Salimiya masjidi (Edirne)

(Salimiya masjididan yoʻnaltirildi)

Salimiya masjidi (turkcha: Selimiye Camii) – Usmonlilar imperiyasi masjidi boʻlib, Turkiyaning Edirne (sobiq Adrianopol) shahrida joylashgan. Masjid Sulton Salim II buyrugʻi bilan 1568–1575-yillarda imperator meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan qurilgan[1]. Meʼmor Sinon ushbu inshootni oʻzining durdona asari deb hisoblangan va butun islom meʼmorchiligi, xususan, Usmonli meʼmorchiligining eng yuksak yutuqlaridan biri deb bilgan[2].

Masjid
Salimiya masjidi
turkcha: Selimiye Camii
Mamlakat  Turkiya
Hudud Edirne
Koordinatalar 41°40′41″N 26°33′34″E / 41.67806°N 26.55944°E / 41.67806; 26.55944
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Usmonli meʼmorchiligi
Meʼmor Xoʻja Sinon
Binokorlik 15681574
Gumbaz balandligi 43 m (141 ft)
Gumbaz yoʻgʻonligi 31.2 m (102 ft)
Minoralar soni 4
Minoralar soni 4
Minoralar balandligi 83 m (272 ft)
Qurilish materiali yoʻnilgan tosh, marmar


Edirne masjidi

Masjid külliyesi (ijtimoiy kompleks) bilan birga 2011-yilda UNESCOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan[3].

Tarixi

tahrir

Qurilishi

tahrir

Salimiya masjidi Usmonlilar imperiyasi harbiy va madaniy jihatdan eng yuqori choʻqqiga chiqqan paytda bunyod etilgan. Sulton Sulaymon I ning oʻgʻli va vorisi Sulton Salim II oʻzining sultonlik masjidini qurdirish uchun Istanbul shahriga (Usmonlilar poytaxti) oʻrniga Edirne shahrini tanlagan. Ushbu qarorning sabablari hanuzgacha tarixchilar oʻrtasida munozaralarga sabab boʻlib kelmoqda[4]. Salim II 1548–1550-yillarda hokimlik qilgan vaqtlarida, hatto sulton boʻlganidan keyin ham shaharga tez-tez tashrif buyurgan[4]. Sobiq Usmonlilar poytaxti boʻlgan Edirne shahri ham imperiyaning eng muhim shaharlaridan biri boʻlib, Istanbul va Bolqon viloyatlari oʻrtasidagi imperator magistralining asosiy toʻxtash joyi edi[4]. Boshqa manbalarga koʻra, Istanbulda imperator masjidini qurish uchun boshqa taniqli tepalik joylari yoʻqligi sabab ham masjid bu yerda qurilmagan boʻlishi mumkin[4]. Masjid foydalanishga topshirilayotgan vaqtda Salim II oʻsha davrda islom ulamolari Istanbulda Sulton masjidi qurilishining zaruriy sharti deb hisoblangan zafarli harbiy yurishga boshchilik qilmaganligi ham binoning Istanbulda qurilmaganligining sabablaridan biridir[4].

1568-yilning mart oyida Selim II meʼmor Xoʻja Sinondan shahardagi Eski masjidni taʼmirlashni soʻraydi. Eski masjid tepasida joylashgan yangi imperator masjidining qurilish rejalari ham xuddi shu davrda boshlangan boʻlishi mumkin[4]. Masjid qurilishi 1568 yoki 1569-yilda (hijriy 976) boshlanib, 1574 yoki 1575-yilda (hijriy 982) yakunlangan[4]. Masjidning qurilishi va uning vaqfi (xayriya vaqfi) 1571-yilda Famagustaning taslim boʻlishi bilan yakunlangan Kiprni muvaffaqiyatli bosib olishdan olingan oʻljalarning sulton ulushi hisobidan moliyalashtirilgan[4]. Salim II 1574-yilning dekabr oyida, masjidning toʻliq qurib bitkazilganini koʻra olmay vafot etgan[4].

Keyingi tafsilotlari

tahrir

Chaqmoq chaqishi natijasida ozgina shikastlanganidan keyin 1584-yilda masjid meʼmor Sinon tomonidan birinchi taʼmirdan oʻtkazilgan. Shuningdek, 1752-yilgi zilzila ham masjidga kichik zarar keltirgan[5]. 1808-yilda masjiddagi xattotlik bezaklarining bir qismi qayta tiklangan, hovli favvorasi ustida tom qurilgan, ammo keyinchalik masjid tomi yoʻq boʻlib ketgan. Abdulmajid I davrida (1839–1861) masjidning ichki qismi avvalgi bezaklarga qisman taqlid qilingan uslubda yangidan suvoqlangan, shuningdek, bir qancha bezaklari qayta tiklangan[5].

1865-yilda bahoiylik dinining asoschisi Bahoulloh oilasi bilan Usmonlilar imperiyasi asiri sifatida Edirnega keltirilgan, u Salimiya masjidi[6] yaqinidagi uyda istiqomat qilgan va 1868-yilgacha bu yerga tez-tez tashrif buyurgan. Aynan Salimiya masjidida[7] Bahoulloh Mírzá Yaḥyá Núrí (subh-i-Azal nomi bilan ham mashhur) bilan ochiq munozara qilishi kerak edi, bu esa Bahoulloh va Mírzá Yaḥyá rahbarligidagi Azali Bobi dinini shakllantirishda bobiylik dini boʻlinishining muhim sabablaridan biri boʻlgan[8].

1877–1878-yillarda boʻlib oʻtgan Rossiya–Turkiya urushi davrida sulton lojasi devoridagi bezak koshinlarining bir qismi talon-taroj qilinib, Moskvaga olib ketilgan[9][10]. 1913-yilda shaharni qamal qilish paytida masjid gumbazi artilleriya oʻqlaridan shikastlangan. Mustafa Kemal Atatürkning buyrugʻi bilan kelajak avlodlarga eslatma va ogohlantirish sifatida masjidga keltirilgan zararning izlari qayta tiklanilmagan. Oradan koʻp oʻtmay, Ikkinchi Bolqon urushi oxirida, masjidning eng qadimgi gilamlari chekinayotgan bolgar qoʻshinlari tomonidan oʻgʻirlangan[10].

1954–1971-yillarda, shuningdek, 1982–1984-yillarda ham binoning baʼzi qismlari restavratsiya qilingan[11]. 1982–1995-yillardagi 10 000 liralik turk pullarining orqa tomoniga Salimiya masjidi tasviri tushirilgan[12]. 2021-yil oxirida masjidda yana bir keng qamrovli restavratsiya loyihasi boshlanib, uni 2025-yilgacha yakunlash rejalashtirilgan[13].

Arxitekturasi

tahrir

Masjid

tahrir

Salimiya masjidi meʼmor Xoʻja Sinonning eng yaxshi asari sifatida eʼtirof etiladi, shuningdek, meʼmorning oʻzi ham masjidni oʻzining eng yaxshi loyihasi deb hisoblagan[14]. Masjidning asosiy binosi ikkita teng qismdan iborat: toʻrtburchak shakldagi hovli va namozxona, har birining oʻlchami taxminan 60x44 m (197x144ft)[14].

 
Masjid hovlisi

Masjid hovlisi asosiy gumbazning tashqi koʻrinishida dramatik yondashuvni shakllantirishga yordam beradi[4]. Hovlining shimoli-gʻarbiy tomonidagi markaziy tashqi darvoza sodda koʻrinishda qurilgan boʻlib, anʼanaviy muqarnas bezaklari bilan ishlov berilgan shiypon oʻrniga oddiy dumaloq peshtoqdan foydalanilgan[4]. Ichkari hovli ark va gumbazlardan iborat toʻrtta ayvon bilan oʻralgan. Namozxonaga kirish eshigi oldidagi ayvon masjid balanligiga mos kelishi uchun boshqa uchta ayvonlarga nisbatan balandroq qurilgan[4]. Ushbu ayvon uchta keng va ikkita kichik peshtoqlardan iborat boʻlib, meʼmor Sinon tomonidan oldinroq loyihalashtirilgan Sulaymoniya masjidi ayvonidan katta farq qiladi[4]. Ushbu peshtoqlarning ustki jabhalari Qurʼondan iqtiboslar keltirilgan marmar doira bilan bezatilgan[15]. Kirish portalining ikki tomonida joylashgan ikkita derazaga muqarnasli bezaklar bilan, hovli atrofidagi katta pastki derazalarga esa lunettalar (yarim oy shaklidagi dekorativ bezaklar) bilan ishlov berilgan. Namozxona tarafdagi derazalarning lunettalari kalligrafiyali Iznik koshinlari bilan bezatilgan[15].

Hovli oʻrtasidagi marmar shodirvon yoki tahorat favvorasi oʻyilgan va teshilgan toshdan yasalgan, favvora oʻsha davrning eng yaxshi namunalaridan biri boʻlsa-da, anʼanaviy tom va soyabonga ega emas. Doğan Kubanning fikricha, favvoraning bunday koʻrinishda ishlangani uning qurilish ishlari hech qachon tugallanmaganligini koʻrsatadi, Gülru Necipoğlu esa favvoraning bunday tuzilishi masjidning asosiy gumbaziga yuqori urgʻu berish maqsadida qurilganligini taʼkidlaydi[16].

Masjid namozxonasiga kirish eshigi muqarnas soyabonga ega boʻlib, uning oldidagi boʻshliqni qoplagan gumbaz esa qattiq kannelyura bilan bezatilgan[15]. Kirish qismining yogʻoch eshiklari Birgi Ulu Cami (Ulugʻ masjid)dan olingani aytiladi[15].

Namozxona va asosiy gumbaz

tahrir
 
Asosiy gumbaz va uning tayanch inshootlarining umumiy koʻrinishi

Namozxonaning ichki qismi bitta asosiy gumbazning toʻliq hukmronligi bilan ajralib turadi, gumbazning koʻrinishiga undan oldingi boshqa yirik gumbazli masjidlarda uchraydigan strukturaviy elementlar umuman toʻsqinlik qilmaydi[15]. Ushbu dizayn Xoʻja Sinonning fazoviy tajribalarining choʻqqisi boʻlib, meʼmor bunda ilgari sinab koʻrgan „sakkiz burchakli baldaquin“ (qurbongoh, taxt yoki eshik ustidagi tosh, metall yoki matodan yasalgan tantanali soyabon) dizaynidan foydalangan. Ushbu dizaynda asosiy gumbaz devorlarning toʻrtburchak qobigʻiga oʻyilgan sakkizta ustunlar bilan mustahkamlangan. Bu aylana gumbazni toʻrtburchak zal bilan birlashtirishning eng samarali usuli boʻlib, gumbazni ushlab turuvchi elementlar egallagan hududni minimallashtirdi[16].

Masjidning ichki tuzilishi juda zukkolik bilan ishlab chiqilgan[15]. Barcha meʼmoriy elementlar asosiy gumbazga boʻysunadi[4]. Sakkizta katta ustunlar qisman mustaqil boʻlsa-da, tashqi devorlar bilan chambarchas bogʻlangan. Qoʻshimcha tashqi tayanchlar masjidning tashqi qobigʻida yashiringan boʻlib, ular orasidagi devorlarga koʻp sonli derazalar oʻrnatilgan[14]. Asosiy ustunlar orasida, burchak qismlaridagi yarim gumbazlar devorlar va asosiy gumbaz oʻrtasida bunyod etilgan. Bu yarim gumbazlar boshqa Usmonli gumbazlari bilan solishtirganda ancha kichikroq qilib qurilgan[15]. Meʼmor Xoʻja Sinon, shuningdek, tayanch ustunlar orasidagi boʻshliqlardan ham unumli foydalangan, ularni namozxona ichidagi baland galereya bilan toʻldirgan, tashqi tomondan esa peshtoqli ayvonlar bilan moslashtirgan[15]. Namozxonaning ichida joylashgan baland galereyalar markaziy gumbazli baldaquin strukturasidan tashqaridagi mavjud kichik joyni yoʻq qilish imkonini beradi, bu esa masjidga tashrif buyuruvchi kishiga asosiy gumbazning har qanday joydan aniq koʻrinib turishiga imkon beradi[15].

