Ravon (qishloq)
Ravon — Fargʻona viloyati Soʻx tumanidagi qishloq, tumanning maʼmuriy markazi. Soʻx daryosining oʻng sohilida joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Furqat (62 km). Viloyat markazi (Fargʻona)gacha — 116 km. Aholisi 5,9 ming kishi (2003). Soʻx daryosidan suv oladi. R.da tuman hokimiyati binosi, tuman tashkilotlari, umumiy taʼlim maktablari, litsey, dehqon bozori, madaniyat saroyi, markaziy stadion, markaziy kasalxona bor. Madaniy, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Soʻx tumani telestudiyasi, „Sadoi Soʻx“ gaz. taxririyati faoliyat kursatadi. [1]
Ravon | |
---|---|
qishloq | |
39°56′0″N 71°09′0″E / 39.93333°N 71.15000°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Fargʻona viloyati |
tuman | Soʻx tumani |
Aholisi | 5 900 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |