Londondagi G-20 sammiti (2009)
Londondagi G-20 sammit (2009) – G20 tarkibidagi mamlakatlarning ikkinchi marotiba moliyaviy bozorlar va iqtisodiy inqiroz muhokamasi asosiy mavzu hisoblangan sanmmitlaridan biri. Ushbu sammit 2009-yilning 2-aprelida Birlashgan Qirollik poytaxti, London shahridagi ExCel deb nomlangan yarmarka markazida boʻlib oʻtgan.[1] Ushbu uchrashuv yatakchi mamlakatlardan tarkib topgan Katta yigirmatalik hisobida 2008-yilning 14-15-noyabr kunlari Vashingtonda oʻtkazilgan sammitdan keyingi ilk marotiba moliyaviy bozor va jahon iqtisodiyoti inqirozi muammolari muhokama qilingan sammit hisoblanadi.[2] Sammitda ishtirok etish uchun hokimiyat raislari yoki prezidentlari tomonidan moliya vazirlari guruhlarini oʻz ichiga oladigan Katta yigirmatalik aʼzolari va mintaqaviy hamda xalqaro mavqega ega tashkilotlar roʻyxatga kiritilgan. Londondagi sammit Vashingtondagi sammitga nisbatan ancha keng qamrovda oʻtkazilgan.[3] 2013-yilda Britaniyaning Hokimiyat Kommunikatsiya nazorati hodimlari, horijlik delegatlar tomonidan soʻdir etilgan telefon qoʻngʻiroqlar aloqalarini nazoratchi kompyuterlar orqali aniqlagaydigan aloqa vositalarini oʻrnatgan. Bu vaziyatni oʻrganib chiqqan britan hokimiyatininig razvedkasi keskin choralar koʻrish maqsadida Maxsus Xizmat tomonidan jiddiy qarorlar qabul qilinishi uchun Britan vazirlar mahkamasiga tegishli arizalarni yetkazgan.[4]
Londondagi G-20 sammiti (2009) inglizcha: 2009 G-20 London summit' | |
---|---|
London sammiti ishtirokchilari | |
Mezbon davlat | Birlashgan Qirollik |
Sana | 2-aprel 2009-yil |
Shior | Global kuchlarni boshqarish uchun oʻrta hajmdagi yangi oʻzgartirishlar kiritish protsessini boshlash |
Oʻtkaziladigan joy(lar) | ExCel koʻrgazma markazi, London, Angliya |
Shaharlar | London, Angliya |
Ishtirokchilar | G20 (+Ispaniya, Niderlandlar) |
Rais | Gordon Braun |
Keyingi | Pittsburgdagi G-20 sammiti (2009) |
Avvalgi | Vashingtondagi G-20 sammiti (2008) |
Kun mavzusi
tahrirLondondagi sammitda Britaniya Moliya vazirligi uchrashuv aynan shu mamlakatda oʻtkazilishi sababli ishlab chiqarishni kengaytirish takliflarini ilgari surishgan. Bundan asosiy koʻzlangan maqsad global kuchlarni boshqarish uchun oʻrta hajmdagi yangi oʻzgartirishlar kiritish protsessini boshlash ekanligini Britaniaylik mulozimlar tomonidan taʼkidlangan.[5]
- Yoʻqolib borayotgan ishonch va talabotning keskin tushib ketishiga kurash maqsadida bir necha kelishuv harakatlari sammitda koʻrish uchun asosiy mavzular qatoriga kiritilgan.(bundan kelib chiqilsa har bir mamlakat oʻzining moliya-kredit siyosati bilan va turli hil imkoniyatlar bilan keskin farq qilishi hisobga olingan) [5]
- Kelajakda inqirozni tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va paydo boʻlayotgan hamda rivojlanayotgan bozorla harakatini qoʻllab quvvatlash maqsadida birgalikda yangi yangi usullarni ishlab chiqish kerakligi taʼkidlangan.[5]
- Inqirozdan chiqish uchun moliyaviya sektorlar kamchiliklarini birgalikda hal etish
- Moliyaviy nazorat tartibi va Xalqaro moliya muassisalari aloqalarini yahshilash. Jumladan Moliyaviy muqarralik forumi (MMF) va Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi kabi tashkilotlar ahamiyatini kengaytirish.[5]
- Yanada muqarrar yoʻsinda xavfsiz globallashgan xom-ashyo va mahsulot bozorlari tartibiga oʻtish usullari va jahon savdosini barqarorlashtirish kelishuvlarini qabul qilish.
- Yangitdan jahon jamiyatini ming yillik rivojlanish maqsadi ostida birlashtirish[5]
Tayyorgarlik
tahrirLondondagi sammitga qadar tayyorgarlik sifatida ikki rasmiy uchrashuvlarni oʻtkazishgan. Bu uchrashuvning biri faqat Yevropa mamlakatlari uchun 2009-yilning 22-fevralida Olmoniya poytaxti Berlin shahrida va Moliya vazirlari uchun 2009-yilning 14-martida Birlashgan Qirollikda tashkil qilingan.
Yevropa liderlari sammiti
tahrirYevropa Ittifoqining 20 mamlakatlaridan faqat toʻrtta aʼzolari Birlashgan Qirollik, Olmoniya, Fransiya va Italiya hamda Yevropa iqtisodiyotida muhim rol oʻynaydigan ikki mamlakat Ispaniya va Niderlandlar 2009-yilning 22-fevralida Berlinda Londondagi sammitga tayyorgarlik va oʻz yoʻnalishlarini aniqlash sifatida sammitda qatnashishgan. Lekin bu ikki mamlakat Niderlandlar va Ispaniya G20 sammitida taklif qilinganlar orasida qatnashilishini oldindan ogohlantirishgan.[6] Bu Berlindagi uchrashuv Kansler Angela Merkel tomonidan taklif qilingan asoslar tufayli muhim ahamiyatga ega sammitga aylangan. Vakillar sammit davomida moliyaviy muassisalarning faoliyatini kengaytirish va bu holatlarda tashkil qilinadigan har bir moliyaviy muassisalar tartibdagi nazorat qoidalariga javob berishi kerakligi haqida kelishuv imzolangan. Bundan tashqari soliq toʻlovidan qochuvchilarga qarshi choralarni kuchaytirish ham nazarda tutilgan muammolar koʻrib chiqilgan.[7] Yevropa liderlari baʼzi bir muammolar girdobiga tortayotgan mamlakatlarga qarshi choralar va sanksiyalar qoʻllash kerakligi haqida kelishib olishgan. Sammit soʻngida mamlakatlar Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasidagi faoliyatini mustahkamlash uchun ushbu tashkilotga moliyaviy vositalar yetkazishni ikki barobarga koʻpaytirish hususidagi kelishuvga erishilgan.[8]
Moliya vazirlari sammiti
tahrirG20ga aʼzo mamlakatlar markaziy banklarining raislari va Moliya vazirlari uchrashuvi 2009-yilning 14-martida Horashamda Londondagi sammitga tayyorgarlik sifatida oliy maqomda uchrashuv boʻlib oʻtgan. Uchrashuv ishtirokchilari jahon iqtisodiyoti oʻsishini tiklash uchun mashgʻullik va talabotni ragʻbatlantirish harakatlarining yechimlari va bu ishga birgalikda yondashishni tavsiya qilganlar. Ishtirokshilar shu bilan birgalikda proteksionizmning barcha turlariga qarshi kurash va horijiy sarmoyalardan unumli foydalanish hamda savdo aloqalarini qoʻllash shular jumlasidandir. Bu uchrashuv kelajakda iqtisodiyotning ijobiy tomonida boʻlish maqsadida halqga imtiyozli kreditlar yetkazish va bank sistemasida rekapitalizatsiyalar oʻtkazish hamda ularning rejalarini isloh qilib ragʻbatlantirish masalalari koʻrib chiqilgan. Markaziy banklar vakillari oʻrtasida mamlakatning kurs siyosatini nazoratga olish va tushirish ishlarini qoʻllab quvvatlash haqida fikrlari almashilgan. Sammit davomida liderlar yangi paydo boʻlayotgan bozorlar va rivojlanayotgan mamlakatlar qiziqishlarini Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasining faoliyat darajasini oshirish orqali qoʻllab quvvatlash masalalari hal qilingan. Moliyaviy tizim faoliyatini kengaytirish maqsadida ishtirokchilar bir necha takliflar kiritgan. Moliya muassisalarining barcha muhim javobgarliklarga mos faoliyat yuritishi hamda barcha hisob fondlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartiblari va fond hisoblarini qabul qiladigan shaxslar tomonidan tegishli hujjatlar yoki maʼlumotlar maxsus organlarga yetkazilishi shular jumlasidandir.[9] Ishtirokchilar asosiy muammolardan biri boʻlgan masala yani, biznes shirkatlarida yangicha usulda imtiyozli kreditlar joriy etish va oʻsishni kuchaytirish maqsadida yangicha takliflar kiritishgan.[9] Kelajakda moliyaviy tashkilotlar faoliyatini kengaytirish orqali inqirozdan chiqish yoʻllari koʻrib chiqilgan.[9] Moliya vazirlari hamda Markaziy banklar raislari sammit davomida Xalqaro tashkilotlarning qimmatli qogʻozlar boʻyicha kodeksiga javob berishi muhim sanalgan kredit agentliklari faoliyatini boshqarish zaruriyati, transport vositalari harakatlarini nazoratga olish va kredit ishlab chiqarish bozorlarining taqiqlangan hududlardagi faoliyatini toʻhtatish kelishuvlari imzolangan.[9]
Gordon Brown sammit hususida
tahrirLondondagi sammitga qadar bir necha hafta oldin Britaniya Bosh vaziri Gordon Brown uch continent sari bir necha mamlakatlarga tashrif buyurgan. Tashriflar sababi Londonda oʻtkaziladigan sammitda oʻzining moʻljallagan maqsadlarini qolgan mamlakatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlanishini koʻzlaganini Bosh vazirning oʻzi taʼkidlagan. Angliya Banki tomonidan boshqariladigan soliq-byudjet harakatlarini ragʻbatlantirish masalalarini Braun tashriflari vaqtida oʻzining koʻzlagan maqsadlarini ham birgalikda bayon etib oʻtgan. Fransiyaning Strasburg shahrida joylashgan Yevroparlament majlisida u rejalashtirgan harajatlar muhokama qilingan. Bosh vazir bulardan tashqari AQSh, Braziliya, Argentina va Chili mamlakatlariga safarlar uyushtirgan.[10] Braun proteksionizm haqida:
Keyingi haftada sammitda tushadigan habarladan biri bu albatta proteksionistik mamlakatlardan voz kechganimiz boʻladi va biz bu mamlakatlarni nazorat ostimizga olamiz. Erkin savdo amaliyotida qatnashish uchun zaruriy mamlakatlar ham bu sammitda ishtirok etishadi –deya hal qiluvchi soʻzini bayon etgan.[11]
London sammitiga qadar bir necha hafta oldin byudjetni ragʻbatlantirish savollar va fikrlar muhim joy egallab muhbirlar munozarasiga sabab boʻlgan. Sammitda Britan va Amerika hukumatlari iqtisodiy ragʻbatlantirish masalalarini oʻz foydasiga hal qilishgan. Bu vaqtning oʻzida Fransuz va Nemis hukumatlari odatdagi kabi bu qarorlar dastidan mamlakatlarning tashqi qarzlari koʻpayishiga olib kelishi va bu holat qolgan mamlakatlarga ahamiyatga molik mummolar olib kelishini taʼkidlab qarshi chiqishgan. 2009-yilning 26-martida Chehiya Bosh vaziri Mirek Topolanek iqtisodiy siyosatining kritikalari sababli AQSh Prezidenti Barack Obama bilan tortishib qolishgan.[12]
Qatnashuv
tahrirG20 barcha vakillari Londondagi sammit ishtirok etish uchun 1-aprel kuni yetib kelishgan. Londondagi sammitga qilgan safaridan oldin Fransiya Prezidenti Nicolas Sarkozyining taklifiga koʻra Fransiya sammitdan chiqish kabi hodisalarda biron bir ahamiyatga molik muammo boʻlmasa bunday qilish kerak emas deya 1965-yildagi Charles de Gaulle qarori bilan mamlakatning NATOdan chiqishi va bu holatda mamlakat boʻshliqda qolganligini yana bir bor tanqid qilgan.[13] Londondagi matbuot anjumanida Obama va Braunlar birgalikda sammitga kiritiladigan yangi takliflar faqatgina koʻpayishini taʼkidlashgan.[14] Sarkozi va Merkel alohida uyushtirilgan matbuot anjumanida ikkalasi ham moliyaviy bozorlar nazoratini qattiq nazoratga olish va oʻz jamoasini kelajakda moliyaviy ragʻbatlantirish kabi masalalar borasida G20 sammiti kelishuvlar qabul qilishini izohlab oʻtishgan.[15] 1-aprelning oqshomida barcha G20 sammitida ishtirok etayotgan vakillar qirolicha Elizabeth II tomonidan Bukingem saroyida tashkil etilgan uchrashuvda ishtirok etishgan. Saroydagi uchrashuvdan soʻng vakillar Londonning Dauning koʻchasida joylashgan muhtasham bosh vazir qarorgohida uyushtirilgan tushlik dasturhon atrofida yigʻilishgan.[16] Sammit rasmiy ravishda 2-aprelning tongida Excel va Custom House markazlarida oʻz faoliyatini boshlagan.
Asosiy ishtirokchilar
tahrirLondondagi sammitda 19 mamlakat va oʻz doirasiga Yevropa maslahati kengashi va Yevropa Komissiyasini oladigan Yevropa Ittifoqi boʻlgan G20 vakillari [17] va har bir qitʼa hududlaridan mamlakatlar, halqaro tashkilotlar vakillari ushbu sammit ishtirokchilari qatoriga kiritilgan.
Taklif qilingan mamlakatlar | |||
Mamlakat | Vakil | Mansab | |
---|---|---|---|
Niderlandiya | Niderlandlar | Jan Peter Balkenende | Bosh vazir |
Ispaniya | Ispaniya | José Luis Rodríguez Zapatero | Bosh vazir |
Xalqaro tashkilotlar | |||
Tashkilot | Vakil | Mansab | |
---|---|---|---|
Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarining assosiatsiyasi | Surin Pitsuwan [18] | Bosh kotib | |
Moliya muqarraligi borasida maslahat | Mario Draghi | Rais | |
Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi | Dominique Strauss-Kahn | Boshqaruvchi direktor | |
ARQYAH | Meles Zenawi | Rais | |
Birlashgan Millatlar Tashkiloti | Pan Gi Mun | Bosh kotib | |
Jahon banki | Robert Zoellick | Prezident | |
Jahon savdo tashkiloti | Pascal Lamy | Direktor |
Havfsizlik jarayoni
tahrirHavfsizlik operatsiyasiga boshchilik qilgan Bob Broadhurst sammitda havfsizlikga tahminan £7.2 million fun sterling sarflanishini izohlab oʻtgan. Oltiga yaqin politsiya kuchlari sammit vaqtida havfsizlik operatsiyasi sifatida foydalanilgan: Poytaxt politsiyasi, London shahar politsiyasi, Britaniya transport nazorati politsiyasi, Esseks politsiya kuchlari, Sasseks politsiyasi va Bedfordshir politsiyalari G20ning Londondagi sammitida havfsizlikni taʼminlashga maʼsul etib tayinlangan. Bundan tashqari havfsizlik uchun Mudofa vazirligining politsiya boʻlinmalari ham jalb qilingan. Shuningdek sammit havfsizligi uchun sarflangan harajatlar Britaniya taʼrihida eng yuqori koʻrsatkish sifatida qayd etilgan.[19]
Horijlik siyosatchilar ortidan josuslik
tahrir2013-yilning iyunida The Guardian matbuotida qayd etilishicha sammit vaqtida yashirincha oʻrnatilgan josuslik tehnikalari tufayli sammitda ishtirok etgan horijlik vakillarning telefon qoʻngʻiroqlari yashirincha tinglangan va elektron hatlar josuslik kompyuterlari orqali oʻ qilgan boʻlib, bu holat Britaniya maxsus hizmati hukumatining aloqalar boʻlimida ushbu josuslik ishlari amalga oshirilgan. Va qayd etilishicha Londondagi sammitdan keyin ham ushbu josuslik harakatlari davom ettirilgan.[4]
Namoyishchilar
tahrirLondondagi G-20 sammiti bir necha savollarni ichiga oladigan noroziliklar va har hil guruhlarga boʻlingan namoyishchilarning diqqat markazida boʻlgan. Namoyishchilar yaqin orada iqtisodiy siyosatdan, bank tizimlarining oʻzgarishi hamda bankirlarning maoshi va qoʻshimcha mukofotlaridan, davom etayotgan terrorchilikga qarshi kurash va iqlim oʻzgarishi havflaridan havotirda ekanliklarini izhor etishgan. Asosan koʻpchilik namoyishchilar tinch yoʻsinda noroziliklarini izhor etishgan. Lekin baʼzi bir namoyishchilarning qonun qoidalarni buzib jinoyat sodir etishi namoyishchilar uchun politsiya tomonidan maxsus tizim qoʻllanishiga majbur qilgan.
Yan Tomplinson oʻ limi
tahrirLondonning gazeta sotish shohobchalarining birida ishlaydigan Yan Tomplinson Angliya Banki atrofida G-20 sammitiga qarshi oʻtkazilgan namoyishlarning birida, politsiyachilar bilan boʻlgan toʻqnashuv chogʻida halok boʻlgan. Avvaliga London shahar politsiyasi namoyishchilar bilan boʻlgan hodisalar rivojini rad etgan. Kunlarning birida OAV manbalarida keltirilgan foto va videolavhalar asosida mustaqil politsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlanishicha Yan Tomplinson politsiyachilar bilan boʻlgan toʻqnashuvda ishtirok etgani va u yerga yiqilishidan oldin yurak hurujidan vafot etganini bayon etishgan. Undan keyingi tafsilotlarga koʻra Tomplinson politsiyachilar tayogʻidan yaralangani aks etgan qoʻshimcha videomateriallar erkin Britan jamiyatining bahs-munozarasiga sabab boʻlgan. Mustaqil Politsiya komissiyasi hodimlari ikkinchi marotiba murda ustida taftish ishlarini oʻtkazishga ruhsat soʻragan.[20] Ikkinchi marotiba oʻtkazilgan tadqiqotlarga qaraganda shuni aniqlashganki, murdada koronar Ateroskleroz aniqlangan va juda koʻp qon yoʻqotganligi sababli vafot etganiga oydinlik kiritishgan.[21]
Natija
tahrirLondon sammitida G20 vakillari orqali oqsab borayotgan jahon iqtisodiyoti protsessida Xalqaro iqtisodiy hamkorlik monitoringi va kelajakdagi rejalar muhokamasi uchun moʻljallangan asosiy forum sifatida . yangi qadamlar qoʻyilgan.[22]
Moliyaviy kelishuvlar
tahrirG20 vakillari sammit soʻngida xalqaro moliya tizimi, kredit sharoiti, savdo erkinligini, iqtisodiy barqarorlik va tiklanishga qaratilgan bir qancha dasturlarga $1,1 trln ajratishga kelishishdi. Bir necha bor sammit vaqtida qanday qilib iqtisodiyotni oldinga olib chiqish borasida vakillar oʻrtasida turli hil bahslar yuritilgan. Birlashgan Qirollik va yirik moliya kompaniyalari tomonidan jahon iqtisodiyotida moliyaviy ragʻbatlantirishni kushaytirishni taklif qilishgan. Boshqa tomondan Fransiya va Olmoniya moliyaviy operatsiyalar ustidan nazoratni kuchaytirishni sammit davomida oʻz bayonotlarining bir qismida qayd etib oʻtishgan.[23] Dastur oʻz ichiga:[24]
- $500 mlrd. AQSh Dollari.
- $250 mlrd. AQSh Dollari moliyaviy savdoni rivojlantirish tarzida;[25]
- $250 mlrd. AQSh Dollari
- $100 mlrd. AQSh Dollari
Vaziyat
tahrirShunungdek London sammitida G20 vakillari kelajakda kredit-reyting agentliklari va hedj fondlari ustidan kengaytirilgan global nazoratni yoʻlga qoʻyish hamda bank tizimidagi nosozliklarga chek qoʻyishborasidagi kelishuv qabul qilingan. Bundan tashqari aynan mana shu G20 vakillarining Londondagi sammitida Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi bilan birgalikda faoliyat yuritadigan muhim tashkilotlardan biri Moliya muqarraligi borasida maslahat forumi borasida kleishuvlar imzolangan. Moliya muqarraligi borasida maslahat tashkilotining yaratilish sababi global hamkorlikni kengaytirish hamda taʼminlash va kelajakda roʻy berishi mumkin boʻlgan moliyaviy inqirozlardan ogohlantiradigan tizim sifatida foydalanish shular sirasiga kiritilgan.
Endi yashil siyosatlarsiz
tahrirBaʼzi bir manbalarga asoslangan holda umumiy kelishuv sifatida sammit oxirida qabul qilingan mablagʻ $ 1,1 trln. AQSh Dollarining biron bir qismida ekologik investitsiyanai ragʻbatlantrish dasturlari koʻrib chiqilmagan[26] va biron bir tabiatni muhofaza qilish muammolari aks etgan dasturlar kleishuvi taklif etilmagan.[27]
AQSh taʼsirining susayishi
tahrirG20 vakillarinig Londonda oʻtkazilgan sammitida qabul qilingan shartnoma va kelishuvlar koʻrsatkichlari shuni koʻrsatganki, AQSh oldingi kabi jahon iqtisodiyotida mavqesini ushlab turgan rolni qoʻldan boy bergan va har bir mamlakatlarning biznes ustidan davlat nazoratini oshirishi bu holatga sabab boʻlgan. Goldman Sachs International kompaniyasining vitse-raisi Robert Hormats sammit vaziyatini sharhlagan holda, AQSh borasida: Andoza:Quoation
Xitoyning sammitga taʼsiri
tahrirG20 sharhlovchilarining aytishlariga qaraganda London sammitida Xitoy koʻzga koʻrinarli yangi qadamlarni tashlagan va bu holat uning sammitdagi taʼsirini yanada kuchaytirgan.[28][29][30]
See also
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Croft, Adrian. "Londonʼs ExCel Centre chosen as venue for G20 summit, " (Wayback Machine saytida 2009-04-03 sanasida arxivlangan) Reuters (UK). 6-fevral 2009-yil. Retrieved 7-aprel 2011-yil.
- ↑ "UK to host G20 financial summit, " (UK Government Web Archive saytida 2008-12-09 sanasida arxivlangan) (UK Government Web Archive saytida 2008-12-09 sanasida arxivlangan) Number 10, Prime Minister’s office (UK). 26-noyabr 2008-yil. Retrieved 7-aprel 2011-yil.
- ↑ Flitton, Daniel. "Australia may struggle to find a seat at a future economic table, " The Age (Australia). 1-aprel 2009-yil. Retrieved 7-aprel 2011-yil.
- ↑ 4,0 4,1 „GCHQ intercepted foreign politicians' communications at G20 summit“. The Guardian.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 Great Britain Cabinet Office. (2008). Managing the global economy through turbulent times, p. 7. Retrieved 7-aprel 2011-yil.
- ↑ „Berlin, une étape importante avant Londres“ („An important step before London“). 7 sur 7 (Belgium). 22-fevral 2002-yil. Retrieved 7-aprel 2011-yil.
- ↑ „Staatspräsident Sarkozy beim G20-Vorbereitungstreffen in Berlin: Wir müssen ehrgeizige und glaubwürdige Maßnahmen vorschlage“ (Wayback Machine saytida 2011-07-18 sanasida arxivlangan) („President Sarkozy at the G-20 preparatory meeting in Berlin, we must propose ambitious and credible measures“). Embassy of France in Germany. 24-fevral 2009-yil. Retrieved 7-aprel 2011-yil.
- ↑ "Meeting of the European members of the G20 group in Berlin, " (Wayback Machine saytida 2009-05-22 sanasida arxivlangan) Czech Presidency of the European Union. 23-fevral 2009-yil. Retrieved 7-aprel 2011-yil
- ↑ 9,0 9,1 9,2 9,3 Official communiqué (Wayback Machine saytida 2009-03-22 sanasida arxivlangan), issued by the G-20
- ↑ „Gordon Brown takes pre-G20 tour to Brazil“. The Daily Telegraph (26-mart 2009-yil). 2009-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-mart 2010-yil.
- ↑ „Brown to urge G20 to fight protectionists“. Agence France-Presse. 2009-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-aprel 2009-yil.
- ↑ „Topolanek's criticisms of Obama's policies could sour EU-US relations“. The Irish Times (26-mart 2009-yil). 2013-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-aprel 2009-yil.
- ↑ Watt, Nicholas. „G20: Sarkozy's empty-chair threat shows EU fails to realise times have changed“. The Guardian (1-aprel 2009-yil). Qaraldi: 29-mart 2010-yil.
- ↑ Bohan, Caren. „UPDATE 1-Obama plays down G20 splits, seeks consensus“. Reuters (1-aprel 2009-yil). 5-aprel 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-aprel 2009-yil.
- ↑ „France and Germany united at G20“. BBC News (1-aprel 2009-yil). 4-aprel 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-aprel 2009-yil.
- ↑ Singh, Anita. „ACTUAL ARTICLE TITLE BELONGS HERE!“. The Daily Telegraph (1-aprel 2009-yil). 5-iyun 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyun 2010-yil.
- ↑ Rieffel, Lex. "Regional Voices in Global Governance: Looking to 2010 (Part IV), " (Wayback Machine saytida 2010-06-03 sanasida arxivlangan) Brookings. 27-mart 2009-yil; „core“ members (G20 official site) (Wayback Machine saytida 2010-06-18 sanasida arxivlangan)
- ↑ Rana, Pradumna B. „How can Asia strengthen its voice at G-20?“ The Korea Times. 6-iyul 2010-yil; excerpt, "Under the present G-20 practice of inviting representatives of regional groupings, the ASEAN chair and the ASEAN secretary general participated at the London, Pittsburgh, and Toronto summits; "Thai PM warns of over-ambitious G20 summit, " (Wayback Machine saytida 2012-10-21 sanasida arxivlangan) Agence France-Presse (AGF). 2-aprel 2009-yil.
