Yangiobod (Kitob tumani)
Yangiobod ruscha: Янгиабад — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Kitob tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yil 13-martda Vazirlar Mahkamasining 68-sonli qaroriga binoan shaharcha maqomi berilgan[1].
Yangiobod | |
---|---|
Shaharcha | |
39°12′6″N 66°44′43″E / 39.20167°N 66.74528°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Qashqadaryo viloyati |
tuman | Kitob tumani |
Qachondan beri shaharcha | 2009 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Etimologiyasi
tahrirYangiobod shaharchasi XX asrning elliginchi-oltmishinchi yillarida barpo etilgan. Bu nom yangidan oʻzlashtirilgan, qoʻriq va boʻz yerlarda tashkil etilgan hudud maʼnosini beradi. Shu sababli ham Yangiobod deb nomlangan. Shaharcha nomi yangi va obodd soʻzlarining birikishidan hosil boʻlgan. Bundagi yangi oʻzbekcha, obod esa fors-tojikcha soʻz. Obod soʻzi odatda qishloq maʼnosida qoʻllanadi. Sharqiy hududlarda joy nomlarini obod deb nomlash va nomlarga obod soʻzini qoʻshib atash IX asrdan boshlangan. Avvaliga shunchaki nomlangan va xalq orasida ommalashgan nom keyinchalik rasmiy tarzda qoʻllanila boshlangan[2].
Maʼnodosh nomlar
tahrirYangiobod soʻzi Yangiqishloq va Denov nomlari bilan maʼnodosh. Ayni shu nomdagi hududlar Respublikaning turli burchaklarida uchraydi. Masalan, Angor, Denov, Angren, Andijon Oqdaryo tumanlarida Yangiobod nomli shaharcha, Jizzax viloyatida Yangiobod tumani va Yangiobod shahri bor.
Joylashuvi
tahrirYangiobod shaharchasi Qashqadaryo viloyati Kitob tumanining gʻarbiy qismida joylashgan. Shaharcha hududida 92-sonli va 74-sonli maktablar, Amiru hamza jom’e masjidi joylashgan.
Yangiobod shaharchasiga eng yaqin joylashgan aholi yashash punktlari: Chirkay va Makrid (shimol), Fayzobod (gʻarb) va Chimboy (janub) qishloqlaridir.
Aholisi
tahrir1-yanvar 2016-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Yangiobod shaharchasida 2900 nafardan ortiq aholi istiqomat qilgan. 2013-yilgi hisob-kitoblarda bu koʻrsatkich 2533 nafarni tashkil etgan edi[3].
Aholining asosiy qismini oʻzbeklar tashkil etadi. Shuningdek, hududda qozoq, qirgʻiz, tojik millatiga mansub aholi ham yashaydi.
Iqlimi
tahrirYangiobod shaharchasining iqlimi keskin kontinental.
Manbalar
tahrir- ↑ POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
- ↑ To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 339-340-bet. ISBN 978-9943-354-60-9.
- ↑ Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 150-bet. ISBN 978-9943-5519-4-7.