Xonobod (1972—1991-yillarda Sovetobod) — Andijon viloyatidagi shahar (1972-yildan). Qoradaryoning oʻng sohilida. Transport yoʻli stansiyasi (Xonobod). Viloyatning sharqida joylashgan. Viloyat markazi (Andijon sh.) dan 80 km. Aholisi 55.1 ming kishi (2024)[2].

Xonobod
shahar
40°48′0″N 73°0′0″E / 40.80000°N 73.00000°E / 40.80000; 73.00000
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Andijon viloyati
Hukumat
 • Hokim Mash'al Tojiboyev[1]
Aholisi
34 774
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xonobod shahri xaritada

Qoʻqon xonligi davrida bu hudud „Beshkapa“ deb yuritilgan. Mahalliy rivoyatga koʻra, Qoʻqon xonlari Xonobod atrofidagi toʻqayzorlarga kelib shikor uyushtirib dam olishni xush koʻrganlar. Shu bois bu hudud obodonlashtirilgan (shahar nomi shundan). 1969-yil Qoradaryoda Andijon suv ombori qurilishining boshlanishi bilan Xonobodda aholi soni koʻpaydi. Shaharda „Suv qurilish jihozlari“, „Andijon GES“, „Elektronika“, „Tarandubitel“ korxonalari, 2 avtokorxona, „XonBugda“, „OʻzKOJI“, „Andijonkabel“ qoʻshma korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Aloqa uyi, „Xotira maydoni“, Ikkinchi jahon urushi qurbonlari xotirasiga bagʻishlangan yodgorlik, Alisher Navoiy va Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bogʻlari, Fozilmonota ziyoratgoxi, raqs va kulgi maydoni mavjud.

„Andijon suv ombori“ muzeyi, 6 kutubxona, 4 kasb-hunar (sanoat, maishiy xizmat, kompyuter, pedagogika) kolleji ishlab turibdi. Markaziy kasalxona, bolalar poliklinikasi, tugʻruqxona va boshqa tibbiy muassasalar (200 oʻrin) aholiga xizmat koʻrsatadi. Tez tibbiy yordam boʻlimi, Sultonobod, Xidirsha qishloq vrachlik punktlari bor. Shahar hududidan mahalliy ahamiyatdagi Andijon — Xonobod avtotrassasi va Oʻsh — Bishkek xalqaro avtomobil trakti oʻtgan.

Aholi punktlari

tahrir

Manbalar

tahrir