- ↑ „G20 summit: security operation launched“. The Daily Telegraph (28-mart 2009-yil). 2010-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyun 2010-yil.
- ↑ Dodd, Vikram. Ian Tomlinson death: IPCC takes over inquiry from G20 protests police force, The Guardian, 8-aprel 2009-yil.
- ↑ „Ian Tomlinson second postmortem: coroner and family statements“. The Guardian (18-aprel 2009-yil). 20-aprel 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-aprel 2009-yil.
- ↑ Parliament (UK): Townsend, Ian. „G20 & the November 2010 Seoul summit“ (SN/EP/5028) (Wayback Machine saytida 2010-11-07 sanasida arxivlangan), 19-oktabr 2010-yil. Retrieved 7-aprel 2011-yil; excerpt, „Today, we designated the G-20 as the premier forum for our international economic cooperation“ citing „Pittsburgh G20 Leaders’ summit communiqué,“ ¶50 29-sentabr 2009-yil. Retrieved 2011-04-07; excerpt, "Today, we designated the G-20 as the premier forum for our international economic co-operation. We have asked our representatives to report back at the next meeting with recommendations on how to maximise the effectiveness of our co-operation. We agreed to have a G-20 Summit in Canada in June 2010, and in Korea in November 2010. We expect to meet annually thereafter, and will meet in France in 2011.
- ↑ "France is threatening G20 walkout, " BBC. 31-mart 2009-yil. Retrieved 7-aprel 2011-yil.
- ↑ „G20 leaders seal 36tn global deal“. BBC (2-aprel 2009-yil). 3-aprel 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-aprel 2009-yil.
- ↑ „G20 agrees $250 billion trade financing deal“. Reuters (2-aprel 2009-yil). 8-aprel 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-aprel 2009-yil.
- ↑ „G20: What a laugh!“ (deadlink). Greaenpeace.org (1-aprel 2009-yil). 25-iyul 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-avgust 2013-yil. (Wayback Machine saytida 2010-07-25 sanasida arxivlangan)
- ↑ Monbiot, George. „G20 forgets the environment – Climate breakdown, peak oil and resource depletion all dwarf the financial crisis in financial and humanitarian terms“. The Guardian (2-aprel 2009-yil). 2009-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-aprel 2009-yil.
- ↑ „China and the G20: China takes centre stage | The Economist“ (31-mart 2009-yil). 2009-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-iyul 2009-yil.
- ↑ Logged in as click here to log out.. „ACTUAL ARTICLE TITLE BELONGS HERE!“. The Guardian (26-mart 2009-yil). Qaraldi: 27-iyun 2010-yil.
- ↑ „ACTUAL ARTICLE TITLE BELONGS HERE!“. Financial Times (8-aprel 2009-yil). Qaraldi: 27-iyun 2010-yil.
Havolalar
tahrirVikiomborda Londondagi G-20 sammiti (2009) haqida turkum mavjud |
- G20 Information Centre (Wayback Machine saytida 2013-02-16 sanasida arxivlangan)
- Graphic: G20 is not simply the 20 largest economies (Wayback Machine saytida 2014-03-26 sanasida arxivlangan)
- News coverage from the BBC, news.bbc.co.uk
- News coverage from the Financial Times, ft.com
- News coverage from The Guardian, guardian.co.uk
- News coverage (Wayback Machine saytida 2013-05-21 sanasida arxivlangan) from Radio France Internationale, rfi.fr
- News coverage (Wayback Machine saytida 2011-02-13 sanasida arxivlangan) from The Daily Telegraph, telegraph.co.uk
- Tracking the London Summit 2009 blog from The Centre for International Governance Innovation and Chatham House, g20london.wordpress.com
- The G-20: A City Survival Guide by Parmy Olson, Forbes, 30-mart 2009-yil. forbes.com