Gautam Shantilal Adani (1962-yil 24-iyunda tugʻilgan) hind milliarder sanoatchi va saxovatpeshadir.[1] U Hindistonda Ahmadobodda joylashgan portlarni rivojlantirish va ekspluatatsiya qilish bilan shugʻullanadigan koʻp tarmoqli konglomerat „Adani group“ning raisi va asoschisi hisoblanadi.[2] Adani, shuningdek, birinchi navbatda uning rafiqasi Priti Adani tomonidan boshqariladigan Adani jamgʻarmasining prezidenti hamdir. Forbes „Real Time & Bloomberg“ milliarderlar indeksiga koʻra, u 90,4 milliard dollarlik boyligi bilan Mukesh Ambanini ortda qoldirib, Osiyodagi eng boy odam hisoblanadi.

Gautam Shantilal Adani
Tavalludi 24-iyun 1962-yil (1962-06-24) (61 yosh)
Ahmadobod, Gujarot, Hindiston
Fuqaroligi Hindiston bayrogʻi Hindiston
Taʼlimi Gujarat universitetida
Kasbi milliarder sanoatchi
saxovatpesha
Millati hind
Dini Jaynizm
Boʻyi 167 sm
Turmush oʻrtogʻi Priti Adani
Otasi Shantilal Adani
Onasi Shanti Adani
Veb-sayti adani.com/About-us/Chairman-Message

U 1988-yilda „Adani Group“ga asos solgan va oʻz biznesini resurslar, logistika, energetika, qishloq xoʻjaligi, mudofaa va aerokosmik va boshqa sohalarga sarmoya qilgan holda yuritadi.[3] Forbes maʼlumotlariga koʻra, uning oilasining boyligi 2022-yil 28-yanvar holatiga koʻra $90,4 milliardni tashkil qiladi.[4][5] U Mukesh Ambani oʻrniga Osiyoning eng boy odami va Forbes maʼlumotlariga koʻra dunyoning 10-eng boy odami sifatida egalladi,[6][7] -, 2022-yil(2022-Expression error: Unrecognized word "january".-00) holatiga koʻra u „Adani Ports & SEZ“da 74%, „Adani Enterprisesda“ 75%, „Adani Powerda“ 74% ulushga ega.[2]

Yoshlik yillari tahrir

Gautam Adani 1962-yil 24-iyunda Gujarot shtatining Ahmadobod shahrida Shantilal va Shanti Adanilarning jayn diniga mansub oilada tugʻilgan. Uning 7 ta aka-ukasi boʻlib, ota-onasi Gujarat shimolidagi Tharad shahridan koʻchib kelgan. Uning otasi kichik toʻqimachilik savdogari edi. U Ahmadoboddagi Sheth Chimanlal Nagindas Vidyalaya maktabida tahsil olgan. U Gujarat universitetida tijorat yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasiga oʻqishga kirdi, lekin ikkinchi kursdan keyin oʻqishni tashlab ketdi.[3] Adani biznesga qiziqar edi, lekin otasining toʻqimachilik biznesiga emas.[8]

Faoliyati tahrir

1978-yilda oʻsmirlik chogʻida Adani „Mahendra Brothers“ kompaniyasida olmos saralovchi boʻlib ishlash uchun Mumbayga koʻchib keladi. U Mumbayda 2-3 yil ishlab, „Zaveri“ bozorida oʻzining olmos brokerlik firmasini ochadi.[9]

1981-yilda uning katta akasi Mansuhbhayi Adani Ahmadobodda plastmassa ishlab chiqarish boʻlimini sotib oladi va uni operatsiyalarni boshqarishga taklif qiladi. Ushbu korxona Adanining PVX importi orqali global savdosiga kirish eshigi boʻldi.

1985-yilda u kichik sanoat uchun birlamchi polimerlarni import qilishni boshlaydi. 1988-yilda Adani „Adani Group xolding“ kompaniyasi — „Adani Enterprises“ nomi bilan tanilgan „Adani Exports“ kompaniyasini tashkil etadi. Dastlab, kompaniya qishloq xoʻjaligi va energetika sohalari bilan shugʻullangan.[10]

1991-yildagi iqtisodiyotni liberallashtirish siyosati uning kompaniyasi uchun juda qulay boʻldi va u biznesni toʻqimachilik, metal va agromahsulotlar savdosi yoʻnalishida kengaytira boshladi.[11]

1994-yilda Gujarat hukumati Mundra portining boshqaruv autsorsingini eʼlon qildi va 1995-yilda Adani ushbu shartnomani qoʻlga kiritadi.[12]

1995-yilda u oʻzining birinchi portini qurgan. Dastlab Mundra porti va maxsus iqtisodiy zona tomonidan boshqariladigan operatsiyalar Adani Ports va SEZ (APSEZ) kompaniyasiga oʻtkazildi. Hozirgi kunda kompaniya eng yirik xususiy multiport operatori hisoblanadi. Mundra porti Hindistondagi eng yirik xususiy sektor porti boʻlib, yiliga 210 million tonnaga yaqin yukni qayta ishlash quvvatiga ega.[13]

1996-yilda Adani tomonidan „Adani Group“ning energetika biznesi boʻlimi boʻlmish "Adani Power tashkil etilgan. Adani Power 4620 MVt quvvatga ega issiqlik elektr stantsiyalariga ega boʻlib, mamlakatning eng yirik xususiy issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.

2006-yilda Adani energiya ishlab chiqarish biznesiga kirdi. 2009-yildan 2012-yilgacha u Avstraliyadagi Abbot Point portini va Kvinslenddagi Karmaykl koʻmir konini sotib oldi.

2020-yil may oyida Adani Hindistonning Quyosh energiyasi korporatsiyasi (SECI) tomonidan 6 milliard dollarlik dunyodagi eng yirik quyosh energetikasi boʻyicha tendrda gʻolib chiqdi. 8000 MVt quvvatga ega elektr stantsiyasi loyihasi „Adani Green“ tomonidan amalga oshiriladi va Adani Solar 2000 MVt qoʻshimcha quyosh batareyasi va modul ishlab chiqarish quvvatini oʻrnatadi.[14]

2020-yil sentyabr oyida Adani Hindistondagi ikkinchi oʻrinda boʻlgan Mumbay xalqaro aeroportining 74%lik ulushini sotib oldi.[15]

2021-yilning noyabrida u Mukesh Ambanini ortda qoldirib, Osiyoning eng boy odamiga aylandi.[16]

Shaxsiy hayoti tahrir

Adani Priti Adaniga uylangan.[3][17][18] 1998-yilda u oʻgʻirlab ketilgan va toʻlov uchun garovga olingan, biroq pul olinmay qoʻyib yuborilgan.[19][20] U 2008-yil Mumbay hujumlari paytida Taj mehmonxonasida edi.[21][22]

Xayriya tahrir

Adani Adani guruhi tomonidan moliyalashtiriladigan Adani fondining prezidenti hamdir. Ushbu fond 1996-yilda tashkil etilgan. Fond Gujaratdan tashqari Maxarashtra, Rajasthan, Himachal-Pradesh, Madxya Pradesh, Chhattisgarh va Odisha shtatlarida faoliyat yuritadi.[23]

2020-yil mart oyida u koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashish uchun oʻz guruhining xayriya boʻlimi orqali Bosh vazirning gʻamxoʻrliklari jamgʻarmasiga ₹100 million mablagʻ oʻtkazdi.[24] Gujarat CM yordam fondiga ₹ 5 mln. va Maxarashtra CM yordam fondiga ₹ 1 mln. hissa qoʻshildi.[25]

Adani boshchiligidagi konglomerat „Adani Group“ Saudiya Arabistonidagi Dammam shahridan Gujaratdagi Mundra shahriga 80 metrik tonna suyuq tibbiy kislorod bilan toʻldirilgan toʻrtta ISO kriogenli tankni import qildi. Guruh, shuningdek, Saudiya Arabistoni Linde kompaniyasidan 5000 ta tibbiyot kislorod ballonlarini olib keldi. Adani oʻzining twitterdagi postida har kuni oʻz guruhi 1500 ballonni Gujarat shtatidagi Kutch shahrida zarur boʻlgan joyga tibbiy kislorod bilan taʼminlayotganini aytdi.[26]

Manbalar tahrir

  1. „Gautam Adani, Nita Ambani & KM Birla top philanthropic leaders in India“. The Economic Times.
  2. 2,0 2,1 „manba“.
  3. 3,0 3,1 3,2 „manba2“.
  4. „arxiv nusxasi“. 2022-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-fevral.
  5. „manba3“.
  6. „manba“.
  7. „manba6“.
  8. Cambridge Core (2017-12-12). „Transnational Indian Business in the Twentieth Century“. Business History Review. 91-jild, № 4. 651–679-bet. doi:10.1017/S0007680517001350.
  9. Tumbe, Chinmay (2017-12-12). „Business History Review“. 91-jild, № 4. 651–679-bet. doi:10.1017/S0007680517001350. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)
  10. adani.
  11. „manba7“.
  12. „manba Modi bilan“. timesofindia (2014-yil 10-aprel).
  13. „manba8“.
  14. „manba9“.
  15. „manba11“.
  16. „manba12“. 2021-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-fevral.
  17. „manba17“ (2016-yil 7-iyul).
  18. „manba20“.
  19. „22“ (14-iyun 2020-yil).
  20. „manba44“ (1-dekabr 2018-yil).
  21. „manbahujum“ (13-dekabr 2020-yil).
  22. „manba toj“ (28-noyabr 2008-yil).
  23. „manba14“.
  24. „manba15“.
  25. „manba yordam“ (2020-yil 4-aprel).
  26. „manba tibbiyot“.

Havolalar tahrir