Joʻjixon

Chingizxonning birinchi oʻgʻli, Joʻji ulusining asoschisi
(Jo‘jixondan yoʻnaltirildi)

Joʻjixon, Joʻchi, Joʻji, Chjochi (taxminan 11841227) — moʻgʻullarning yirik sarkardasi, Chingizxonning katta oʻgʻli; uning harbiy rejalarini roʻyobga chiqargan. Rivoyatlarga koʻra, Chingizxonning xotini Borte (Boʻrta fujin) homiladorlik paytida markit qabilasi tomonidan asirlikka olingan. Keyinchalik uni asirlikdan xalos etishgach, Joʻjixon tugʻilgan. Abulgʻoziy Bahodirxonning yozishiga koʻra, "Joʻchi"ning maʼnosi "mehmon" boʻlgan ("Shajarayi turk", 47-6.). Joʻjixon Xitoy (121115), Oʻrta Osiyo (121921), Dashti Qipchoqni bosib olishda faol ish-tirok etgan. Joʻjixon boshchiligidagi 20 ming nafar moʻgʻul qoʻshini Irgʻiz daryosi boʻyidagi jangda Muhammad Xorazmshohning 60 minglik qoʻshini bilan jang qilgan, bu islom lashkarlarining moʻgʻullar bilan dastlabki toʻqnashuvi boʻlgan. Faqatgina Jaloliddin Manguberdinmng harbiy mahoratigina Xorazmshoh qoʻshinini magʻlubiyatdan saqlab qolgan. Chingizxon qoʻshini Oʻrta Osiyoga yurish qilganda otasi Joʻjixonni Sirdaryo boʻyidagi Jand, Oʻzgand, Sigʻnoq kabi shahar, qalʼalarni egallashga buyurgan. Joʻjixon bu qalʼalarni olgach, ukalari Chigʻatoy va Oʻktoyxon bilan birgalikda Xorazm poytaxti Urganchnsh qamal qilgan, shaharni yetti oylik janglardan soʻnggina egallagan. Chingizxon moʻgʻullar zabt etgan yerlarni oʻgʻillariga taqsimlab berganida (1224) Joʻjixonga Irtishdan Uralgacha va undan Gʻarbga tomon choʻzilgan yerlar mulk qilib berilgan (qarang Joʻji ulusi). Joʻjixon Sharqiy Yevropaga qilmoqchi boʻlgan harbiy yurishi boshlanmasidan oldin vafot etgan; baʼzi maʼlumotlarga koʻra, Joʻjixonni markaziy hokimiyatdan ajralib chiqmoqchi ekanlikda gumonsiragan Chingizxon maxfiy buyruq berib qatl ettirgan. Joʻjixonning qabri Jezqazgʻan sh. (Qozogʻiston)dan 45 km. shim.-sharqda, Qora-Kengir daryosining soʻl qirgʻogʻida joylashgan.

Faxriddin Hasanov.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil