Xorazmshoxlar madrasasi
Xorazmshoxlar madrasasi – Oʻzbekistondagi madaniy meros obyekti. Xorazm viloyati, Xiva shahridagi meʼmoriy yodgorlik[1]. 1915-yilda qurilgan madrasa. Obyekt Xorazm viloyati Xiva shahrining „Mevaston“ mahalla fuqarolar yigʻini, Mevaston koʻchasi, 51-uyda joylashgan[1]. Xorazmshoxlar madrasasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarorining Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarorida koʻra turizm mashrutlarida foydalaniladigan madaniy meros obyektlarining 2021—2025 yillarda ustuvor ravishda restavratsiya qilish dasturiga kiritilgan[2]. Xorazm viloyati madaniy meros boshqarmasi tasarufida[1].
Xorazmshoxlar madrasasi | |
---|---|
Joylashuvi | Xiva, Xorazm viloyati |
Koordinatalar | 41°22′46″N 60°21′53″E / 41.37941622937191°N 60.36467741447202°E |
Turi | madrasa |
Arxitektura uslubi | Xorazm meʼmorchiligi |
Asos solinishi | 1915-yil |
Mashhur kishilari | Asfandiyorxon |
Qarovchi | Xorazm viloyati Madaniy meros boshqarmasi |
Qurilish materiali | pishiq gʻisht |
Tarixi
tahrirXorazmshohlar madrasasi 1915-yilda Dishan qalʼa hududida qurilgan. Madrasa o‘lchamlari 28.4x24.4 metrni tashkil qiladi[1]. Xorazmshohlar madrasasi hozirda Xiva shahridagi bozorga yaqin joyda joylashgan. Madrasa peshtoqining balandligi 5,16 metr, gumbazining balandligi 11,52 metr, madrasa hovlisining o‘lchami 13,47 x 10,75 metrni tashkil qiladi. Madrasada 14 ta hujralar boʻlib, tomlari gumbaz shaklida yopib qurilgan[3]. Madrasa hovlisida ichimlik suvi uchun quduq qazilgan boʻlgan. Xorazmshohlar madrasasi pishiq gʻishtlardan qurilgan, har bir gʻishtning oʻlchami 26x26x5 santimetrni tashkil etadi. Gʻishtlarni terishda ganchdan qilingan qorishmadan ishlatilgan. Madrasa xonalar bir qavatli. Xorazmshohlar madrasasi tarhi Xivadagi boshqa madrasalardan farqli qiilib qurilgan, yaʼni madrasada qabrga uchun moʻljallangan xona hamda xonaqoh barpo etilgan. Madrasaning janubi-g‘arbiy burchagidagi hujralardan biriga Xiva xoni Asfandiyorxon dafn etilgan.Sababi Xiva xoni Asfandiyorxon Dishan qalʼada joylashgan Nurullaboy saroyida Junaydxonning odamlari tomonidan oʻldirilgan[3]. Xonlikdagi odatga koʻra, Dishan qalʼada vafot etganlar, Ichan qalʼada dafn qilinmagan, faqatgina Ichan qalʼaning oʻzida vafot etganlar xonlar shu yerda dafn etilgan. Madrasaning g‘arbiy fasadi devoriga tekkizilgan holda yana bir xona qurilgan bo‘lib, keksa avlod vakillarining soʻzlariga qaraganda mazkur xona Asfandiyorxon qabrini ziyoratga keluvchilar uchun barpo etilgan[3]. Asfandiyorxnning Ichan qalʼada joylashgan Pahlavon Mahmud majmuasida tirikligi paytida onasi, rafiqasi va oʻzi uchun qurdirgan qabrxonasi boʻlgan, ammo xon tashqarida vafot etganligi tufayli bugungi kungacha ikkita qabrga hech kim koʻmilmagan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Xorazmshoxlar madrasasi“.
- ↑ „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI ICHKI VA ZIYORAT TURIZMINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA“. 2023-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-oktabr.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 „№24 - “XORAZMSHOHLAR MADRASASI”“.