 2019-yil). Qaraldi: 5-may 2024-yil.
- ↑ Bahodirhon Eliboyev. „Bloger Dima Qayum va rishtonlik ayollar sudi: Dima Qayumning qo‘pol javobi, ayollarning hayrati va yakuniy hukm“. Aniq.uz (18-oktyabr 2019-yil). Qaraldi: 5-may 2024-yil.
- ↑ Daryo.uz. „Bloger Dima Qayumga kuch ishlatgan ayollar javobgarlikka tortildi. Ko‘ngilsiz voqeadan so‘ng Farg‘ona hokimi Shuhrat G‘aniyev bloger bilan uchrashgan“ (25-oktyabr 2019-yil). Qaraldi: 5-may 2024-yil.
Havolalar
tahrirVikiiqtibosda Dima Qayumga tegishli iqtiboslar mavjud. |