Rasht (Tojikiston)
Rasht — ilk oʻrta asrlarda Tojikistonning Garm viloyati hududida joylashgan shahar va viloyat (6—14-asrlar). Termizdan 60 farsax masofada boʻlgan. 8-asr oxirida barmakiylar avlodi Fadl ibn Yahʼyo (Xolid ibn Barmak nabirasi) R.da, turkiylar bilan chegaradosh yerda, mustahkam devor va darvoza qurdirgan. R. shahri hozirgi Garm shahri oʻrnida boʻlgan. R.ga qoʻshni Xat qishlogʻidan ilk oʻrta asrlarga oid tangalar xazinasi topilgan, ularning ichida 630-yilga oid Vizantiya imperatorining surati tushirilgan oltin tanga va 7— 8-asr boshiga oid xitoy koʻzgusi bor. Bu topilmalar R. orqali Buyuk ipak yoʻli oʻtganligidan va u yunonbaqtriya davrida ham mavjud boʻlganligidan dalolat beradi. 10-asrda R.da zarbxona boʻlib, unda somoniylarning dirhamlari chiqarilgan. Bu esa R. atrofida kumush konlari boʻlganligini bildiradi. V. Bartoldnit fikriga koʻra, R. viloyati 15-asrdan boshlab Qorategin deb atala boshlagan.
Adabiyot
tahrir- Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazichnim istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |