Pavel Pinigin
Pavel Pavlovich Pinigin (12-mart 1953-yil, Churapchi ulusi, Yoqut ASSR) — sovet erkin kurashchisi, SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi. Isteʼfodagi milisiya polkovnigi, „Dinamo“ jamiyati respublika kengashi rahbari.
Pavel Pinigin | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | erkak |
Taxallusi/Laqabi | Master |
Fuqaroligi | SSSR Rossiya |
Tavallud sanasi |
12-mart 1953-yil Diring, Churapchi ulusi, Yoqut ASSR, RSFSR, SSSR |
Faoliyat yillari | 1972—1980 |
Boʻyi | 178 sm |
Vazni | 72 kg |
Sport | |
Mamlakat | SSSR |
Qaysi sport | Erkin kurash |
Murabbiy(lar)i | Dmitriy Korkin, Burakov Yuriy Anatoliyevich |
Biografiyasi
tahrirPavel Pinigin 1953-yilda Yoqutistonning Churapchi ulusi Diring qishlogʻida tugʻilgan[1]. 1964-yilda kurash bilan shugʻullana boshlaydi. 1966-yildan Churapchi oʻsmirlar sport maktabida taniqli murabbiy Dmitriy Korkin bilan birga shugʻullangan. Kiyev davlat jismoniy tarbiya institutini (1975) va Rossiya Ichki ishlar vazirligining boshqaruv akademiyasini tamomlagan[2]. 1975—1987-yillarda Qurolli kuchlarda xizmat qilgan, 1987—2009-yillarda Saxa respublikasi (Yoqutiston) ichki ishlar organlari xodimi, 2009—2010-yillarda Saxa respublikasi (Yoqutiston) prezidenti maslahatchisi, 2010—2011-yillarda Saxa respublikasi (Yoqutiston) Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 2013-yil sentyabr oyidan Saxa respublikasi (Yoqutiston) „Oliy sport mahorat maktabi“ davlat byudjet muassasasi direktorining birinchi oʻrinbosari[2].
Sportdagi faoliyati
tahrir1972-yilda Tbilisidagi xalqaro turnirda ikkinchi oʻrinni egallab, SSSR sport ustasi boʻladi, oʻsha yili jahon chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan. 1973-yilda Jahon universiadasida ikkinchi oʻrinni egallaydi, A. Medved mukofoti uchun xalqaro turnirda gʻolib chiqqan va 1974-yilda SSSR chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan. 1975-yilda SSSR xalqlari spartakiadasida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, katta xalqaro faoliyatini boshlaydi[2].
1976-yilda Monrealda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida 68 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida kurashga tushgan. Kurashlarda:
- birinchi davrada Shabana Seydi (Yugoslaviya) ustidan 8:3 hisobida zafar quchgan;
- ikkinchi davrada Mehmet Sari (Turkiya) ustidan 10:3 hisobida gʻalaba qozonadi;
- uchinchi davrada qatnashmadi;
- toʻrtinchi davrada Sedendambin Natsagdord (Moʻgʻuliston) ustidan ochkolar boʻyicha 4:3 hisobida zafar quchadi;
- beshinchi davrada 8-daqiqada Rami Mironni (Isroil) raqib diskvalifikatsiyasi tufayli yengadi;
- oltinchi davrada Yasaburo Sugavaroga (Yaponiya) teng ochkolar (5:5) hisobida imkoniyatni boy beradi;
- finalda 12:1 hisobida yaqqol ustunlik bilan Lloyd Butch Kizerni (AQSh) magʻlub etib, Olimpiya oʻyinlari chempioniga aylandi[2].
1980-yilda Moskvada boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida 74 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida kurashga tushgan. Dastlabki uchta kurashda raqiblarini magʻlub etib, toʻrtinchisida yirik ustunlik bilan ochkolar boʻyicha gʻalaba qozonadi, beshinchi kurashda passiv kurashi tufayli diskvalifikatsiya qilinadi, oltinchisida Valentin Raychev tomonidan kuragi yerga tekkizladi va toʻrtinchi oʻrinda qoladi.
Pinigiin Qurolli kuchlar (Kiyev) tarkibida oʻynagan. Uch karra jahon chempioni (1975, 1977, 1978), ikki karra jahon kubogi sovrindori (1976, 1977), Yevropa chempioni (1975)[3], jahon chempionati kumush medali sovrindori (1972), Jahon universiadasining kumush medali sovrindori. (1973), SSSR chempioni (1976), SSSR chempionati kumush medali sovrindori (1974, 1977, 1978, 1980), SSSR xalqlari spartakiadasi chempioni (1975), SSSR xalqlari spartakiadasi kumush medali sovrindori (1979), faxriylar oʻrtasida jahon chempioni (1993)[4].
Kurashchining oʻziga xos harakati bu oyoq ostiga kirib olib, yelka va sonni ushlab olish va egilib uloqtirish boʻlgan.
Mukofot va unvonlari
tahrirHurmat belgisi ordeni (1976), Yoqutistonning eng oliy ordeni „Qutb yulduzi“ (2006) bilan mukofotlangan. Yoqut Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasida xizmat koʻrsatgan jismoniy tarbiya xodimi, xalqaro toifali toifali sudya (1994). Saxa (Yoqutiston) respublikasining XX asr sporti laureati, Yakutsk (1977) va Churapchi ulusining faxriy fuqarosi, Komsomol Markaziy qoʻmitasining „Sport jasorati“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan (1976). Saxa respublikasi (Yoqutiston) Davlat majlisining (Il Tumen) V, VI chaqiriq xalq deputati.
Qiziq faktlar
tahrirPavel Piniginaning rafiqasi 1988-yilgi Olimpiya chempioni, yengil atletika boʻyicha koʻp karra SSSR chempioni va rekordchisi, Yevropa chempioni, Jahon kubogi chempioni, jahon rekordchisi Mariya Piniginadir[5].
Neryungri viloyatidagi yirik oltin koniga[6], ogʻirligi 63,37 karat boʻlgan olmosga Pavel Pinigin[7] nomi qoʻyilgan.
Pavel Pinigin ikki kitob „Put k Olimpu“ (Yakutsk, 1984) va „Delo jizni moey — borba“ (1990, Kiyev) muallifidir.
Manbalar
tahrir- ↑ „Павел Пинигин“. Qaraldi: 2024-yil 24-may.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Павел Павлович Пинигин“. Qaraldi: 2024-yil 24-may.
- ↑ International Federation of Associated Wrestling Styles
- ↑ Pavel Pinigin | Wrestsakha
- ↑ „Sakha Information Server — Гражданский сервер о Республике Саха (Якутия)“. 2015-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 3-may.
- ↑ „Новости геологии / Чьими именами называют месторождения?“. 2015-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 3-may.
- ↑ „Пинигин Павел Павлович | Federatsiya sportivnoy borbi Rossii“. 2010-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 3-may.