Xush kelibsiz!

Salom, Shoyunus! Vikipediyaga xush kelibsiz! Qoʻshajak hissangiz uchun oldindan rahmat. Umid qilamizki, sizga Vikipediyachi boʻlish manzur boʻlgay! Sizga yordam tariqasida mana bu maqolalar bilan tanishib chiqishni taklif qilamiz:

Iltimos, munozara sahifalarida oʻz fikringizni bildirganingizdan soʻng imzo chekishni unutmang (bu toʻrtta tilda belgisini yozish bilan amalga oshiriladi: ~~~~; bu belgilar avtomatik ravishda sizning ismingiz va sanaga aylantiriladi). Agarda yordamga muhtoj boʻlsangiz, Vikipediya:Forum/Yordam sahifasiga tashrif buyuring yoki mendan munozara sahifamda sizni qiziqtirgan savolni soʻrang. Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin. Yana bir bor xush kelibsiz! 

Do not speak Uzbek? Click here.

--MalikxanBot aloqa 10:15, 29-Noyabr 2022 (UTC)

Ogohlantirish

tahrir

Xayrli kun! Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida yoʻlga qoʻyilgan taʼlim dasturi doirasida oʻtkazilgan mahorat darslari davomida, Vikipediya sahifalarida, universitet talabalari uchun maxsus yaratilgan Telegram guruhda 24/7 berilayotgan koʻrsatma va ogohlantirishlarga qaramay, quyidagi qoidalardan birini/bir nechtasini qoʻpol tarzda buzyapsiz. Bugunga qadar bir necha bor tushuntirilganidek,

  1. Vikipediyada mualliflik huquqlarini buzish qatʼiyan man etiladi (Creative Commons kabi ekin litsenziyalar bilan eʼlon qilinmagan bosma manbalardan ham, onlayn manbalardan ham tayyor matn koʻchirib oʻtish mumkin emas);
  2. oʻta tor mavzuda emas, balki ensiklopedik ahamiyatga ega mavzularda maqola yaratish lozim;
  3. maqolalarda mushohada qilmay, ensiklopediyalarga xos, betaraf ohangda yozish kerak;
  4. mashina tarjimasini tahrir qilmasdan chop etmaslik kerak;
  5. biror mavzuda maqola mavjud boʻlsa, bir oz oʻzgartirilgan nom bilan yangi maqola yaratilmaydi.

Iltimos, qoidalarga amal qilgan holda kontent yarating. Aks holda keskin chora koʻrishga, xususan, sizni bloklashga majbur boʻlamiz. Nataev munozara 09:53, 14-Dekabr 2022 (UTC)