Safiyuddin Urmaviy
Safiyuddin Urmaviy, Safiyuddin Abdulmoʻʼmin bin Yusuf alUrmaviy (1215, Eron Ozarbayjoni, Urmiiya — 1294, Bagʻdod) — Sharq musiqa nazariyotchisi, bastakor, sozanda va xonanda. S. alU. Bagʻdodda vafot etganligi sababli Gʻarb olimlari alBagʻdodiy deb ham yuritadilar. Mahmud ashSheroziyning yozishicha, oʻz zamonasining Sharq musiqa nazariyasi boʻyicha tengsiz olimi boʻlgan. Uning "Kuy yaratishga doir Sharafiya (Sharafuddin) risolasi" ("Risolat ushSharafiyya finnisbatittaʼlifiyya"), "Musiqa va ritm doiralari kitobi" ("Kitob uladvor") asarlari Sharq musiqa nazariyasi taraqqiyoti tarixida alohida oʻrin tutadi. S. alU. bu risolalarida Oʻn imey maqom, olti ovoza, 24 shoʻʼba va usul doira (turkum)larini birinchi boʻlib yaxlit tizimga solib oʻrganib chikdi. Shuningdek, mazkur asarlarida nagʻma hosil etiladigan manbalar, boʻʼdlar, jinslar, jamlar, alhon, cholgʻu asboblar, iyqo masalalarini tahlil qilgan. S. alU. nazariy qarashlarini, musiqa ijrosiga doir fikrlarini isbotlash uchun Sharq xalqlari kuylaridan 2 tasini jadvallashtirib, dastlabki nota yozuvlarini ixtiro qilgan. S. alU.ning musiqaga doir risolalari Sharq xalqlari, jumladan, Oʻrta Osiyo xalqlari musiqa madaniyatida alohida oʻrin egallaydi. Uning ikkala kitobini fransuz olimi D.R.Erlanje fransuz tiliga tarjima qilib, nashr ettirgan.
Adabiyot
tahrir- Rajabov I., Maqomlar masalasiga doir, T., 1963.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |