Salm ibn Qutayba al-Bohiliy
Abu Abdulloh Salm ibn Qutayba ibn Muslim al-Bohiliy[1] – VIII asrda yashagan arab millatiga mansub shaxs, Umaviylar va Abbosiylar xalifaligi davrida viloyat hokimi va harbiy qoʻmondon boʻlib xizmat qilgan.
Salm ibn Qutayba al-Bohiliy | |
---|---|
Umaviylar xalifaligining Basradagi hokimi | |
Mansab davri 745 – 749-yil sentyabr-oktyabr oylari | |
Hukmdor | Marvon II |
Abbosiylar xalifaligining Raydagi hokimi | |
Mansab davri 750 – 763 | |
Hukmdor | Abu Jafar al-Mansur |
Abbosiylar xalifaligining Basradagi hokimi | |
Mansab davri 763 – 763/764 | |
Hukmdor | Abu Jafar al-Mansur |
Vorisi | Muhammad ibn Sulayman |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Vafoti | 766 |
Munosabatlari | Bahila (qabila) |
Bolalari | |
Otasi | Qutayba ibn Muslim |
Faoliyati |
Umaviylar xalifaligi Abbosiylar xalifaligi |
Xizmat yillari | 740–760 |
Unvoni | qoʻmondon |
Salm Umaviylar xalifaligi davrida Xuroson hokimi, Movaronunaronni bosib olgan taniqli general Qutayba ibn Muslimning oʻgʻli boʻlgan[2].
Tarixchi Tabariyning yozishicha, Yusuf ibn Umar 738-yilda Iroq hokimi boʻlgach, Salmni Xuroson hokimi etib tayinlash haqida oʻylagan, biroq xalifa Hishom ibn Abdulmalik uning tanlovini rad etgan va oʻrniga Nasr ibn Sayyorni ushbu lavozimga tayinlangan[3]. Uchinchi fitna davrida Yazid ibn Umar ibn Hubayra qoʻl ostida Salm Basra hokimi boʻlib xizmat qilgan[4]. 749-yilning sentyabr yoki oktyabr oylarida Abu Muslim qoʻshinlari Iroqqa kirib borgach, Abbosiylar qoʻmondoni Hasan ibn Qahtaba Sufyon ibn Muoviya ibn Yazid ibn al-Muhallabni Basraga hokim etib tayinlagan va uni shaharni egallash uchun yuborgan. Salm oʻz ixtiyorida boʻlgan Qays va Mudar qoʻshinlari yordamida Sufyonning oʻgʻli Muoviya boshchiligidagi ilgʻor guruhga qarshi chiqqan va ushbu toʻqnashuvda Muoviya halok boʻlgan. Shundan keyin Sufyon Basraga yurishini toʻxtatgan. Salm esa Yazid ibn Umarning vafoti haqidagi xabarni olguniga qadar shahar ustidan nazoratni saqlab qolgan, xabarni olgach, u yerni tark etgan[5].
750-yilda Abbosiylar xalifaligi tashkil qilinganidan soʻng, Salm xalifa al-Mansur qoʻl ostida Ray va Basra hokimi lavozimlarida ishlagan[4]. 762–763-yillardagi Aliylar qoʻzgʻoloni vaqtida Ray hokimi boʻlgan va al-Mansur undan qoʻzgʻolonni bostirishda yordam berishini soʻragan[1]. 763-yilda Salm Basraga hokim etib tayinlangan[1], keyingi yili (hijriy 146, milodiy 763/764) Muhammad ibn Sulaymon ibn Ali uning oʻrnini egallagan[6]. Salm ibn Qutayba 766-yilda vafot etgan[1].
Salmning Amr, Mutanna, Said, Ibrohim, Kasir ismli oʻgʻillari va ularning avlodlari Abbosiylar davrida xalifalikda hokim va harbiy qoʻmondon sifatida bir qancha yuqori lavozimlarda xizmat qilgan[4].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 McAuliffe 1995.
- ↑ Bosworth 1986.
- ↑ Blankinship 1989.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Crone 1980.
- ↑ Williams 1985.
- ↑ Kennedy 1990.
Adabiyotlar
tahrir- The History of al-Ṭabarī, Volume XXV: The End of Expansion: The Caliphate of Hishām, A.D. 724–738/A.H. 105–120, SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1989. ISBN 978-0-88706-569-9.
- Bosworth, C. E. (1986). "Ḳutayba b. Muslim". in Bosworth, C. E.. Encyclopaedia of Islam. Volume V: Khe–Mahi (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. 541–542 b. ISBN 978-90-04-07819-2. http://referenceworks.brillonline.com/entries/encyclopaedia-of-islam-2/kutayba-b-muslim-SIM_4577.
- Crone, Patricia. Slaves on Horses: The Evolution of the Islamic Polity. Cambridge: Cambridge University Press, 1980. ISBN 0-521-52940-9.
- The History of al-Ṭabarī, Volume XXIX: Al-Mansūr and al-Mahdī, A.D. 763–786/A.H. 146–169, SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1990. ISBN 978-0-7914-0142-2.
- The History of al-Ṭabarī, Volume XXVIII: The ʿAbbāsid Authority Affirmed: The Early Years of al-Mansūr, A.D. 753–763/A.H. 136–145, SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1995. ISBN 978-0-7914-1895-6.
- The History of al-Ṭabarī, Volume XXVII: The ʿAbbāsid Revolution, A.D. 743–750/A.H. 126–132, SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1985. ISBN 978-0-87395-884-4.