Oʻzbekiston DXX futbol kubogi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati kubogi

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi – Oʻzbekiston Respublikasi hududida mahallalar, tumanlar, viloyatlar bosqichida oʻtkaziladigan anʼanaviy futbol va mini-futbol musobaqasi. Mohiyati jihatidan strit-futbolga yaqin. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbari Abdusalom Azizov tashabbusi bilan 2021-yilda tashkil etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining futbol kubogi
Davlat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Oʻtkazuvchi tashkilot Davlat xavfsizlik xizmati
Sport vazirligi
Futbol assotsiatsiyasi
Professional futbol ligasi
Futbol tuzilmasidagi oʻrni 3
Tashkil etilgan 2021-yil
Jamoalar soni 12
Amaldagi chempion Oʻgʻil bolalar oʻrtasida:
"Yangi avlod" (Qashqadaryo viloyati)
Qiz bolalar oʻrtasida:
1-oʻrin. „Qarshi“ (Qashqadaryo viloyati)
Toʻpurarlar Abdurashid Qaxarov (Namangan viloyati)
Diyora Mahmudova (Toshkent viloyati)[1]
TV hamkorlar Uzreport TV
Joriy mavsum: 2024

Mavsumlari

tahrir

2021-yil 30-mart kuni ilk marta Oʻzbekistonning tuman, shahar, viloyatlari kesimida uyushmagan, ishsiz va kam taʼminlangan yoshlar oʻrtasida sportning mini-futbol turi boʻyicha Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi musobaqalari tashkil etilgan. Unda 18-30 yosh oraligʻidagi yoshlardan 7779 tasi qatnashgan. Tuman, shahar va viloyat bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan eng kuchli 14ta jamoa 12-15-iyun kunlari Toshkent shahridagi Bunyodkor stadionida boʻlib oʻtgan final bosqichida qatnashdi. 1-oʻrinni Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani „Samarqand“ mahallasi jamoasi, 2-pogʻonani Sirdaryo viloyati Guliston shahri „Taraqqiyot“ mahallasi jamoasi, 3-oʻrinni Jizzax viloyati Zomin tumani „Gʻofur Gʻulom“ mahallasi jamoasi qoʻlga kiritdi[2].

Musobaqa juda yuqori saviyada tashkil etildi. O‘zbekistonda 16-30 yoshlar oralig‘idagi yoshlarni o‘zida qamrab olgan bu kabi keng ko‘lamli musobaqalar kam. Har bir mahalla o‘z sha'nini himoya qilgani, keyinroq esa tuman va respublika bosqichi bilan turnir davom ettirilgani, 60mingdan ziyod yoshlarning bir chempionat yo‘lida kurashga kirishgani juda xursand qildi. Tashkiliy masalada qiyinchiliklar bo‘ldi. Lekin ishtirokchilarning ko‘zlaridagi minnatdorlik hislari barcha charchoqlarimizni chiqarib yuboradi

2022-yildan boshlab, Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahrida futbol va mini-futbol boʻyicha kubok musobaqalari uch bosqichda oʻtkazib kelinmoqda.

  1. Yoshlar oʻrtasida tuman/shahar musobaqalari. Ular aprel-may oylarida oʻtkazildi.
  2. Tuman/shahar gʻoliblari oʻrtasida Davlat xavfsizlik xizmati Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari boshligʻi kubogi musobaqalari. Ular iyun-iyul oylarida oʻtkaziladi.
  3. Viloyat gʻoliblari oʻrtasida Davlat xavfsizlik xizmati kubogi uchun respublika bosqichi musobaqalari. Ular avgust oyida oʻtkazildi[3].

21-avgust kuni qur’a tashlash marosimi boʻldi[4].

Respublika bosqichi oʻyinlari – futbol boʻyicha guruh, mini-futbol boʻyicha guruh va final uchrashuvlari „Bunyodkor“ futbol akademiyasiga qarashli sunʼiy qoplamali maydonlarda, futbolning final uchrashuvi Toshkent shahridagi "Jar" stadionida oʻtkazildi. 28-avgust kungi final oʻyinida futbol va mini-futbol boʻyicha gʻoliblar aniqlandi. Mini-futbol boʻyicha gʻoliblik Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi „Koʻl“ jamoasi yoshlariga nasib etgan boʻlsa, Toshkent shahrining Olmazor tumani „Paxta“ jamoasi ikkinchi, Fargʻona viloyati Fargʻona tumani „Oqtepa“ jamoasi esa uchinchi oʻrinni egalladi.

Futbol boʻyicha oʻtkazilgan bellashuvlarda Toshkent viloyati Boʻka tumani „Doʻstlik“ jamoasi birinchi, Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani „Bogʻiston“ jamoasi ikkinchi oʻrinni egalladi. Uchinchi oʻrin Jizzax viloyati Jizzax shahri „Turon“ jamoasiga nasib etdi[5].

2023-yildan boshlab ayollar oʻrtasida ham musobaqalar oʻtkazila boshlandi. Qizlar oʻrtasida mini-futbol boʻyicha DXX kubogi musobaqalari uch bosqichda oʻtkazildi. Birinchi bosqich – tuman va shaharlar kesimida aprel-may oylarida, ikkinchi bosqich – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida iyun-iyul oylarida oʻtkazildi. Musobaqalar respublika boʻyicha 250 ming nafardan ortiq yoshlarni qamrab oldi. Ikkinchi bosqich yakuni boʻyicha 365 nafar yoshlar aniqlanib, mahalliy futbol klublarga jalb qilindi[6].

Respublika bosqichi 21—25-avgust kunlari „Bunyodkor“ futbol akademiyasida boʻlib oʻtdi[7]. 21-avgust kuni qur’a tashlash marosimi boʻldi[8]. Respublika bosqichida oʻgʻil bolalar oʻrtasida futbol va mini-futbol boʻyicha gʻolib boʻlgan jamoalar mahallasiga mini-futbol maydoni, 2-oʻrinni egallagan jamoalar uchun basketbol va voleybol oʻyinlari uchun moʻljallangan universal sport maydoni, 3-oʻrinni egallagan jamoalar mahallasiga bir savatli koʻcha basketboli sport maydoni qurib berilishi belgilandi.

Qizlar oʻrtasidagi musobaqada gʻolib va sovrindor boʻlgan jamoalar pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Ularga diplom, medal, velosiped va televizorlar berildi. Final oʻyini 26-avgust kuni „Jar“ stadionida oʻtkazildi. Unda 42 ta jamoa gʻoliblik uchun kurashdi. Oʻgʻil bolalar oʻrtasida Qashqadaryo viloyatining „Qamashi“ jamoasi, qiz bolalar oʻrtasida Samarqand viloyatining „Nafis“ jamoasi gʻolib boʻldi[9].

6-aprel kuni futbol va mini futbol boʻyicha DXX kubogining Toshkent shahar bosqichiga start berildi[10][11].

19-avgust kuni Respublika bosqichiga qurʼa tashlandi[12]. 22-avgustda chorak final, 23-avgustda yarim final, 24-avgustda esa 3-oʻrin uchun bahs va final musobaqasi boʻlib oʻtdi[13].

Finalda oʻgʻil bolalar oʻrtasida mini-futbol boʻyicha 1-oʻrinni Qashqadaryo viloyatining „Yangi avlod“, 2-oʻrinni Namangan viloyatining „Dambogʻ“, 3-oʻrinni Buxoro viloyatining „Joʻrabod“ jamoalari oldi. Qiz bolalar oʻrtasida mini-futbol boʻyicha 1-oʻrinni Qashqadaryo viloyatining „Qarshi“, 2-oʻrinni Toshkent viloyatining „Chinoz“, 3-oʻrinni Jizzax viloyatining „Arnasoy-W“ jamoalari oldi. Oʻgʻil bolalar oʻrtasida futbol boʻyicha 1-oʻrinni Qashqadaryo viloyatining „Arabxona“, 2-oʻrinni Toshkent viloyatining „Oq ovul“, 3-oʻrinni Andijon viloyatining „Poloson“ jamoalari oldi. Mini-futbol boʻyicha „eng yaxshi oʻyinchi“ – Maʼruf Turniyozov, „eng yaxshi toʻpurar“ – Abdurashid Qaxarov, „eng yaxshi darvozabon“ – Behruzjon Rashidov boʻldi. Qizlar oʻrtasida mini-futbol boʻyicha „eng yaxshi oʻyinchi“ – Sabrina Anarboyeva, „eng yaxshi toʻpurar“ – Diyora Mahmudova, „eng yaxshi darvozabon“ – Sarvinoz Ergasheva boʻdi. Oʻgʻil bolalar oʻrtasida futbol boʻyicha „eng yaxshi oʻyinchi“ – Qahramon Shohnazarov, „eng yaxshi toʻpurar“ – Hikmatilla Habibullayev, „eng yaxshi darvozabon“ – Shahzod Madaminov deb topildi.

Manbalar

tahrir