Rimajon Xudoyberganova

sovet va oʻzbek davlat, siyosat, jamoat arbobi

Rimajon Xudoyberganova (1942-yil 22-aprel, Xorazm viloyati — 2022-yil 16-noyabr, Urganch tumani) — sovet va oʻzbek davlat, siyosat, jamoat arbobi. Xudoyberganova Xorazm viloyati partiya komitetining birinchi kotibi (1988—1991)[1][2][3][4], Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti (1987—1991)[4] va SSSR xalq deputatlari syezdi (1989—1991)[5][6][4] deputati boʻlgan.

Rimajon Matnazarovna Xudoyberganova
Xorazm viloyati deputatlar kengashi raisi
Mansab davri
1990 – 1992-yil yanvar
Vorisi lavozim tugatilgan
SSSR xalq deputatlari syezdi deputati
Mansab davri
1989 – 1991
Prezident Mixail Gorbachyov
Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Xorazm viloyati komiteti birinchi kotibi
Mansab davri
1988-yil 12-sentyabr – 1991-yil 14-sentyabr
Oʻtmishdoshi Mirahad Mirqosimov
Vorisi lavozim tugatilgan
Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati
Mansab davri
1987 – 1991
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 22-aprel 1942-yil
Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Vafoti 16-noyabr 2022-yil(2022-11-16)
(80 yoshda)
Urganch tumani, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston Respublikasi
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Siyosiy partiyasi KPSS
Kasbi tikuvchi
Faoliyati tikuvchi, davlat, jamoat arbobi, siyosatchi
Maʼlumoti Toshkent toʻqimachilik instituti
Ijtimoiy fanlar akademiyasi
Mukofotlari
Oʻzbekiston mustaqilligining 10 yilligi

Tarjimayi holi

tahrir

Rimajon Matnazarovna Xudoyberganova 1942-yil 22-aprelda Xorazm viloyatida tavallud topgan[7]. 1960-yilda Urganch shahridagi Maksim Gorkiy nomidagi 1-oʻrta maktabni tamomlaydi. 1960—1966-yillarda Toshkent toʻqimachilik institutida oʻqigan[1] hamda bir vaqtning oʻzida Toshkentdagi „Qizil Tong“ tikuvchilik fabrikasida tikuvchi-toʻquvchi boʻlib ishlagan. 1966-yilda institutni tugatgach, Urganch tikuvchilik fabrikasiga ishga yuborilib[1], brigada, boʻlimga rahbarlik qiladi. Xudoyberganova 1967-yildan bosh muhandis, 1972-yildan esa zavod direktori[7][4], 1976—1983-yillari Urganch va Xiva tikuvchilik fabrikalari negizida tashkil etilgan Xorazm viloyati tikuvchilik birlashmasi bosh direktori lavozimida ishlagan[4].

1976-yilda toʻqimachilik sanoatini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari va faoliyatidagi muvaffaqiyati uchun u "Hurmat belgisi" ordeni bilan taqdirlangan. 1978-yilda SSSR oʻqituvchilarining birinchi syezdiga vakil (delegat) etib saylangan.

1980-yillarda Xudoyberganova partiya safida ishlaydi[1]. 1983-yil iyul oyida KPSS Markaziy Komiteti huzuridagi Ijtimoiy fanlar akademiyasini tamomlagach[1], Xorazm viloyat partiya komitetining sanoat, transport va kommunikatsiyalar boʻlimi mudiri lavozimiga ishga yuboriladi[4]. 1984-yil avgust oyida taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha masʼul hisoblangan viloyat ideologiya komitetining kotibi etib saylanadi. 1985-yil oktyabr oyida viloyat deputatlari kengashining sessiyasida Xudoyberganova viloyat ijroiya komitetining raisi etib saylandi[8][4]. 1987-yilda Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati etib saylangan[1].

1988-yil sentyabrda Xorazm viloyat partiya komitetining birinchi kotibi etib saylandi[7][4]. SSSRda oʻsha davrdagi viloyat rahbari etib tayinlangan yagona ayol kishi boʻlgan. Bu lavozimda 1991-yilgacha faoliyat yuritgan.

1989-yilda muqobillik asosida Xudoyberganova SSSR xalq deputati etib saylanib[5][6], SSSR Oliy Sovetining Millatlar Sovetiga aʼzo boʻladi (to 1991-yilda SSSR Xalq deputatlari syezdi oʻzini oʻzi tarqatib yuborgunga qadar)[2][4]. 1990-yilda davlat organlari tuzilmasidagi oʻzgarishlar munosabati bilan Xudoyberganova xalq deputatlari viloyat kengashi raisi etib saylanadi, SSSR davlati parchalanib, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng, 1992-yilning yanvar oyida bu lavozim tugatilguniga qadar ushbu lavozimda faoliyat yuritadi.

1992-yildan xoʻjalik boshqaruvi faoliyati bilan shugʻullana boshlagan. 1992—1998-yillarda viloyat „Pillachilik“ boshqarmasi raisi, 1998-yil maydan 2007-yil iyungacha „Xorazmpilla“ aksiyadorlik jamiyati raisining oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 2007-yilda Xudoyberganova pesniyaga chiqadi[1][7]. Pensionerlik davrida Xorazm viloyati nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli boʻlgan[9][10]. 2022-yil 16-noyabrda Xudoyberganova 80 yoshida vafot etadi[7][11].

Unvon va mukofotlari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 „„Prezidentga meni ishdan olavering deganman“ — Xorazmni uch yil boshqargan Rimajon Xudoyberganova bilan suhbat“ (2020-yil 21-fevral). 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
  2. 2,0 2,1 „Sentrizbirkom SSSR. 1988—1991. Tom III“ (rus tilida) (pdf) 113-sahifa. aprel.org (2022). 2022-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
  3. 3,0 3,1 „Rimajon onaga yuksak e’zoz va ehtirom ko‘rasatildi“ (3-sentyabr 2021-yil). 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 4,6 4,7 4,8 „Xudaybergenova Rimadjan Matnazarovna“ (rus tilida). 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
  5. 5,0 5,1 „Alfavitniy spisok narodnix deputatov SSSR (26 marta 1989 - 26 dekabrya 1991, polniy)“ (rus tilida) (2022-yil 28-yanvar). 2013-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
  6. 6,0 6,1 „Spisok narodnix deputatov SSSR ot Uzbekskoy SSR, izbrannix ot territorialnix, natsionalno-territorialnix okrugov i obshestvennix organizatsiy“ (rus tilida) (pdf). „Pravda Vostoka“ gazetasi №83 2-sahifa (07.04.1989). 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 „Xorazmni 3 yil boshqargan Rimajon Xudoyberganova vafot etdi“ (2022-yil 16-noyabr). 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
  8. „Spisok delegatov“ (rus tilida). 2022-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
  9. 9,0 9,1 „Mukofotlar muborak“ (2021-yil 25-avgust). 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
  10. 10,0 10,1 „Mahalla tizimi xodimlarining bir guruhi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi“ (2021-yil 25-avgust). 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
  11. „Skonchalas Rimajon Xudoyberganova, rukovodivshaya Xorezmom 3 goda“ (rus tilida) (2022-yil 16-noyabr). 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
  12. „Oʻzbekiston mustaqilligining 10 yilligi“ esdalik nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (18.07.2001-yildagi PF-2899-son)“. 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
  13. „O nagrajdenii v svyazi s tridsatiletiyem nezavisimosti Respubliki Uzbekistan gruppi gosudarstvennix slujashix i rabotnikov proizvodstvennoy i sotsialno-ekonomicheskoy sfer“ (rus tilida) (2021-yil 25-avgust). 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.