Piyozli gʻori
Piyozli gʻori — Piyozli togʻining (Zirabuloq — Ziyovuddin togʻlari) janubiy yon bagʻrida (Samarqand viloyati, Nar-pay tumani Tim kishlogʻidan 0,5 km shimoli-sharqda), urtacha 1020 m, togʻ etagidan 200 m balandliqda joylashgan. Devon davriga mansub ohaktoshlarda hosil boʻlgan. Gʻor ogʻzi yarim doira shaklida, eni 3 m, balandligi 1 m dan ziyod. P.gʻ. tuzilishi murakkab, bir nechta yoʻlak, yoʻlakchalar, baʼzan eni 6 m gacha boʻlgan xonalardan iborat. Balandligi 1,2—2,0 m, baʼzi joylarda 21 m gacha. Yulak va xonalardan har tomonga odam kira olmaydigan kavaklar tarkalgan. Sahnida tosh parchalari uyumlari, hayvon suyaklari, shipi va devorlarida esa kalsit mi-neralidan tashkil topgan uzum boshini eslatuvchi oqiklar uchraydi. Gʻor ich-karisida suv tomchilari kuzatiladi. Gʻor ichidagi temperatura 12°, nisbiy namlik 89% (iyunda).
P.gʻ.ning umumiy uz. 98 m, maydoni 200 m2, hajmi 160 m3 dan ziyod.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |