Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti

Oʻzbekistondagi xorijiy tillar taʼlimi boʻyicha mutaxassislar tayyorlovchi oliy taʼlim dargohi

41°17′6.0000359999907″N 69°11′35.000051999995″E / 41.285000009999997417°N 69.19305556999999851°E / 41.285000009999997417; 69.19305556999999851

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
(OʻzDJTU)

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti old tarafi
Shiori Yaxshi aytilgan gap barcha tillarda aqlli eshitiladi
Asos solingan 1992-yil
Oʻquv yurti turi universitet
Sohasi tillar
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Rektori Ilhomjon Toʻxtasinov
Fakultetlar 9 ta
Bakalavriat 4 yil
Magistratura 2 yil
Aspirantura 3 yil
Doktorantura 3 yil
Manzili Toshkent, Uchtepa tumani, Kichik xalqa yoʻli koʻchasi, 21-a uy, G-9a mavzesi[1]
Vebsayti https://uzswlu.uz

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti (OʻzDJTU, shuningdek Jahon tillari universiteti) – Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida joylashgan, xorijiy tillar taʼlimi boʻyicha mutaxassislar tayyorlovchi oliy taʼlim dargohi[2]. Universitet 1992-yilning 12-may sanasida ikki institutning prezident Islom Karimov tomonidan birlashtirilishi ortidan tashkil etilgan. Muassasada 24 mingdan ortiq talaba tahsil oladi (2022-yil). Oliygoh oʻz ichiga 9 ta fakultetni qamrab oladi. Bular: Xalqaro jurnalistika, Roman-German filologiyasi, Ingliz filologiyasi, Tarjimonlik, Rus filologiyasi, Sharq filologiyasi hamda uchta Ingliz tili fakultetlaridir. Universitetga kirish uchun qabul jarayonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tasdiqlangan kvotalar asosida tashkil etiladi.

Tarixi

tahrir

Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning 1992-yil 12-maydagi „Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetini tashkil qilish toʻgʻrisida“gi 401-son Farmoniga asosan „Respublika Rus tili va adabiyoti instituti“ hamda „Toshkent chet tillari pedagogika instituti“ning birlashtirilishi orqali tashkil qilingan. Mazkur universitetda 17 ta xorijiy tillar oʻqitiladi. Ular: ingliz, ispan, nemis, italyan, fransuz, golland, turk, xitoy, yapon, koreys, arab, fors, malay, indonez, hind, grek, rus tillari shular jumlasidandir[3].

Faoliyati

tahrir

Bugungi kunda universitetda 24 mingga yaqin talaba tahsil oladi. Taʼlim jarayoni Oʻzbekiston hukumati tomonidan belgilangan ikki turda tashkil etilgan: universitetda oʻqishning birinchi turi kontrakt asosida boʻlishi belgilangan. Barcha oʻquv yigʻimlari Oʻzbekiston hukumati standartlari bilan belgilangan boʻlib, universitetda shartnoma asosida tahsil olayotgan har bir talaba toʻlov-shartnomani oʻz vaqtida toʻlashi lozim. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida oʻqishning ikkinchi turi grant asosida boʻlishi belgilangan. Barcha iqtidorli talabalar universitet homiylari tomonidan talabalarga bepul oʻqish imkonini beruvchi grantlar bilan taqdirlanadilar. OʻzDJTUda oʻqish muddati bakalavr darajasini olish uchun 4 yil, magistratura uchun 2 yil etib belgilangan. Universitet tarkibida 1000 dan ortiq oʻz sohasining professional oʻqituvchilari mavjud boʻlib, ularning aksariyati tegishli fanlar boʻyicha professor hisoblanadi. Oʻquv dasturlari va darsliklar talabalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim standartlariga asosan ishlab chiqilgan boʻlib, oʻquv jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan nazorat qilinadi. Universitetning administrativ qismi Oʻzbekistonning boshqa milliy universitet va institutlari bilan bir xil. Universitet rahbari rektor hisoblanib, universitetda 5ta prorektor faoliyat koʻrsatadi. Barcha fakultetlar dekanlar tomonidan, kafedralar esa mos ravishda professor-oʻqituvchilar tomonidan nazorat qilinadi. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshida bitta akademik litsey mavjud boʻlib, universitet mazkur litseydagi oʻquv jarayonini toʻliq nazorat qiladi. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti bugungi kunda koʻplab milliy va xalqaro oliy taʼlim muassasalari, shuningdek, filologiyaga asoslangan koʻplab muassasa va tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda.

Fakultetlari

tahrir

Universitet filologiya va tillarni oʻqitish sohasida taʼlim beruvchi 4 fakultetdan tashkil topgan. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida asosiy eʼtibor filologiya hamda tillarni oʻqitishga qaratilgan boʻlib, universitetda jami 9 ta fakultet mavjud. Fakultetlarning barchasi filologiya sohasi boʻyicha mutaxassislar tayyorlab keladi. Hozirgi kunda universitetda quyidagi fakultetlar mavjud:

  1. Ingliz filologiyasi fakulteti;
  2. Ingliz tili 1-fakulteti;
  3. Ingliz tili 2-fakulteti;
  4. Ingliz tili 3-fakulteti;
  5. Sharq filologiyasi fakulteti;
  6. Rus filologiyasi fakulteti;
  7. Tarjimonlik fakulteti;
  8. Xalqaro jurnalistika fakulteti;
  9. Roman-German filologiyasi fakulteti

Ingliz filologiyasi fakulteti

tahrir

Ingliz filologiyasi fakulteti: O'zbеkiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti 2019-yilda tashkil etilgan. Fakultetda ayni paytda 4 mingdan ziyod talaba kunduzgi va kеchki shaklda tahsil olmoqda. Fakultetda ilmiy daraja va unvon hamda xorijiy til sеrtifikatiga ega bo'lgan 118 nafar profеssor-o'qituvchi saboq bеrib kelmoqda. Ulardan 4 nafari filologiya fanlari doktori, 14 nafari PhD ilmiy darajasiga ega. Ingliz filologiyasi fakulteti Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi tahrirosti hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi buyruqlari va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining ichki qoidalari asosida faoliyat koʻrsatadi. Barcha darsliklar va oʻquv jarayonlari Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilanadi va Oʻzbekiston hukumati tomonidan tasdiqlanadi. Fakultet tarkibida 4ta kafedra mavjud boʻlib, ular quyidagilar:

  1. Ingliz tili funksional leksika kafedrasi;
  2. Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi;
  3. Ingliz tilini oʻqitish va taʼlim texnologiyalari kafedrasi;
  4. Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi.
Fakultet rahbariyati
  • Fakultet dekani: Guli Ergasheva Ismoil qizi[4]
  • Yoshla ishlari va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha dekan muovin(lar)i: Yaxyaeva Navro'za Xolbutaevna & Eshto'xtarov Shahboz Qahramonovich.
  • Ilmiy innovatsion ishlar boʻyicha dekan muovini: Usmonova Shahodat Abdurahimovna.
  • Oʻquv ishlari boʻyicha dekan muovini: Razzoqov Bahrom Bahriddinovich

Ingliz tili 1-fakulteti

tahrir

Ilk bor 1992-yil 12-mayda Oʻzbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov Farmoniga asosan tashkil etilgan. Fakultet tarixi Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika instituti va Toshkent davlat chet tillar pedagogika instituti bazasida ochilgan boʻlib, bevosita universitet tarixi bilan bogʻliqdir. Garchi fakultet asosan ingliz tilini oʻqitishga qaratilgan boʻlsa-da, har bir talaba tomonidan oʻrganilishi kerak boʻlgan yana bir ikkinchi til mavjud va u universitet qoidalariga koʻra biriktiriladi. Oʻqitiladigan ikkinchi tillar roʻyxati quyidagilar boʻlib, talaba qaysi tilni oʻrganishni oʻzi tanlashi mumkin: fransuz, nemis, arab, ispan, turk va xitoy. Fakultet Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi tahrirosti hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi buyruqlari va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining ichki qoidalari asosida faoliyat koʻrsatadi. Birinchi ingliz tili fakulteti hozirgi kunda bitiruvchilarni ishchi oʻrinlari bilan taʼminlash maqsadida ayrim xalqaro kompaniya va muassasalar bilan hamkorlik qilmoqda. Fakultet hamkorlari quyidagilar: Oʻzbekistondagi Britaniya Kengashi, Toshkentdagi AQSH Elchixonasi, Hindistonning „ITEC“ dasturi, Malayziya Elchixonasining Oʻzbekistondagi oʻquv dasturi va Yevropa Ittifoqining „TEMPUS“ dasturi. Fakultetda quyidagi kafedralar faoliyat olib boradi:

  • Ingliz tili amaliy fanlar № 1 kafedrasi
  • Ingliz tilining integrallashgan kursi № 1 kafedrasi
  • Ingliz tili nazariy aspektlari № 1 kafedrasi
  • Ingliz tilini oʻqitish metodikasi № 1 kafedrasi
  • Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi
  • Pedagogika va psixologiya kafedrasi
  • Umumiy tilshunoslik kafedrasi
Fakultet rahbariyati
  • Fakultet dekani:
  • Yoshla ishlari va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha dekan muovin(lar)i:
  • Ilmiy innovatsion ishlar boʻyicha dekan muovini:
  • Oʻquv ishlari boʻyicha dekan muovini:

Ingliz tili 2-fakulteti

tahrir

Fakultetining tuzilishi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Birinchi ingliz tili fakulteti bilan bir xil. Ikkala fakultet ham asosan ingliz tilini oʻqitishga qaratilgan boʻlib, har ikkisi ham ingliz tili sohasi boʻyicha professional filologlarni yetishtiradi. Fakultetlarning har ikkalasi ham Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi tahrirosti hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi buyruqlari va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining ichki qoidalari asosida faoliyat yuritishi kabi oʻxshashliklarga ega. Biroq fakultetlar oʻrtasida baʼzi farqlar ham mavjud. Ikkinchi ingliz tili fakulteti Birinchi ingliz tili fakulteti tashkil qilinganidan 10 yil oʻtib, 2002-yilda tashkil etilgan. Bu fakultet 2009-yilda toʻliq faoliyat koʻrsatadigan fakultet sifatida belgilandi. Fakultet talabalarga ingliz tilidan tashqari yana bir xorijiy tilni ikkinchi til sifatida tanlash huquqini taqdim etadi.

Fakultetda quyidagi kafedralar faoliyat olib boradi:

  • Ingliz tili amaliy fanlar № 2 kafedrasi
  • Ingliz tilining integrallashgan kursi № 2 kafedrasi
  • Ingliz tili nazariy aspektlari № 2 kafedrasi
  • Ingliz tilini oʻqitish metodikasi № 2 kafedrasi
  • Boshlangʻich taʼlimda ingliz tili kafedrasi;
  • Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi.
Fakultet rahbariyati
  • Fakultet dekani:
  • Yoshla ishlari va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha dekan muovin(lar)i:
  • Ilmiy innovatsion ishlar boʻyicha dekan muovini:
  • Oʻquv ishlari boʻyicha dekan muovini:

Ingliz tili 3-fakulteti

tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi № 1875-sonli „Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisida“gi va 2013-yil 23-maydagi № 1971-sonli „Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarorlariga muvofiq 2021 yil Universitet tasarrufida Ingliz tili uchinchi fakulteti tashkil etildi. Hozirda Ingliz tili uchinchi fakultetida 4 ta mutaxassislik kafedralari mavjud boʻlib, ularda 100 nafarga yaqin professor-oʻqituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda. Ulardan 8 nafari fan nomzodi (PhD) ilmiy darajalariga ega. Talabalarning mustaqil taʼlim koʻnikmalarini shaklantirishlari uchun fakultetda internet tarmogʻiga ulangan 6 ta kompyuter xonalari hamda axborot resurs markazi faoliyat yuritmoqda. Fakultetda tahsil olayotgan talabalarga zamonaviy bilimlarni berish uchun quyidagi kafedralar tashkil qilingan. Fakultet tasarrufidagi kafedralar:

  • Ingliz tili amaliy fanlar № 3 kafedrasi
  • Ingliz tilining integrallashgan kursi № 3 kafedrasi
  • Ingliz tili nazariy aspektlari № 3 kafedrasi
  • Ingliz tilini oʻqitish metodikasi № 3 kafedrasi
Fakultet rahbariyati
  • Fakultet dekani: Turgʻun Ismailov Salohiddinovich
  • Yoshla ishlari va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha dekan muovin(lar)i: Nodira Kadirova Kamilovna va Sherzod Zokirov Noʻmonjon oʻgʻli
  • Ilmiy innovatsion ishlar boʻyicha dekan muovini: Ulugʻbek Karimov Nusratovich
  • Oʻquv ishlari boʻyicha dekan muovini: Oʻmasov Sherbek Azamovich

Sharq Filologiyasi fakulteti

tahrir

O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimovning 2012-yil 10-dekabrdagi №1875-sonli “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi va 2021-yil 29-iyuldagi №318-sonli “O’zbekiston davlat jahon tillari Universitetining tashkiliy tuzilmasiga o’zgartirish kiritish to’g’risida”gi buyrug’iga muvofiq Sharq filologiyasi fakulteti tashkil topdi. Hozirda fakultetda 3 ta mutaxassislik kafedralari va 2 ta nomutaxassislik kafedralari mavjud bo’lib, ularda 74 nafardan ortiq professor-o’qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda.

Fakultet tasarrufidagi kafedralar
  • Koreys tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi
  • Yapon tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi
  • Xitoy tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi
  • Jahon adabiyoti kafedrasi
  • O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi
  • Arab va Turk tillari nazariyasi va amaliyoti
Fakultet rahbariyati
  • Fakultet dekani:
  • Yoshla ishlari va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha dekan muovin(lar)i:
  • Ilmiy innovatsion ishlar boʻyicha dekan muovini:
  • Oʻquv ishlari boʻyicha dekan muovini:

Rus filologiyasi fakulteti

tahrir

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tarkibida „Rus filologiyasi fakulteti“ning tashkil qilinishi natijasida rus filologiyasi va adabiyoti boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. Fakultet bitiruvchilarining koʻpchiligi hozirda turli mamlakatlarda Oʻzbekiston Respublikasi vakillari sifatida faoliyat olib bormoqda. Rus filologiyasi fakulteti Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi tahrirosti hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi buyruqlari va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining ichki qoidalari asosida faoliyat koʻrsatadi. Barcha darsliklar va oʻquv jarayonlari Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilanadi va Oʻzbekiston hukumati tomonidan tasdiqlanadi. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining „Rus filologiyasi fakulteti“da 3ta kafedra mavjud boʻlib, ular quyidagilar:

  1. Rus adabiyoti va oʻqitish metodikasi kafedrasi – zamonaviy rus tili adabiyoti va boshqa mamlakatlar adabiyoti haqida bilim va koʻnikma berishga qaratilgan.
  2. Rus tili va oʻqitish metodikasi kafedrasi – asosan rus tilining grammatika qoidalarini oʻrgatishga qaratilgan. Kafedra, shuningdek, nutq darslari orqali oʻquvchilarning amaliy koʻnikmalarini ham kengaytiradi.

Tarjimonlik fakulteti

tahrir

1994-yilda OʻzDJTUda"Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti" tashkil etilgan. 2019-yildan boshlab mazkur fakultet „Tarjimonlik fakulteti“ deb nomlandi. Bu fakultetda bakalavriat yoʻnalishi uchun 4 ta asosiy til mavjud boʻlib, ular quyidagilar: ingliz, fransuz, nemis va ispan tillari. Magistratura yoʻnalishi esa bu fakultetda 2005-yilda ochilgan. Bundan tashqari, 2008-yilda magistratura yoʻnalishi uchun Xitoy tili filiali ochildi. Tarjimonlik fakulteti Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi tahrirosti hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi buyruqlari va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining ichki qoidalari asosida faoliyat koʻrsatadi. Barcha darsliklar va oʻquv jarayonlari Oʻzbekiston oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilanadi va Oʻzbekiston hukumati tomonidan tasdiqlanadi. Tarjimonlik fakulteti bugungi kunda universitetni bitirganidan soʻng talabalarning doimiy ish joylari bilan taʼminlash maqsadida koʻplab xalqaro kompaniyalar, muassasalar bilan hamkorlik qilmoqda. Fakultet hamkorlari quyidagilar: Moskva davlat Lingua universiteti, Perudja universiteti (Italiya), Pekin Xitoy tili va madaniyati instituti, Seul Chun Ang universiteti, KOICA xalqaro korporatsiyasi, Deli universiteti (Hindiston), JICA xalqaro korporatsiyasi (Yaponiya), Oʻzbekistondagi Britaniya Kengashi va boshqa koʻplab muassasalar. Hozirda fakultetda 2 ta kafedra mavjud:

  1. Ingliz tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi – ingliz tili doirasida nazariy va amaliy nuqtai nazardan bilim beradi. Ingliz tilini oʻrganish metodlarini oʻrgatadi.
  2. Tarjima nazariyasi va amaliyoti – tarjima qilish texnikasi haqida muhim bilimlarni beradi va nazariy bilimlarni amaliyot bilan kengaytiradi.
Fakultet rahbariyati
  • Fakultet dekani:
  • Yoshla ishlari va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha dekan muovin(lar)i:
  • Ilmiy innovatsion ishlar boʻyicha dekan muovini:
  • Oʻquv ishlari boʻyicha dekan muovini:

Xalqaro jurnalistika fakulteti

tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-fevraldagi qaroriga asosan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshida Xalqaro jurnalistika fakulteti tashkil etildi. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakulteti bugungi kunda koʻplab xalqaro institutlar va jurnalistika sohasidagi mutaxassislar bilan qiziquvchi kompaniyalar bilan hamkorlik qilmoqda. Fakultet homiylari va hamkorlari quyidagilar: Moskva davlat universiteti, Nordestern universiteti (AQSh), Germaniya xalqaro jurnalistika instituti, Pekin Xitoy tili va madaniyati instituti, Seul universiteti, Chun Ang universiteti (Janubiy Koreya), JICA xalqaro korporatsiyasi, Qozogʻiston Milliy universiteti va boshqalar. Xalqaro jurnalistika fakulteti Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi tahrirosti hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi buyruqlari va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining ichki qoidalari asosida faoliyat koʻrsatadi. Barcha darsliklar va oʻquv jarayonlari Oʻzbekiston oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilanadi va Oʻzbekiston hukumati tomonidan tasdiqlanadi. Fakultet tarkibida 1ta kafedra mavjud:

  • Xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti kafedrasi – jurnalistikaning nazariy qismi haqida zaruriy bilimlar berish bilan bir qatorda, nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllash imkoniyatini beradi.
Fakultet rahbariyati
  • Fakultet dekani:
  • Yoshla ishlari va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha dekan muovin(lar)i:
  • Ilmiy innovatsion ishlar boʻyicha dekan muovini:
  • Oʻquv ishlari boʻyicha dekan muovini:

Roman-German filologiyasi fakulteti

tahrir
Fakultet rahbariyati
  • Fakultet dekani:
  • Yoshla ishlari va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha dekan muovin(lar)i:
  • Ilmiy innovatsion ishlar boʻyicha dekan muovini:
  • Oʻquv ishlari boʻyicha dekan muovini:

Maʼmuriy-boshqaruv tuzilma:

tahrir
  • Oʻquv-uslubiy boshqarma
  • Axborot-resurs markazi
  • Magistratura boʻlimi
  • Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi
  • Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi
  • Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagopgik kadrlar tayyorlash boʻlimi
  • Xalqaro aloqalar boʻlimi
  • Reyting boʻlimi
  • Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi
  • Xodimlar boʻlimi
  • Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish
  • Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻlimi
  • Raqamli taʼlim texnologiyalari markazi
  • Hududiy taʼlim muassasalari bilan ishlash boʻlimi
  • Devonxona

Universitetdagi taʼlim yoʻnalishlari

tahrir

Bakalavriat

tahrir
  • xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
  • filologiya va tillarni oʻqitish (ingliz tili)
  • filologiya va tillarni oʻqitish (nemis tili)
  • filologiya va tillarni oʻqitish (fransuz tili)
  • filologiya va tillarni oʻqitish (ispan tili)
  • filologiya va tillarni oʻqitish (xitoy tili)
  • filologiya va tillarni oʻqitish (koreys tili)
  • filologiya va tillarni oʻqitish (yapon tili)
  • filologiya va tillarni oʻqitish (rus tili)
  • ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti oʻzga tilli guruhlarda)
  • tarjima nazariyasi va amaliyoti
  • jurnalistika (xalqaro jurnalistika).
  • Rus tili va ingliz tilini oʻqitish

Magistratura

tahrir
  • xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
  • adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti)
  • lingvistika (ingliz, nemis, fransuz, ispan, xitoy, rus tillari)Xolmurodova Marjona
  • qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (tillar boʻyicha)
  • xalqaro jurnalistika (faoliyat turlari boʻyicha)
  • jurnalistika (sport jurnalistikasi).

Doktorantura

tahrir

Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim institutida katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlash va himoya qilish maqsadida quyidagi ixtisoslik yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy izlanishlar olib boradilar:

  • 10.00.02 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi
  • 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avsraliya xalqlari tili va adabiyoti
  • 10.1.6 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
  • 10.1.7 – Adabiyot nazariyasi
  • 10.00.09 – Jurnalistika
  • 13.1.1 – Pedagogika nazariyasi va tarixi. Taʼlimda menejment
  • 13.1.2 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha)
  • 7.1.8 – Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi
  • 7.1.9 – Ijtimoiy-siyosiy institutlar va jarayonlar tarixi.

Akademik litsey

tahrir

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshida bitta akademik litsey mavjud. Oʻzbekiston Respublikasi qonun va farmonlari asosida toʻliq ishlaydigan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi hisoblanadi. Barcha darsliklar va oʻquv jarayonlari Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilanadi va Oʻzbekiston hukumati tomonidan tasdiqlanadi. Akademik litseyga 9 yillik majburiy taʼlimni tamomlagan va litsey imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilargina qabul qilinadi. Asosan matematika, chet tili, ona tili va adabiyot fanlarini chuqurlashtirilgan asosda oʻqitishga qaratilgan. Oʻquvchilar, shuningdek, iqtisodiyot, muhandislik, biznes, marketing, menejment va boshqa sohalar boʻyicha bilimga ega boʻlishlari mumkin. Akademik litseyni tamomlagan oʻquvchilarga diplom beriladi. Darslar uch tilda: oʻzbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi. Asosiy xorijiy tillar: ingliz tili va nemis tillarini oʻz ichiga oladi. Baʼzi qoʻshimcha tillar ham mavjud boʻlib, ular akademik litseyda ikkinchi til sifatida oʻqitiladi: fransuz, yapon, xitoy, koreys, ispan, arab va turk tili. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi akademik litsey 3 yilga moʻljallangan.

Universitet hamkorlari

tahrir

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti quyidagi xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan ham hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻygan[5]:

Ispaniya
  • Cadiz universiteti
  • Jaen universiteti
  • Granada universiteti
  • Kastiliya-la-Mancha universiteti
  • Malaga universiteti
  • Komplyutens universiteti
  • La Rioxa universiteti
  • Kordoba universiteti
  • Salamanka universiteti
  • Sevilya universiteti
  • Leon universiteti
  • Saragosa universiteti
Buyuk Britaniya
  • Markaziy Lankashir universiteti
  • Portsmut universiteti
  • Aston universiteti
  • London Metropolitan universiteti
  • Norvich til taʼlimi universiteti
AQSh
  • Arizona universiteti
  • Webster universiteti
  • Purdue universiteti
Fransiya
  • Versal Akademiyasi
  • Serji Pontua universiteti
Italiya
  • Venetsiya Ca Foskari universiteti
  • Milan universiteti
  • Perudja shahridagi Xorijiy Talabalar universiteti
Germaniya
  • Boxum Rur universiteti
  • Xaidelberg universiteti
  • Frayburg universiteti
  • Manxaim Instituti
Turkiya
  • Kastamonu universiteti
  • Igdir universiteti
  • Chankiri Karatekin universiteti
  • Marmara universiteti
  • Askaray universiteti
  • Ankara universiteti
  • Mersin universiteti
  • Koch universiteti
  • Yildiz universiteti
Finlandiya
  • Xalqaro Nordik universiteti
Shvetsiya
  • Lund universiteti
Rossiya
  • Moskva davlat lingvistika universiteti
  • Janubiy Federal universiteti
  • Qozon Federal universiteti
  • Sankt-Peterburg Davlat universiteti
Belorusiya
  • Minsk Davlat Lingvistika universiteti
Ruminiya
  • Alba Yulia universiteti
Yaponiya
  • Bunkyo Gakuin universiteti
  • Toyo universiteti
  • Wakayama universiteti
  • Soko universiteti
  • Otemae universiteti
  • Tokio Online universiteti
  • Tsukuba universiteti
  • Yaponiya Raqamli universiteti
Xitoy
  • Shanxay Chet Tillar universiteti
  • Pekin Chet Tillar universiteti
  • Sharqiy Lyaonin universiteti
Janubiy Koreya
  • Seul Milliy universiteti
  • Pusan Chet Tillar universiteti
  • Chung Ang universiteti
  • Sunchon universiteti
  • Tongmyong universiteti
  • Doksang universiteti
Malayziya
  • Sultan Idris Taʼlim universiteti
Indoneziya

Universitet huzuridagi tashkilotlar

tahrir

Filologiya masalalari jurnali

tahrir

2002-yildan buyon bir yilda toʻrt marta chop etilmoqda. Shartli bosma tabogʻi 12,8. Adadi 100 nusxani tashkil etadi. Maqolalar oʻzbek, rus, ingliz, olmon, fransuz va ispan tillarida beriladi. Nizomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Hay’at Majlisining 2002-yil 31-yanvardagi 1/8-sonli qarori bilan tasdiqlangan. 2007-yil 2-fevralda Oʻzbekiston matbuoti va axborot agentligi tomonidan qayta roʻyxatdan oʻtgan. Jurnal filologiya va pedagogika fanlari boʻyicha fan doktori ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiya ishlari ilmiy natijalari yuzasidan ilmiy maqolalar eʼlon qilinishi zarur boʻlgan nashrlar roʻyxatiga kiritilgan. 2007-yil aprel oyida jurnal UNESCOning 1994 – 4233 ISSN raqamli xalqaro sertifikatini olgan. Adabiyotshunoslik, tilshunoslik, tarjimashunoslik, jurnalistika, metodika, pedagogika va psixologiya, asliyatdan tarjima ruknlari boʻyicha respublikamizdagi yetakchi olimlar, xorijiy mutaxassislar hamda ushbu yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan katta ilmiy xodim-izlanuvchi, mustaqil izlanuvchi magistrant va talabalarning maqolalari chop etiladi.

„Oʻzbekistonda xorijiy tillar“ nomli elektron ilmiy-metodik jurnal va Internet portali

tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 16-oktabrdagi 283-sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida „Oʻzbekistonda xorijiy tillar“ nomli ilmiy-metodik elektron jurnal va Internet portali faoliyat olib bormoqda. Hozirda www.fledu.uz portalining barcha loyihalari: journal.fledu.uz, books.fledu.uz, lessons.fledu.uz (Wayback Machine saytida 7-noyabr 2019-yil sanasida arxivlangan), teachers.fledu.uz (Wayback Machine saytida 7-noyabr 2019-yil sanasida arxivlangan), webinar.fledu.uz (Wayback Machine saytida 7-noyabr 2019-yil sanasida arxivlangan) virtual dunyoda faoliyat yuritmoqda. 2016-yil yanvar oyidan boshlab chet tillarini oʻrganuvchilar uchun onlayn, jonli videodarslar oʻtiladigan lessons.fledu.uz sayti ishga tushdi. books.fledu.uz subsaytida til oʻqitish nazariyasi, metodikasi, grammatikasi, tarjimashunoslik nazariyasiga oid oʻquv adabiyotlari, badiiy kitoblar hamda audio kitoblar, original va tarjima asarlar joylashtirib boriladi. journal.fledu.uz 2014-yil noyabr oyidan boshlab OAK tarkibidagi ilmiy jurnallar roʻyxatiga kiritilgan. fledu.uz portali esa 2014-yil iyun oyida OAV sifatida roʻyxatdan oʻtgan.

Chet tillarni oʻqitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi

tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 23-maydagi „Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari togʻrisida“gi PQ-1971-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 17-dekabrdagi 331-sonli qarori asosida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida Chet tillarni oʻqitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi (RIAIM) tashkil etildi va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida 2014-yil 2-yanvardan oʻz faoliyatini boshladi. Innovatsiya markazining faoliyati yosh avlodga xorijiy tillarni oʻqitish tizimini tubdan takomillashtirishga, zamonaviy pedagogik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda oʻqitishning innovatsion usullarini joriy etish orqali mutaxassislarni tayyorlashga va shu asosda ularning yutuqlariga keng yoʻl ochib berishlari uchun sharoit va imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan. Innovatsion markazning asosiy vazifalari sifatida sivilizatsiya va jahon axborot resurslari, shuningdek, xalqaro hamkorlik va aloqalarni rivojlantirish, chet tillar boʻyicha davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarini takomillashtirish, yangi avlod darsliklari va oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlash, yetakchi xorijiy davlatlar tajribasini hisobga olgan holda chet tillarini oʻqitishning zamonaviy uslublarini ishlab chiqish etib belgilangan.

Galereya

tahrir

Qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Uzbekistan State World Languages University.“. timeshighereducation.com. Qaraldi: 17-noyabr 2022-yil.
  2. „Uzbekistan State University of World Languages“. free-apply.com. Qaraldi: 17-noyabr 2022-yil.
  3. „About Uzbekistan State World Languages University“. topuniversities.com. Qaraldi: 17-noyabr 2022-yil.
  4. „Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz filologiyasi fakultetiga Ergasheva Guli Ismoil qizi dekan etib tayinlandi.“. uzswlu.uz. Qaraldi: 20-sentabr 2023-yil.
  5. „Uzbek State World Languages University“. uil.unesco.org. 2022-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-noyabr 2022-yil.



Havolalar

tahrir