Vikipediya:Administratorlar
![]() | Bu sahifa oʻzbekcha Vikipediya qoidalarining bir qismidir. Unga barcha ishtirokchilar amal qilishi lozim. Bu sahifaga oʻzgarishlar kiritishdan avval boshqa foydalanuvchilar bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. |

Vikipediya administratorlari Vikipediya foydalanuvchilarining bir toifasi boʻlib, quyidagi texnik vazifalarni bajarish huquqiga egadirlar:
- Biror sahifani himoyalash
- Sahifani oʻchirish
- Oʻchirilgan sahifani tiklash
- Tahrirlar tarixidan biror versiyani yashirish
- Biror foydalanuvchini chetlashtirish
Oʻzbekcha Vikipediyada hozirda 16 ta administrator mavjud.
Administrator boʻlish tahrir
Administratorlik statusi maxsus sahifadagi muhokamadan soʻng beriladi: Vikipediya:Administratorlikka soʻrovlar.
Administratorlikdan chiqish tahrir
Administrator statusi faqat 3 ta sabab tufayli olinishi mumkin:
- administrator statusiga ega foydalanuvchining oʻz xohishi bilan;
- muayyan administratorning uzoq muddat faol emasligi sababli faol administratorlar konsensusi asosida;
- administratorning Vikipediya va Vikimedia tamoyillarini bir necha bor buzgan hollarda.
Administrator statusini berish-olish vazifasi loyiha rasmiyatchilariga yuklatilgan. Favqulotda vaziyatlarda (masalan, rasmiyatchi faol boʻlmagan hollarda) Vikimedia Jamgʻarmasining barcha loyihalaridagi boshqaruvchilar — styuardlarga murojaat qilish mumkin.
Administratorlik statusining qayta berilishi, administratorlikka soʻrovlar sahifasida administratorlarni saylash qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Roʻyxat tahrir
Hozirgi administratorlar tahrir
|
Sobiq administratorlar tahrir
|
Tarix tahrir

Yana qarang tahrir
- Administratorlar roʻyxati (avtomatik yangilanadi)
- Vikipediya:Rasmiyatchilikka soʻrovlar
- Vikimedia Fondi loyihalaridagi administratorlar statistikasi
|