Abdulla Oripov
Abdulla Oripov (1941-yil 21-mart – 2016-yil 5-noyabr) – Oʻzbekiston Qahramoni unvoni sohibi, oʻzbek shoiri, tarjimoni va jamoat arbobi. XX asr oʻzbek adabiyoti va sheʼriyatining taniqli vakili hamda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi matni muallifi.
Abdulla Oripov | |
---|---|
Tavalludi |
21-mart 1941-yil Qashqadaryo viloyati Koson tumani, Nekoʻz qishlogʻi |
Vafoti |
5-noyabr 2016-yil (75 yoshda) Xyuston, Texas, AQSh |
Fuqaroligi |
SSSR Oʻzbekiston |
Sohasi | sheʼriyat |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti, (hozirgi OʻzMU) „Oʻzbek filologiyasi“ fakulteti |
Akademik rahbarlari | Abdulla Qahhor, Oybek |
Mashhur ishlari | Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi muallifi |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirAbdulla Oripov 1941-yilning 21-martida Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidagi Nekoʻz qishlogʻida tugʻildi. Qishloq Qoʻngʻirtov etagida joylashgan. Otasi Orifboy Ubaydulla oʻgʻli jamoa xoʻjaligi raisi boʻlgan. Onasi Turdixol uy bekasi boʻlgan. Oilada toʻrt oʻgʻil, toʻrt qiz boʻlib, Abdulla oʻgʻillarning kenjasi edi. 1958-yilda oʻrta maktabni oltin medal bilan tamomlagach, Toshkent Davlat universiteti oʻzbek filologiyasi fakultetining jurnalistika yoʻnalishiga oʻqishga kirib, oliygohni ham 1963-yilda imtiyozli diplom bilan yakunladi. Universitetdan soʻng 1963-1967-yillarda "Yosh gvardiya" nashriyotida muharrir, 1974-1976-yillarda „Sharq yulduzi“ jurnali boʻlim mudiri; 1976-1982-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi adabiy maslahatchisi; 1982-1983-yillarda uyushmaning Toshkent viloyati boʻlimi mas’ul kotibi; 1983-1985-yillarda "Gulxan" jurnali bosh muharriri; 1985-1996-yillarda Yozuvchilar uyushmasi mas’ul kotibi; 1996-2009-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi va bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Mualliflik huquqini himoya qilish davlat agentligi raisi lavozimlarida faoliyat yuritdi. 2009-yildan umrining oxirigacha Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi faxriy raisi lavozimini egallagan[1].Abdulla Oripov 1990-yilda Oʻzbekiston Oliy Kengashi, 1995-yilda Oʻzbekiston Oliy Majlisi deputatligiga saylandi. 2005-yilda Senat aʼzosi etib tayinlangan[2]. Abdulla Oripov 2016-yilning 5-oktyabrida uzoq vaqt davomidagi kasallikdan soʻng, AQShning Texas shtatida vafot etdi. U Toshkent shahridagi Chigʻatoy qabristoniga dafn etilgan[3].
Ijodi va faoliyati
tahrirAbdulla Oripov talaba vaqtida respublika matbuotida „Qushcha“ deb atalgan ilk sheʼri chiqqan. Shundan keyin Abdulla Oripovning ketma-ket „Munojotni tinglab“, „Birinchi muhabbatim“, „Bahor“, „Kuz“, „Saraton“, „Oʻzbekiston“, „Otello“, „Sarob“, „Dengizga“, „Malomat toshlari“, „Oltin baliqcha“, „Yuzma-yuz“, „Genetika“ kabi sheʼrlari oʻsha davrda oʻzbek adabiyotining yorqin namunalaridan biriga aylangan. 1965-yilda Oripovning „Mitti Yulduz“ nomli ilk sheʼriy toʻplami oʻquvchilar qoʻliga yetib borgan. Bu Oripov ijodining boshlanishi edi. „Mitti yulduz“dan soʻng „Koʻzlarim yoʻlingda“, „Onajon“, „Ruhim“, „Oʻzbekiston“, „Qasida“, „Xotirot“, „Yurtim shamoli“, „Hayrat“, „Najot qal’asi“, „Yillar armoni“, „Ishonch koʻprigi“, „Munojot“, „Haj daftari“, „Saylanma“, „Ishonch koʻpriklari (1989)“ kabi bir qator sheʼriy toʻplamlari bosmadan chiqa boshlagan. Abdulla Oripov juda sermahsul ijodkor boʻlib dostonchilikda ham oʻzini koʻrsatgan. Xususan uning: „Jannatga yoʻl“, „Tabib va oʻlim“, „Ranjkom“, „Sohibqiron“ kabi dostonlari oʻzbek xalqi adabiyot muhlislariga juda manzur kelgan. Abdulla Oripovning Oʻzbekiston oldidagi xizmatlari cheksiz, u mustaqil Oʻzbekistonning madhiyasi muallifi hisoblanadi.
Abdulla Oripov Kaliforniyada joylashgan (AQSh) Fan, taʼlim, sanoat va sanʼat xalkaro akademiyasining chet ellik aʼzosi hisoblanadi. Yaponiyaning Soka universiteti professori. „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ bosh tahrir hay’ati aʼzosi, Hamza nomidagi hamda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari laureati hisoblanadi[4].
Abdulla Oripov gʻazal janrida ham ijod qilgan. Jumladan, 2024-yil nashr etilgan „Buyuk soddalik“ nomli toʻplamida 34 ta gʻazali nashr etilgan[5].
Tarjimalari
tahrirAbdulla Oripov Dantening „Ilohiy komediya“ asarini, Nekrasov, Lesya Ukrainka, T. Shevchenko, K. Kuliyev kabi dunyoga mashhur yozuvchilarning asarlarini oʻzbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan
2015-yilda Oripov Italiya yulduzi ordeni bilan taqdirlangan. Ordenni Oripovga Italiya prezidenti Serj Sotarelloning maxsus taklifiga binoan topshirilgan.
Asarlari
tahrir- "Mitti yulduz" (1965)
- "Koʻzlarim yoʻlingda" (1967)
- "Onajon" (1969)
- "Ruhim" (1971)
- "Oʻzbekiston" (1972)
- "Xotirot" (1974)
- "Yurtim shamoli" (1974)
- "Jannatga yoʻl" (1978)
- "Hayrat" (1979)
- "Hakim va ajal" (1980)
- "Najot qalʼasi" (1981)
- "Yillar armoni" (1983)
- "Ranjkom" (1988)
- Haj daftari" (1992)
- "Saylanma" (1996)
- "Sohibqiron (sheʼriy drama)" (1996)
- "Tanlangan asarlar I-IV" (2000-2001)
- „Ummon boʻyidagi oʻylar“ (2024)[6][7]
Tarjimalari
tahrir- Dante „Ilohiy komediya“
- Aleksandr Pushkin
- Lesya Ukrainka, sheʼrlar
- Taras Shevchenko, sheʼrlar
- Nikolay Nekrasov, sheʼrlar
- Qaysin Quliyev, sheʼrlar
- Rasul Hamzatov, sheʼrlar
- Mar Bayjiyev, sheʼrlar
Mukofotlari
tahrir- 1983-yil – Oʻzbekiston xalq shoiri
- 1994-yil Doʻstlik ordeni [8]
- Xalqlar doʻstligi ordeni
- 1998-yil – „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni
- 2015-yil – Italiya yulduzi ordeni[9]
- 2015-yil – Xalqaro „Oltin yulduz“ ordeni
- 1994-yilda – Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti [10]
Adabiyotlar
tahrir- Sharafiddinov O. Sheʼriyat – qalb yolqini. „Hayot bilan hamnafas“ kitobida. Toshkent. Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 1984.
- Karimov N. va boshqalar. XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi. -T.: „Oʻqituvchi“, 1999.
- Qoʻshjonov M., Suvon M.. Abdulla Oripov. Toshkent: „Maʼnaviyat“, 2000.
Manbalar
tahrir- ↑ „Abdulla Oripov“. https://oyina.uz/.
- ↑ „Abdulla Oripov“. https://prabook.com/.
- ↑ „Marhum shoir Abdulla Oripov hayoti va ijodi“. https://kun.uz/.
- ↑ https://kun.uz/uz/news/2016/11/05/marum-soir-abdulla-oripov-aeti-va-izodi
- ↑ Buyuk soddalik. Toshkent: Invest book, 2024 — 199-bet. ISBN 978-9910-9276-0-7.
- ↑ Ummon bo'yidagi o'ylar. Toshkent: Invest book, 2024 — 165-bet. ISBN 978-9910-9276-1-4.
- ↑ Назокат Усмонова. „Абдулла Ориповнинг “Буюк соддалик” ва “Уммон бўйидаги ўйлар” номли китоблари чоп этилди“. UzA.uz. Qaraldi: 2-dekabr 2024-yil.
- ↑ „„Xalq so‘zi" gazetasi 1994-yil 26-avgust soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 25-avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi e`lon qilinganligining uch yilligi munosabat bilan mukofotlash to‘g‘risida» gi farmon“ (http://press.natlib.uz/).
- ↑ „Abdulla Oripovga "Italiya yulduzi" ordeni tantanali ravishda topshirildi“ (o'zbekcha). kun.uz (2015-yil 10-dekabr). Qaraldi: 29-avgust 2024-yil.
- ↑ „„Xalq so‘zi" gazetasi 1994-yil 5-fevral kungi soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni “Adabiyot, san’at va me’morchilik sohasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotini berish to‘g‘risi”da "gi Farmoni Qaralgan sana=17.10.2024“ (http://press.natlib.uz/).