Faxriddin Umarov
Faxriddin Aslpoʻlat oʻgʻli Umarov (1-sentabr 1926, Qibray) — hofiz, bastakor, shoir. Oʻzbekiston xalq hofizi. Ilk musiqa saboqlarini otasidan, soʻng qofizlik sirlarini Asqar Ubaydullayev, Akmalxon va Boboxon Soʻfixonovlardan oʻrgangan. Toshkent konservatoriyasida taʼlim olgan (1950—53). Oʻzbekiston radioqoʻmitasi (1946—61), Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1961— 86)da yakkaxon xonanda. Repertuaridan, asosan, kuylarni oʻzi bastalagan qoʻshiq va ashulalar — "Ishqingda zor oʻldim" (Noqis gʻazali), "Naylaram" (Xislat), "Jamoling", "Sochining savdosi tushdi" (Bobur), "Onam derman" (Yo.Mirzo), "Qaydasan" (Mashrab), "Uzbegim" (E.Vohidov), "Ey, muhabbat" (P.Moʻmin), "Umr oʻtmoqsa" (T.Sulaymon), shuningdek, mumtoz ("Chorgoh", "Bayot" kabi) va zamonaviy bastakorlar ashulalari ("Munojot", "Sodirxon Ushshogʻi" va boshqalar) oʻrin olgan. Ijrolari Oʻzbekiston radiosi fonojamgʻarmasiga, 20 dan ortiq gramplastinkaga yozilgan.[1]
- Falak
- Onam derman
- Ey muhabbat
- Yona-yona keldim
- 18ga kirmagan kim bor
- Umr oʻtmqda
- Moʻminga shifo
- Farzandim
- Iltimosga kuning qolmasin
- Jamoling
- Xalqim
Faxriddin Umarov | ||
---|---|---|
Maʼlumot | ||
Tavallud topgan sanasi va joyi | 1-sentabr 1926-yil (94 yosh) Qibray, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston | |
Yo'nalishi | Lirika | |
Kasbi | Hofiz, Bastakor, Shoir | |
Faoliyat yillari | 1949—2007 | |
Yorliq | Oʻzbekiston Xalq Hofizi |
ManbalarTahrirlash
AdabiyotTahrirlash
- Boqiy N., Hamidov H., Meni yod et, T., 2000.
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. | |
Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring. |