Xalqaro islom universiteti (Islomobod)
Xalqaro Islom universiteti, Islomobod, yoki IIUI, (arabcha: الجامعة الإسلامية العالمية إسلام آباد, urdu: بین الاقوامی جامعہ اسلامی اسلام آباد) Pokistonning Islomobod shahrida joylashgan davlat tadqiqot universitetidir[1][2][3]. U 1980-yilda tashkil etilgan va 1985-yilda qayta tuzilgan hamda Pokistondagi oliy taʼlim uchun qimmatli manba boʻlib qolmoqda. Universitet muntazam ravishda Pokiston Oliy Taʼlim Komissiyasi tomonidan Pokistonning tan olingan universitetlari va nufuzli diplom beruvchi muassasalari qatoriga kiradi[1][4]. Universitet Pokistondagi Times Higher Education World University Rankings tomonidan 2022-yilgi oliy universitetlar reytingida qoʻshma ikkinchi oʻrinni egallagan. Shuningdek, u doimiy ravishda Pokiston Oliy Taʼlim Komissiyasi tomonidan umumiy toifa boʻyicha mamlakatdagi eng yaxshi universitetlar qatoriga kiradi.
Shiori |
arabcha: وفوق كل ذي علم عليم (tarjimasi:Barcha ilm egalarining ustida o'ta bilguvchi bordir) |
---|---|
Turi | davlat universiteti |
Asos solingan sanasi | 1980 |
Prezidenti | Prof. Dr. Hathal Homoud Alotaibi |
Rektori | Samina Malik |
Talabalari | 28,000-30,000 |
Bakalavriat | 16,000-18,000 |
Magistratura | 10,000-12,000 |
Doktorantura | 400 to 500 |
Oʻqituvchilari | 2000 dan 2500 gacha |
Joylashuvi |
Islomobod , Pokiston |
Kampusi | shahar ichida 704 akr (285 ga) |
Veb-sayti | iiu.edu.pk |
Tavsifi
tahrirUniversitet zamonaviy mamalakatdagi islom, ilohiyot va islomshunoslik markazidir[5][6].
Universitet 1980-yilda Pokiston ichkarisida moliyalashtirish va Saudiya Arabistoni chet el xayriyalari hisobidan tashkil etilgan[7]. Universitet qozilar, prokurorlar, madrasa oʻqituvchilari, juma xatiblari va imomlar uchun islom huquqi boʻyicha taʼlim beradi[7][6].
Muassasa nafaqat mahalliy, balki Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyodan ham talabalarni jalb qiladi[7].
2012-yilda universitet Oliy taʼlim komissiyasi tomonidan umumiy universitetlar toifasida toʻrtinchi oʻrinni egallagan[8]. 2014-yil fevralida Saudiya Arabistoni qiroli Abdullohga siyosat va xalqaro munosabatlar boʻyicha faxriy doktor unvonini bergan[9]. Huquq, fan, muhandislik va texnologiya, gumanitar fanlar, sanʼat, diniy fanlar, ijtimoiy va tabiiy fanlar boʻyicha bakalavriat va aspirantura dasturlarida oʻqishlikni taklif etadi.
Kampuslari
tahrirUniversitet ikkita kampusga ega.
Eski kampus
tahrirEski kampus Faysal masjidi yaqinida joylashgan. Masjid loyihasi turkiyalik arxitektor Vedat Dalokay tomonidan ishlab chiqilgan. Uni universitetga Saudiya Arabistoni qiroli Faysal hadya qilgan. Masjid dunyodagi eng katta masjidlardan biri boʻlib, oʻzining namozgohi, ayollar galereyasi va hovlisiga oʻn minglab odamlarni sigʻdira olishi bilan boshqa masjidlardan ajralib turadi[10][11][12].
Yangi kampus
tahrirYangi kampus Islomobodning H-10 sektorida bunyod etilgan[13]. Yangi kampus qurilishining birinchi bosqichi 2013-yilda yakunlangan. Oʻshandan beri ayollar uchun kampus hududi tashkil etilgan. 2006-yilda Markaziy kutubxona va Linkoln burchagi qurilishi yakunlangan.
Fakultetlari
tahrirUniversitet quyidagi fakultetlardan iborat:
Hisob-kitob fakulteti
tahrirHisob-kitob fakultetida (2016-yilda tashkil etilgan) informatika va dasturiy injiniring fanlaridan dars beriladi.
Arab tili fakulteti
tahrirArab tili fakultetida arab tili, adabiyoti, tilshunoslik, va tarjimonlik fanlaridan dars beriladi[14].
Fanlar fakulteti
tahrirFanlar fakultetida (2003-yilda tashkil etilgan) fizika va nanotexnologiya, matematika va statistika, atrof-muhit fanlari, biotexnologiya va bioinformatika fanlari oʻqitiladi[15].
Muhandislik va texnologiya fakulteti
tahrirMuhandislik va texnologiya fakulteti (2007-yilda tashkil etilgan) elektrotexnika, mashinasozlik va qurilish muhandisligi boʻyicha turli darajadagi kurslarda oʻqishlikni taklif qiladi[16]. Unda koʻplab xorijiy malakali professor-oʻqituvchilar mavjud.
Iqro texnologiya kolleji
tahrirIqro Texnologiya kolleji (AKT) IIUI taʼsis kolleji hisoblanadi. U B.Tech (Hons) va Associate Engineering Diplom (DAE) dasturlarida oʻqishlikni taklif etadi. U PEC tomonidan tan olingan fakultetga ega[17].
Tillar va adabiyot fakulteti
tahrirTillar va adabiyot fakulteti ingliz, fors va urdu tillarida bakalavr, magistr va PhD darajalarida oʻqishlikni taklif etadi[18].
Boshqaruv fanlari fakulteti
tahrirMenejment fanlari fakulteti 1995-yilda tashkil etilgan. 1996-yilda Biznes boshqaruvi kafedrasi Biznes boshqaruvi magistri dasturida oʻqishlikni taklif qilgan. Texnologiyalarni boshqarish kafedrasi 1998-yilda tashkil etilgan. Bu universitetning eng yirik fakulteti boʻlib, unda 3700 ga yaqin talaba roʻyxatdan oʻtgan[19].
Shariat va huquq fakulteti
tahrirShariat va huquq fakulteti ilk bor Quaid-i-Azam universitetida 1979-yilda tashkil etilgan. 1980-yilda Islomobod xalqaro islom universiteti tarkibiga kiritilgan. Doktoranturaga qabul qilingan talabalar dissertatsiyani boshlashdan oldin bir yillik majburiy kurs ishlarini yakunlaydilar. Ushbu fakultetni 900 dan ortiq talaba tamomlagan[20].
Ijtimoiy fanlar fakulteti
tahrirIjtimoiy fanlar fakulteti antropologiya, taʼlim, siyosat va xalqaro munosabatlar, psixologiya, tarix va pokistonshunoslik, islom sanʼati va arxitekturasi, ommaviy kommunikatsiyalar va sotsiologiya singari sohalar boʻyicha ilmiy darajalarni taklif etadi[21].
Islomshunoslik fakulteti
tahrirIslomshunoslik fakulteti (Usuluddin) 1981-yilda tashkil etilgan. U tafsir va Qurʼon ilmlari, hadis ilmi, qiyosiy dinshunoslik, daʼvat va islom madaniyati, aqida va falsafa, siyrat va islom tarixi boʻyicha turli darajalarda oʻqishlikni taklif etadi. Daʼvat akademiyasi 1985-yil mart oyida tashkil etilgan. Shariat kadrlar tayyorlash instituti 1981-yilda tashkil etilgan va 1985-yilda akademiyaga aylangan[22].
Usuluddin fakultetida turli xil xalqaro professor-oʻqituvchilar faoliyat yuritadi. Ularning aksariyat qismi Al-Azhar universiteti[23] bitiruvchilaridir.
Taʼsis birliklari
tahrirZamonaviy tillar boʻyicha malaka oshirish markazi
tahrirZamonaviy tillar boʻyicha malaka oshirish markazi xorijiy va milliy universitetlarga (masalan, HEC stipendiyalariga) oʻqishga kirmoqchi boʻlgan yoki ish qidirayotgan talabalar uchun ingliz, xitoy va urdu tillaridan tayyorgarlik kurslarida oʻqishlikni taklif qiladi. Shuningdek, u ingliz tilini oʻrganish dasturiga ham ega[24].
Xalqaro islom iqtisodiyoti instituti
tahrirUniversitet qoshidagi Xalqaro Islom iqtisodiyoti instituti 1983-yilda tashkil etilgan. U islom bank ishi va moliyasi, ekonometrik va qishloq rivojlanishi boʻyicha turli darajalarni taklif etadi. Fakultet tarkibida tadqiqot va oʻqitish boʻlimi ilmiy tadqiqotlarni ragʻbatlantiradi hamda davlat va xususiy moliya shuningdek akademik institutlar xodimlari uchun treninglar tashkillashtiradi[25].
Islom tadqiqot instituti
tahrirIqbol xalqaro tadqiqot va muloqot instituti
tahrirKasbiy tadqiqotlar instituti
tahrirShariat akademiyasi
tahrirKutubxonalari
tahrirMarkaziy kutubxona
tahrirMarkaziy kutubxona yangi kampusda joylashgan. Muhammad Hamidulla nomidagi xalqaro islom iqtisodiyoti instituti kutubxonasi ham faoliyat yuritadi. Unda iqtisod va islom boshqaruviga aloqador, islom huquqiga oid nodir kitoblar mavjud.
Islom tadqiqot instituti kutubxonasi
tahrirIslom ilmiy-tadqiqot instituti kutubxonasi islom haqidagi koʻplab kitoblarni oʻzida jamlagan.
Muhandislik va texnologiya kutubxonasi
tahrirMuhandislik va texnologiya kutubxonasida 25 mingga yaqin kitob mavjud. Oʻn beshta davriy nashrga obuna boʻlib, oʻnta gazeta xarid qilinadi. Kutubxonadan ellik kishi bir vaqtda foydalanishi mumkin. 550 ta ilmiy hisobot va tezislar ham bor.
Daʼvat akademiyasi kutubxonasi
tahrirDaʼvat akademiyasi kutubxonalari Daʼvat akademiyasi tadqiqotchi olimlar, akademiklar, kurs ishtirokchilari va keng jamoatchilikning axborot ehtiyojlarini qondirish uchun besh turdagi kutubxonaga ega. Bular Daʼvat tadqiqot kutubxonasi, Doktor Mehmud Ahmad Gʻoziy kutubxonasi, Ayollar kutubxonasi, Daʼvat bolalar kutubxonasi, Faysal masjidi Islomobod kampusidagi kutubxona va Karachidagi Mintaqaviy daʼvat markazi (Sindh) kutubxonasi.
Shariat akademiyasi kutubxonasi
tahrirShariat akademiyasi kutubxonasida Qurʼonshunoslik, Hadisshunoslik, Paygʻambarning tarjimai holi, Islom huquqi va Anglosakson huquqiga oid 8976 nafar kitob va jurnallar toʻplami mavjud. Shuningdek, tadqiqot jurnallari kutubxonasi, Islomshunoslik kutubxonasi, Al-Dirassat al-Islomiya, Fikro Nazar, Insights kutubxonasi va Mayor kutubxonasi kabi bir qator idoraviy kutubxonalar ham faoliyat yuritadi. Universitet Biznes va menejment fanlari jurnalini (JBMS) nashr etadi.
Doktor Hamidulla kutubxonasi
tahrirU Faysal masjidining yertoʻlasida joylashgan boʻlib, unda turli mavzularda katta hajmdagi kitoblar jamlangan.
Yotoqxonalari
tahrirUniversitet infratuzilmasi yettita oʻquv binosini oʻz ichiga oladi. Universitet talabalar turar joyi ayollar uchun yettita va erkaklar uchun oltita yotoqxonadan iborat.
Tadqiqot jurnallari
tahrirXorijiy hamkorlik
tahrirUniversitet quyidagi muassasalar bilan ilmiy aloqalarga ega:
- Al-Azhar universiteti, Qohira, Misr
- Umm al-Qura universiteti, Makka, Saudiya Arabistoni
- Madina Islom universiteti, Madina, Saudiya Arabistoni
- Qirol Abdulaziz universiteti, Jidda, Saudiya Arabistoni
- Ningxia universiteti, Xitoy
- Xalqaro Islom universiteti Malayziya, Malayziya
- Chittagong xalqaro islom universiteti, Bangladesh
Uyushmalari
tahrir- Ilmiy Pokiston (www.scientificpakistan.com)
- IT Sarkar (www.itsarkar.com)
- Akademik xodimlar farovonligi assotsiatsiyasi
- Ofitserlar farovonligi assotsiatsiyasi
- Universitet xodimlari farovonligi assotsiatsiyasi
- Amerika mexanik muhandislar jamiyati
- Milliy yosh olimlar akademiyasi (NAYS), Pokiston (NAYS IIUI boʻlimi)
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 International Islamic University, Islamabad is listed on the Higher Education Commission of Pakistan (HEC) most recognised and prestigious Degree Awarding Institutions (Wayback Machine saytida 2023-04-26 sanasida arxivlangan) Higher Education Commission of Pakistan website, Retrieved 1 September 2020
- ↑ „Cultural week opens at IIUI“. Dawn (newspaper) (2012-yil 18-aprel). Qaraldi: 2020-yil 30-avgust.
- ↑ „International Islamic University location.“ Google Maps. Accessed 1 September 2020
- ↑ Ahmed A. and Sonn T. (ed.) „The SAGE Handbook of Islamic Studies.“[sayt ishlamaydi] SAGE, 2010 p124. ISBN 1446264521, 9781446264522.
- ↑ Yusuf I. „Islam and Knowledge: Al Faruqi’s Concept of Religion in Islamic Thought.“ I. B. Tauris 2012. ISBN 0857731262, 9780857731265.
- ↑ 6,0 6,1 Overview of International Islamic University on TopUniversities.com website Retrieved 1 September 2020
- ↑ 7,0 7,1 7,2 The Oxford Dictionary of Islam John Esposito: — 139-bet. John Esposito (ed.). The Oxford Dictionary of Islam. p. 139.
- ↑ „"Ranking of Universities in 2012"“. Higher Education Commission of Pakistan website (2012-yil 18-iyul). 2013-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-avgust.
- ↑ „Pakistanʼs International Islamic University Awards Honorary Doctorate to the Custodian of the Two Holy Masjids.“ Ministry of Foreign Affairs, Saudi Arabia. 2 March 2014. Accessed 12 November 2015.
- ↑ The Art and Architecture of Pakistan (Faisal Mosque) on GoogleBooks website Retrieved 1 September 2020
- ↑ Rizvi K. „The Transnational Masjid: Architecture and Historical Memory in the Contemporary Middle East.“ UNC Press Books, 2015 p90. ISBN 1469621177, 9781469621173. Accessed at Google Books 1 September 2020
- ↑ „Faisal Mosque“. ArchNet Digital Library website (2007-yil 21-oktyabr). 2011-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-sentyabr.
- ↑ „International Islamic University, Islamabad.“ Google Maps. Accessed 30 August 2020
- ↑ „About Faculty of Arabic | International Islamic University“. www.iiu.edu.pk.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „About Faculty of Sciences | International Islamic University“. www.iiu.edu.pk.
- ↑ „About FET | International Islamic University“. www.iiu.edu.pk.
- ↑ „About IQRA | International Islamic University“. www.iiu.edu.pk.
- ↑ „About FLL | International Islamic University“. www.iiu.edu.pk.
- ↑ „About Faculty of Management Sciences | International Islamic University“. www.iiu.edu.pk.
- ↑ „About Shria'h & Law | International Islamic University“. www.iiu.edu.pk.
- ↑ „About FSS | International Islamic University“. www.iiu.edu.pk.
- ↑ „About Faculty of Usuluddin (Islamic Studies) | International Islamic University“. www.iiu.edu.pk.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Al-Azhar University“. 2018-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-mart.
- ↑ „Centre of Excellence for Modern Languages(CEML) | International Islamic University“. www.iiu.edu.pk.
- ↑ „About International Institutes of Islamic Economics | International Islamic University“. www.iiu.edu.pk. 2022-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-mart.
- ↑ 26,0 26,1 26,2 „Journals – Islamic Research Institute“. iri.iiu.edu.pk.
- ↑ „Insights – Research Journal | International Islamic University“. www.iiu.edu.pk.
- ↑ „| International Islamic University“. www.iiu.edu.pk. 2019-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-mart.
- ↑ „Journal – Islamabad Law Review – Introduction | International Islamic University“. www.iiu.edu.pk.
- ↑ „Journal of Business and Management Sciences | International Islamic University“. www.iiu.edu.pk.