Shahrixon — Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi shahar, tuman markazi, viloyatning jan.gʻarbida, Shahrixonsoy sohilida joylashgan. Sharq va jan. dan Katta Fargona kanali oqib oʻtadi. Andijon shahridan 25 km. Transport yoʻli stansiyasi. Aholisi 61.3 ming kishi (2004).

Shahrixon
shahar
Skyline of Shahrixon
40°43′0″N 72°3′0″E / 40.71667°N 72.05000°E / 40.71667; 72.05000 G OKoordinatalari: 40°43′0″N 72°3′0″E / 40.71667°N 72.05000°E / 40.71667; 72.05000 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Andijon viloyati
Tuman Shahrixon tumani
Asos solingan 1817
Avvalgi nomlari Stalino, Moskovskiy
Qachondan beri shahar 1970
Markazi balandligi 450 m m
Rasmiy til(lar)i oʻzbek tili
Aholisi
 (2015)
75 539
Milliy tarkib oʻzbeklar
Konfessiyaviy tarkib musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5, yozda UTC+6
Telefon kodi +998-7434
Pochta indeks(lar)i 171040[1]
Shahrixon xaritada
Shahrixon
Shahrixon

Nomlanishi tahrir

Shahar nomi toponimi oʻzbek tilidagi ikkita soʻz shahar va xon (hukmdor) soʻzlarining birikuvidan hosil boʻlgan boʻlib, ikki soʻzning birlashgach „Shahrixon“ soʻzi paydo boʻladi. „Shahrixon“ — „Xon shahri“ maʼnosiga ega va bu yerdagi birikma tojikcha soʻz qoʻshiluvdan iboratdir. Bu shakldagi so‘zlarni aralashtirish kontaminatsiya deyiladi[2].

Shaharning nomi Qoʻqon xonlari sharafiga atalgan. Shaharda Qo‘qon xoni Umarxon davrida kanal va aholi punkti qurilishi boshlanadi, shu munosabat bilan „Shahrixon“, yaʼni „Xon shahri“ deb atalgan.

Tarixi tahrir

1817-yilda Qo‘qon xonligining 7-hukmdori Umarxon hozirgi Shahrixon hududida bir vaqtning o‘zida kanal va aholi punkti qurilishini boshlab yubordi. Oʻsha yili xon Oʻratepani (Istaravshan) egallaydi.

Atoqli oʻzbek-tojik shoirasi, asli oʻratepalik Dilshodi Barno (1800-1905) 16 yoshida Qoʻqon xoni Istravshanga bosqin paytida minglab askarlari bilan shoira va tengdoshlarini birga asirga olib, Qo‘qonga haydab borishgan.

U o‘zining „Tarixi Muxojiron“ („Ko‘chmanchilar tarixi“) nomli avtobiografik asarida O‘ratepa qal’asi qo‘lga kiritilgach, 1200 dan ortiq odam osilgan, yana 13 ming yalangoyoq, yarim yalang‘och o‘ratepaliklar (erkaklar, ayollar va bolalar) osilganidan guvohlik beradi. Qolganlar esa Qoʻqonga va u yerdan Shahrixon posyolkasini qurish uchun haydab borilgan.

Xonning buyrugʻiga koʻra, oʻratepaliklar 7 yil davomida oʻzlari uchun uy-joy qurish huquqiga ega boʻlmaganlar va suvsiz dashtda chodirlarda yashashgan. Ularni xalq orasida „oq uychilar“ deb atashgan.

Bir necha go‘zal qizlar, ular orasida shoir Nola Sayyid G‘ozixon-to‘raning kenja qizi Dilshodi Barno ham xon huzuriga haramga jo‘natilgan. Umarxon hurmat belgisi sifatida qaynotasi Sayyid G‘ozixon to‘rani Roshidon (Rishton) posyolkasiga qozi etib tayinlagan.

Shahrixon 18091821-yillarda Qoʻqon xoni Amir Umarxon farmoni bilan qurilgan (nomi shundan). Oʻsha davrda xon farmoni bilan Sh. bozoriga kelib savdo qiluvchilardan yigʻim puli olinmagan. Natijada shaharga keluvchi karvonlar soni koʻpaygan.

1829-yilda Qoʻqon xoni Muhammad Alixon Qoshgʻarga qarshi harbiy yurish uyushtirgan, bu yerda musulmon aholisi Xitoyga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarib, shaharni bosib olgan. Biroq salmoqli xitoy qoʻshinlari yaqinlashgach, Muhammad Alixon Qashgʻarni tark etgan.


U bilan birga 70 mingdan ortiq qashqar musulmonlari Farg‘onaga jo‘nab ketishgan, ularning ko‘pchiligi Shahrixon shahri va uning atrofida joylashtirilgan. Qo‘qon-Xitoy munosabatlari yaxshilangach, qoshg‘arlarning bir qismigina qaytib ketgan.

Shunday qilib, Shahrixon shahrining hozirgi aholisining asosiy qismini Oʻratepa (Istaravshan) shahridan boʻlgan qadimgi tojiklarning ajdodlari va uygʻur subetnosining turkiyzabon xalqi (qashgʻarlar) vakillari tashkil etadi. Xitoydagi shahar), ularning qorishishi kelajakda hozirgi oʻzbek tilining paydo boʻlishiga asos boʻlgan.

19-asr oxirida shaharda bir qancha korxona, shu jumladan, paxta tozalash zavodi ishlab turgan, 27 ta guzar, Oʻrda masjidi va minoralar boʻlgan.

Shahrixon hunarmandchilik buyumlari bilan mashhur. Ayniqsa, pichoqchilik, beshikchilik, kosibchilik, doʻppidoʻzlik, misgarlik hunarlari sanʼat darajasiga yetgan. 1916-yilda rus podshosining mahalliy aholini mardikorlikka safarbar etilishiga qarshi xalq gʻalayoni boʻlib oʻtgan.

Sovet davrida tahrir

1928-yilda shaharga Asakadan 15 km uzunlikdagi temir yoʻl oʻtkazilgan. 1939-yilda Shahrixon qishlogʻi yaqinida Katta Fargʻona kanali qurilish ishlari boshlandi, shu munosabat bilan shahar tipidagi aholi punktiga aylangan va nomi oʻzgartirilgan (Stalino, Moskovskiy).

Shahar maqomi va hozirgi nomini 1970-yil 13-noyabrda olgan. 2002-yilgacha viloyatga boʻysunuvchi shahar tipida boʻlgan.

Sanoati tahrir

Shaharda tikuvchilik, trikotaj, paxta tozalash, toʻqimachilik korxonalari, qurilish tashkilotlari, avtokorxona ishlab turibdi. Shuningdek, OʻzbekistonXitoy „RivojTyanjin“, Oʻzbekiston—Hindiston „RivojNorind“, Oʻzbekiston—Germaniya „Interteks“, Oʻzbekiston—Rossiya „Anteks“ qoʻshma korxonalari faoliyat koʻrsatadi.

  • Paxta tozalash zavodi
  • Sobiq ipak toʻqish kombinati/„Shahrixon“ OAJ (avtomobillar uchun moy filtrlarini ishlab chiqarish uchun qayta jihozlangan).
  • Sobiq trikotaj fabrikasi/„Senas textile“ (Janubiy Koreya).
  • „Shahrixonsut“ AJ
  • „Rash-Milk“ MChJ
  • „AndChin Leader“ MChJ
  • „Xassan Universal Shoes" MChj
  • „Al Rayyan“ MChJ[3]

Ijtimoiy soha inshootlari tahrir

10 umumiy taʼlim maktabi, 2 kasb-hunar kolleji, litsey, 2 musiqa maktabi, 1 sport maktabi, muzey, madaniyat saroyi, markaziy kutubxona va uning tarmoklari ishlab turibdi. 2 kasalxona, 3 poliklinika, tez tibbiy yordam markazi, sanatoriy aholiga xizmat koʻrsatadi.

Transporti tahrir

Shahar yonidan Toshkent—Oʻsh avtomobil yoʻli oʻtgan. Andijon shahridan 32 km janubi-gʻarbda joylashgan Shahrixon temir yoʻl stansiyasi mavjud.

Manbalar tahrir

  1. „Shahrixon shahri pochta indeksi“. goldenpages.uz. Qaraldi: 26-iyun 2023-yil.
  2. „Контаминация — Википедия“ (ru). ru.m.wikipedia.org. Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
  3. „Shahrixon shahridagi korxonalar va tashkilotlar ro'yxati“. goldenpages.uz. Qaraldi: 26-iyun 2023-yil.