Ronaldu de Asis Moreira (port.-braz.: Ronaldo de Assis Moreira; 1980-yil 21 mart, Porto-Alegre, Rio-Grande-du-Sul, Braziliya),Ronaldinyo nomi bilan mashhur (port.-braz.: Ronaldinho) va Ronaldino Gaucho[1] (port.-braz.: Ronaldinho Gaúcho) — braziliyalik futbolchi, hujumkor yari himoyachi va hujumchi sifatida oʻynagan. U 1980-yil 21-martda Braziliyaning Portu-Alegri shahrida tugʻilgan. Uning Portu-Alegri sehrgari,Ronni,Qirol,Dino laqablari mavjud.

U Braziliyaning „Gremio“, „Flamengo“, "Atletiko Mineyro", „Fluminense“, Fransiyaning „Pari Sen-Jermen“, Ispaniyaning „Barselona“, Italiyaning „Milan“, Meksikaning „Keretaro“ klublarida oʻynagan.

Tarjimai holiTahrirlash

Ronaldino1980-yil 21-martda Rio-Grande-du-Sul shtatining poytaxti Portu-Alegre shahridagi San-Lukas kasalxonasida oilada uchinchi farzand[2] boʻlib tugʻilgan. Uning onasi Dona Mugelina hamshiralikka oʻqigan boʻlsada sotuvchi sifatida ishlagan. Otasi Joao da Silva Moreyra kemasozlik ishchisi va „Gremio“ klubi avtoturargohining qoʻriqchisi edi.[3] U avval mahalliy havaskorlar jamoasi „Kruzeyro“da oʻynagan.[4] Ronaldinoning otasi uning ilk murabbiyi hisoblanadi. Chunki aynan u Vila Nova koʻchalarida shugʻullanadigan futbol oʻyinini unga oʻrgatgan.1987-yil Ronaldino Alberto Torres de Vila Nova kollejiga borib oʻqiy boshladi, lekin futbolga boʻlgan muxabbati uchun ulardan voz kechdi. Ronaldino kuni boʻyi futbol oʻynardi. Hatto oʻrtoqlari charchoq tufayli oʻynashdan bosh tortishsa u kuchugi Bombon bilan birga toʻp oʻynard

Ronaldino 7 yoshida Lanjendonk futbol maktabiga bordi. Oʻsha paytda xali uni „Kichik Ronaldo“ deb chaqirishardi.1988-yil Ronaldino 8 yoshligida otasi uydagi basseynda choʻmilayotib yurak huruji tufayli olamdan oʻtdi. Ronaldinoning akasi Roberto de Assis „Gremio“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Shundan soʻng oila Portu-Alegri tumanidagi klub sovgʻa qilgan uyga koʻchib oʻtdi. Keyinchalik Ronaldino shunday gaplar gapirgandi: <<Mening akam-men uchun haqiqiy qahramon! Aynan u ota,aka va futbolchi sifatida menga naʻmunadir>>[5]

1991-yilda u „Belu-Orizonti“ jamoasida oʻynay boshladi. Bu vaqtda u futzal va plyaj futboli bilan ham shugʻullangani uchun uning bu mashgʻulotlari katta futbolda unga qoʻl kelgan.1993-yil 13 yoshida ilk marta mamlakat OAV larida tilga olindi. U „Belu-Orizonti“ tarkibida mahalliy bir jamoaga qarshi oʻyinda jamoasi 23:0 hisobida yutdi. U barcha gollarni urgan edi.[6]

Klubdagi faoliyatiTahrirlash

= "Gremio"Tahrirlash

Ronaldino faoliyatini 1995-yilda „Gremio“ning yoshlar jamoasida bosh murabbiy Liam Xiggins qoʻl ostida yoshlar ligasida oʻynay boshladi.1997-yil fevralda u klub bilan shartnoma imzoladi. Oʻsha yili Misrda boʻlib oʻtgan 16 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionatida penaltidan 2 gol urib boʻlgʻusi yulduz deya taʼrif berila boshlandi.[7][8] Xuddi shu musobaqada Ronaldo ortida Ronaldino ham chiqish qildi.[9]

Bir yil oʻtgach Ronaldino asosiy jamoa uchun Libertadores kubogi debyut qildi.1998-yil 11-aprelda jamoa safida Rio Grande-do-Sul shtati chempionati doirasida „Santa-Kruz“ga qarshi oʻtkazdi va bu oʻyin 1:1 hisobda tugadi.[10] Oʻsha yilning 26-iyulida Ronaldino Braziliya chempionatidagi birinchi oʻyinini „Internacional“ klubiga qarshioʻtkazdi va jamoa 0:1 hisobida yutqazdi.[10] Bir yil oʻtgach Ronaldino oʻzining birinchi jiddiy musobaqasi Rio Grande-do-Sul shtati chempionatida gʻalaba qozondi. Shu musobaqada 14 ta oʻyinda 15 ta gol urdi. Gollaridan biri esa finalda „Internacional“ga urildi.[3] „Gremio“ safidagi 4 yil davomida Braziliya chempionatida 35 ta oʻyin oʻtkazib 14 ta gol urdi.

2001-yilda Londonning ''Arsenal" klubi unga qiziqib qoldi. Biroq terma jamoada kam oʻyin oʻtkazgani uchun ishlash uchun ruxsatnoma ololmagani sabab shartnoma bekor boʻldi.[11] Shotlandiyaning „Sent-Mirren“ klubi bilan tuzilgan 6 mln funt sterlinglik shartnomasi ham Ronaldinoning shotland klubiga oʻtishiga imkon bergan qalbaki pasport mojarosiga aralashgani tufayli buzildi.[12] Shuningdek „Lids Yunayted“ klubi Ronaldinoni 40-80 mln dollarga sotib olishi haqidagi mish-mishlar ham oʻzini oqlamadi.[13]

2000-yil 22-dekabrda Ronaldino yashirincha Fransiyaning „PSJ“ klubi bilan ilk shartnoma imzoladi. Biroz vaqt oʻtgach „Gremio“ prezidenti parijliklar uchun 2 yilga hisoblangan 6,4 mln yevrolik narxni aytdi. Ronaldinoning birinchi yili maoshi 150 ming yevro, ikkinchi yili 213 ming yevro boʻlishi kerakligi aytildi.[14] 2001-yil 17-yanvarda Parij klubi Ronaldinoning 5 yilga moʻljallangan 5,1 mln yevrolik transferni eʼlon qildi.[15] Braziliya klubiga bu transfer mutlaqo toʻgʻri kelmadi.[14] Braziliyalik „Gremio“dagi soʻnggi oʻyinida muxlislar qoʻllariga qora bogʻich bogʻlab unga qarshi kompaniya boshladi. Ronaldinoni akasini esa sotqin deb eʼlon qilishdi. Ronaldinoni har bir harakatlari hushtaklar bilan kutib olindi.[14]

= "Pari Sen-Jermen"Tahrirlash

2001/02-mavsumTahrirlash

2001-yil 15-fevralda Ronaldino Fransiyaning „PSJ“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Parij futbol klubi Ronaldino uchun 5 mln yevro toʻlab 5 yillik shartnoma imzoladi. Jamoaga kelgach 21-raqamli futbolka oldi va hujumchi Aloisio hamda yarim himoyachilar Mikel Arteta va Jey-Jey Okacha bilan hujum chizigʻini tashkil qildi. Ronaldino yangi jamoasida ilk oʻyinini 2001-yil 4-avgustda Fransiya ligasi doirasida „Oser“ga (1:1) oʻyinda oʻtkazdi. Ronaldino 2001/02-yilgi mavsumni koʻp qismini zahira oʻrindigʻida oʻtkazdi. Ronaldino „PSJ“ tarkibidagi ilk golini 13-oktyabrda „Lion“ga qarshi oʻyinda (2:2) oʻyin tugashiga 10 daqiqa qolganda maydonga tushib penaltidan urdi. Qishki tanaffusdan qaytgan Ronaldino ajoyib oʻyin namoyish etib ketma-ket 4 ta oʻyinda gol urdi. U gollarni „Monako“, „Renn“, „Lans“, „Loryan“ga urgandi.2002-yil 16-martda „Troya“ga qarshi oʻyinda (3:1) klubdagi ilk dublini qayd etdi. Mavsumdagi soʻnggi golini 27-aprelda „Mets“ga (2:0) urdi.

2002/03-mavsumTahrirlash

Yangi mavsum boshida Ronaldino 21-raqamini 10-raqamga oʻzgartirdi va asosiy tarkibga tez-tez tusha boshladi. Ikkinchi mavsumida muxlislarda katta taassurot qoldirmagan boʻlsada jamoaning eng yaxshi oʻyinchisi boʻldi.2002-yilda 26-oktyabrda Ronaldino ikkita gol urdi va shu bilan Le Klassikoda „Marsel“ ustidan gʻalaba qozondi (3:1).Ronaldinoning birinchi goli „Marsel“ga dravozadan 18 metr uzoqlikdan jarimadan gol urdi. Javob oʻyinida u yana gol urdi va jamoasi 3:0 hisobida gʻalaba qozondi. Fransiya kubogi finalida „Oser“ga jamoa 1:2 hisobda imkoniyatni boy berishdi. Ronaldinoning ajoyib oʻyinlariga qaramay jamoa chempionatda 11-oʻrinni oldi. Mavsum tugagach u klubni tark etishini aytdi, chunki jamoa yevrokuboklarga chiqa olmadi.

Klub uchun jami: Ikki mavsumda (2001—2003),86 oʻyinda 25 gol va 18 ta golli uzatma bergan.

= "Barselona"Tahrirlash

2003/04-mavsumTahrirlash

"Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoaga angliyalik Devid Bekxemni klubga olib kelishni vaʼda bergan, lekin Bekxem „Real“ga oʻtgani uchun bor eʼtiborini Ronaldinoni sotib olishga qaratdi.2003-yil 19-iyulda juda qiyin muzokaralardan soʻng Ronaldino „Barselona“ futbolchisiga aylandi va futbolchining transferi jamoaga 32,25 mln yevroga tushdi.[15] U jamoadagi debyutini „Milan“ga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (2:0) oʻtkazdi va bir gol urdi. Rasmiy oʻyinda u „Atletik Bilbao“ga qarshi chempionatdagi debyut oʻyinida maydonga tushdi (1:0)."Sevilya"ga qarshi rasmiy oʻyinda jamoadagi ilk golini urdi. Ikkinchi davrada jarohat olib bir muddat maydonga tushmadi. Umuman olganda u „Barselona“dagi ilk mavsumida 45 ta oʻyinda 22 gol urdi."Barselona"ning oʻzi chempionatda ikkinchi oʻrinni oldi. Mavsum yakunida Ronaldino Ispaniya chempionatining eng yaxshi xorijlik futbolchisi deb topildi.2004-yil 20-dekabrda FIFA unga dunyoning eng yaxshi futbolchisi unvonini berdi. Biroq „Oltin to'p“ soʻrovida u 133 ball bilan Andrey Shevchenko (175 ball) va Dekodan (139 ball) ortda qolib faqat uchinchi oʻrinni egalladi.

2004/05-mavsumTahrirlash

 
Ronaldino gol urganini nishonlamoqda

2004/05-yilgi mavsumda Ronaldino Ispaniya chempionligini qoʻlga kiritdi, lekin Yevropa Chempionlar ligasi nimchorak finalida „Chelsi“ga yutqazdi. Garchi Ronaldino mehmonda oʻz jamoasi uchun ikkita gol urganiga qaramay (umumiy 4:5)[16] Mavsum oxirida Ronaldino FIFPRO tomonidan dunyoning eng yaxshi futbolchi unvonini shuningdek „Oltin toʻp“ni 225 ball toʻplagan undan keyingi futbolchi boʻlgan Frenk Lemparddan 77 ball koʻp toʻpladi va FIFA versiyasi boʻyicha ikkinchi marta jahonning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu yoʻnalishda 956 ball toʻplab 2-oʻrinni egallagan Lemparddan 650 ball koʻp toʻplagan. Oʻsha mavsumda klub 2014-yilgacha shartnomani uzaytirishni taklif etdi, lekin u shartnomani 2010-yilgacha tuzdi. U klubni 85 mln funtga tark etishi mumkin edi.[17]

2005/06-mavsumTahrirlash

 
Ronaldino burchak toʻpini uzatmoqda.2005-yil.

2005/06-yilgi mavsumda 19-noyabrda Ronaldino „Santyago Bernabeu“da „Real Madrid“ga qarshi oʻyinda dubl qayd etganda zaxiraga qaytayotgan futbolchini raqib muxlislari tik turgan xolda olqishladilar.[18] Oʻsha yili „Barselona“ Yevropa Chempionlar Ligasiga chiqdi va bunda klub „Arsenal“ni 2:1 hisobida magʻlub etdi. Oʻyindan bir hafta oldin chempionatda „Selta“ ustidan 1:0 hisobda gʻalaba qilib Ispaniya chempioni boʻlishgandi. Bu musobaqalardagi oʻyinlari sabab Ronaldino Yevropa Chempionlar Ligasining eng yaxshi futbolchisi (musobaqada 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi) va Ispaniya chempionatining eng yaxshi xorijlik futbolchisi sifatida tan olindi. Oʻsha mavsumda u 26 ta gol urdi va oʻz rekordini oʻrnatdi.

2006/07-mavsumTahrirlash

 
Ronaldino

Kelgusi mavsumda uni murabbiy Frank Raykard yaxshi jismoniy formaga tusha olmayotganligi sabab koʻp tanqid qilgan. Futbolchining akasi va agenti hujumchi formasini pasayishiga koʻplab matbuot anjumanlarini sabab qilib koʻrsatdi.[19] 25-noyabrda Ispaniya chempionatidagi 50-golini „Vilyarreal“ darvozasiga urib oʻziga boʻlayotgan tanqidlarga javob berdi. Keyinchalik Ronaldino jurnalistlarga shunday gol urishni bolaligida orzu qilganini aytdi.[20] 2006-yil noyabrda „Oltin to'p“ uchun soʻrovda 4-oʻrinni egalladi.FIFA tomonidan „Yilning eng yaxshi futbolchisi“ soʻrovnomasida 3-oʻrinni egalladi.2006-yil 14-dekabrda Ronaldino Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati yarim finalida „Amerika“ klubiga gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshiridi. Ammo finalda „Barselona“ Braziliyaning „International“ jamoasiga 0:1 hisobida magʻlub boʻldi. Yanvar oyida Ronaldino UEFA yil jamoasiga 292000 ta ovoz bilan kirdi.[21] Martda Ronaldino xayriya oʻyini boʻlgan „Real“ga (3:3) qarshi baxsni jaroxat tufayli oʻtkazib yubordi. Baxorda Raykard yangi taktik sxemalar ishlab chiqa boshladi. Yangi taktikalarga koʻra Ronaldino ham markaziy hujumchi ham chap yarim himoya nuqtasida oʻynashga majbur boʻldi.[19] Chempionatning 36-turida „Xetafe“ga qarshi oʻyinda Ronaldino qizil kartochka oldi va „Espanyol“ bilan boʻladigan „Oltin oʻyin“da maydonga tushmasligini bilgach maydonni jazavada tark etdi.[19] Kuzda „Chelsi“ Ronaldino transferi uchun 70 mln taklif qildi, lekin „Barselona“ rad javobi berdi.

2007/08-mavsumTahrirlash

2007/08-yilgi mavsumning boshi Ronaldino uchun omadsiz kechdi, ish shu darajaga yetdiki „Barselona“ muxlislari ham uni xushtaklar bilan qarshi ola boshladi. Bunga jarohati sabab mavsum boshidagi bir necha oʻyinlarni oʻtkazib yuborgani ham sabab boʻldi.[22] 2008-yil 3-fevralda „Barselona“ safidagi 200-oʻyinini „Osasuna“ga qarshi oʻtkazdi. Mavsum oʻrtalarida Frank Raykard Ronaldinoni mashgʻulotlarga boʻlgan munosabatidan norozi boʻlib jamoadan olib tashladi.[19] Raykard „Real Madrid“ga qarshi oʻyinda unga asosiy tarkibdan joy berdi, lekin jamoa magʻlub boʻlganidan keyin muxlislar magʻlubiyatda Ronaldinoning ishonchsiz oʻyini sabab boʻlganini ayta boshlashdi.[23] 3-aprel kuni Ronaldinoni oʻng oyogʻi mushaklari yorilib ketdi, natijada 6 hafta safdan chiqdi va mavsum u uchun tugadi.[24] 19-may kuni Laporta „Ronaldinoga yangi chaqiruv kerak“ deb braziliyalikka oʻz faoliyatini tiklashi uchun yangi jamoa topishini maslahat berdi.[25] „Manchester Siti“ xoʻjayini Taksin Sinavat 6-iyun kuni uning klubi Ronaldino bilan qiziqayotganini aytdi.[26] Ronaldino 28-iyunda Venesuelada irqchilikka qarshi koʻrgazmali oʻyinda „Barselona“ safida oxirgi oʻyini oʻtkazdi va 2 ta gol urgan oʻyinda jamoasi 7:7 hisobda oʻyinni tugatgan.[27] 2008-yilning iyulida „Manchester Siti“ Ronaldinoni uchun 25,5 mln funt sterlingga sotib olmoqchi boʻldi. Lekin Ronaldino Angliyada oʻynashni hohlamadi.[28]

= "Milan"Tahrirlash

2008/09-mavsumTahrirlash

Ronaldino 2008-yil 15-iyulda „Milan“ tomonidan sotib olindi.[29] „Milan“ „Barselona“ga 21 mln yevro berdi va 4 mln agar klub Yevropa Chempionlar Ligasi gurux bosqichiga chiqsa beradigan boʻldi.[30] Ronaldinoning yangi klubidagi maoshi 6,5 mln yevro edi.[31] 17-iyul hujumchi rasman „Milan“ futbolchisi sifatida tanishtirildi va 2011-yil 30-iyungacha TVda jonli efirda jamoa bilan shartnoma tuzdi.[32] Oʻsha oqshom 40000 tomoshabin qarshisida „San-Siro“da tanishtirildi.[33] „Milan“da Ronaldino 80-raqamni oldi, chunki 10-raqam gollandiyalik Klarens Zeedorfga tegishli edi.[34]

 
Ronaldino „Milan“ tarkibida

Ronaldino 2008-yil 31-avgustda „Bolonya“ga qarshi „Milan“ tarkibida ilk oʻyini oʻtkazdi va jamoa 1:2 hisobda magʻlub boʻldi.28-sentyabrda vatandoshi Kakaning uzatmasini „Inter“ga qarshi oʻyinda bosh bilan golga aylantirdi va jamoasiga 1:0 hisobda gʻalaba keltirdi.[35] 2008-yil 19-oktyabrda Ronaldino „Sampdoriya“ darvozasiga ikkita gol urib, klub uchun ilk dublni amalga oshirdi.6-noyabr kuni Ronaldino UEFA kubogi doirasida „Braga“ga qarshi oʻyindagi goli bilan jamoasiga gʻalaba keltirdi.[36] Yetarlicha yaxshi debyutdan keyin ham asosiy tarkibda kam maydonga tushardi baʼzan zaxiradan maydonga tushardi. Etarlicha yaxshi boshlanganiga qaramay, mavsum oʻrtalarida Ronaldino jamoaning asosiy tarkibida koʻrinishni toʻxtatdi, koʻpincha zaxiradan maydonga tushdi. Umuman olganda, „Milan“dagi birinchi mavsumda Ronaldino 36 oʻyin oʻtkazib, 10 ta gol urgan.

2009/10-mavsumTahrirlash

Koʻp oʻtmay Ronaldino futbolchilik faoliyatini yakunlamoqchi degan xabarlar paydo boʻldi, biroq futbolchining akasi bu xabarni rad etdi.[37] Oktyabr oyida „Milan“ „R“ga qarshi Yevropa Chempionlar Ligasi oldidan Ronaldinoni tungi klubda 2:30 da koʻrishgan va bu uchun u jarimaga tortilgan.[38] 2009/10-yilgi mavsum boshida Ronaldino 29 yoshdan oshgan eng yaxshi futbolchilarga beriladigan „Golden Foot“ mukofoti bilan taqdirlandi.[39] cjknds-oktyabrda Yevropa Chempionlar Ligasi doirasida „Real Madrid“ bilan oʻyinda raqib futbolchisi Raulni boshiga zarba berdi.[40] Koʻp oʻtmay Ronaldino sport formasini tiklab yaxshi oʻyin koʻrsata boshladi."Sampdoriya" bilan oʻyindan soʻng klub prezidenti Silvio Berluskoni futbolchini boshqatdan tugʻildi deya mubolagʻaga ham bordi.[41] Ronaldinoning oʻzi ham bu baxoga qoʻshilib shunday dedi: „Men hatto oldingidan ham yaxshiroq formadaman. Men nafaqat maydonda balki uning tashqarisida ham ancha narsani oʻrgandim.Janubiy Afrikada boʻladigan Jahon chempionatida qatnashishni istayman.“[42]

 
Ronaldino „Milan“

2010-yili yanvarida „Milan“ raxbariyati Ronaldino bilan shartnomani uzaytirmoqchi boʻldi.[43] 10-yanvar kuni Ronaldino „Yuventus“ga qarshi oʻyinda 2 ta gol urdi va oʻyindan koʻngli toʻlganini, jamoada baxtli ekanini aytdi: "Men baxtliman! „Milan“ yaxshi oʻynashim uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan. Men yaxshi formadaman, bor kuchimni ishlatib „Milan“ga nimadir yutishga yordam bermoqchiman"[44].2010-yil 17-yanvarda Ronaldino Italiya chempionati 20-turida „Siena“ga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etdi.[45] 21-turning „Inter“ga (0:2) qarshi oʻyindan oldin Milandagi mexmonxonalardan birida uch kun ketma-ket koʻngilxushlik qilgan va bu uchun klubi tomonidan jarimaga tortiladi.[46][47]

2010-yil 13-aprelda Ronaldino „Milan“ bilan 2014-yilgacha shartnoma tuzdi. 16-mayda Ronaldinoning 2 goli sabab chempionatning oxirgi turida „Yuventus“ni 3:0 hisobda magʻlub etildi.[48] „Milan“ chempionatda 3-oʻrinni oldi. Ronaldino 15 ta golli uzatmasi bilan chempionatda eng yaxshisi boʻldi. Gol+pas tizimi boʻyicha esa 12 gol va 15 golli uzatma bilan 3-oʻrinni oldi. Butun mavsum davomida Ronaldino 18 ta golli uzatma ni amalga oshirgan.

2010/11-mavsumTahrirlash

Kelgusi mavsum boshida Ronaldino „Milan“ni tark etishi haqida mish-mishlar tarqaldi[49].Negaki u oʻtgan yilgiga nisbatan oʻyin saviyasi pasaydi va bunga sabab jamoaning bosh murabbiyi Massimiliano Allegri taktikasidan noroziligini bildirdi.[50] Noyabr oyida Ronaldinoni barlardan birida koʻrishdi, bundan jaxli chiqqan Allegri uni asosiy tarkibdan olib tashladi.[51][52] Braziliyalik esa jamoada joy uchun kurashishga tayyor ekanligini aytdi.[53] Ammo bu soʻzlarga qaramay futbolchi „Palmeyras“[54] yoki „Gremio“ga[55] oʻtish boʻyicha muzokaralar olib bordi.2010-yil 30-dekabrda „Milan“ vise prezidenti Adriano Galliani „Ronaldino yanvarda jamoani tark etadi. Endi uning jamoa bilan mashgʻulotlarni oʻtkazishga ishtiyoq yoʻq, chunki u endi jamoani bir qismi deb oʻzini xis qilmayapti“ dedi.[56] 2011-yil 8-yanvarda Braziliyaning SportTV telekanali efirida Galliani Ronaldino 99,99 % „Flamengo“ oʻyinchisi ekanligini aytdi.[57]

= "Flamengo"Tahrirlash

2011-yilgi mavsumTahrirlash

2011-yilning 10-yanvarida Ronaldino „Flamengo“ga koʻchib oʻtdi, klub prezidenti Patrisiya Amorin esa direktorlar kengashiga „muzokaralarda koʻrsatgan tushuncha va donolik uchun“ minnatdorchilik bildirdilar.[58][59] Shartnoma 4 yilga imzolandi[60].2011-yil 2-fevralda yangi jamoasi safida Guanabara kubogining 5-turida „Nova Iguasu“ klubiga qarshi debyut qildi.[61][62] 2011-yil 6-fevralda „Boavista“ga qarshi oʻyinda penaltidan qaytgan toʻpni golni aylantirdi.[63][64] 2011-yil 16-fevralda Braziliya kubogining 1-bosqichi doirasida „Murisi“ga qarshi baxsda ilk golni urib hisobni ochgan oʻyinda „Flamengo“ 3:0 hisobda gʻalaba qozondi.[65][66][67] 27-fevralda Guanabara kubogi finalida „Boavista“ ga qarshi oʻyinda yagona golni jarima zarbasidan urdi.[68][69][70] 28-iyul kuni „Santos“ga qarshi oʻyinda Ronaldino uchta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi."Flamengo" oʻyinda 5:4 hisobida gʻalaba qozondi.[71]

= "Atletiko Mineyro"Tahrirlash

2012-yil mavsumiTahrirlash

2012-yilning 4-iyunida „Atletiko Mineyro“ bilan 6 oylik shartnoma imzoladi.[72][73][74] U 49-raqamni tanlaydi chunki uning 10-raqami Gusman Gilyermoda edi. Ronaldino klubi uchun debyutini 9-iyun kuni „Palmeyras“ga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va oʻyin „Atletiko Mineyro“ning 1:0 hisobida yakunlandi. Ronaldino yangi klubidagi ilk golini 23-iyun kuni „Nautiko Resifi“ klubiga qarshi oʻyinda penaltidan gol urdi.

2014-yilgi mavsumiTahrirlash

2014-yilning 9-yanvarida Ronaldino Braziliya klubi bilan yangi shartnoma imzoladi.[75] 2014-yilning 28-iyulida futbolchi klub bilan shartnomani bekor qildi.[76]

= "Keretaro"Tahrirlash

2014-yil 5-sentyabrda Ronaldino Meksikaning „Keretaro“ klubi bilan bir yilik shartnoma imzoladi.[77] 17-sentyabrda „Tigres“ klubiga qarshi oʻyinda debyutini oʻtkazdi. Oʻyinda Ronaldino penaltini golga aylantira olmadi, jamoasi esa 0:1 hisobda magʻlub boʻldi.[78]

= "Fluminense"Tahrirlash

2015-yil 12-iyulda Ronaldino „Fluminense“ga oʻtdi va 2016-yil oxirigacha shartnoma imzoladi.[79] Biroq 2015-yil 29-sentyabrda jamoadagi 7 ta oʻyindan soʻng oʻzaro kelishuvga koʻra shartnoma bekor qilindi.[80]

2018-yilning 16-yanvarida Ronaldino futbolchilik faoliyatini rasman yakunladi.[81]

Hindistondagi futzalTahrirlash

2016-yilning iyul oyida Ronaldino Hindistonning Goa shahrida „Goa 5“ futzal jamoasida Rayan Giggz,Pol Skoulz,Mishel Salgado va Ernan Krespo bilan oʻynagan.[82] Ikki oʻyindan soʻng Hindistonni tark etib Rio-de-Janeyroda boʻladigan Paralimpiya oʻyinlarining elchisi boʻldi[83].

2017-yilning sentyabridan oktyabr oyi boshigacha Ronaldino Futzal Premer-ligasida Dehlining „Dehli Dragons“ jamoasiga qoʻshildi. U 8 ta oʻyinda 16 ta gol urdi.[manba?]

Sportdan ketishiTahrirlash

2018-yilning 16-yanvarida Ronaldino oʻz agenti orqali futbolchilik faoliyatini yakunlaganini tasdiqladi: „U toʻxtadi, tugadi. Keling Rossiyadagi Jahon chempionatidan keyin avgustda xayrlashuv uchrashuvini ajoyib tarzda oʻtkazaylik“[84].Bunday reja uning „Fluminense“dagi soʻnggi chiqishidan uch yil oʻtib boʻlib oʻtishi kerak edi, lekin bu bayram xali ham boʻlmadi.[84] U Jahon chempionati,Yevropa Chempionlar Ligasi va „Oltin to'p“ni qoʻlga kiritgan sakkiz futbolchidan biri boʻldi[85].

Ronaldino 15-iyul kuni Moskvadagi „Lujniki“ stadionida boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha 2018-yilgi Jahon chempionatining yopilish marosimida opera xonandasi Aida Garifullina ijrosidagi rus xalq qoʻshigʻi „Kalinka“ning bir necha taktini Afrika nogʻorasida kuyladi.[86]

Terma jamoadagi faoliyatiTahrirlash

 
Ronaldino Shveysariyaga qarshi.2006-yil.

Ronaldino oʻzining terma jamoadagi oʻyinlarini 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoa bilan boshladi, u bilan 1997-yil Misrdagi Jahon chempionatida gʻolib chiqdi. Ushbu musobaqada u ikkita gol urdi. Birnchi goli Avstriyaga qarshi (7:0) oʻyinda urdi. Bundan tashqari chempionat soʻrovnomalariga koʻra bronza toʻpni oldi.

 
Ronaldino 2006-yil 22-iyun

199-yilda Ronaldino Yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etdi va u yerda Zambiyaga bir gol, nimchorak finalda Xorvatiyaga 2 gol urdi.[87] Chorak finalda Braziliya Urugvayga yutqazdi.

1999-yil 26-iyunda Amerika kubogi boshlanishidan 3 kun oldin Ronaldino Braziliya asosiy terma jamoasi tarkibida Latviya bilan oʻrtoqlik oʻyinida gʻalaba qozondi. Amerika kubogi doirasida Venesuelaga qarshi oʻyinda gol urdi. Braziliya terma jamoasi bilan kubokni qoʻlga kiritgan musobaqada 4 oʻyinda bir gol urdi.[88] Amerika kubogi tugaganidan bir hafta oʻtgach Konfederasiyalar kubogiga chaqirildi. Musobaqada finaldan tashqari (Braziliya Meksikaga 3:4 hisobda yutqazdi) barcha oʻyinda maydonga tushdi.Saudiya Arabistoniga qarshi (8:2) oʻyinda xet-trik qayd etdi. Ronaldino oʻz oʻyinlari uchun 6 goli bilan musobaqaning eng yaxshi futbolchisi va toʻpurari deb topildi. Huddi shuncha golni Marzuk al-Otaibi va Kuautemok Blanko ham urgan edi.

 
Ronaldino va Braziliya prezidenti Lula da Silva

2000-yilda Ronaldino Braziliya yoshlar tema jamoasi bilan Sidney olimpiadasida ishtirok etdi. Oʻsha yilning boshida 7 oʻyinda 9 ta gol urib braziliyaliklarga Olimpiadadan oldingi musobaqada gʻalaba qozonishga yordam berdi. Olimpiadaning chorak finalida Braziliya Kamerunga yutqazib olimpiadani tark etdi.

2002-yili Ronaldino oʻzining ilk jahon chempionatida ishtirok etdi. Musobaqada 5 ta oʻyinda 2 ta gol urdi. Gurux bosqichida Xitoyga qarshi oʻyinda (4:0) gol urgan boʻlsa, ikkinchi golini chorak finalda Angliyaga 35 metrlar uzoqlikdagi jarima toʻpini golga aylantirdi. Keyin 7 daqiqadan soʻng qoʻpolligi uchun maydondan chetlatildi. Yarim finalni oʻtkazib yuborgan Ronaldino finalda Braziliyaga Germaniya ustidan gʻalaba qozonishga yordam berdi va jahon chempioni boʻlishdi.

2003-yilda Ronaldino Konfederasiyalar kubogida ishtirok etdi lekin braziliyaliklar guruxdan xam chiqa olishmadi. Ronaldino 3 ta oʻyinda oʻynagan boʻlsada gol urmadi. Keyingi yili terma jamoa murabbiyi Karlos Alberto Parreyra Amerika kubogiga „yulduz futbolchilari“ni olib ketmay ularga dam berishga qaror qildi va musobaqaga ikkinchi tarkib bordi.[89] 2005-yilda Ronaldino oʻz jamoasiga Konfederasiyalar kubogida gʻalaba qozonishga yordam berdi. Finalda Argentina 4:1 hisobida magʻlub etildi. Ronaldino musobaqada 3 gol urdi.

2006-yilda u Jahon chempionatining 5 ta oʻyinida maydonga tushdi. U jamoaning Ronaldo,Kaka,Adriano bilan birga hujumkor „sehrli kvadrat“ni tashkil etdi. Biroq hujumkor toʻrtlik musobaqada atigi 5 ta gol urdi. Ronaldino gol urmadi lekin bitta golli uzatma berdi. Chorak finalda Braziliya Zidan boshchiligidagi Fransiyaga 0:1 hisobda magʻlub boʻldi. Butun Braziliya raqib darvozasiga atigi bir marta zarba berdi.[90] Butun jamoa uyga qaytishi bilan tanqidga uchradi. Fransiyaga uchralgan magʻlubiyatdan 2 kun oʻtib vandallar Shapekodagi 2004-yil FIFA tomonidan Yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgani sharafiga billur va smoladan qilingan Ronaldinoning 7,5 metrlik haykalini vayron etishdi.[91] Oʻsha kuni Ronaldino Adriano bilan Barselonaga joʻnab ketdi va tungi klubda ertalabgacha ziyofat qilishdi. Bu esa braziliyaliklar maydonda bor kuchlarini berganlari yoʻq degan tushunchani qoʻllaydiganlar sonining oshishiga sabab boʻldi.[92]

 
Ronaldino 2007-yil 18-noyabr

2007-yil 24-mayda Ronaldino Chili darvozasiga 2 gol urdi va bu 2005-yildan beri davom etib kelayotgan golsiz seriyasini buzilishiga sabab boʻldi.[93] Oʻsha yili u charchaganini aytib Amerika kubogiga chaqirmasliklarini soʻradi.[94] 18-oktyabrda Ronaldino Ekvador bilan terma jamoadagi oʻyinidan soʻng „Barselona“ yigʻiniga kechikib keldi. Chunki u bir necha braziliyalik futbolchilar bilan Rio-de-Janeyrodagi nufuzli tungi klublarni birida dam olishib u yerdan faqat ertalabki 11 larda chiqishgan edi.[95]

2008-yil 7-iyulida Ronaldino Olimpiadaga boradigan 3 yoshi katta futbolchidan biri boʻldi.[96] „Barselona“ dastlab musobaqaga borishni taqiqlagandi, lekin „Milan“ga oʻtgach yangi rahbariyat unga ruxsat berdi.[97] Ronaldino musobaqada Yangi Zelandiya darvozasiga 2 gol urdi. Yarim finalda esa Argentinaga imkoniyat boy berildi.3-oʻrin uchun baxsda Belgiya 3:0 hisobida magʻlub etildi.

Ronaldino Milanga koʻchib oʻtgach avvaliga braziliyaliklar asosiy tarkibidagi oʻrnini yoʻqotdi. Keyin esa terma jamoa lageriga uni chaqirmay qoʻyishdi.2009-yil kuzida u yaxshi holatda edi va terma jamoaga chaqirishlarini kutdi.[42][98] Yaxshi oʻyiniga qaramay Ronaldino faqat terma jamoa oʻrinbosarlar roʻyxatiga kiritildi.[99] Bu qaror Jahon chempionati tashkiliy qoʻmitasi raisi Denni Jordan tomonidan tanqid qilindi.[100]

2010-yil 6-sentyabrda Braziliyaning yangi bosh murabbiyi Mano Menezes Ronaldinoga terma jamoada oʻz oʻrniga ega boʻlish imkonini berishni maʼlum qildi.[101] 29-oktyabrda Ronaldino Argentina temra jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida bir yarim yilda ilk marta terma jamoaga chaqirildi.[102] Bu oʻyinda braziliyaliklar 0:1 hisobida magʻlub boʻlishdi.[103]

2011-yilda Mano Menezes Ronaldinoni Ganaga qarshi[104] oʻyinga (1:0) taklif qildi. Koʻp oʻtmay Ronaldino Argentinaga qarshi Rokki kubogi doirasidagi 2 oʻyinga chaqirildi. Birida sardor sifatida maydonga tushdi.[105][106] Shundan soʻng Kosta-Rika va Meksikaga qarshi oʻyinlarga ham chaqirildi.[107]

Ronaldino 2014-yilgi Jahon chemponati uchun roʻyxatga kira olmadi va yosh jamoadoshlariga yoʻl berdi.[108]

Hayoti va faoliyati (2015-yildan)Tahrirlash

 
Ronaldino Web sammitda

2015-yilning 14-noyabrida „Old Trafford“da UNICEF xayriya uchrashuvida Zinedin Zidan jamoasida Devid Bekxem jamoasiga qarshi oʻynadi.[109]

2016-yil 29-yanvarda u Noche Amarilla yoki „Sariq tun“ deb nomlangan oʻrtoqlik uchrashuvida oʻynash uchun Ekvadorning „Barselona“ klubidan taklif oldi. Uning jamoasi Peruning „Universidad San Martin“ jamoasi bilan kuch sinashdi."Barselona" 4:3 hisobida gʻalaba qildi.[110]


2016-yil 12-may kuni Ronaldino Meksika termasining sobiq yulduzlari va FIFA afsonalari oʻrtasidagi oʻyinda ishtirok etdi. Uchrashuv afsonaviy „Astek“ stadionining 50 yilligiga bagʻishlandi. Oʻyin 9:8 hisobida meksikaliklar foydasiga hal boʻldi.[111]

2016-yil iyulda Hindiston futzal Premer-ligasida ishtirok etdi.[112] 17-iyul kuni „Bangalor“ bilan oʻyinda 5 ta gol urdi (7:2)[113].Turnirdagi ishtiroki uchun Ronaldino 500 ming dollarga yaqin pul oldi.[114]

2016-yil 13-oktyabrda xayriya uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Ronaldino jamoasi Maradona jamoasiga qarshi oʻynadi va Ronaldino jamoasi gʻalaba qozondi. Oʻyindan tushgan pul Italiyadagi zilzila qurbonlari hisobiga oʻtkazildi. Uchrashuvda afsonaviy sardorlardan tashqari Franchesko Totti,Xuan Sebastyan Veron,Rui Kosta,Ernan Krespo,Janluka Zambrotta,Kafu,Erik Abidal,Robert Pires va boshqa koʻplab futbol yulduzlari ishtirok etishdi. Jamoalarni Fabio Kapello va Aytor Karanka boshqardi.[115]

2016-yil 20-oktyabrda Ronaldino Ozarbayjonda oʻzining „Ronaldino Futbol Akademiyasi“ akademiyasi ochilishini eʼlon qildi. Huddi shunday akademiyalar allaqachon Portu-Allegri,Abu-Dabi va Dubayda faoliyat yuritmoqda.[116]

2016-yilda Ronaldino Mayk Tayson va Jan-Klod Van Damm bilan birga „Kikbokschi 6“ filmini suratga olishda ishtirok etdi.

2017-yil 3-fevralda u rasman „Barselona“ klubi elchisi sifatida tanishtirildi.[117] Ronaldino rasmiy tadbirlarda Kataloniya klubi sharafini himoya qiladi. Eʼtiborlisi Roni bu lavozimni egallab turibdi, aslida esa futboldan hali ketgani yoʻq.

NBA yulduzlari oʻyinida ishtirok etayotganda futbolchi xayrlashuv uchrashuvi oʻyini oʻtkazish haqida oʻylayotganini aytdi.

2017-yil 29-martda musiqiy faoliyatini boshladi. Futbolchi „Yolgʻiz“ deb tarjima qilinuvchi „Sozinho“ singlini chiqardi.[118]

2017-yil 28-aprelda „Barselona“ va „Real Madrid“ faxriylari oʻrtasidagi oʻyinda ishtirok etdi. Uchrashuv 3:2 hisobida „Barselona“ning faxriylari foydasiga hal boʻldi. Ronaldino 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.[119]

2017-yil 20-mayda Ronaldino Qozon va Sankt-Peterburgdagi Konfederasiyalar kubogi parkining ochilishida ishtirok etdi[120].21-may kuni bogʻda jahon futboli afsonalari va Rossiya terma jamoasi oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Ronaldino, Vitor Baya, Pablo Aymar, Jey-Jey Okocha, Garri Kyuel va Marsel Desayi kabi jahon futboli yulduzlari bilan oʻynadi.[121]

2017-yil 7-oktyabrda u Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 65 yilligiga bagʻishlangan oʻyinda Rossiya jamoasi uchun oʻynadi. Uchrashuvni Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov tashkil qilgan edi.[122] Oʻyinda „65-lider“ nomini olgan Rossiya terma jamoasi va Italiya terma jamoasi faxriylari jamoasi yigʻildi. Braziliyalik Ramzan Qodirov, Aleksandr Filimonov, Roman Shirokov, Aleksandr Kerjakov, Valeriy Karpin va boshqalar bilan birga oʻynagan."Lider-65" 6:3 hisobida gʻalaba qozondi. Ronaldino ikkinchi boʻlim oʻrtalariga qadar oʻynagan boʻlsada gol va golli uzatma bilan maydonni tark etdi.

2018-yil 18-mayda Ronaldino Krasnodarga „Magnit“ reklama kompaniyasi doirasida yetib keldi. Tarmoq doʻkonlarda braziliyalikning silueti va dastxati aks ettirilgan sport tovarlari namoyish etildi.[123] U futbol akademiyasi va Krasnodar stadioniga ham tashrif buyurdi.[124] Ronaldino jamoaning yosh futbolchilari bilan suhbatlashdi va arena maydoniga chiqdi.

2018-yili iyunda Ronaldino futbol akademiyasini ochadigan va virtual reallik tizimlari bilan jihozlangan stadionlar quradigan „Ronaldinho Soccer Coin“ keng koʻlamli kriptovalyuta loyihasi ishga tushirilishini eʼlon qildi. Oʻsha yilning noyabr oyida Braziliya hukumati Ronaldinoning 2,3 mln yevro qarzi tufayli mamlakatni tark etishni taqiqlab qoʻygan, shundan soʻng ular yana uning 57 ta mulkini muzlatib qoʻyib, pasportini tortib olgan. Mulkni muzlatish va pasportni olib qoʻyish Portu-Alegrida koʻchmas mulk qurilishi vaqtida atrof-muhitga yetkazilgan zarar (oʻrmon va tuproqqa) bilan bogʻliq tergov bilan bogʻliq edi.[125]

2019-yili 27-yanvarda u Braziliyaning plyaj futboli jamoasida Rio-de-Janeyroda yaponlarga qarshi (11:4) oʻynadi.

2020-yil 5-mart kuni Ronaldino akasi bilan Paragvay aeroportida pasport nazoratidan oʻtayotganda politsiya tomonidan qoʻlga olingan. Hujjatlarni tekshirish vaqtida Ronaldino va uning akasi soxta hujjatlar yordamida mamlakatga kirishga harakat qilgani maʼlum boʻldi. Politsiya boʻlimidagi soʻroqdan keyin futbolchi mexmonxonaga qoʻyib yuborildi, biroq bir necha soatdan keyin Paragvay prokurori hibsga olish uchun yangi order berdi va braziliyalikni 6 oyga hibsda qoldirdi.[126] Qamoqxonada boʻlgan vaqtlarda u qamoqxona futbol musobaqasida gʻalaba qozonishga muvaffaq boʻldi. Hal qiluvchi baxsda Roni jamoasi raqibini 11:2 hisobda magʻlub etdi. Braziliyalik futbolchi 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi[127].

2022-yilda sportchi Kilian Mbappe bilan bir jamoada oʻynashni hohlashini, unga uning oʻyin uslubi yoqishini aytdi.[128]

Shaxsiy hayotiTahrirlash

Ronaldinoning akasi Roberto futbolchining shaxsiy agenti vazifasini bajaradi, uning singlisi Deyzi esa OAV bilan aloqalarni muvofiqlashtiradi[129].

2001-yilda u „Klon“ teleserialining epizodida rol oʻynadi.

2005-yil 25-fevralda Ronaldino ota boʻldi. Uning oʻgʻli Ronaldinoning vafot etgan otasi sharafiga Xuan deb ism qoʻyildi.[130] Oʻgʻli „Domingan de Faustan“ klubi raqqosi Janaina Nattienella Viani Mendezdan tugʻilgan edi.2019-yil 6-aprelda Ronaldinoni oʻgʻli 14 yoshli Joau Mendez „Kruzeyro“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.[131]

2007-yil 27-avgustda Ispaniya fuqaroligini oldi[132].

2020-yil dekabrda Ronaldinoning onasi Migelina COVID-19 virusi keltirib chiqargan asoratlar bilan kasalxonaga yotqizilgan, bir necha oy oʻtgach u kasallikni yenga olmay vafot etdi.[133].

Qonun bilan bogʻliq muommolariTahrirlash

2019-yil iyulda Ronaldinoga tegishli 57 ta mulk, uning Braziliya va Ispaniya pasportlari soliq va jarimalar toʻlanmagani uchun musodara qilingan[134].Oxir-oqibat sudya Guayba daryosida „qoʻriqlanadigan“ hududda baliq ovlash platformasi qurilishi uchun jarimani 8,5 mln realdan 6 mln realga kamaytirishga qaror qildi.[135] Ronaldino va uning akasi belgilangan muddatda jarimalarni toʻlamagan va ularning pasportlari „muzlatilgan“.[136]

2020-yil martda Ronaldino va uning akasi Paragvayga xayriya va kitob targʻiboti uchun borganda soxta pasportlardan foydalangani uchun polisiya tomonidan soʻroq qilingan.[137] U hibsga olish haqidagi qaror ustidan shikoyat qilishga uringan, lekin akasi bilan uy qamogʻiga olingan.2020-yil 24-avgustda sudya Paragvay qamoqxonasidan aka-ukaning ozod boʻlishi uchun garov sifatida 90000 va 110000 AQSH dollari miqdoridagi sud bitimiga rozi boʻlgach ozod qilinadi.[138]

YutuqlariTahrirlash

JamoaviyTahrirlash

 
Ronaldino 2005-yilgi Ispaniya chmpionatidagi gʻalaba bayramida

PSJ

Milan

Barselona

Atletiko Mineyro

Flamengo

Keretaro

Braziliya terma jamoasi

Braziliya terma jamoasi

ShaxsiyTahrirlash

 
Berlinning Kroysberg tumanida Ronaldo va Ronaldinoga bagʻishlangan graffit

ManbalarTahrirlash

  1. Soglasno prakticheskoy transkripsii, pravilnim variantom peredachi imeni yavlyaetsya Ronaldinyu Gaushu.
  2. „Ronaldinho > Biographie“. 23-noyabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-dekabr 2009-yil.
  3. 3,0 3,1 „Ronaldinhogaucho videos“. 9-may 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-dekabr 2009-yil.
  4. Dieci cose su Ronnie Da Little Italy in poi
  5. „Portrait de Ronaldinho“ (deadlink). 12-dekabr 2006-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-dekabr 2009-yil.
  6. „The Master“. 1-iyul 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-iyul 2022-yil.
  7. Egypt 1997: Brazil restore some pride Egypt, 29–may 2007–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 23–iyul 2022–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  8. 1997 goalscorers, 9–aprel 2007–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 23–iyul 2022–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  9. kingsport.it. Ronaldinho
  10. 10,0 10,1 „Профиль на acmilan.com“. 19-iyul 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-fevral 2009-yil.
  11. Arsene KOʻd in Dinho bid
  12. „Saints fail in Ronaldinho move“. 29-iyun 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-iyul 2022-yil.
  13. 80 000 000 dollarov za Ronaldino: noviy rekord transfernogo rinka ili plod bogatogo voobrajeniya brazilsev?
  14. 14,0 14,1 14,2 Biography — His course — The PSG Years
  15. 15,0 15,1 „Профиль на transfermarkt.de“. 8-dekabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-dekabr 2009-yil.
  16. Chelsea 4-2 Barcelona
  17. „Ronaldinjo do 2010. u Barseloni“. 8-avgust 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-dekabr 2009-yil.
  18. Ronaldinho come Maradona Strappa applausi al nemico
  19. 19,0 19,1 19,2 19,3 Padshiy angel
  20. „Ronaldinho fulfils boyhood dream with overhead goal“. 24-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-iyul 2022-yil.
  21. „Team of the Year 2006“. 12-noyabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-dekabr 2009-yil.
  22. Ronaldino: "Ya ni razu ne zadumivalsya o tom, chtobi uyti iz „Barseloni“"
  23. Kozel otpuщeniya
  24. njury ends Ronaldinhoʻs campaign
  25. „Laporta: Ronaldinho needs to leave Nou Camp“. 23-iyul 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-dekabr 2009-yil.
  26. Manchester City set to move for Ronaldinho
  27. „MSN Football“. 29-dekabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-dekabr 2009-yil.
  28. „Ronaldinho Snubs Man City for A.C. Milan“. 24-iyun 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-dekabr 2009-yil.
  29. „Профиль на footballdatabase.com“. 20-dekabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-dekabr 2009-yil.
  30. Ronaldinho, sei un „trecante“ Praticamente un nove e mezzo
  31. „Газетная статья о трансфере Роналдиньо“. Спорт-Экспресс. Qaraldi: 6-fevral 2009-yil.
  32. Ronaldinho, sei un „trecante“ Praticamente un nove e mezzo
  33. SAN SIRO: 40.000 TIFOSI ROSSONERI PER RONALDINHO
  34. DINHO: IL NOSTRO R80!
  35. Ronaldinho ferma Mourinho Derby al Milan, la Lazio ringrazia
  36. Milan all’ultimo respiro
  37. Ronaldino ne sobiraetsya zavershat kareru
  38. Corriere dello Sport: „Milan“ mojet oshtrafovat Ronaldino za poseщenie nochnogo kluba pered matchem s „Tsyurixom“
  39. Ronaldino viigral Golden Foot-2009
  40. Ronaldino udaril Raulya vo vremya matcha „Real“ — „Milan“
  41. Silvio Berluskoni: „Ya je govoril, chto Ronaldino vozroditsya kak igrok“
  42. 42,0 42,1 „Роналдиньо: хочу стать главной звездой в ЮАР“. 14-dekabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-dekabr 2009-yil.
  43. „«Милан» хочет продлить контракт с Роналдиньо до 2013 года“. 11-yanvar 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-yanvar 2010-yil.
  44. „Роналдиньо: я счастлив в «Милане»“. 14-yanvar 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-yanvar 2010-yil.
  45. „Хет-трик Роналдиньо помог «Милану» разгромить «Сиену»“. 19-yanvar 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-yanvar 2010-yil.
  46. „«Интер» одержал победу в миланском дерби“. 28-yanvar 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-fevral 2010-yil.
  47. „«Милан» подверг взысканию Роналдиньо“. 6-fevral 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-fevral 2010-yil.
  48. „«Милан» с крупным счётом обыграл «Ювентус»“. 17-may 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-may 2010-yil.
  49. „Роналдиньо: могу играть за «Милан» сколько захочу“. 19-oktabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-dekabr 2010-yil.
  50. Ronaldino ostalsya nedovolen taktikoy „Milana“[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
  51. Ronaldino mojet vernutsya na skameyku zapasnix[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
  52. „Аллегри: Роналдиньо предстоит борьба за место в составе“. 27-noyabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-dekabr 2010-yil.
  53. „Роналдиньо: я не буду просить помощи у Берлускони“. 14-dekabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-dekabr 2010-yil.
  54. „Агент: вариант с «Палмейрасом» — приоритетный для Роналдиньо“. 19-dekabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-dekabr 2010-yil.
  55. „Одоне: по Роналдиньо осталось договориться с «Миланом»“. 24-dekabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-dekabr 2010-yil.
  56. Adriano Galliani: "Ronaldino uydet iz „Milana“ v yanvare"
  57. Flamengo e Milan anunciam acordo por Ronaldinho Gaúcho
  58. Ronaldino pereshyol v klub „Flamengo“. „RIA Novosti“
  59. Novela tem final rubro-negro, e Fla confirma Ronaldinho até o fim de 2014
  60. Flamengo anuncia oficialmente a contratação de Ronaldinho Gaúcho[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
  61. Ronaldinho estreia bem, Wanderley brilha e Fla segue 100 %
  62. Os 90 minutos de Ronaldinho em sua estreia pelo Fla
  63. „Sambadinha“ para as semifinais da Taça Guanabara
  64. Ronaldinho: „Foi muito emocionante marcar pelo Fla“
  65. Flamengo faz 3 a 0 e garante classificação na Copa do Brasil
  66. Kubok Brazilii-2011. „Flamengo“ razgromil v gostyax „Murisi“ i vishel v sleduyuщiy raund
  67. „Кубок Бразилии. «Муриси» — «Фламенго» — 0:3“. 20-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-fevral 2011-yil.
  68. Mengão sem freio e campeão
  69. Ronaldinho comemorou muito o título do Flamengo
  70. Luxemburgo quer Ronaldinho como protagonista do Fla
  71. „Neymar: Ronaldino — eto geniy“. 2-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-iyul 2022-yil.
  72. „Ronaldinho é Galo“ (portugalcha). Site oficial do Clube Atlético Mineiro (4-iyun 2012-yil). 25-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-iyun 2012-yil.
  73. „Presidente Alexandre Kalil comenta contratação de Ronaldinho Gaúcho“ (portugalcha). Site oficial do Clube Atlético Mineiro (4-iyun 2012-yil). 25-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-iyun 2012-yil.
  74. „Schneller Wechsel: Ronaldinho heuert bei Atlético Mineiro an“ (olmoncha). transfermarkt.de (5-may 2012-yil). 25-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-iyun 2012-yil.
  75. Ronaldino podpisal noviy kontrakt s „Atletiko Mineyro“
  76. Ronaldino pokinul „Atletiko Mineyro“
  77. Ronaldino podpisal kontrakt s meksikanskim „Keretaro“
  78. Ronaldino ne zabil penalti v svoyom debyutnom matche za meksikanskiy „Keretaro“
  79. Ronaldino pereshel vo „Fluminense“
  80. Ronaldino rastorg kontrakt s „Fluminense“
  81. Irmão anuncia a aposentadoria de Ronaldinho Gaúcho: Ele parou. Acabou"
  82. „International — Diese Stars spielen in der indischen Premier Futsal League: Cafu ersetzt Ronaldinho“ (olmoncha). www.ran.de (13-iyul 2016-yil). Qaraldi: 30-mart 2021-yil.
  83. Marcus Mergulhao / TNN / Jul 19, 2016, 04:42 Ist. „Ronaldinho returns home, leaves Goa high and dry | Goa News — Times of India“ (inglizcha). The Times of India. Qaraldi: 30-mart 2021-yil.
  84. 84,0 84,1 „Brazil legend Ronaldinho retires from football, says his brother and agent“ (inglizcha). the Guardian (16-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 30-mart 2021-yil.
  85. „Brazil and AC Milan great Kaka retires“. BBC Sport. Qaraldi: 30-mart 2021-yil.
  86. Staff, Reuters. „Hollywood star Will Smith brings down curtain on Russia World Cup“. Reuters (15-iyul 2018-yil). Qaraldi: 30-mart 2021-yil.
  87. FIFA World Youth Championship Nigeria 1999. Brazil — Croatia, 9–noyabr 2013–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 23–iyul 2022–yil {{citation}}: no-break space character in |title= at position 51 (yordam)CS1 maint: date format ()
  88. „Профиль на cbf.com.br“. 17-mart 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-dekabr 2009-yil.
  89. „Brazil victory harms Copa America credibility“. 26-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-iyul 2022-yil.
  90. „Ronaldinho no factor in Brazil defeat“. 5-iyul 2006-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-iyul 2022-yil.
  91. Estátua de Ronaldinho é queimada em Santa Catarina
  92. Decepção da Copa, Ronaldinho „festeja“ com comida, dança e balada
  93. Brazil friendly reut
  94. Ronaldinho asks to skip Copa America
  95. „Ronaldinho and Robinho dropped by their Primera Liga teams“. 30-oktabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-noyabr 2018-yil.
  96. Brazil stars heading for Beijing, 15–dekabr 2008–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 23–iyul 2022–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  97. „Milan’s Ronaldinho excited to play with Kaka“. 2-aprel 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-dekabr 2009-yil.
  98. „Роналдиньо: продолжу так играть — поеду на чемпионат мира“. 2-mart 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-fevral 2010-yil.
  99. „Роналдиньо попал в список запасных футболистов сборной Бразилии“. 15-may 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-may 2010-yil.
  100. „Глава оргкомитета чемпионата мира раскритиковал Дунгу“. 17-may 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-may 2010-yil.
  101. 'Ronaldinho heeft de leeftijd om er in 2014 bij te zijnʼ(nid.)
  102. Ronaldino vpervie za poltora goda vizvan v sbornuyu Brazilii
  103. „Argentina 1:0 Braziliya“. 19-noyabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-iyul 2022-yil.
  104. Ronaldino vizvan v sbornuyu BraziliiAndoza:Недоступная ссылка
  105. LiveTV / pryamaya translyatsiya Argentina — Braziliya (Tovariщeskiy match)
  106. LiveTV / pryamaya translyatsiya Braziliya — Argentina (Tovariщeskiy match)
  107. Ronaldino vnov vizvan v sbornuyu Brazilii
  108. ChM-2014. Xalk poedet na mundial, Ronaldino i Kaka — net
  109. „Бекхэм и Гиггз сыграют против Зидана и Роналдиньо в благотворительном матче ЮНИСЕФ“. 19-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-may 2017-yil.
  110. Ronaldinho to play for Ecuador’s Barcelona in friendly match
  111. Sbornaya zvezd Meksiki pobedila komandu FIFA v matche legend v Mexiko
  112. Mini-futbolniy turnir s uchastiem Ronaldino, Giggza i Skoulza startoval v Indii
  113. Premier Futsal League: Five star Ronaldinho inspires Goa to outclass Bengaluru 7-2
  114. Ronaldinho Gaúcho vai faturar quase R$ 2 milhões para jogar futsal por 9 dias na Índia
  115. Komanda Ronaldino obigrala komandu Maradoni v blagotvoritelnom „Matche mira“ v Rime
  116. Ronaldino obʼyavil ob otkritii sobstvennoy Akademii v Azerbaydjane
  117. „La tornada a casa de Ronaldinho | FC Barcelona“ (ca). FC Barcelona. Qaraldi: 4-fevral 2017-yil.
  118. Brazil legend Ronaldinho releases his first solo single
  119. Ronaldino otdal tri golevix pasa v matche legend „Barseloni“ i „Reala“
  120. Ronaldino posetil otkritie parka Kubka konfederatsiy v Peterburge. Fotoreportaj
  121. Futbolist Ronaldino sigraet protiv Malafeeva v peterburgskom Parke Kubka konfederatsiy
  122. Rossiyskaya komanda „Lider-65“ v Groznom pobedila veteranov italyanskogo futbola
  123. Aksiya „S lyubovyu ot Ronaldino“. 02.05.18-04.09.18
  124. Akademiyu i stadion FK „Krasnodar“ posetil Ronaldino: Legendarniy futbolist pobival v raspolojenii „gorojan“ 18-maya
  125. Justiça determina apreensão dos passaportes de Ronaldinho Gaúcho e seu irmão Assis
  126. Богдан Горбунов. „У Роналдиньо большие проблемы с законом. Его арестовали в Парагвае“. www.championat.com. Qaraldi: 9-mart 2020-yil.
  127. Ronaldino zabil 5 golov i sdelal 6 peredach v finale tyuremnogo futbolnogo turnira v Paragvae
  128. „Роналдиньо рассказал, что хотел бы сыграть в одной команде с Мбаппе“. Газета.Ru. Qaraldi: 24-mart 2022-yil.
  129. Homage from Catalonia
  130. Ronaldinho Gaúcho fala sobre seu filho pela primeira vez
  131. „"Крузейру" подписал контракт с 14-летним сыном Роналдинью“. sport-express.ru (6-aprel 2019-yil). Qaraldi: 28-avgust 2021-yil.
  132. Ronaldinho jura la Constitución española
  133. Никита Арманд. „Мать Роналдиньо умерла после заражения коронавирусом“. РБК (21-fevral 2021-yil). Qaraldi: 4-aprel 2022-yil.
  134. „Ronaldinho has properties seized“. BBC Sport. Qaraldi: 30-mart 2021-yil.
  135. „Brazilian judge lifts Ronaldinho travel ban - Xinhua | English.news.cn“. www.xinhuanet.com. 26-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-mart 2021-yil.
  136. „Ronaldinho, Brother Not To Face Prosecution For Fake Passports | Football News“ (inglizcha). NDTVSports.com. Qaraldi: 30-mart 2021-yil.
  137. The Washington Times http://www.washingtontimes.com. „Jailed Ronaldinho facing multiple issues off the pitch“ (inglizcha). The Washington Times. Qaraldi: 30-mart 2021-yil.
  138. „Ronaldinho set for release after bizarre six-month stay in Paraguay penal system“ (inglizcha). the Guardian (24-avgust 2020-yil). Qaraldi: 30-mart 2021-yil.
  139. Ronaldino stal obladatelem Kubka Meksiki
  140. Naryadu s Kuautemokom Blanko.
  141. „Gol+pas“. 27-may 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-iyul 2022-yil.