Saturn yoki Zuhal (arab.) — Quyosh tizimidagi 9 ta katta sayyoralardan biri; Quyoshdan uzoqligi boʻyicha 6-sayyora. Astronomik belgisi fi ♄. Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 9,58 astronomik birlik (1429,3 mln. km) gateng. Kattaligi jihatidan Yupiterdan keyin 2oʻrinda. Orbitasining ekssentrisitetida 0,056 boʻlgani tufayli bu masofa perigeliyda qisqarib, afeliyda uzayib turadi. Saturn Quyosh atrofini oʻz orbitasi boʻylab 29 yilu 167 kunda bir marta toʻla aylanib chiqadi. Uning oʻz oʻqi atrofidagi aylanish davri ekvatorida 10 soat 14,5 min. boʻlsa, qutblariga tomon Yupiterdagi singari ortib boradi. Saturnning oʻrtacha radiusi 58 ming km, ekvatorida 60 ming km ga yaqin. Saturnning zichligi 0,72 g/sm³ (bu Yer zichligining 0,13)ga, uning massasi 5681027 g (Yer massasidan 95,28 marta katta)ga teng. U, asosan, vodorod va geliydan iborat. Sayyora ekvatorining oʻz orbita tekisligiga ogʻmaligi 26°45’ni tashkil etadi. Saturn sirtida ekvatori boʻylab choʻzilgan qora mintaqalar va oq dogʻlarni kuzatish mumkin. Spektroskopik tekshirishlar Saturn atmosferasi, asosan, vodorod (N2) va metan (SN4) dan iboratligini koʻrsatgan boʻlsa, keyinchalik unda atsetilen (S2N2) va etan (S2N6) topilgan. Infranurlarda kuzatish Saturndagi tra keskinligini (95 K) koʻrsatdi. Saturn muntazam radionurlanishiga va uz magnit maydoniga ega. Saturn atmosferasida shunday past trada ham muzlamaydigan metan va ammiak topilgan. Saturnni ilk bor Galiley 1610-yilda kashf etgan. Saturnning ajoyibotligi atrofidagi halqasidir. Saturnning ekvator tekisligi boʻylab joylashgan bu halqa, asosan, 3 ta alohida konsentrik halqadan iborat. Ulardan sayyoraga eng yaqini S, oʻrtadagisi V va tashqisi A bilan belgilangan. Hamma halqalar deyarli shaffof boʻlib, ular orqasidagi yulduzlarni koʻrish mumkin. A halqa bilan V halqa oraligʻini Kassini nomli qora boʻshliq tashkil etadi. Halqalarning qalinligi bir necha km, diametri 250 ming km, yoshi 100 mln. yil atrofida. 20-asrning boshlaridayoq halqalar yaxlit qattiq jismdan iborat emasligi, ular Saturn atrofida Kepler qonuni asosida aylanadigan ayrimayrim kattiq zarralardan tashkil topganligi aniqlangan. Halqalarning infraqizil spektrlari, asosan, muz va qirov spektrlariga oʻxshaydi. Saturn 22 ta tabiiy yoʻldoshga ega. Ulardan eng kattalari: Mimas, Enselad, Tefiya, Diona, Reya, Titan, Giperion, Yapet, Feba, YanuSaturn Titan massasi va kattaligi (4850 km) jihatidan Quyosh sistemasidagi ulkan (u Oydan ham katta) yoʻddosh hisoblanadi. Titan metan va vodoroddan tashkil topgan atmosferaga ega. Saturn yoʻldoshlaridan faqat Feba oʻz orbitasida boshqalarga nisbatan teskari tomonga harakatlanadi[1].

Saturn  ♄
Saturn.
"Cassini" fazoviy kemasi olgan surat (2004 yil).
Mehvar tasnifi
Katta yarim oʻqi 1 433 449 370 km
9.58201720 AB
Ekssentrisiteti 0.055723219
Perigeliy 1 353 572 956 km
9.04807635 AB
Afeliy 1 513 325 783 km
10.11595804 AB
Sinodik davri 378.09 kun
Oʻrtacha orbital tezligi 9.69 km/soniya
Chekinish 2.485240°
(5.51° (Quyosh ekvatoriga nisbatan))
Orbital tugun uzunligi 113.642811°
Perigeliy argumenti 336.013862°
Tabiiy yoʻldoshlari soni 60
 
Fizik tasnif
Ekvatorining radiusi 60,268 ± 4 km
(9.4492 (Yer))
Qutbiy radiusi 54,364 ± 10 km
(8.5521 Yer)
Siqiqligi 0.09796 ± 0.00018
Maydoni 4.27×1010 km2
(83.703 (Yer))
Hajmi 8.2713×1014 km3
(763.59 (Yer))
Massasi 5.6846×1026 kg
(95.152 (Yer))
Zichlik 0.687 g/sm3
Erkin tushish tezlanishi (ekvatorda) 8.96 m/s2
(0.914 g)
Ikkinchi kosmik tezlik 35.5 km/s
Siderik sutka 10 soat 32 - 47 daq
Aylanish tezligi 9.87 km/s
(ekvatorda)
Ekliptikaga ogʻish burchagi 26.73°
Rektassenziya
(Shimoliy qutb uchun)
40.589°
(2 soat 42 daq 21 s)
Deklinatsiya 83.537°
Albedo 0.342
Sirtidagi harorat
- min
- oʻrta
- max


134 K (−139 °C)
 
Atmosfera tasnifi
Vodorod ~96%
Geliy ~3%
Metan ~0.4%
Ammiak ~0.01%
Vodorod deyteridi ~0.01%
Etan ~0.0007%
Muz: ammiak, suv, ammoniy gidrosulfidi (NH4SH)
tahrir

Saturn Quyoshdan uzoqligi boʻyicha oltinchi va Quyosh tizimida kattaligi boʻyicha ikkinchi sayyoradir. Yupiter, Uran va Neptun bilan bir qatorda gaz gigantlari, deb ataluvchi toifaga kiradi. U qadimgi Rim mifologiyasidagi olim - Saturnus sharafiga shunday nomlangan. (Unicode: ).

Saturn sayyorasi asosan vodoroddan iborat, shuningdek oz miqdorda geliy va boshqa unsurlar ham uchrab turadi[2]. Yadroga yaqin sohasi esa metallashgan vodorod bilan oʻralmish tosh va muzdan iborat. Tashqi atmosferasi odatda bir tusda, biroq baʼzan sobit dogʻlar paydo boʻlib turadi. Saturnda Shamol tezligi 1,800 km/soat ga yetishi mumkin, bu Yupiterdagidan ancha tez. Saturn magnitosferaga ega boʻlib, u Yernikidan kuchsiz bolsa-da, Yupiternikidan qattiqroqdir.

Saturn xalqalari bilan mashhur; bu xalqalar asosan chang aralashgan muz boʻlaklaridan iborat. Sayyora atrofida koʻp yoʻldoshlar aylanadi, ulardan bizga oltmishtasi maʼlum. Titan, Saturnning eng katta va Quyosh tizimining ikkinchi katta (Ganimeddan soʻng) yoʻldoshi, Merkuriydan kattaroq boʻlib, Quyosh tizimidagi atmosferali yagona tabiiy yoʻldoshdir[3].

Fizik xossalari

tahrir

Saturn gaz sayyoralari turiga kiradi: u asosan gazlardan iborat boʻlib, qattiq yuzaga ega emaSaturn Sayyoraning ekvatorial radiusi 60 300 km, qutblardagi radiusi 54 400 km[4]; Quyosh tizimidagi barcha sayyoralar ichida Saturn eng katta siqish kuchiga ega. Sayyoraning ogʻirligi Yerning ogʻirligidan 95 marta katta, ammo Saturnning oʻrtacha zichligi atigi 0,69 g/sm³ ni tashkil etib[4], shu xossasiga koʻra, u Quyosh tizimidagi zichligi suvdan yengil boʻlgan yagona sayyoradir. Shuning uchun, Yupiter va Saturnning ogʻirliklaridagi farq 3 barobardan yuqori boʻlsa-da, ularning ekvatorial diametrlari atigi 19% ga farq qiladi. Boshqa gaz gigantlarining zichliklari ancha kattadir (1,27—1,64 g/sm³). Ekvatordagi erkin tushish tezlanishi 10,44 m/s² ga teng, bu koʻrsatkich Yer va Neptun koʻrsatkichlariga yaqin, ammo Yupiter koʻrsatkichidan ancha kichik.

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Hamilton, Calvin „Voyager Saturn Science Summary“. Solarviews (1997). Qaraldi: 2007-yil 5-iyul.
  3. Munsell, Kirk „The Story of Saturn“. NASA Jet Propulsion Laboratory; California Institute of Technology (6-aprel 2005-yil). 2008-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 7-iyul. (WebCite saytida 2011-08-22 sanasida arxivlangan)
  4. 4,0 4,1 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named nssdc.gsfc.nasa.gov

Havolalar

tahrir