UEFA Yevro 2024 finali Yevropa chempionati gʻoliblarini aniqlagan futbol oʻyini boʻldi. Ushbu oʻyin toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladigan UEFA Yevropa chempionatining 17-finali boʻlib, UEFAga aʼzo assotsiatsiyalarning erkaklar terma jamoalari Yevropa chempionlarini aniqlash uchun kurash olib boradi. Oʻyin 2024-yil 14-iyul kuni Germaniyaning Berlin shahridagi „Olimpiastadion“ da boʻlib oʻtdi va Ispaniya oʻzining beshinchi finalida, Angliya esa umumiy va ketma-ket ikkinchi finalida bahslashdi. Bu Angliyaning chet elda boʻlib oʻtgan erkaklar oʻrtasidagi yirik turnir finalida ilk bor chiqishi edi[5][6].

Yevro-2024 finali

Olympiastadion. Berlin
Turnir UEFA Yevro 2024
Sana 14-iyul, 2024-yil(2024-07-14)
Oʻyin oʻtkazilgan joy Olympiastadion, Berlin
Uchrashuvning eng
yaxshi o'yinchisi
Nico Williams (Ispaniya)[1]
Hakam François Letexier (Fransiya)[2]
Tomoshabinlar soni 65,600[3]
Ob-havo Partly cloudy night
22 °C (72 °F)
53% humidity[4]
2020
2028

65,600 tomoshabin koʻz oʻngida final sekin boshlandi, birinchi boʻlim golsiz va darvoza oldida katta shov-shuvsiz oʻtdi. Ispaniyalik Rodri tanaffusga qadar jarohat oldi va bu vaqt oraligʻida Martín Zubimendini almashtirishga majbur boʻldi. Ispaniya ikkinchi boʻlimni kuchli boshladi va Yevropa chempionati finalida eng yosh assistentga aylangan Lamine Yamalning golli uzatmasi evaziga Nico Williams tomonidan darhol raqib darvozasini ishgʻol qildi va hisobni 1:0 koʻrinishiga olib keldi. Ispaniya ikkinchi boʻlimda gol urish imkoniyatlarini koʻpaytirdi. Cole Palmer ikkinchi boʻlimda zahiradan oʻyinga qoʻshilganida 3 daqiqa oʻtib Ispaniya terma jamoasiga jarima maydoni tashqarisidan gol urdi va hisobni 1:1 koʻrinishiga keltirdi. Ispaniyaning ham ikkinchi boʻlimda zahiradan oʻyinga qoʻshilgan futbolchilarining harakatlari oʻz samarasini berdi. Mikel Oyarzabal oʻyin yakunlanishiga 4 daqiqa qolganida Angliya termasi darvozasiga gol urib hisobni 2:1 koʻrinishiga keltirdi va jamoasining toʻrtinchi bor Yevropa chempionati gʻalaba qozonishida asosiy vazifani bajardi. Niko Uilyams oʻyinning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi, Rodri esa turnirning eng yaxshi futbolchisi unvonini oldi. Lamine Yamal „Eng yaxshi yosh oʻyinchi“ mukofotini oldi va musobaqada gʻolib chiqqan eng yosh futbolchiga aylandi.

Ispaniya final oʻyinida 2-1 hisobida gʻalaba qozonib, musoboqada rekord darajadagi, toʻrtinchi marta UEFA Yevropa chempionati gʻolibi boʻldi va musoboqada uch marta chempion boʻlgan Germaniyani ortda qoldirib, 1964, 2008 va 2012-yildan soʻng toʻrtinchi chempionlik unvoniga erishdi. Bu Ispaniyaning Beshta Yevropa chempionati finallaridagi toʻrtinchi gʻalabasi edi. 1984-yilgi Yevripa chempionatia Fransiya barcha beshta oʻyinda gʻalaba qozonganidan beri ilk bor bu natija yaxshilandi va Ispanlar birinchi marta yettita oʻyinning barchasida gʻalaba qozonishdi. Angliya terma jamoasi 1960 va 1964-yillarda Sovet Ittifoqi, 1972 va 1976-yillarda Gʻarbiy Germaniya, 1992 va 1996-yillarda birlashgan Germaniya, 2008 va 2012-yillarda Ispaniya va 2008 va 2012-yillarda terma jamoalaridan keyin ketma-ket ikki yevro finalda qatnashgan beshinchi jamoa boʻldi va ketma-ket ikkita finalda magʻlub boʻlgan birinchi jamoa boʻldi[7].

Final oʻtkazilish joyi

tahrir
 
Olimpiadaning ichki qismi

Final Germaniyaning Berlin shahrida Charlottenburg-Wilmersdorfdagi Olimpiastadion oʻyingohida boʻlib oʻtadi. 2018-yilning 27-sentabr kuni Shveysariyaning Nyon shahrida turnir mezbonligi uchun oʻtkazilgan ovoz berishda Turkiyani magʻlub etganidan keyin 2024-yilgi turnir Germaniyada oʻtkazilishini eʼlon qildi[8][9]. Olimpiastadion oʻyingohi UEFA Ijroiya qoʻmitasi tomonidan 2022-yilning may oyida turnirning yakuniy joyi sifatida tanlandi. Final bahsidan tashqari guruh bosqichining uchta oʻyini, 1/8 final oʻyinining biri va 1/4 final oʻyinlari ham oʻtkazilishi maʼlum qilingan[10][11].

Olimpiastadion 1936-yilda Berlinda ochilgan. 1936-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun maxsus xizmat qilgan. Oʻyingoh Berlin shahriga tegishli. 1963-yildan beri Hertha BSC futbol klubining uy stadioni hisoblanadi. Germaniya terma jamoasi ham vaqti-vaqti bilan oʻz uy uchrashuvlarini ushbu oʻyingohda oʻtkazdi. Olimpiastadionda bir nechta muhim oʻyinlar oʻtkazilgan. 1974-yil va 2006-yilgi Jahon chempionati, Italiya va Fransiya oʻrtasidagi final oʻyinlari shular jumlasidan[12]. Olimpicstadion 1985-yildan buyon DFB-Pokal musobaqasining final oʻyinlarini oʻtkaziladigan joy. Oʻyingoh 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatini[13], 2015-yilgi „Barselona“ va „Yuventus“ oʻrtasidagi UEFA Chempionlar Ligasi finallarini oʻzida qabul qilgan[14].

Finalgacha yoʻl

tahrir
  Ispaniya Bosqichlar   Angliya
Raqib Natija Guruh bosqichi Raqib Natija
  Xorvatiya 3–0 1-oʻyin   Serbiya 1–0
  Italiya 1–0 2-oʻyin   Daniya 1–1
  Albaniya 1–0 3-oʻyin   Sloveniya 0–0
B guruhi gʻolibi
Oʻrin Jamoa Oʻyn O
1   Ispaniya 3 9
2   Italiya 3 4
3   Xorvatiya 3 2
4   Albaniya 3 1
Manba: UEFA
Yakuniy holat C guruhi gʻolibi
Oʻrin Jamoa Oʻyn O
1   Angliya 3 5
2   Daniya 3 3
3   Sloveniya 3 3
4   Serbiya 3 2
Manba: UEFA
Raqib Natija Pley-off bosqichi Raqib Natija
  Gruziya 4–1 1/8 final bosqichi   Slovakiya 2–1 (q.v)
  Germaniya 2–1 (q.v) Chorak final    Shveysariya 1–1 (q.v)

(5-3 p)

  Fransiya 2–1 Yarim final   Niderlandiya 2–1

Ispaniya

tahrir

2024-yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichida Ispaniya „A“ guruhi gʻolibi sifatida turnirda qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi, sakkiz oʻyinning yettitasida gʻalaba qozondi va Shotlandiyaga qarshi yagona magʻlubiyatga uchradi. UEFA Yevro 2024 turnirida Xorvatiya, amaldagi chempion Italiya va Albaniya bilan birga "B" guruhiga kirdi. Ispaniya terma jamoasi Olimpiastadionda Xorvatiya ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozonish bilan boshlandi. Oʻyinning 29 -daqiqada Alvaro Morata Ispaniya hisobini ochdi, 32-daqiqada Fabian Ruiz oʻz ustunligini ikki barobarga oshirdi va 47-daqiqada Dani Carvajal uchinchi golni qoʻshib qoʻydi. Ushbu oʻyinda Lamine Yamal maydongga tushib, UEFA Yevropa chempionati final turnirida ishtirok etgan eng yosh futbolchiga aylandi[15][16]. Keyin Ispaniya amaldagi chempionlik sohiblari va azaliy raqiblari bilan oʻynadi. Italiya terma jamoasi „Arena AufSchalke“ stadionida 55-daqiqada Riccardo Calafiori tomonidan oʻz darvozasiga kiritilgan yagona gol bilan 1:0 hisobida gʻalaba qozondi[17]. Keyinchalik ispanlar Merkur Spiel-Arena stadionida Albaniya ustidan 13-daqiqada Ferran Torres tomonidan kiritilgan yagona gol gʻalaba qozondi. Oʻyin davomida Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente oʻyinda davomida oʻzgarishlar kiritib, guruh bosqichidagi ishtirokini birinchi oʻrinda yakunladilar[18].

Pley-off bosqichida Ispaniya F guruhida uchinchi oʻrinni egallagan Gruziya terma jamoasi bilan oʻynadi. Gruziya UEFA Yevropada debyutini oʻtkazayotgan edi. RheinEnergieStadionda Ispaniya 39-daqiqada Rodri, 51-daqiqada Fabian, 75-daqiqada Nico Williams va 83-daqiqada Dani Olmolarning gollar evaziga 4:1 hisobida gʻalaba qozondi. Oʻyinning 18-daqiqasida Robin Le Normand avtogol muallifi boʻldi va bu gol Gruziyaga oʻyin boshida taskin berdi[19]. Chorak finalda Ispaniya mezbon Germaniya bilan MHPArena stadionida oʻynadi. Bu safar Ispaniya qoʻshimcha boʻlimdan soʻng yana 2:1 hisobida gʻalaba qozondi, Olmo 51-daqiqada Ispaniyaga hisobni ochdi, Florian Wirtz 89-daqiqada Germaniya terma jamoasini tenglashtirdi. Biroq, Mikel Merino 119-daqiqada gol urib, Ispaniyani yarim finalga olib chiqdi va chorak final bosqichda Julian Nagelsmann boshchiligidagi mezbonlarini magʻlub etdi[20]. Yarim finalda Ispaniya 2022-yilgi Jahon kubogi sovrindori Fransiya bilan Allianz Arenada oʻynadi. UEFA Yevro1984 finali va 2021-yilgi UEFA Millatlar Ligasi finallarida Fransiya gʻalaba qozongan edi. Biroq, Ispaniya bu safar gʻalaba qozondi, Randal Kolo Muani 9-daqiqada fransuzlar uchun hisobni ochdi, ammo Yamal 21-daqiqada ispanlar uchun hisobni tenglashtirdi va Olmo 25-daqiqada Ispaniyaga gʻalaba keltirgan golni urdi. Olmoning foli bu dastlab Jules Koundéning avtogol urgan deb hisoblandi, ammo keyinchalik koʻrib chiqilgandan soʻng gol Olmoga yozildi. Bu gol Ispaniyani Italiyaga qarshi 4:0 hisobida gʻalaba qozongan UEFA Yevro 2012 finalidan keyin birinchi UEFA Yevropa chempionati finaliga olib chiqdi. Yamal shuningdek, UEFA Yevropa chempionatida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi[21][22].

Angliya

tahrir

Angliya terma jamoasi saralash bosqichidagi sakkizta oʻyinning oltitasida gʻalaba qozonib, „C“ guruhi gʻolibi sifatida turnirga yoʻllanma oldi[23]. Angliya Serbiya, Daniya va Sloveniya bilan birga C guruhiga kirdi. Angliya oʻz ishtirokini „Arena AufSchalke“ stadionida Serbiya ustidan 1:0 hisobida gʻalaba bilan boshladi, Judi Bellingham 13-daqiqada gol urdi[24]. Keyinchalik Angliya, Valdstadionda Daniya bilan oʻynadi. Avvlagi Yevropa chempionatida yarim final oʻyinida Angliya qoʻshimcha vaqtdan keyin 2:1 hisobida gʻalaba qozongan edi. Bu safar 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Harry Kane 18-daqiqadayoq gol urdi, ammo 34-daqiqada daniyalik Morten Xyulmand tanaffus oldidan hisobni tenglashtirdi[25]. Angliya RheinEnergieStadionda Sloveniya bilan toʻqnash kelib, oʻyin golsiz yakunlandi va guruh bosqichini birinchi oʻrinda tugatdi[26]. Angliya besh ochko bilan guruhda birinchi oʻrinni egalladi va D, E yoki F guruhlaridan birida uchinchi oʻrinni egallagan jamoa bilan oʻynash uchun pley-off bosqichiga chiqdi[26].

Pley-off bosqichida Angliya „E“ guruhidan uchinchi oʻrinni egallagan jamoa bilan 1/8 finalda, Slovakiya „Arena AufSchalke“ da oʻynadi. Oʻyinda Angliya 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Slovakiya terma jamoasi safida 25-daqiqada Ivan Shrants hisobni ochdi. Ikkinchi boʻlim oxirida Bellingemning qoʻshib berilgan daqiqaning 5-daqiqasida velosipeddan tepgan goli oʻyinni qoʻshimcha boʻlimga olib borgunga qadar, Angliya musobaqadan chiqib ketishga bir necha soniya qolgandi . Qoʻshimcha boʻlim boshlanganidan soʻng, 91-daqiqada Keyn darhol gol urdi[27]. Chorak finalda Angliya Merkur Spiel-Arenada Shveysariya bilan oʻynadi, qoʻshimcha boʻlimlardan soʻng 1:1 hisobida durang oʻynadi, 75-daqiqada Shveysariyaga Breel Embolo hisobni ochdi, keyin esa Angliya terma jamoasidan 80-daqiqada Bukayo Saka hsiboni tenglashtirdi. Qoʻshimcha boʻlimlar yakuniga koʻra hisoblar tengligicha qoldi va oʻyin penaltilar seriyasiga qadar davom etdi. Penaltilar seriyasida Angliya terma jamoasi Cole Palmer, Bellingem, Saka, Ivan Toney va Trent Alexander-Arnold bilan Angliya va Fabian SHarning penaltilarini golga aylantirib, 5:3 hisobida gʻalaba qozondi. Xerdan Shaqiri va Zeki Amduni Shveysariya darvozasiga belgilangan penaltini golga aylantirdi. Faqatgina Manuel Akanji Shveysariyaning birinchi penaltini Angliya terma jamoasi darvozaboni Jordan Pickford qaytara olmadi[28]. Yarim finalda Angliya Vestfalenstadionda Niderlandiya bilan oʻynadi va Angliya 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. 7-daqiqada gollandlar safida Xavi Simons hisobni ochdi, ammo 18-daqiqada VAR (videoyordamchi hakam) tekshiruvidan soʻng Denzel Dumfries tomonidan Keynga nisbatan qoʻpollik ishlatgani uchun belgilangan penaltidan soʻng Keyn hisobni tenglashtirdi. Keyin Angliya terma jamoasi 90-daqiqada Olli Uotkinsning goli orqali gʻalaba qozondi va ularni chet eldagi birinchi UEFA Yevropa chempionati finaliga va Uembli stadionida UEFA Yevro 2020 finalida maydonga tushganidan keyin ketma-ket ikkinchi finaliga yoʻlladi[29].

Oʻzaro oʻyinlar

tahrir

Ikki mamlakat katta erkaklar terma jamoalarining yirik turnirdagi soʻnggi toʻqnashuvi Yevro 1996 chorak finali oʻtkazilgan boʻlib, Angliya 0:0 hisobidagi durangdan keyin penaltilar seriyasida 4:2 hisobida gʻalaba qozongan. Angliya terma jamoasining hozirgi bosh murabbiyi Gareth Southgate oʻsha yilgi turnirda „Uch sherlar“ning asosiy himoyachisi edi. Ispaniyaning yirik turnirda Angliya ustidan qozongan yagona gʻalabasi 1950-yilgi FIFA Jahon chempionati guruh bosqichida 1:0 hisobida gʻalaba qozonish edi[30].

Ikki jamoaning soʻnggi raqobatbardosh oʻyinlari UEFA Millatlar ligasining 2018/2019-yilgi mavsumida A ligasida boʻlib oʻtdi va ikkala jamoa ham mehmonda gʻalaba qozonishdi; Ispaniya „Wembley“da 2:1, Angliya esa Sevilyadagi Benito Vilyamarin stadionida 3:2 hisobida gʻalaba qozongan[30].

Har ikki mamlakatning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoalari 2023-yilgi UEFA U-21 Yevropa chempionati finalida Angliya 1:0 hisobida gʻalaba qozondi va oʻsha terma jamoa vakillaridan Yevro 2024da Alex Baena (Ispaniya uchun), Cole Palmer va Entoni Gordon (ikkalasi ham Angliya termasi) ishtirok etdi[31].

Finalga tayyorgarlik

tahrir

Ochilish marosimi

tahrir

Italiyaning Meduza musiqiy guruhi, Amerikaning OneRepublic pop-rok guruhi va germaniyalik estrada xonandasi Leoni UEFA Evro-2024 final turnirining „Fire“ deb nomlangan rasmiy qoʻshigʻini ijro etadi[32].

Hakamlar

tahrir

2024-yilning 11-iyulida UEFA Hakamlar qoʻmitasi fransiyalik referi Fransua Leteksier finalga hakam boʻlishini eʼlon qildi, u 2017-yildan buyon xalqaro darajadagi hakam hisoblanadi va faoliyati davomida UEFA doirasidagi musoboqalarning 65 ta oʻyinini boshqargan. Ushbu turnirda hakamlar guruhi guruh bosqichining uchta oʻyinida, "B" guruhida Xorvatiya – Albaniya hamda "C" guruhida Daniya va Serbiya oʻrtasidagi hamda 1/8 finaldan oʻrin olgan Ispaniya va Gruziya oʻrtasidagi oʻyinda hakamlik qilgan. Shuningdek, u Myunxenda mezbon Germaniya va Shotlandiya oʻrtasidagi ochilish uchrashuvida toʻrtinchi hakam boʻlgan. Oʻtgan mavsumda u UEFA Chempionlar Ligasi va UEFA Yevropa Ligasidagi UEFA klublar oʻrtasidagi oʻnta oʻyinni boshqargan va 2024-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finalida Dortmundning „Borussiya“si va „Real Madrid“ oʻrtasidagi „Uembli“da toʻrtinchi hakam boʻlgan. U 2023-yilgi UEFA Superkubogida Pireyda boʻlib oʻtgan „Manchester Siti“ va „Sevilya“ uchrashuvida ham hakam boʻlgan. 35 yoshida Leteksier Yevropa finalini boshqargan eng yosh hakam boʻldi va u Fransiya va Italiya oʻrtasidagi UEFA Yevro 2000 finalini boshqargan 37 yoshli shvetsiyalik rasmiy Anders Friskning rekordini yangiladi.

Unga oʻzining hamyurtlari Kiril Mugnier va Mehdi Rahmuniylar yordamchi hakamlar sifatida kirishsa, polshalik hakam Shimon Markinyak toʻrtinchi hakam boʻladi. Videoyordamchi hakamlar (VAR) fransiyalik rasmiy Jérom Brisard boʻladi, unga frantsiyalik hamkasbi Villi Delajod yordam beradi va italiyalik hakam Massimiliano Irrati qoʻllab-quvvatlaydi. Zaxira hakami yordamchisi polshalik hakam Tomaş Listkevich boʻladi[2].


Oʻyin

tahrir

Xulosa

tahrir

Rodri birinchi boʻlimda tizzasidan jarohat oldi va tanaffusda almashtirildi[33]. Birinchi boʻlimda golsiz oʻtganidan soʻng Nico Williams ikkinchi boʻlim boshida 47-daqiqada Lamine Yamalning uzatmasidan soʻng Ispaniyani hisobda oldinga olib chiqdi[34][35]. Cole Palmer 73-daqiqada Judi Bellinghamning qisqa pasidan keyin vaqtinchalik tenglashtiruv golini urdi[36], chunki Mikel Oyarzabal 90-daqiqa tugashiga atigi 4 daqiqa qolganida Marc Cucurellaning uzatmasidan gʻalaba golini urdi[37][38].

Tafsilotlar

tahrir
14-iyul, 2024-yil(2024-07-14)
21:00 CEST
Ispaniya   2–1   Angliya Olympiastadion, Berlin
Tomoshabinlar: 65,600[3]
Hakam: François Letexier (Fransiya)
Hisobot
 
 
 
 
 
 
 
 
Spain[4]
 
 
 
 
 
 
 
 
 
England[4]
GK 23 Unai Simón
RB 2 Dani Carvajal
CB 3 Robin Le Normand   83'
CB 14 Aymeric Laporte
LB 24 Marc Cucurella
CM 16 Rodri   46'
CM 8 Fabián Ruiz
RW 19 Lamine Yamal   89'
AM 10 Dani Olmo   31'
LW 17 Nico Williams
CF 7 Álvaro Morata (c)   68'
Oʻzgarishlar:
MF 18 Martín Zubimendi   46'
FW 21 Mikel Oyarzabal   68'
DF 4 Nacho   83'
MF 6 Mikel Merino   89'
Murabbiy:
Luis de la Fuente
 
GK 1 Jordan Pickford
CB 2 Kyle Walker
CB 5 John Stones   53'
CB 6 Marc Guéhi
RM 7 Bukayo Saka
CM 26 Kobbie Mainoo   70'
CM 4 Declan Rice
LM 3 Luke Shaw
AM 11 Phil Foden   89'
AM 10 Jude Bellingham
CF 9 Harry Kane (c)   25'   61'
Oʻzgarishlar:
FW 19 Ollie Watkins   90+1'   61'
MF 24 Cole Palmer   70'
FW 17 Ivan Toney   89'
Murabbiy:
Gareth Southgate

Eng yaxshi oʻyinchi:
Nico Williams (Spain)[1]

Yordamchi hakamlar:[2]
Cyril Mugnier (Fransiya)
Mehdi Rahmouni (Fransiya)
Toʻrtinchi hakam:
Szymon Marciniak (Polsha)
Zaxira hakami yordamchisi:
Tomasz Listkiewicz (Polsha)
Video yordamchi hakam:
Jérôme Brisard (Fransiya)
Video yordamchi hakam yordamchisi:
Willy Delajod (Fransiya)
Massimiliano Irrati (Italiya)

Oʻyin qoidalari[39]

  • 90 daqiqa.
  • Agar kerak boʻlsa, 30 daqiqa qoʻshimcha vaqt.
  • Penaltilar seriyasi agar hisoblar teng boʻlsa.
  • Koʻpi bilan oʻn ikkita zahira tarkib.
  • Maksimal beshta almashtirish, qoʻshimcha vaqtda oltinchisiga ruxsat beriladi.[note 1]

Eslatmalar

tahrir
  1. Har bir jamoaga almashtirish uchun faqat uchta imkoniyat beriladi, toʻrtinchi imkoniyat qoʻshimcha vaqtda, tanaffusda, qoʻshimcha vaqt boshlanishidan oldin va qoʻshimcha vaqtda tanaffusda amalga oshirilgan almashtirishlar bundan mustasno.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Official UEFA EURO 2024 final Vivo Player of the Match: Spain's Nico Williams“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2024-yil 14-iyul). Qaraldi: 2024-yil 14-iyul.
  2. 2,0 2,1 2,2 UEFA.com „François Letexier to referee UEFA EURO 2024 final“ (en). UEFA.com (2024-yil 11-iyul). Qaraldi: 2024-yil 11-iyul.
  3. 3,0 3,1 Andoza:UEFA match attendance
  4. 4,0 4,1 4,2 „Tactical Line-ups – Spain v England“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2024-yil 14-iyul). Qaraldi: 2024-yil 14-iyul.
  5. „Euro 2024 final: England must be 'tactically perfect' to beat Spain - Gareth Southgate“. BBC Sport (2024-yil 11-iyul). Qaraldi: 2024-yil 12-iyul.
  6. „UEFA Euro 2024 match schedule“. UEFA.com. Union of European Football Associations. Qaraldi: 2023-yil 3-dekabr.
  7. „Spain 2–1 England: Late Oyarzabal winner earns La Roja record fourth EURO crown“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2024-yil 14-iyul). Qaraldi: 2024-yil 14-iyul.
  8. „Germany to host UEFA EURO 2024“. UEFA (2018-yil 27-sentyabr).
  9. „Euro 2024: Germany beats Turkey to host tournament“. BBC Sport (2018-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 27-sentyabr.
  10. „Uefa EURO 2024 Final in the Olympiade stadion Berlin, Six Games in the Capital“ (2022-yil 20-may). Qaraldi: 2023-yil 3-dekabr.
  11. „EURO 2024 host cities: Venue guide“ (en). uefa.com. UEFA (2022). Qaraldi: 2022-yil 12-may.
  12. „Italy – France“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association. 2020-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-avgust.
  13. Nine Host Cities announced. FIFA.com. 30 September 2008. Retrieved 1 October 2008.
  14. „Executive Committee decides hosts for 2015 finals“. UEFA.org. Union of European Football Associations (2013-yil 23-may). 2015-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-fevral.
  15. „Spain 3–0 Croatia | UEFA EURO 2024“. UEFA.com. Union of European Football Associations. Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.
  16. „Lamine Yamal sets new record as youngest player to feature at a UEFA European Championship“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2024-yil 15-iyun). Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.
  17. „Spain 1–0 Italy | UEFA EURO 2024“. UEFA.com. Union of European Football Associations. Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.
  18. „Albania 0–1 Spain | UEFA EURO 2024“. UEFA.com. Union of European Football Associations. Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.
  19. „Spain 4–1 Georgia | UEFA EURO 2024“. UEFA.com. Union of European Football Associations. Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.
  20. „Spain 2–1 Germany | UEFA EURO 2024“. UEFA.com. Union of European Football Associations. Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.
  21. „Spain 2–1 France | UEFA EURO 2024“. UEFA.com. Union of European Football Associations. Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.
  22. „Lamine Yamal: Spain 'superstar' makes his mark at Euro 2024“. BBC Sport (2024-yil 9-iyul). Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.
  23. „Euro 2024: Who has qualified? Who is in the play-offs? Who has failed to qualify?“. BBC Sport (2023-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 11-iyul.
  24. „England 1-0 Serbia“. BBC Sport (2024-yil 15-iyun). Qaraldi: 2024-yil 11-iyul.
  25. „England 1-1 Denmark: England miss chance to reach last 16 after frustrating draw in Frankfurt“. BBC Sport (2024-yil 19-iyun). Qaraldi: 2024-yil 11-iyul.
  26. 26,0 26,1 „England 0-0 Slovenia: England frustrated in Slovenia draw but still top group“. BBC Sport (2024-yil 24-iyun). Qaraldi: 2024-yil 11-iyul.
  27. UEFA.com „England 2-1 Slovakia | UEFA EURO 2024“ (en). UEFA.com. Qaraldi: 2024-yil 11-iyul.
  28. UEFA.com „England 1-1 Switzerland | UEFA EURO 2024“ (en). UEFA.com. Qaraldi: 2024-yil 11-iyul.
  29. UEFA.com „Netherlands 1-2 England | UEFA EURO 2024“ (en). UEFA.com. Qaraldi: 2024-yil 11-iyul.
  30. 30,0 30,1 „Previous meetings between England and Spain ahead of Euro 2024 final“. The Independent (2024-yil 11-iyul). Qaraldi: 2024-yil 11-iyul.
  31. Howell, Alex „England U21 1-0 Spain U21: England win Under-21 Euros for first time in 39 years“. BBC Sport (2023-yil 7-iyul). Qaraldi: 2024-yil 11-iyul.
  32. „Meduza, OneRepublic and Leony release UEFA EURO 2024 official song FIRE“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2024-yil 10-may). Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.
  33. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Athletic
  34. „Spain 2 England 1: Oyarzabal the unlikely hero with late winner as Spain win Euro 2024“ (eng). The Athletic (2024-yil 14-iyul). Qaraldi: 2024-yil 14-iyul.
  35. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named BBC-58
  36. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Athletic4
  37. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Athletic3
  38. Begley, Emlyn. „Defeat extends England's '58 years of hurt'“. BBC (2024-yil 14-iyul). Qaraldi: 2024-yil 14-iyul.
  39. „UEFA 2022–24-yilgi futbol boʻyicha Yevropa chempionati reglamenti“. UEFA.com. Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (2022-yil 1-iyun). Qaraldi: 2023-yil 3-dekabr.

Havolalar

tahrir