Vashingtondagi G-20 sammiti (2008)

Vashingtondagi G-20 sammiti (2008) - Jahonning eng koʻzga koʻringan davlatlari moliya bozorlari va jahon iqtisodiyoti muammolarini topish va muhokama qilish maqsadida 2008-yilning 14-15-noyabr kunlarida AQSh poytahti Vashington shahrida yigʻlishgan. Ushbu uchrashuv umumiy hamjihatlikni tasvirlaydigan 20 mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy oʻsish borasidagi hamkorlikni kengaytirish, shu yili boʻlib oʻtgan moliyaviy inqirozga qarshi kurashish va kelajakda yangi inqirozga duch kelmaslik uchun baʻzi bir iqtisodiy sohalarga yangicha oʻzgartirishlar kiritilishi muhim boʻlgan kelishuv imzolangan.[1][2] Fransiya va Yevropa Ittifoqi prezidenti boʻlgan Nicolas Sarkozy va Britaniya Bosh vaziri Gordon Brown tomonidan yuritilgan ijobiy fikrlari natijasida sammit yanada boyigan.[3] 2008-yilning 11-oktyabrida G7ning moliya vazirlari bilan boʻlgan suhbatda AQSh Prezidenti Jorj Bush kelgusida G20 uchrashuvlari jahon hamjamiyatida muhim oʻrin tutishini va iqtisodiy inqirozdan chiqish yoʻllari topishini taʻkidlagan. Koʻpgina iqtisodchilar va siyosatdonlar Bretton-Vuds tizimining (Ikki jahon urushidan soʻng qabul qilingan pul harakatini boshqarish tizimi) yangi bosqichini qabul qilish kerakligini taʻkidlashgan va jahonda yangi moliya tizimini yaratish kerakligin qayd etishgan. Bu uchrashuv baʻzi bir OAV manbalarida ikkinchi Bretton-Vuds kelishuvi deya qayd etilgan.[1]

Vashingtondagi G-20 sammiti (2008)
inglizcha: 2008 G-20 Washington summit'

Vashington sammiti ishtirokchilari
Mezbon davlat AQSH bayrogʻi AQSh
Sana 14-15-noyabr 2008-yil
Oʻtkaziladigan joy(lar) Milliy Muzey binosi, Vashington, Amerika Qoʻshma Shtatlari
Shaharlar Vashington, Amerika Qoʻshma Shtatlari
Ishtirokchilar G20 (+Ispaniya, Niderlandlar)
Keyingi Londondagi G-20 sammiti (2009)
Avvalgi Aynan shu yili moliyaviy inqirozga qarshi kurash sifatida kuchli iqtisodiy mamlakatlar yordamida G20 tashkil qilingan va sammit aynan shu uchrashuvdan soʻng oʻz davomini topgan

Paydo boʻlish taʻrixi

tahrir

2000-yillar boshlaridagi yon bosish

tahrir

Norasmiy ravishda (Bretton-Vuds II) nomini olgan ushbu valyuta harakatlari tizimi baʻzi manbalarga koʻra 2000-yillar (oʻn yillik davrda) oqimida rivojlangan. Siyosiy iqtisodchi Daniel Drezner keltirgan manbalarga koʻra aytiladi:

Bu tizim jarayonida AQSh bir vaqtda yuritilayotgan hisoblarda yirik miqdordagi defitsitga ega boʻladi, sababi qolgan mamlakatlar uchun moʻljallangan eksport manbalarini iqtisodiy oʻsish bilan taʻminlashni koʻzda tutgan. Bu kabi defitsitlarni moliyalashtirish uchun markaziy bankl;ar asosan Osiyoning Tinch okeani hududida dollarlar suv boʻlib oqadi va bu holat dollar qadrini koʻtarish uchun yahshi imkoniyatdir. [4]

Bretton-Vuds tizimi tiklanishi tushunchasi 2003-yilda olimlar Duli, Folkerts-Landau va Garber ishlarida sovuq urush tugaganidan keyin oʻz ifodasini topgan. Baʻzi bir osiyo liderlari asosiy strategik rivojlanishda oʻz kuchini koʻrsatayotgan Osiyo mamlakatlari Yevropa va Yaponiya urushlaridan keyingi holatda kurs ayirboshlashni toʻgʻri baholamasligi, valyuta intervensiya boshqarmalarining mavjud emasligi, nazoratlar oʻrnatish kerakligi, jamgʻarmalar muqarraligini oʻz vaqtida taʻminlashga erishmagini evaziga baʻzi rivojlangan mamlakatlardan ortda qolayotganida asosan oʻzlarini ayblashadi. Lekin eksport orqali raqobatda turishi va yuklar joʻnatish hajmi yuqori ekanligi ushbu mamlakatlarning jahon raqobat bozorining markaziga olib chiqqannini ham yashirishmagan.[5]

Iqtisodchilar Roubini va Setser 2005-yilda tizim u qadar mustahkam emasligini bildirishgan. Agar AQSh tashqi moliya bozoridagi talabotlarini qisqartirmasa markaziy banklarda muhim rol oʻynayotgan dollar jamgʻarmalari ishlari tubdan izdan chiqishi va bu holat qolgan mamlakatlarning AQSh bosh boʻlib turgan noqislikga ehtiyoj sezmay qolishi, sababi qolgan mamlakatlar ichki talabotga eʻtibor qaratishida boʻlib bu vaziyat AQSh uchun jahon iqtisodiyoti oldida qilgan eng katta tavakkali ekanligi qayd etilgan. Jahon iqtisodiyoti maydonida yuritilayotgan beshavfqat qonunlar asosini mana bu keltirilgan muammolar tashkil etgan: ASQh Dollarining qiymati birdaniga tushib ketishi, AQShda uzoq muddatli foizli daromadning tezlik bilan koʻtarilishi va darhol bir qator aktivlarning narhi tushib ketishi, koʻchmas mulk sarmoyalari koʻtarilib ketishi shular jumlasidandir. Narhlarning birdaniga kuchli zarbaga uchrashi AQShda importning susaytirishi va dollar qiymati pastlab ketishi mumkinligi, jiddiy iqtisodiy qulashga olib kelishi ehtimoli borligi taʻkidlangan.[6]

2007-yildagi Moliyaviy inqiroz

tahrir

2008-yilning 26-sentyabrida Fransiya Prezidenti Nicolas Sarkozy:

Biz uchun Bretton-Vudsdagi kabi moliyaviy tizimni yangitdan yaratishimiz uchun qaytadan fikrlab chiqishimizga toʻgʻri keladi. [7]

2008-yilning 13-oktyabrida Britaniya Bosh vaziri Gordon Brown yangi iqtisodiy tizim shartnomasini qabul qilishi uchun jahon liderlari uchrashishlari kerakligini qayd etib oʻtgan.

Biz yangi Bretton-Vudsga ega boʻlishimiz kerak bu yangi xalqaro moliyaviy memorlik qurilishlari kabi yillar sari oldinga yetaklab boradi. deya oʻz fikrini bildirgan.[8]

Braun taʻkidlagan iqtisodga yondashish tizimi haqiqiy Bretton-Vuds shartnomasi globallashayotgan inqiroz va erkin savdo tartibi, valyuta qiymatlarining oʻzgarayotganligi bilan kuchli ravishda farq qiladi.[9] Ushbu uchrashuvda "Anglo-Sakson" moliya tizimlaridagi iliqlik Braun va Sarkozilar oʻrtasida kuzatilmagan.[10] Italiya Iqtisodiyot vaziri Giulio Tremonti shuningdek Italiya 2009-yilga qadar G7 raisligi hisobiga "Yangi Bretton-Vuds."ga kechroq qoʻshilishini taʻkidlagan. U shuni taʻkidlaganki 2008-yilgi global moliyaviy inqiroz jarayoni natijasida dollar Bretton-Vuds valyuta zahirasi sifatida almashtirilishini aytib oʻtgan.[11][12][13] 2008-yilning 20-oktyabrida Tremonti italiya nashriyoti Corriere Della Seraga bergan bayonotida yangi Bretton-Vuds taklifiga koʻra amerikalik siyosiy arbob Lyndon LaRouche tomonidan birdirilgan fikr boʻyicha bu oqim koʻp yillar davomida tarqalishi kerakligini qayd etgan.[14]

Sammit

tahrir
 
  G20ga aʼzo mamlakatlar
  Taklif qilingan mamlakatlar (Niderlandlar va Ispaniya)
  Yevropa Ittifoqi aʼzolari
 
Moliyaviy bozor va jahon iqtisodiyotida muhim rol oʻynagan G20 mamlakatlari delegatsiyasi uchrashuvi 2008-yilning 15-noyabrida, Kolumbiya okrugida joylashgan Vashington milliy muzeyi binosida boʻlib oʻtgan.

AQSh Prezidenti [[Jorj Bush eʻlon qilgan bayonotga koʻra sammitga jahonning sanoat borasida rivojlangan 20 mamlakati qatnashishini belgilangan. G20 1997-1999-yillarda yuzaga kelgan moliyaviy yoʻqotishlarga qarshi javob sifatida yaratilgan boʻlib yangi xalqaro moliyaviy muqarralikni taʻminlash yoʻlida yangi qonunlar joriy etish maqsadida siyosiy jamlanmaning bir turidir. G20 tarkibiga uning tizimini qoʻllaydigan mamlakatlar avval kiritilgan, lekin bunday imkonni 170 mamlakat qoʻldan boy bergan (192 mamlakat Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʻzodir) Birinchi oliy maqomdagi uchrashuv Yigirmattalik liderlar ishtirokida moliyaviy bozorlar va jahon iqtisodiyotini tiklash maqsadida 2008-yilning 14-15-noyabr kunlari Vashingtonning Milliy Muzey binosida oʻtkazilgan. Uchrashuvda:Argentina, Avstraliya, Braziliya, Kanada, Xitoy Xalq Respublikasi, Fransiya, Olmoniya, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Yaponiya, Meksika, Janubiy Koreya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Janubiy Afrika Respublikasi, Turkiya, Birlashgan Qirollik, AQSh va Yevropa Ittifoqi(Ittifoq Prezidenti sifatida Fransiya Prezidenti Nicolas Sarkozy va Yevropa Maslahati kengashi raisi hamda Yevropa komissiyasi prezidenti sifatida José Manuel Barrosolar ishtirok etishgan), Ispaniya (Taklif qilingan sifatida), Niderlandlar (Taklif qilingan sifatida), Jahon banki, Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi va Moliya muqarraligi borasida maslahat kabi tashkilotlar va davlatlar vakillari ishtirok etishgan. Niderlandlar Bosh vaziri Jan Peter Balkenende 14-noyabr kuni kechasi Vashingtonga yetib kelgan, lekin otasining vafoti haqidagi habarni eshitib darhol Niderlandlarga qaytib ketgan. Uning oʻrniga Niderlandlar Davlat kotibi Jan Kees de Jager ishtirok etgan.[15] Ispaniya Bosh vaziri José Luis Rodríguez Zapatero sammit boshida taklif etilmagan, lekin Xitoy Prezidenti Hu Jintaoga yordam tariqasida va Osiyo mintaqasiga koʻproq eʻtibor qaratish hamda sammit ishtirokini yanada boyitish kerakligi sifatida taklif qilingan. Zapatero Fransiya presidenti Sarkozi tomonidan yuritilgan bayonet orqali taklif etilgan.[16]

Asosiy ishtirokchilar

tahrir

Vashingtondagi sammitda 20 yirik iqtisodiy rivoj topgan mamlakatlar vakillari boʻlib oʻz ichiga 19 mamlakat va ikki boshqaruv Yevropa maslahati kengashi va Yevropa komissiyasi [17] organlarini tashkil etadigan Yevropa Ittifoqi vakillari hamda bir necha taklif qilingan mamlakatlar va regional tashkilotlar sammitda ishtirok etish uchun qayd etilgan.

Fayl:G20 Washington 15-dekabr 2008-yil.jpg
G20 mamlakatlarining ilk marotiba sammiti boshlanishi.
 
Prezident Bush va boshqa mamlakat vakillari Oq Uyning bir chetida oliy maqomda tashkil qilingan tushlik dasturhoni atrofida

Sammit ishtirokchilari

tahrir

Taklif qilingan

tahrir

Taklif

tahrir

Germaniya Kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Nicolas Sarkozi "Bretton-Vuds II" shartnomasi jahon moliya sistemasida yangicha oʻzgartirishlar olib kelishini taʻkidlashgan. Yevropa Ittifoqi uchun sammit:

Muammolar girdobida qolayotgan qarorlarni yoritish kerakligini, transhududlarda global nazoratni yaratish va moliya tizimini boshqarish, yaʻni oldingi kabi ogohlantirishsiz harakat qiladigan inqiroz domiga tushmaslik uchun amalda qoʻllanishi mumkin boʻlgan qonunlar har bir mamlakatda investor va omonatchilar oʻrtasidagi ishonchni mustahkamlash imkonini beradi degan ahamiyatga ega ekanligini bayon etgan.

AQSh prezidenti matbuoti tomonidan qilingan eʻlonga koʻra ushbu misralar keltirilgan:

Hozirda vakillar holatni hozirgi kunda oʻz yechimini topayotgan moliyaviy inqiroz harakatlarini va uning sabablarini koʻrib chiqishmoqda. Sababi yana bu holat takrorlanmasligi uchundir. Jahonda yangi moliyaviy tizim yaratish uchun instutsional-yoʻnaltirish tartiblarini hamjihatlikda kelishib olish haqidagi fikrlar ilgari surilmoqda - degan soʻzlar Jorj Bushga tegishli boʻlgan.

Britaniya Bosh vaziri Gordon Braun oʻzining oktyabr oʻrtalarida qilgan chiqishlarida bir necha prinsiplardan voz kechishini taʻkidlagan. Bular (Halqaro yoʻsinda hisobchilik kelishuvlari, kredit sugʻurta bozorlari standartlari), qisman (kredit muasissalari, toʻlov majburiyatlari), javobgarlik sifatida (mahorat va mutanosiblik direktorlar kengashidan ketish), bank amaliyotini saqlash (norasmiy kegashga qarshi himoya) shular jumlasidandir. Xitoy prezidenti Hu Jintao G20 vakillariga murojat qilar ekan u xalqaro moliyaviy sistemasining toʻrt yoʻnalishida yangi oʻzgartirishlar kiritishini soʻragan, bular:

Moliyaviy nazorat borasidagi hamkorlikni kengaytirish, xalqaro moliya muasissalar faoliyatida yangi oʻzgartirishlar kiritish, regional moliyaviy hamkorlikni ragʻbatlantirish va xalqaro valyuta tizimini yahshilash.[19]

Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakili Qin Gang sammit qabul qilgan shartnomalar hamjihatlik, oʻzaro betaraflik va meyor darajalarida boʻlganligin taʻkidlagan.[20] Yaponiya Bosh vaziri Taro Aso sammitga qadar Yaponiya xalqaro balans toʻlovlari bilan ijobiy tomonlama tahlil asosida ish yuritayotganini va jahon bozorlaridagi uzoq choʻzilgan moliyaviy inqirozga qaramasdan oʻzining mavqeni tiklaganini Wall Street Journal [21] moliya borasida oʻtkazilgan matbuot anjumanida shu koʻrsatkichlarni jahon moliyachilari havolasiga taqdim etgan. Va sammit soʻngida Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasiga 100 mlrd. AQSh dollari yetkazishini taʻkidlab, bu pullar globallashgan iqtisodiy va moliyaviy inqiroz davrida fondni qoʻllab-quvvatlash sifatida yoʻnaltirilganini ham bildirib oʻtishgan.[22]

Asosiy yutuqlar

tahrir

Oq uy habarlariga koʻra sammit davomida Vashington deklaratsiyasi imzolanganini eʻlon qilishgan. Deklaratsiya vakillar roziligi asosida besh qismdan iborat, bular:

  • global inqirozning asosiy sabablarini hamjihatlikda topilganligi;
  • kelajakda bevosita inqiroz va oʻsishni taʻminlash yechimlarini toppish uchun har bir mamlakat kerakli maʻsuliyatni oʻz boʻyniga olishgan;
  • barcha aʻzo mamlakatlar birgalikda bir hil tartibdagi moliya bozorlarini oʻzgartirish kelishishgan;
  • keying uchrashuvda vakillar tomonidan koʻriladigan muammolar bayonotini vazirlar tomonidan aniq tarzdaga tavsiyalar asosida ishlab chiqish soʻralgan. Va shu prinsiplar asosida yangi harakatlar ishlab chiqishni ham qoʻshib qoʻyishgan.
  • yangitdan erkin bozorlar haqidagi shartnomaning tasdiqlanishi [23]

Qisqacha ifodalangan anjumanning boshqa muhim holatlarini tasvirlangan bayonot Oq uyda dalillar [23][24] sifatida taqdim etilgan boʻlib, ushbu bayonotda sammitda qabul qilingan Deklaratsiya hulosalari toʻlaqonli ravishda aks etganligi matbuot nashrlarining birida chop etilgan.[23][24] AQSh bayonotiga koʻra ishtirokchilarning barchasi oʻz maqsadlarining yetarli imkoniyatlar borligiga va uchrashuvning muvafaqqiyatiga oldindan shubha bilan qarashganligini ham yashirib oʻtmagan.[25] 2009-yilga qadar uch mamlakat (Buyuk Britaniya, Braziliya, Janubiy Koreya) 2009-yilning martiga koʻzlangan 47 ta qisqa va oʻrta muddatga moʻljallangan maqsadlarni hayotga tadbiq etish vazifasiga boshqaruvchilar etib belgilangan.[26] Shundan soʻng bu kabi oliy maqomdagi sammitlar uchrashuvi 2009-yilning 2-aprelida Londonda[27] va 2009-yilning sentyabrida Pittsburg shahrlarida oʻtkazilgan.

Jarayon

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „European call for 'Bretton Woods II'“. Eurodad (2008-yil 16-oktyabr). 2008-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 16-noyabr.
  2. „Summit on Financial Markets and the World Economy“. White House (2008-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2008-yil 16-noyabr.
  3. Lex Rieffel. „The G-20 Summit: What's It All About?“. Brookings Institute (2008-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2008-yil 16-noyabr.
  4. Daniel Drezner. „How Stable Is Bretton Woods 2?“ (24-fevral 2005-yil). 2008-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-iyun 2008-yil.
  5. Michael P. Dooley, David Folkerts-Landau, Peter Garber. „An Essay on the Revived Bretton Woods System“. National Bureau of Economic Research (2003-yil sentyabr). 2008-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-iyun 2008-yil.
  6. Nouriel Roubini, Brad Setser. „Will the Bretton Woods 2 Regime Unravel Soon? The Risk of a Hard Landing in 2005-2006“ (2005-yil fevral). Qaraldi: 29-iyun 2008-yil.
  7. George Parker, Tony Barber and Daniel Dombey.. „Senior figures call for new Bretton Woods ahead of Bank/Fund meetings“ (9-oktabr 2008-yil). 14-oktabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktabr 2008-yil.
  8. Agence France-Presse (AFP). „World needs new Bretton Woods, says Brown“ (13-oktabr 2008-yil). 2008-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktabr 2008-yil.
  9. „A Policy Dialogue Platform | Promoting Better Governance“. eGov monitor (2008-yil 14-oktyabr). 2009-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-iyun. (Wayback Machine saytida 2009-09-11 sanasida arxivlangan)
  10. James Kirkup, Bruno Waterfield.. „Gordon Brown's Bretton Woods summit call risks spat with Nicholas Sarkozy“. The Daily Telegraph (2008-yil 17-oktyabr). 2008-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 16-noyabr.
  11. „Italy queries dollar's role in Bretton Woods reform“. Reuters (2008-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2008-yil 16-noyabr.
  12. Parmy Olson and Miriam Marcus.. „Bringing The Banking Mess To Broadway“. Forbes (2008-yil 16-oktyabr). 2020-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 16-noyabr.
  13. Guy Dinmore.. „Giulio Tremonti: A critic demands a new Bretton Woods“. Financial Times (2008-yil 8-oktyabr). 2009-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 16-noyabr.
  14. Caizzi, Ivo, "Bretton Woods #2 of LaRouche and Tremonti,"[archiviostorico.corriere.it/2008/ottobre/20/Bretton Woods LaRouche Tremonti ce 0 081020029.shtml], Corriere della Sera, 20-oktabr 2008-yil -- Google translation: [1]
  15. „Delegations to the Summit on Financial Markets and the World Economy“. White House (2008-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2008-yil 16-noyabr.
  16. Diana Fong, Spain's Zapatero Takes Extra Seat at G20 Summit, Deutsche Welle, 15-Nov. 2008-yil. Spain's Zapatero Takes Extra Seat at G20 Summit | Europe | Deutsche Welle | 15.11.2008
  17. Rieffel, Lex. "Regional Voices in Global Governance: Looking to 2010 (Part IV)," (Wayback Machine saytida 2010-06-03 sanasida arxivlangan) Brookings. 27-mart 2009-yil; "core" members (G20 official site) (Wayback Machine saytida 2010-06-18 sanasida arxivlangan)
  18. 18,00 18,01 18,02 18,03 18,04 18,05 18,06 18,07 18,08 18,09 18,10 18,11 18,12 18,13 18,14 18,15 18,16 18,17 18,18 18,19 18,20 18,21 University of Toronto, G20 Centre: 2008 Washington G-20, delegations.
  19. „Washington summit targets at crisis“. China Daily (2008-yil 16-noyabr). 2009-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 16-noyabr.
  20. „Chinese FM: G20 summit "significant" for world to tackle financial crisis“. Xinhua News Agency (2008-yil 16-noyabr). 2009-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 16-noyabr.
  21. Aso, Taro. „Restoring Financial Stability; Use Japan's experience as a guide to near-term problems ? then think bigger.“. Wall Street Journal (2008-yil 14-noyabr). 2010-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-sentabr 2010-yil.
  22. „IMF Signs $100 Billion Borrowing Agreement With Japan.“. IMF Survey online (2009-yil 13-fevral). 2010-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-sentabr 2010-yil.
  23. 23,0 23,1 23,2 „Fact Sheet: Summit on Financial Markets and the World Economy“. White House (2008-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2008-yil 16-noyabr.
  24. 24,0 24,1 „Declaration of the Summit on Financial Markets and the World Economy“. White House (2008-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2008-yil 16-noyabr.
  25. „Doubts surface over G-20 rescue plan“. Euronews (2008-yil 16-noyabr). 2011-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 16-noyabr.
  26. „Statement From G-20 Summit“. New York Times (2008-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2008-yil 15-noyabr.
  27. „Announcement from Number 10“. Number 10 (2008-yil 3-dekabr). 2009-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 3-yanvar.