Muhammad Zahiriy Samarqandiy

Adib va olim
(Muhammad ibn Ali Samarqandiydan yoʻnaltirildi)

Muhammad Zahiriy Samarqandiy (toʻliq ismi: Muhammad ibn Ali ibn Muhammad ibn Hasan Kotib Zahiriy Samarqandiy)(XII asr— vafoti 1128-yildan keyin) — adib va olim.

Muhammad Zahiriy Samarqandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi olim

Hayoti

tahrir

Alloma qoraxoniylar sulolasidan boʻlgan Qilich Tamgʻoch xoqon ibn Qilich Qoraxon (1163-1178) davrida yashagan va shu xon saroyida sohibi devoni insho (yozishmalar devonining boshligʻi) boʻlib ishlagan. „Agʻrazu-s-siyosa fi arazi-r-riyosa“ („Hukmron-likni boshqarishda siyosatning vazifalari“) uning dastlabki asari boʻlib, unda afsonaviy Jamshid (podshoh)dan to Saljuqiy Sulton Sanjar­­gacha (1118—1157) oʻtgan shohlarning davlat­ni boshqarish masalasida aytgan hikmatli soʻzlari jamlangan. Muallif shohlarning hikmatli soʻzlarini turli izohlar bilan toʻldiradi va asarda juda koʻp qiziqarli tarixiy voqealar haqida soʻz yuritadi. Akademik V. V. Bartold bu asar qoʻlyozmasi bilan qiziqqan va „Moʻgʻullar istilosi davrida Turkiston“ nomli asarining ruscha nashriga ilova qilib undan parcha bostirgan. Zahiriy nomini Sharqqa tanitgan asari uning „Sindbodnoma“ asaridir. „Sindbodnoma“ asosida hind tilida mashhur boʻlgan qadimgi „Siddxapati“ („Donolar haqida bob“) kitobi yotadi. Abbosiy xalifalaridan Abu Jaʼfar Abdulloh Mansur (712-775) 753-775 yillar, Abu Abdulloh Muhammad Mahdiy (745-785) 775-785 yillar va Horun ar-Rashid (766-809) 785-809 yillar davrida „Sindbodnoma“ ham uch marta arab tiliga tarjima qilingan. Asbagʻa Sijistoniy „Sindbodnoma“ni „Katta sindbod“, Musa Kisraviy (vaf. 850 yil atrofi) esa „Kichik sindbod“ nomi bilan tarjima qilgan. 950-951 yili somoniylar amiri Nuh ibn Nasrning (943-954 yillari amir boʻlgan) amri bilan „Sindbodnoma“ xoja Amid Abulfavoris Fanoroʻziy tomonidan pahlaviy tili­dan dariy tiliga tarjima qilingan. Bu tarjima badiiy qimmatga ega boʻlmagani uchun unchalik shuhrat qozona olmagan. „Sindbodnoma“ni fors tilida qaytadan hayot-baxsh etgan Muhammad Zahiriy boʻldi. U bu asarni zamona didiga mos qilib qaytadan ishlagan, unga badiiy tus bergan va Qilich Tamgʻoch hoqonga taqdim etgan. Zahiriy asarining bir qoʻlyozmasi Britaniya muzeyida, ikkinchisi qirollikka qarashli Osiyo uyushmasi kutubxonasida saqlanadi. TurkiyadaSind­bodnoma“ning bir qancha qoʻlyozma nusxalari mavjudligi 1948-yilda aniqlangan. „Sindbodnoma“ bilan sobiq ittifoq sharq­shunos olimlaridan dastlab Ye. E. Bertels qizi­qib, „XII asr tojik prozasi namunasi[1] nomli maqolani yozgan. Keyinchalik kitob rus tiliga tarjima qilinib, soʻz boshi va izohlari bilan nashr etilgan[2]. OʻzR FA sharqshunoslik institutining keksa ilmiy xodimi Yunusxon ota Hakimjonov tomoni­dan „Sindbodnomaoʻzbek tiliga ham tarjima qilinib, 1993-yilda nashr etilgan. „Sindbodnomaqoʻlyozmalarining bir nusxasi Beruniy nomidagi sharqshunoslik institutida (inv. № 9318), yana bir nusxasi Sankt-Peterburg Sharqshunoslik institutida (inv. № 352) saqlanmoqda.

Manbalar

tahrir
  1. Бертельс Е.Э. Образец таджикской художественной прозы XII века. Краткие сообщения института Востоковедения АН СССР, вып. IX, – М.: 1956.
  2. Мухаммад аз-Захири ас-Самарканди. Синдбаднаме. Перевод М.Н. Османова. – М.: ИВЛ, 1960.

Havolalar

tahrir