Eylaton
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Eylaton, Shahri Xaybar — ilk temir davriga oid arxeologik yodgorlik (miloddan avvalgi 6—3-asrlar). Andijon viloyati Izboskan tumanidagi shu nomli qishloq hududida joylashgan. Yodgorlik 1932-yil aniklangan boʻlib, shu kungacha B. A. Latinin, Yu. A. Zadneprovskiy, T. G. Obodduyeva, S. Kudratovlar arxeologik qazishmalar oʻtkazganlar. Tekshirishlarga koʻra, E. maydoni 200 ga boʻlib, tashqi mudofaa devorlari bilan oʻrab olingan. Tashqi E. atrofidagi dala va toʻqayzorlardagi dehqonlar hamda chorvadorlar uchun xavfxatar paydo boʻlganda bir panagoh vazifasini bajargan. 20 gektarga teng boʻlgan ark maydoni ham kuchli devor bilan himoyalangan. Mudofaa devorlari maʼlum reja asosida gʻisht va guvalalardan qurilgan. Devorlarning saqlangan eni 4 m ga, bal. 2,5 m.ga boradi. Mudofaa devorlari boʻylab har 55- 60 m da buris (moʻla) boʻlgan. Burjlar toʻrtburchak shaklda boʻlib (oʻlchamlari 10,5x10 m), umumiy devordan oldinga chiqib turadi. Bu esa ulardan turib har qanday sharoitda shaharga hujum qilayotgan dushmanni aniq moʻljalga olishga imkon beradi. Uyjoylar paxsadan, baʼzida xom gʻishtlardan tiklangan va bitta oila yashashi uchun moʻljallangan. Yashash xonasidan tashqari yordamchi xoʻjalik majmuasi: oʻralar, maydonlar va oʻchoqlar topilgan.
E.ni maʼlum reja asosida, juda mukammal qurilgan ilk shahar va oʻz zamonasining yirik meʼmoriy muhandislik obidasi deyish mumkin. E. hunarmandlar shahri boʻlgan. Unda kulolchilik, toʻqimachilik va qisman temirchilik rivojlangan. Qazishmalar paytida sopol idishlar pishiradigan 2 xumdon (3,3x3,5 m) topilgan. Idishlar xillari, toshqol va koʻplab sopol idishlar parchalariga qaraganda ular kulolchilikda charhsan foydalana boshlagan.
E. Fargʻona vodiysida ushbu davrning iqtisodiy, savdo va maʼmuriy boshqaruv markazi boʻlgan.
Boqijon Matboboyev.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |