Ibn Hojar al-Asqaloniy
Ibn Hojar al-Asqaloniy yoki Ibn Hojar ( arabcha: ابن حجر العسقلاني , toʻliq ismi: Shihobud-Din Abul-Faxil Ahmad ibn Nurud-Din Ali ibn Muhammad ibn Xajar al-Asqaloniy al-Kinoniy )[1]. Hijriy 1372 yil –yil 18-fevralda tavallud topgan. Hadis ilmining olimi, fiqh, tafsir ulamosi hisoblanadi[2]. U hadis, tarix, tarjimai hol, tafsir sheʼr va Shofeʼiy fiqhiga oid 150 ga yaqin asar muallifi boʻlib, ulardan eng mashxuri “Sahih al-Buxoriy ” sharxi berilgan “ Fath al-Boriy ” nomli asaridir.
Ibn Hojar al-Asqaloniy | |
---|---|
Shihobud-Din Abul-Faxil Ahmad ibn Nurud-Din Ali ibn Muhammad ibn Xajar al-Asqaloniy al-Kinoniy | |
Tavalludi |
18-fevral Qohira |
Vafoti |
2 fevral Qohira |
Kasbi | Hadisshunos, fiqhiy ulamo |
Faoliyat yillari | 1380-1449 |
Turmush oʻrtogʻi | Unus Xotun |
Otasi | Nur ad-Din Ali |
Yoshlik yillari
tahrirU 1372-yilda Qohiradagi shofe'iy olimi va shoir Nur ad-Din Alining oilasida tug'ilgan. Uning ota-onasi asli Ashkelondan bo'lib, Iskandariyadan ko'chib kelishgan ( arabcha: عَسْقَلَان , Asqalan )[3]. Ibn Hojarning ota-onasi go‘daklik vaqtida vafot etishgan. U va uning singlisi Sitt ar-Rakb otasining birinchi xotini va akasi Zaki ad-Din al-Xarrubiyning qaramog‘ida qolishadi. Ibn Hojar 5 yoshidan Qur’on ilmiga o‘qishga kirishgan. 7 yoshida Maryam surasini bir kunda o‘rganib atrofidagi olimlarni lol qoldiradi, 9 yoshida Qur’onni to‘liq hifz qiladi[4]. U Ibn al-Hojibning fiqh asoslariga oid asarining qisqartirilgan sharxi matnlarini yod olishni boshlaydi.
Ilm yo'li
tahrirU 12 yoshida al-Xarrubiy bilan Makkaga jo'nab ketadi, u yerda katta olimlar qatorida Ramazon oyida o'qiladigan tarovih namozini o'qiydi .1386-yilda uning vasiysi vafot etgach, Ibn Hojarning Misrdagi ta’limi muhaddis Shams ad-Din ibn al-Qatton zimmasiga yuklanadi va uni Sirojuddin al -Bulqiniyning(vaf. 1404) fiqh kurslariga o‘qishga kiradi. Shofi’iy fiqhidan al- Mulaqqin (vaf. 1402), hadisdan Zayniddin al-Iroqiy (vaf. 1404) kabi islomning katta ulamolaridan dars oladi. Shundan so’ng Shamsud-Din al-Qalqashandiy (vafoti 1402)dan ilm olish uchun Damashq va Quddusga boradi. U yerda Badriddin al-Balisiy (vaf. 1401) va Fotima binti al-Manja at-Tanuxiya (vaf. 1401) bilan ilm halqalarida ilm oladi. Makka, Madina va Yamanga safar qilgandan keyin Misrga qaytib keladi.
Suyutiy: «U zot yod olishda Zahabiy darajasiga yetish niyatida zamzam suvini ichgan va bu ishni uddalagan, hatto undan ham oshib ketgan»[5] deganlar.
Shaxsiy hayoti
tahrirIbn Hojar 1397-yil 25 yoshida Olimi ulamo, as-Saxaviydan dars bergan katta olim Abdurahim al-Iroqiydan ijoza oladi, keyinchalik uning qizi Unus Xotun bilan turmush quradi.
Lavozimlari
tahrirIbn Hojar bir necha bor Misrda bosh qozi ( qozi ) lavozimiga tayinlangan.
Vafoti
tahrirIbn Hojar 852-yil zulhijjaning 8 kuni (1449 yil 2 fevral) xuftondan keyin 79 yoshida vafot etadi. Uning Qohiradagi dafn marosimida 50 000 ga yaqin odam, jumladan Sulton Sayfud-Din Jaqmaq (milodiy 1373–1453) va Qohira xalifasi Al-Mustakfiy II ham qatnashishadi.
Faoliyati
tahrirIbn Hojar hadis, hadis terminologiyasi, biografik baho, tarix, tafsir, sheʼriyat va Shofeʼiy fiqhiga oid150 ga yaqin asarlar[6] yozgan.
