Salima Sulton Begim (1539-yil 23-fevral — 1613-yil 2-yanvar)[1] Boburiylar hukmdori Akbarning uchinchi xotini[2] va Boburning nabirasi.

Salima Sulton Begim
Boburiylar imperiyasida katta siyosiy ta'sirga ega ayol

Salima Begim va oʻgʻli Abdul Rahim bilan 1561-yilda Bayramxon vafotidan keyin saroyga qaytishi
Tugʻilishi 1539-yil 23-fevral
Vafoti 1613-yil 2-yanvar
Agra, Hindiston
Dafn etilgan joy
Mandarkar bogʻi, Agra
Turmush oʻrtogʻi

Bayramxon 1557-yil 7-dekabr|1561-yil 31-yanvar

Akbar 1561-yil 7-may |1605-yil 27-oktyabr
Sulola Temuriylar, Boburiylar
Otasi Nuruddin Muhammad Mirzo
Onasi Gulrux Begim
Dini Islom

Salima Akbarning xolasi Gulrux Begim va uning eri Kannauja noibi Nuruddin Muhammad Mirzoning qizi edi. Dastlab u Akbarning regenti Bayramxonga amakisi Humoyun tomonidan unashtirilgan edi. Kelin, ehtimol, Bayramning Humoyunga qilgan xizmatlari uchun mukofot boʻlgan boʻlishi mumkin. Taxminan qirq yosh farqiga ega boʻlgan bu juftlik 1557-yilda oila qurishgan. Bayramxon hech qanday farzand koʻrmagan bu qisqa ittifoq 1561-yilda Bayramxon afgʻonlar guruhi tomonidan oʻldirilganicha, yaʼni bor-yoʻgʻi uch yil davom etdi. Oʻlimidan keyin Salima birinchi amakivachchasi Akbarga turmushga chiqdi. Biroq, u ikkala nikohda ham farzand koʻrmadi, lekin turmushining birinchi yillarda Akbarning ikkinchi oʻgʻli Murod Mirzoni tarbiyaladi.

Salima Akbarning yuqori martabali rafiqasi boʻlib, eri va uning voris oʻgli Jahongir ustidan katta taʼsirga ega edi[3]. Genri Beverijning taʼkidlashicha, unga Akbar tomonidan musulmon haramini boshqarish ishonib topshirilgan. Begim erining hukmronligi davrida ham, uning vorisi (Jahongir) davrida ham boburiylar saroyida katta siyosiy taʼsirga ega boʻlgan. Biroq uning nomi tarixiy manbalarda Maxfiy taxallusi bilan ijod qilgan shoir sifatida uchraydi. U donoligi uchun. [4] Xadicha-uz-Zamoniy nomi bilan mashhur edi.

Oilasi

tahrir

Salima Sulton Begim boburiy malikasi Gulruh Begim va uning eri, Kannauja noibi Nuruddin Muhammad Mirzoning qizi edi[5]. Begimning otasi Xoja Hasan Naqshbandning nabirasi boʻlib, oʻgʻli Sulton Mahmud mirzo orqali Temuriylar saltanatining Sulton Abu Said Mirzo bilan qarindosh boʻlgan mashhur Naqshbandiy xojalar[6] naslidan hisoblangan[7].

Salimaning onasi Gulruh begim birinchi Boburiy imperatori Boburning qizi boʻlgan. Gulruh Begimning onasining shaxsi bahsli. Ayrim manbalarda onasining ismi Soliha Sulton Begim nomi bilan tilga olinadi, biroq Boburning oʻzi yozgan „Boburnoma“da ham, Gulbadan begim qalamiga mansub „Humoyunnoma“da ham bu ism tilga olinmagan va shuning uchun bunday ayolning borligi shubhali. Begimning onasi Dildor begimning qizi ham boʻlishi mumkin, u Soliha Sulton Begim bilan bir xil nomdagi ayol boʻlishi mumkin[8][9].

Shunday qilib, Gulrux podsho Humoyunning oʻgay singlisi, Dildorning qizi boʻlsa, Humoyunning kenja ukasi Hindol Mirzo bilan bir onasining farzandi edilar[10].

Demak, Salima podsho Akbarning amakivachchasi edi. Podsho xonadonida oʻzining goʻzalligi va yutuqlari bilan tanilgan Gulruh begim[10] qizini tugʻganidan toʻrt oy oʻtib vafot etgan[11].

Taʼlimi va yutuqlari

tahrir

Salima oliy maʼlumotli va yetuk ayol boʻlgan[12][13]. Koʻpincha nihoyatda isteʼdodli[14][15] va xushmuomala boʻlgan[3]. Fors tilini yaxshi bilgan[16]. U isteʼdodli yozuvchi va oʻz davrining taniqli shoiri edi. U Maxfiy taxallusi bilan yozgan, bu taxallusni keyinchalik oʻzi kabi isteʼdodli oʻgay nevarasi, iqtidorli shoira, malika Zebuniso qabul qilgan[17]. Salima ham kitobga ishqiboz, oʻqishni juda yaxshi koʻrardi[18]. U nafaqat oʻzining ajoyib kutubxonasini yuritgan, balki Akbar kutubxonasidan ham bemalol foydalangan.

Akbarning saroy tarixchisi Badouniy oʻzining „Muntaxab-ut-tavorix“ kitobida Salimaning kitobga boʻlgan muhabbatini yoritib turadigan parchalar qoldirgan[18].

Bayramxonning uylanishi (1557-1561)

tahrir
 
Bayram Xon afgʻonlar tomonidan Patanda oʻldirilgan, 1561-yil

18 yoshida Salima Begum 1557-yil 7-dekabrda Panjob shtatining Jalandhar shahrida ancha yoshi kattaroq Bayramxonga (ellik yoshlardagi)[15] turmushga chiqqan[19]. Bayram Boburiylar qoʻshinining bosh qoʻmondoni va podsho saroyida qudratli davlat arbobi boʻlib, oʻsha paytda Akbarning regenti vazifasini bajargan. Salimaning amakisi Humoyun Bayramga Hindiston zabt etilishi bilanoq jiyanini unga turmushga berishni vaʼda qilgan edi (bu vaʼda Akbar hukmronligi davrida amalga oshirilgan). Kelin, ehtimol, Bayramning Humoyunga qilgan xizmatlari uchun mukofot boʻlgan boʻlishi mumkin. Nikoh Bayramxonning barcha zodagonlar orasidagi obroʻsini oshirdi, chunki bu uni podsho oilasining aʼzosiga aylantirdi[20].

Aytilishicha, nikoh hammada katta qiziqish uygʻotgan. Bu Ali Shukr begimdan boʻlgan ikki oqimni, yaʼni Bayramxon tomondan Qoraqoʻyinli turkmanlarni va Salima tomondan Temuriylarni birlashtirgan. Chunki Salima temuriylardan boʻlgan, Salima ona tomondan bobosi Bobur va uning bobolaridan biri Mahmud orqali Amir Temurga bogʻlangan[21]. Salima Bayramning ikkinchi xotini boʻlgan[22]. Mevatlik Jamol Xonning qizi uning birinchi xotini va oʻgʻli Abdul Rahimning onasi edi[23]. Salima va Bayramxonning qisqa umr koʻrgan nikohlaridan farzand boʻlmagan[3].

1561-yilda vafot etishidan sal oldin, Bayram Xon imperiyadagi obroʻli mavqeini yoʻqotdi, chunki uni vayron qilmoqchi boʻlgan fitnachilar uni Akbarga qarshi isyon koʻtarishga undadilar. Bayramxonning qoʻzgʻoloni Akbar tomonidan ikki marta bostirildi va Bayramxon Akbarga boʻysundi. Uning qoʻzgʻolonlari uchun jazo sifatida Bayram barcha imtiyozlardan mahrum qilindi va Akbar uning oldiga uchta yoʻl qoʻydi: Kalpi va Chanderi yerlaridan yaxshi jogir, podshoning maxfiy maslahatchisi lavozimi va Makkaga sayohat. Bayram Xon oxirgi variantni tanladi[23].

Akbar bilan turmush qurish (1561-1605)

tahrir

Makkaga ketayotib, Bayramxon 1561-yil 31-yanvarda Gujaratning Patan shahrida otasi[24] 1555-yilda Machchivara jangida Bayramxonga qarshi jangda halok boʻlgan Muborakxon ismli kishi boshchiligidagi afgʻonlar guruhi tomonidan hujumga uchradi[24][25]. Bayramxonning qarorgohi ham talon-toroj qilindi va beva qolgan Salima Begim oʻgay oʻgʻli Abdul Rahim (toʻrt yoshli) bilan koʻp qiyinchiliklardan soʻng Ahmadobodga yetib keldi. Akbar sobiq xonbobosi va vasiysining vafoti haqidagi qaygʻuli xabarni eshitib, hayratda qoldi. Uning buyrugʻiga koʻra, Salima va Abdul Rahim katta hurmat va eʼtibor bilan saroyga olib kelindi. Akbarning oʻzi 1561-yil 7-mayda Salima begimga marhum eri tomonidan boburiylar imperiyasiga koʻrsatgan zukko xizmatlari uchun uylandi va uni oʻzining nasl-nasabiga oʻtkazdi[18][24]. Salima Akbardan taxminan uch yarim yosh katta edi va uning uchinchi xotini boʻldi[2].

Boy isteʼdod egasi Salima Akbarning Ruqiya Sulton Begimdan keyingi ardoqli xotini edi, lekin undan ulugʻ naslga ega boʻlgan. Onalik avlodi boʻyicha imperator Boburning nabirasi edi. Shunday qilib, Salima Akbarning martabali, bosh xotinlardan biriga aylandi[10]. Salima butun turmushi davomida farzand koʻrmadi. Biroq baʼzi manbalar uni Akbarning oʻgʻli Sulton Murod Mirzoning onasi deb xato qilib koʻrsatishadi[26]. „Jahongirnoma“da Murod podshoh xizmatkorining oʻgʻli ekanligi aytiladi[27]. Ammo baʼzi manbalarda Mariam-uz-Zamoniy Murodning tuqqan onasi sifatida tilga olinadi. Biroq, Murod dastlabki yillarda Salima Sulton Begimning qaramogʻiga ishonib topshirilgan va keyinchalik Salima Begim 1575-yilda Hajga joʻnab ketganligi sababli onasining qaramogʻiga qaytgan.

Salima kitobxon boʻlganligi sababli, u imperator bilan boʻlgan uchrashuvlari va ishlarning ahvoli haqida hisobot olib borgan. Shunday qilib, Salima Akbar saroyidagi eng muhim ayollardan biriga aylangan. 1575-yilda Salima xolasi Gulbadan begim va boshqa koʻplab temuriy xonimlar bilan birga haj ziyoratini ado etish uchun Makkaga boradi. Salima ziyoratchilarga hamrohlik qilgan Akbarning yagona xotini edi[28]. Akbarning oʻzi faqat Abul Fazlning iltimosi bilan sayohat qilishdan qaytgan[29]. Akbarning homiyligida yuqori martabali ayollar guruhi 1575-yil 15-oktyabrda Fatehpur Sekrini tark etdi va dengizga borish uchun bir yil vaqt oʻtkazib, 1576-yil 17-oktyabrda Makkaga suzib ketdi. Aytishlaricha, ular uch yarim yil Arabistonda boʻlib, toʻrt marta hajga borib, 1582-yilning martida uylariga Agraga qaytib kelishgan[30].

Saroydagi siyosiy taʼsiri

tahrir

Salima Akbar va uning voris oʻgʻli Salimga[3] katta taʼsir koʻrsatgan va ota-oʻgʻilning hukmronligi davrida boburiylar saroyida katta siyosiy taʼsirga ega boʻlgan. Salima 1600-yillarning boshlarida ota-oʻgʻilning munosabatlari yomonlashganida, Akbar va Salim oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha muzokaralarda hal qiluvchi rol oʻynadi va oxir-oqibat Salimning taxtga oʻtirishiga yordam berdi[31]. 1601-yilda Salim Ollohobodda hukm yuritib, otasi tirikligida „Salimshoh“ imperator unvonini olishi orqali Akbarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi[13]. Salim Akbarning sodiq maslahatchisi va yaqin doʻsti Abul Fazlning oʻldirilishini ham rejalashtirgan va amalga oshirgan edi[32].

Bu holat juda ogʻir boʻlib, oxir-oqibat Salima Sulton begim va Hamida Bonu Begim Akbardan kechirim soʻrashdi. Akbar ularning tilaklarini bajo keltirdi va Salimga podsho huzuriga kelishga ruxsat berildi. Salima begim shahzodaga kechirim xabarini yetkazish uchun Ollohobodga bordi. U Fote Lashkar ismli fil, maxsus ot va faxriy libos bilan bordi. Salim uni iliq kutib oldi va u bilan birga Agraga qaytishga rozi boʻldi. Shahzoda nihoyat 1603-yilda oʻgay onasi va buvisi Hamida Bonu Begimning saʼy-harakatlari bilan avf etilgan[13].

Jahongir davrida (Salim taxtga oʻtirgach, oʻziga shu nomni tanlagan) Salima begim oʻzining siyosiy taʼsirini bir necha bor namoyon etgan. 1605-yilda Akbar vafotidan keyin Salima Sulton Mariam-uz- Zamoniy va Shaxriniso begim birga Jahongirning toʻngʻich oʻgʻli Xusrav Mirzoni otasi oʻrniga oʻtqazmoqchi boʻlganlarni Jahongirni oldiga olib keldi[33]. U, shuningdek, qudratli Xon-i-Azam Mirzo Aziz Koʻkani avf ettirtirdi. Aziz Koʻka Akbarning eng yaqin kishisi boʻlgan, shuning uchun oʻnlab yillar davomida haramda katta lavozimlarni egallagan. Koʻkaning qizlaridan biri Jahongirning toʻngʻich oʻgʻli Xusrav Mirzoga turmushga chiqqan va Xusrav 1606-yilda otasiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarganda, Aziz Koʻka boshidanoq bu fitnada boʻlgani maʼlum boʻldi. Salima Sulton Begim avf tilamaganda Aziz Koka albatta oʻlim jazosini olgan boʻlardi.

Jahongir shu tariqa haramning moʻtabar keksa ayollari tomonidan qilingan bosim tufayli, nihoyat, uni afv etgan[34].

Vafoti

tahrir

Salima 1613-yilda Agra shahrida kasallikdan vafot etdi. Jahongirning buyrugʻi bilan Salimaning jasadi Agradagi Mandarkar bogʻiga qoʻyildi[35].

Jahongir Salimani ham tabiiy fazilatlari, ham oʻrganganlari uchun maqtab, „uni barcha yaxshi fazilatlar bilan ziynatlangan edi. Ayollarda bunday mahorat va qobiliyat kamdan-kam uchraydi“[1] degan. Salima oʻzini koʻrkam va madaniyatli ayol sifatida tarixga muhrladi[35].

Ulugʻlanishi

tahrir

1. Salima Sulton Begim — Indu Sundaresanning mukofotga sazovor boʻlgan "Yigirmanchi xotin" tarixiy romanidagi qahramon (2002)[36].


2. Salima Zee TVning Jodha Akbar dramasida Manisha Yadav tomonidan ijro etilgan[37][38].


3. Riya Dipsi Sony TVning Bharat Ka Veer Putra — Maharana Pratap tarixiy dramasida Salima rolini ijro etgan[39].


4. Parvati Seghal „ Colors“ telekanalining Daastan-E-Mohabbat Salim Anarkali filmida Salimani tasvirlagan.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Jahangir. The Tūzuk-i-Jahāngīrī or Memoirs of Jāhāngīr. Munshiram Manoharlal, 1968 — 232-bet. 
  2. 2,0 2,1 Burke, S. M.. Akbar: The Greatest Mogul (en). Munshiram Manoharlal Publishers, 1989 — 143-bet. 
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Henry Beveridge (26-mart 1906-yil). „Journal & Proceedings of the Asiatic Society of Bengal“ (inglizcha). II-jild. Calcutta: Asiatic Society. 509–510-bet. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)CS1 maint: date format ()
  4. Sarkar, Mahua. Visible histories, disappearing women producing Muslim womanhood in late colonial Bengal. Durham: Duke University Press, 2008 — 73-bet. ISBN 9780822389033. 
  5. Gulbadan, p. 270
  6. transl.. The Jahangirnama: memoirs of Jahangir, Emperor of India. New York [u.a.]: Oxford Univ. Press, 1999 — 140-bet. ISBN 978-0195127188. 
  7. Kumar, edited by Richard M. Eaton, Munis D. Faruqui, David Gilmartin, Sunil. Expanding frontiers in South Asian and world history: essays in honor of John F. Richards. Cambridge: Cambridge University Press, 2013 — 145-bet. ISBN 9781107034280. 
  8. Gulbadan, p. 276
  9. Gulbadan, p. 277
  10. 10,0 10,1 10,2 Faces of the feminine in ancient, medieval, and modern India Bose: . New York: Oxford University Press, 2000 — 207-bet. ISBN 9780195352771. 
  11. Nath, Renuka. Notable Mughal and Hindu women in the 16th and 17th centuries A.D., 1. publ. in India., New Delhi: Inter-India Publ., 1990 — 55-bet. ISBN 9788121002417. 
  12. Mehta, Jaswant Lal. Advanced Study in the History of Medieval India (en). Sterling Publishers Pvt. Ltd, 1986 — 198-bet. ISBN 9788120710153. 
  13. 13,0 13,1 13,2 Findly, p. 20
  14. Haidar, Mansura. Indo-Central Asian relations: from early times to medieval period. New Delhi: Manohar, 2004 — 296, 323-bet. ISBN 9788173045080. 
  15. 15,0 15,1 Eraly, Abraham. Emperors of the Peacock Throne: The Saga of the Great Moghuls. Penguin UK, 2007. ISBN 9789351180937. „And Biram Khan, who was then in his fifties, married another young cousin of Akbar, the richly talented Salima Begum, daughter of Humayun's sister Gulrukh.“ 
  16. Findly, p. 112
  17. Findly, p. 113
  18. 18,0 18,1 18,2 Nath, Renuka. Notable Mughal and Hindu women in the 16th and 17th centuries A.D., 1. publ. in India., New Delhi: Inter-India Publ., 1990 — 58, 63-bet. ISBN 9788121002417. 
  19. Gulbadan, p. 57
  20. Mehta, Jaswant Lal. Advanced Study in the History of Medieval India. Sterling Publishers Pvt. Ltd, 1986 — 198-bet. ISBN 978-8120710153. 
  21. Gulbadan, p. 278
  22. Robinson, Annemarie Schimmel. The empire of the Great Mughals : history, art and culture; translated by Corinne Attwood ; edited by Burzine K. Waghmar ;, Revised, Lahore: Sang-E-Meel Pub., 2005 — 34-bet. ISBN 9781861891853. 
  23. 23,0 23,1 Chandra, Satish. Medieval India: from Sultanat to the Mughals, Revised, New Delhi: Har-Anand Publications, 2005 — 97-bet. ISBN 9788124110669. 
  24. 24,0 24,1 24,2 Edwardes, S. M.. Mughal rule in India. New Delhi: Atlantic Publishers and Distributors, 1995 — 27-bet. ISBN 9788171565511. 
  25. Mehta, Jaswant Lal. Advanced Study in the History of Medieval India. Sterling Publishers Pvt. Ltd, 1986 — 207-bet. ISBN 978-8120710153. 
  26. The Cambridge Shorter History of India Dodwell: . Cambridge University Press, 1934 — 352-bet. 
  27. transl.. The Jahangirnama: memoirs of Jahangir, Emperor of India. New York [u.a.]: Oxford Univ. Press, 1999 — 37-bet. ISBN 9780195127188. 
  28. Lal, Ruby. Domesticity and power in the early Mughal world. Cambridge: Cambridge University Press, 2005 — 210-bet. ISBN 9780521850223. 
  29. Richards, J.F.. Mughal empire, Transferred to digital print., Cambridge, Eng.: Cambridge University Press, 1995 — 31-bet. ISBN 9780521566032. 
  30. Findly, p. 121
  31. Faruqui, Munis D.. Princes of the Mughal Empire, 1504–1719. Cambridge: Cambridge University Press, 2012 — 148-bet. ISBN 9781107022171. 
  32. Richards, J.F.. Mughal empire, Transferred to digital print., Cambridge, Eng.: Cambridge University Press, 1995 — 55-bet. ISBN 9780521566032. 
  33. Xavier, Jesuit (1606). „Missoes Jesuitas Na India“. British Library London, MS 9854. 44-bet. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)
  34. Findly, Ellison Banks. Nur Jahan, empress of Mughal India. New York: Oxford University Press, 1993 — 122-bet. ISBN 9780195360608. 
  35. 35,0 35,1 Gulbadan, p. 279
  36. Sundaresan, Indu. Twentieth wife : a novel, Paperback, New York: Washington Square Press, 2002. ISBN 978-0743428187. 
  37. Talreja. „Jodha Akbar: Rajat Tokas earns the title of Akbar!“. Bollywoodlife.com (19-iyun 2014-yil). Qaraldi: 19-fevral 2017-yil.
  38. „In pics: Meet Manisha Yadav aka Salima Begum of Jodha Akbar in real life“. Dailybhaskar.com (12-may 2014-yil). Qaraldi: 19-fevral 2017-yil.
  39. IANS. „Riya Deepsi to enter 'Bharat Ka Veer Putra – Maharana Pratap' – Times of India“. The Times of India (2-fevral 2015-yil). Qaraldi: 19-fevral 2017-yil.