Abu Muhammad Harb ibn Ismoil al-Kirmoniy (arabcha: أبو محمد حرب بن إسماعيل الكرماني) – muhaddis, hanbaliy mazhabining faqihi, Ahmad ibn Hanbal va Isʼhoq ibn Rahova shogirdlari va izdoshlaridan biri.


Abu Muhammad Harb ibn Ismoil al-Kirmoniy
أبو محمد حرب بن إسماعيل الكرماني
Unvoni Muhaddis
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 803-yil
190-yil AH
Vafoti 893-yil
280-yil AH
Dini Islom
Fuqarolik Kirmon, Fors
Era Abbosiylar xilofoti
Mazhab Hanbaliy
Maktab Sunniy
Oqim Ahl al-Hadis
Ahl al-Asar
Asosiy qiziqish(lar)i Hadis, Aqida, Fiqh
Mashhur ish(lar)i Masail
al-Sunnah val-Jamoa (yo'qolgan)
Kasbi Muhaddis, Faqih

Tarjimai hol

tahrir

Toʻliq ismi Abu Muhammad Harb ibn Ismoil ibn Xalaf Al-Xanzoliy Al-Kirmoniy Al-Sirjoniy[1]. U Kirmonning eng yirik tumanlaridan biri hisoblangan Sirjon tumanida tugʻilgan[2]. Tugʻilgan sanasi aniq emas. Abdul-Boqiy ibn Koniyning yozishicha, Harb ibn Ismoil hijriy 280-yili vafot etgan. Tarixchi, ulamo Al-Zahabiy keltirishlaricha, Al-Kirmoniy taxminan 90 yoshida vafot etgan. Bu maʼlumotga tayansak, u 806- va 815- yillar orasida tugʻilganligi kelib chiqadi. Millati arab.

Ustozlari

tahrir

Ilm izlab koʻplab mamlakatlarga tashrif buyurgan. Abu Dovud At-Tayalisiy, Abu Bakr Al-Xumaydiy, Abu Ubayd ibn Qosim ibn Salom, Said ibn Mansur, Ahmad ibn Hanbal va Isʼhoq ibn Rahovalardan tahsil olgan. Shuningdek, uning ustozlari orasida Ali ibn al-Madiniy, Sulaymon ibn Harb, Abu Dovud Al-Sijjistoniy, Ahmad ibn Nasir Al-Naysoburiy,Abu Xotim Ar-Roziy, Abu Zuʼra Al-Dimashqiylar bor.

Shogirdlari

tahrir

Uning mashhur shogirdlariga Abu Muhammad ibn Abu Xotim Al-Marvaziy, Abdurahmon ibn Muhammad ar-Roziy, Al-Qosim ibn Muhamamd Al-Kirmoniy, Iso ibn Muhammad ibn Saidlar kiradi. Undan quyidagilar hadislar rivoyat qilgan: Al-Qosim ibn Muhammad al-Kirmoniy, Abdulloh ibn Ishoq an-Nahovendiy, Abdulloh ibn Yaqub al-Kirmoniy, Abu Xotim Ar-Roziy, Al-Xallol Ahmad ibn Muhammad ibn Xorun va boshqalar.

Masail

tahrir

Bu katta kitobdan bugungi kunga kelib faqat ikkita qism saqlanib qolgan xolos.

1-qism: Tahorat bobidan boshlanib namoz bobi bilan yakunlanadi. Uning toʻliqmas qismi Shayx Al-Valid Al-Fariyana tomonidan „Ibn Al-Asir“ nashriyot uyi tomonidan 1434-yili AH bosib chiqarilgan.

2-qism: Nikoh bobidan to kitobni oxirigacha. Qoʻlyozmaning bu qismi ilmiy dissertatsiya sifatida doktorlik maqomini olish uchun „Umm Al-Quro“ Universitetida (Makka, 1442-yil AH) Faiz ibn Ahmad ibn Xomid Xobis tomonidan oʻrganib chiqilgan. Lekin u hali chop etilmagan. Keyinchalik Shayx Nasir As-Salom uning tahriri bilan shugʻullangan, va 1425-yili AH „Ar-Rushd“ nashriyot uyi tomonidan Ar-Riyod shahrida chiqarilgan.

Bu kitob haqida koʻplab ulamolar gapirib oʻtishgan. Xususan:

Ibn Taymiya bu kitob haqida: „Ahmad (ibn Hanbal) va Is’hoq (ibn Rahova) va boshqa ulamolardan turli savollarni (javoblarini) toʻplagan. Bu katta kitob, u (Imom Molikning) Al-Muvatto va shunga oʻxshash kitoblar tarzida yozilgan“[3] deydi.

Ibn Qoyyim al-Javziya shunday deydi: „Harb Al-Kirmoniy, Ahmad va Ish’oqlarni shogirdi. Unda ikkalalaridan ham buyuk masalalarni (javoblari) bor“[4].

Az-Zahabiy: "Harbning „Masail“i – hanbaliylarning eng qimmatli kitoblaridan, va u 2 qismli katta kitob"[5].

Abu Bakr Al-Xallol Harb va uning kitobi haqida: "Hurmatli olim. Abu Bakr Al-Marvaziy menga: "U (Al-Kirmoniy) Abu Abdullohni (Ahmad ibn Hanbal) oldilariga kelganda mening xonamda qoldi, va Abu Abdullohdan eshitganlarini menga „Masail“da yozib berdi" deb, meni uni oldiga borishga undadi. Menga kitoblarni berib, uni oldiga joʻnatdi. Men kitoblar bilan Al-Kirmoniyni oldiga kirdim, u kelganimga xursand boʻldi… Men undan „Masail“ni eshitdim... U menga: „Men oldin tasavvuf bilan shugʻullanar edim, va ilm olishga oʻtmagan edim“ dedi. Va yana menga: "Bu Abu Abdulloh va Ish’oq ibn Rahovalardan 4000ta savol-javob („Masail“), va men ularni tartiblashtirmadim" dedi. U davlatning (oldi) erkaklaridan va faqih edi. Hukmdor esa uni osh qozi etib tayinlagan edi" deydi.

As-Sunna val Jamoa

tahrir

Harb Al-Kirmoniy sunnat va aqida masalalarida alohida „Masail“dan tashqari boʻlgan kitob yozgan. As-Sidjziy[6], Ar-Romaxurmurziy[7], Yoqut Al-Xamaviy[8], Abu Abdulloh Muhammad Ar-Roziy[9], Ibn Hajar al-Asqaloniy[10] Harb Al-Kirmoniyni „As-Sunna val Jamoa“ kitobi haqida oʻzlarini kitoblarida taʼkidlab oʻtishgan.

Manbalar

tahrir
  1. Mu'jamu al-Buldan — 3/295-bet. 
  2. Mu'jamu al-Buldan — 4/454-bet. 
  3. Da'ru at-Ta'arud — 2/22-bet. 
  4. Ijtimau al-Duyush — 352-bet. 
  5. Tabaqat al-Xuffaz — 2/613-bet. 
  6. Al-Harf va as-Savt — 231-bet. 
  7. Al-Muhaddis al-Fasil — 309-bet. 
  8. Mu'jamu al-Buldan — 3/296-bet. 
  9. Mashihatuhu — 167-bet. 
  10. Fath al-Boriy Sharh Sahih al-Buxoriy — 5/183-bet.