- Fath al-Boriy – ibn Hajarning “ Sahih al-Buxoriyning “Jomiʼ as-sahih ”iga (817/1414) sharhi 1390-yillarda ibn Rajab boshchiligida tugallanmagan ishi yakunlandi. Bu muallifning eng mashhur va yuqori baholangan asariga aylandi. Qohira yaqinidagi (Rajab 842 hijriy / 1428 dekabr) tarixchi Muhammad ibn Iyos (vaf. 930 hijriy) tomonidan "Zamonning eng ulug'i" deb ta'riflangan.
- al-Isaba fi tamyiz as-Sahoba - Payg'ambar alayhissalomning sahobalarining eng to'liq lug'ati muallifi hisoblanadi.
- Vabo kasalligidagi qiyin vaziyatdagi xizmatlari ( bdẖl بذل الماعون في أخبار الطاعون) Qora o'lim haqidagi munozara va kasallikka oid ilohiy davolar haqidagi yechimlar Fath al-Bariyda parchalar ko'rinishida mavjud.
- al-Durar al-Kāminah - VIII asrning yetakchi arboblarining biografik lug'ati.
- al-Kamol fi Asmo' ar-Rijol - Jamoliddin al-Mizziyning hadis roviylari ensiklopediyasi Tahdhib al-Kamolning sharhi.
- Taqrib at- tahthib - Tahthib at-tahthi sharhi.
- “Tajil al-manfaa” – toʻrt imomning “ Musnadlari ” roviylarining tarjimai holi.
- Bulug' al-maram – Shofi'iy fiqhida qo'llanilgan hadis haqida.
- Nataij al-afkor fi taxrij hadis al-azkor
- Lisan al-Mizon - al-Zahabiyning " Mizan al-'Itidal " asarini qayta ishlangani, bu esa o'z navbatida oldingi asarning qayta ishlangan shakli hisoblanadi[7].
- Talxis al-habir fi taxrij ar-rofi`i al-kabar.
- ad-Diraya fi taxrij hadis al-hidoya.
- Tag'liq at-Ta'liq 'ala Sahihi Buxoriy.
- Risola tazkirat ul-athar.
- al-Matalib al-Aliya bi Zavoid al-Masanid at-Samaniya.
- Nuhbat al- Fikor va hadis terminologiyasida “ Nuzah an-nahr ” nomli sharhi.
- al-Nukot ala Kitob ibn as-Saloh - ibn as- Salohning Muqaddimasiga sharh.
- al-Qavl al-Musaddad fi Musnad Ahmad Ahmadning Musnadda sahihligi bahsli hadislar muhokamasi.
- Silsilat az-Zahab.
- Taʼrif Ahl at-Taqdis bi Maratib al-Mavsufin bi at-Tadlis.
- Raf' al-isr 'an qudat Misr - Misr qozilarining biografik lug'ati. Mathieu Tillier, Vie des cadis de Misrda qisman fransuz tarjimasi.(Qohira: Institut français d'archéologie orientale, 2002-yil[8].)
Yana qarang
tahrir- Ash'ariylar va moturidiylar ro'yxati
- Uning shogirdi Nuriddin Ali ibn Dovud al-Javhariy as-Sayrafiy
Manbalar
tahrir- ↑ „USC-MSA Compendium of Muslim Texts“. Usc.edu. 2006-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 21-mart.
- ↑ Rosenthal, F.. Encyclopedia of Islam: New Edition. Brill, 1913 — 776-bet.
- ↑ Noegel, Scott B.. The A to Z of Prophets in Islam and Judaism., Wheeler, Brannon M., Lanham: Scarecrow Press, 2010. ISBN 978-1-4617-1895-6. OCLC 863824465. Qaraldi: 2020-yil 7-iyun.
- ↑ Lewis, B.. Encyclopaedia of Islam, New, Leiden, Netherlands: Brill [1st. pub. 1971], 1986 — 776-bet. ISBN 9004081186.
- ↑ Thail Tabaqaat al-Huffaath, pg. 251.
- ↑ Kifayat Ullah, Al-Kashshaf: Al-Zamakhshari's Mu'tazilite Exegesis of the Qur'an, de Gruyter (2017), p. 40
- ↑ al-Dhahabi. Siyar A'lam al-Nubala' — 154-bet.
- ↑ Ibn Ḥajar al-ʻAsqalānī, Aḥmad ibn ʻAlī. Vies des cadis de Miṣr, 237/851-366/976, Mathieu Tillier, Thierry Bianquis, Le Caire: Institut français d'archéologie orientale, 2002. ISBN 2-7247-0327-8. OCLC 52493823. Qaraldi: 2022-yil 29-yanvar.