Xoʻja Sinonning asosiy maqsadlaridan yana biri Sofiya ibodatxonasi markaziy gumbazining oʻlchamidan oshib ketish edi, bu gʻoyaga bunday yirik oʻlchamdagi gumbaz qurilishiga musulmonlar qodir emasligini daʼvo qilgan nasroniy arxitektorlar tomonidan asos solingan[4]. Meʼmor Sinonning tarjimai hollarida Salimiya masjidi gumbazining kattaligi va balandligi bilan maqtaladi, masjid gumbazining diametri Sofiya ibodatxonasi asosiy gumbazi bilan taxminan bir xil boʻlib, biroz balandroq qilib qurilgan. Bunday katta oʻlchamdagi gumbaz qurilishiga butun Usmonli meʼmorchiligida birinchi marotaba erishilgan[14]. Yarim sharsimon gumbazning diametri 31.28 metr (102.6 ft), balandligi taxminan 42 metr (138 ft) (aniq balandligi baʼzida munozaralarga sabab boʻladi)[15]. Saʼi Mustafo Çelebi tomonidan yozilgan „Tezkiratu’l-Bünyan“da meʼmor shunday deydi: „Bu masjidda… Men Aya Sofiya ibodatxonasi gumbazidan olti tirsak balandroq va toʻrt tirsak kengroq gumbaz qurdim“[14].

Mehrob, diniy jihozlar va bezaklar

tahrir

Mehrobning ikki tomoniga Iznik koshinlar bilan ishlov berilgan[14]. Mehrob qurilishida toshdan foydalanilgan boʻlib, oʻsha davr Usmonli meʼmorchiligining eng yaxshi namunalaridan biri boʻlgan. Mehrobning yuqori qismiga muqarnas bilan ishlov berilgan.

Mehrob maydoni yonida joylashgan minbar oʻsha paytlarda Usmonli meʼmorchiligida keng tarqalgan tosh minbarlari orasida eng yaxshi namunalardan biri boʻlgan[15][17]. Sultonning namoz oʻqish uchun moʻljallangan shaxsiy balkoni yoki hünkâr mahfili masjidning sharqiy burchagida, baland joyga oʻrnatilgan va ajoyib Iznik koshinlari bilan bezatilgan[15]. Müezzin mahfili, muazzin uchun platforma zalning markazida, toʻgʻridan-toʻgʻri asosiy gumbaz ostida joylashgan. Masjid eshigidan mehrob koʻrinishini toʻsib qoʻyuvchi bu holat Usmonli meʼmorchiligida gʻayrioddiy boʻlib, bunday uslub Xoʻja Sinon tomonidan boshqa hech qachon takrorlanmagan[16]. Yuqoridagi gumbazning markaziy qismda joylashganligiga yanada chuqurroq urgʻu berish uchun ham ushbu platforma ayna oʻsha yerga joylashtirilgan boʻlishi mumkin[15]. Platforma chiroyli boʻyalgan yogʻochdan yasalgan boʻlib, multifoil kamar shakllarga ega oʻn ikkita past kamar bilan mustahkamlangan. Minora ostida esa tahorat va ichimlik uchun marmar favvora mavjud[15].

Masjidning ichki qismini bezashda marmar toshlar, boʻyalgan bezaklar va boshqa Iznik koshinlardan foydalanilgan. Islimiy naqshlari, oʻsimlik yoki gul naqshlari va kalligrafik yozuvlarni oʻz ichiga olgan bezaklarning aksariyati, asosan, XIX asrda Sulton Abdulmajid I davridagi hamda undan keyingi restavratsiyalar vaqtida amalga oshirilgan[16]. Boʻyoqli asl bezaklar klassik davrdagi boshqa masjidlarning bezaklariga oʻxshash boʻlishi mumkin[16], boʻyoqli bezaklar bilan ishlov berishda Hasan Karahisarining (Ahmad Karahisarining shogirdi) xattotlik namunalaridan foydalanilgan hamda ular Usmonli yozuvchilari tomonidan ijobiy baholangan[4]. 1980-yillardagi restavratsiya paytida topilgan klassik davrning (XVI–XVII asrlar) eng yaxshi saqlanib qolgan boʻyoqli bezaklarini müezzin mahfilining yogʻoch yuzalarida topish mumkin[16]. Dastlab derazalarni qurishda rangli Venetsiya shishalardan foydalanilgan boʻlishi mumkin[14].

Minoralar

tahrir

Masjidning toʻrtta minorasi mavjud, ular Usmonlilar imperiyasi davrida qurilgan eng baland minoralardan biri boʻlib, balandligi 70,89 metrni tashkil qiladi[14]. Masjidning markazlashgan tuzilishiga urgʻu berish va eʼtiborni jalb qilish maqsadida turli oʻlchamdagi minoralarni anʼanaviy tarzda joylashtirish loyihasidan voz kechilgan. Buning oʻrniga markaziy gumbazni toʻrtburchak ramkaga olish uchun marmar hovlining har bir burchagiga toʻrtta bir xil minoralar oʻrnatilgan. Gülru Necipoğlu taʼbiri bilan aytganda, vertikal nayli toʻrtta simmetrik minoralar masjidning toʻrtta burchagidan raketalar kabi osmonga otilib, yuqoriga harakatni kuchaytirgan.

Majmuaning boshqa binolari

tahrir

Masjid külliye (diniy va xayriya majmuasi) markazida, tashqi devorlar bilan oʻralgan maydonda joylashgan boʻlib, taxminan 130x190 m (430x620 ft) oʻlchamdagi joyni egallaydi[14]. Majmua ikkita madrasani oʻz ichiga olgan: Dar'ül Kurra Medrese (Qur’on tilovati maktabi) va Dar-ül Hadis Medrese (hadis maktabi)[14]. Dar'ül Kurra Medrese majmuaning janubi-sharqiy burchagini, Dar-ül Hadis Medrese esa shimoliy-sharqiy burchagini egallagan boʻlib, ikkala madrasa ham majmuaning asosiy oʻqi atrofida nosimmetrik tarzda joylashtirilgan[4][18]. Har ikki inshoot toʻrt tomondan ayvonlar bilan oʻralgan ichki kvadrat shaklidagi hovlidan iborat boʻlib, ikki tomonda qator kichik gumbazli xonalar va bir tomoni kattaroq gumbazli dershane (sinfxona) mavjud[16]. Ikkala madrasaning qurilish ishlari ham meʼmor Sinon masjid qurilishini nazorat qilish uchun Edirnada boʻlgan vaqtida tugatilgan[4].

Dar'ül Kurra Medrese hozirda 2006-yilda faoliyatini boshlagan Edirne va uning atrofidagi diniy vaqflardan sanʼat asarlari namoyish etiladigan Salimiya fondi muzeyiga (Selimiye Vakif Müzesi) ega[19][20]. 1930-yilda Atatürkning buyrugʻi bilan shahar muzeyiga aylantirilgan, keyinchalik ofis, talabalar turar-joyi va omborxona kabi boshqa vazifalarni ham bajargan[21]. Dar-ül Hadis Medreseda hozirda Edirne turk va islom sanʼati muzeyi (Türk Islom Eserleri Müzesi) joylashgan boʻlib, unda Edirne viloyatidan islom sanʼati obyektlari, Topkapı saroyi muzeyi hamda Anqara etnografiya muzeyi kolleksiyalaridan olingan ashyolar namoyish etiladi. Birinchi marta 1925-yilda, keyinchalik olib borilgan uzoq restavratsiya ishlaridan soʻng 2012-yilda qayta ochilgan[22].

Majmua tarkibiga, shuningdek, majmuaning janubiy perimetri boʻylab joylashgan sibyan mektebi – maktabxona (boshlangʻich maktab) va arasta – bozor (yopiq bozor koʻchasi) kiradi[14]. Ushbu binolar majmuaga keyinroq kiritilgan, shuningdek, binolar meʼmor Sinonnning bosh saroy meʼmori sifatidagi vorisi Dovud ogʻa tomonidan toʻldirilgan boʻlishi, biroq aynan Xoʻja Sinon tomonidan loyihalashtirilgan boʻlishi mumkin[14]. Maktabxona janubi-gʻarbiy tomonda ochiq ayvon bilan tutashgan gumbazli zaldan iborat[23].

Keyingi masjidlarga taʼsiri

tahrir

Salimiya masjidining dizayni keyingi baʼzi masjidlarga taʼsir koʻrsatmay qolmaydi. XVIII asrda Usmonli barokko uslubida qurilgan Istanbuldagi Laleli masjidining shakli Salimiya masjidi asosida bunyod etilgan[16][24]. 1998-yilda qurib bitkazilgan Adana shahridagi zamonaviy Sabancı Merkez masjidi qisman Salimiya masjidiga oʻxshab ishlangan[25][26]. Janubiy Afrikadagi Nizamiye masjidini qurishda Salimiye masjididan namuna olingan. Salimiya masjidining Nizamiyedan 80% katta boʻlishiga qaramay, Nizamiye janubiy yarim shardagi eng katta masjid hisoblanadi[27].

Manbalar

tahrir
  1. Kiuiper, Kathleen. Islamic Art, Literature, and Culture. Rosen Education Service, 2009 — 201-bet. ISBN 978-1-61530-019-8. 
  2. UNESCO World Heritage Centre. „Selimiye Mosque and its Social Complex“. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  3. UNESCO World Heritage Centre. „Six new sites inscribed on UNESCO's World Heritage List“ (2011-yil 27-iyun). Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  4. 4,00 4,01 4,02 4,03 4,04 4,05 4,06 4,07 4,08 4,09 4,10 4,11 4,12 4,13 4,14 4,15 4,16 4,17 Necipoğlu 2011.
  5. 5,0 5,1 „Selimiye Mosque in Edirne“. Turkish Archaeological News. Qaraldi: 2023-yil 20-aprel.
  6. The Bábí and Bahá'í religions 1844-1944 : some contemporary western accounts, Momen, Moojan., Oxford: G. Ronald, 1981. ISBN 0853981027. OCLC 10777195. 
  7. Momen, Moojan. The Bábí and Bahá'í religions 1844-1944: some contemporary western accounts (en). Oxford: G. Ronald, 1981. ISBN 9780853981022. OCLC 10777195. 
  8. Momen. „Yahyá, Mírzá (c.1831-1912)“. The Bahá'í Encyclopedia Project. National Spiritual Assembly of the Bahá'ís of the United States (2009). Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  9. Çakmak. „Selimiye Mosque“. Discover Islamic Art, Museum With No Frontiers. Qaraldi: 2023-yil 20-aprel.
  10. 10,0 10,1 „Selimiye Mosque in Edirne“. Turkish Archaeological News. Qaraldi: 2023-yil 20-aprel.
  11. Çakmak. „Selimiye Mosque“. Discover Islamic Art, Museum With No Frontiers. Qaraldi: 2023-yil 20-aprel.
  12. Central Bank of the Republic of Turkey Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh.. Banknote Museum: 7. Emission Group – Ten Thousand Turkish Lira – I. Series Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh., II. Series Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh., III. Series Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh. & IV. Series Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh.. – Retrieved on 20 April 2009.
  13. „Restoration works in Selimiye Mosque to last over 3 years - Türkiye News“ (en). Hürriyet Daily News. Qaraldi: 2023-yil 20-aprel.
  14. 14,00 14,01 14,02 14,03 14,04 14,05 14,06 14,07 14,08 14,09 14,10 14,11 Blair & Bloom 1995.
  15. 15,00 15,01 15,02 15,03 15,04 15,05 15,06 15,07 15,08 15,09 15,10 15,11 15,12 15,13 Goodwin 1971.
  16. 16,0 16,1 16,2 16,3 16,4 16,5 16,6 16,7 Kuban 2010.
  17. „Minbar“, The Grove Encyclopedia of Islamic Art and Architecture M. Bloom: . Oxford University Press, 2009. ISBN 9780195309911. 
  18. „SELİMİYE CAMİİ ve KÜLLİYESİ - TDV İslâm Ansiklopedisi“ (tr). TDV İslam Ansiklopedisi. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
  19. „Selimiye Foundation Museum in Edirne | Turkish Archaeological News“. Turkish Archaeological News. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
  20. „Selimiye Foundation Museum | Edirne, Turkey Attractions“ (en). Lonely Planet. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
  21. „Selimiye Mosque in Edirne“. Turkish Archaeological News. Qaraldi: 2023-yil 20-aprel.
  22. „Museum of Turkish and Islamic Arts in Edirne | Turkish Archaeological News“. Turkish Archaeological News. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
  23. „SELİMİYE CAMİİ ve KÜLLİYESİ - TDV İslâm Ansiklopedisi“ (tr). TDV İslam Ansiklopedisi. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
  24. Rüstem, Ünver. Ottoman Baroque: The Architectural Refashioning of Eighteenth-Century Istanbul (en). Princeton University Press, 2019 — 186-bet. ISBN 9780691181875. 
  25. Guides, Fodor's Travel. Fodor's Essential Turkey (en). Fodor's Travel, 2019. ISBN 978-1-64097-141-7. 
  26. Darke, Diana. Eastern Turkey (en). Bradt Travel Guides, 2014 — 201-bet. ISBN 978-1-84162-490-7. 
  27. „Visiting the largest mosque in the southern hemisphere“.

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir