Abdulloh ibn Saʼd ibn Abu Sarh
Abdulloh ibn Sa’d ibn Abu as-Sarh (arabcha: عبد الله ابن سعد ابن أبي السرح) — arab voliysi va sarkardasi[1].
Abdulloh ibn Sa'd ibn Abu Sarh | |
---|---|
Misrning voliysi | |
Saltanat | 646–656 yillar |
Oʻtmishdoshi |
Amr ibn al-Os |
Davomchisi | Muhammad ibn Abu Huzayfa |
Harbiy xizmatlari Davr – Xulafoi roshidin davri
Qatnashgan janglari: | |
Shaxsiy ma'lumotlar | |
Vafoti | milodiy 656-57-yil (hijriy 36-yil) |
Otasi | Sa'd ibn Abu Sarh |
Onasi | Muhana binti Jobir al-Ash’ariyya |
Dini | Islom |
Abdulloh ibn Sa’d Misr hokimi boʻlgan davrida (milodiy 646-yildan 656-yilgacha) kuchli arab flotini qurdi. Uning rahbarligida musulmon dengiz floti bir qator g‘alabalarni qoʻlga kiritdi, shu jumladan milodiy 654-yilda Zotus-suvoriy jangida Vizantiya imperatori Konstans II ga qarshi birinchi yirik dengiz janggi bo‘lib o‘tdi.
Kelib chiqishi
tahrirU Quraysh qabilasining Banu Amr ibn Luay qabilasidan bo‘lib, xalifa Usmonning asrab olingan ukasi edi[1].
Musulmonlikni qabul qilishi
tahrirMisr voliysi va Ifriqiyya (Tunis) fotihi Abdulloh ibn Saʼd ibn Abu Jamraning qachon musulmon bo‘lgani haqida aniq maʼlumot yo‘q. Madinaga hijrat qilgan va vahiy kotiblari qatoridan joy olgan. Bir muddatdan so‘ng murtad bo‘lib, Makka mushriklarining yoniga qaytadi. Kotibligi asnosida vahiyga o‘zgartirish (tahrif) kiritganini aytib, mushriklarning Islomga qarshi ishlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Makka fathida „Uchragan joyida o‘ldirilishiga izn berilgan“lar qatoriga qo‘shilgan bo‘lsa-da, emikdoshi Usmondan himoya so‘rab, pushaymonligini bildirgan. Payg‘ambar Usmonning iltimosiga ko‘ra, Abdulloh ibn Saʼd ibn Abu Sarhni afv etib, bay’atini qabul qilganlar.
Muhammad (s.a.v.) davrida
tahrirMuhammad (s.a.v.) Makkani qamal qilish uchun yetarlicha qo‘shin to‘plagandan so‘ng, o‘z tarafdorlariga Abdulloh ibn Sa’d Ka’ba pardasi ostiga yashiringan bo‘lsa ham o‘ldirilishi lozim bo‘lganlardan biri ekanini aytganlar. Ammo Abdulloh Usmon ibn Affonning oldiga borib, undan yordam so'radi. Keyin ular birgalikda Muhammad (s.a.v.)ning huzuriga omonlik so'rash uchun borishdi. Bir qancha sahobalar bilan birga o’tirgan Muhammad (s.a.v.) uzoq jim turdilar va oxiri unga omonlik berdilar. Ammo ikkalasi ketganidan keyin, Muhammad (s.a.v.) sahobalariga: “Sizlardan biringiz o‘rnidan turib, uning boshini olarmikin, deb jim turdim!” dedilar. Ansorlardan biri: “Ey Allohning Rasuli, unda nega menga ishora bermadingiz?” dedi. Muhammad (s.a.v.): “Payg'ambarlar ishora qilib o'ldirmaydi”, deb javob berdilar[2].
Tabariy o‘zining “Tarix” asarida Abdulloh va Muhammad (s.a.v.) haqida qisqacha ma’lumot beradi: “Abdulloh ibn Sa’d ibn Abi Sarh u zotga kotiblik qilar edi. So’ngra u murtad bo’ldi, keyin esa, Makka fath qilingan kuni yana Islomga qaytdi"[3].
Janglardagi ishtiroki
tahrirAbdulloh ibn Saʼd ibn Abu Sarh Umar davrida Amr ibn Os bilan birga Misr fathida qatnashadi va Saʼid hududida (Yuqori Misr) voliylik qiladi. Xalifa Usmon Misrning moliyaviy ishlariga Abdulloh ibn Saʼd ibn Abu Sarhni, boshqaruv ishlariga esa Amr ibn Osni tayinlamoqchi bo‘lganida Amrning noroziligi sababli uni ozod qilib, o‘rniga Abdulloh ibn Saʼd ibn Abu Sarhni voliy etib tayinlaydi va unga Ifriqiyyani fath etishni buyuradi (645 yoki 647-yil). Abdulloh ibn Saʼd ibn Abu Sarh Subaytilada Grigorios ustidan zafar qozonib, Kartaja hududini fath etadi. U Qayravon shahrigacha borib juda ko‘p o‘ljalarni qo‘lga kiritadi. Abdulloh ibn Zubayr, Abdulloh ibn Umar va Abdulloh ibn Amrlar ham katta jasorat ko‘rsatgan bu jang „Abdullohlar urushi“ („Harb al-Abodila“) nomi bilan mashhur bo‘ldi. Abdulloh ibn Saʼd ibn Abu Sarh keyinchalik Muoviyaning Qibris ustiga jo‘natgan harbiy bo‘linmasiga yordamchilik qilgan. U 652-yilda Nubaga yurish qiladi va shiddatli jangdan so‘ng nasroniy dinida bo‘lgan Nuba hokimi bilan sulh tuzadi. „Baqt“ deb nomlangan bu sulhga binoan, shahar xalqi maʼlum sondagi qullarni musulmonlarga, musulmonlar esa ularga Misrda yetishtirilgan bug‘doy va yasmiq kabi ozuqalar, baʼzi kiyim-kechaklarni berishlari lozim bo‘lgan. Abdulloh ibn Saʼd ibn Abu Sarhning Vizantiya floti va Finikiya yerlarida qozongan dengiz janglari ham mashhurdir. Vizantiya imperatori Konstans II Shimoliy Afrikadagi Islom hokimiyatini tugatish maqsadida katta harbiy flot hozirlaydi. „Zot as-savoriy“ nomi bilan atalgan mazkur urushda Abdulloh ibn Saʼd ibn Abu Sarh qo‘mondonligidagi Islom armiyasi Vizantiya flotini tamoman mahv etadi, imperator Konstans II yarador holatda qutulib qoladi (31/652-yil).
Misr hokimligi
tahrirMisrliklar Amr ibn Osdan keyin Abdulloh ibn Saʼd ibn Abu Sarhning hokim bo‘lishini maʼqullamaydilar. Ular Abdulloh ibn Saʼd ibn Abu Sarhning Ifriqiyyani fath etgani va Vizantiya imperatorligi bilan bo‘lgan dengiz janglarida g‘alaba qozongani kabi ishlariga qarshi bir vaqtlar murtad bo‘lgani va Misrda qurdirgan „Dor al-honiyya“ nomli katta saroyini bahona qilib, uning obro‘sini to‘kishga harakat qiladilar. Xalifa Usmondan uni vazifasidan ozod qilishini so‘raydilar. Bu orada Abdulloh ibn Saʼd ibn Abu Sarh shikoyatchilardan birini urib o‘ldiradi va shu voqealar sababli Oysha ham xalifadan undan qutulishni so‘raydi. Abdulloh ibn Saʼd ibn Abu Sarh Madinada uyida qamalda qolgan Usmonga yordam yuboradi, keyinroq esa o‘rniga Soib ibn Hishomni qoldirib, o‘zi Misrdan Madinaga ketadi. Abdulloh ibn Saʼd ibn Abu Sarh Madinaga yetib bormasidan Usmonning shahid bo‘lgani xabarini oladi. Bu orada inqilobchilar rahbari Muhammad ibn Abu Huzayfa Misrda hokimlikni qo‘lga oladi. Abdulloh ibn Saʼd ibn Abu Sarh Madinaga borishdan voz kechib Misrga qaytmoqchi bo‘ladi, lekin qaltis vaziyat tufayli qayta olmaydi.
Xalifa Umar davrida
tahrirUmar (r.a.) uni Misrni fath etish uchun Amr ibn al-Osga yordamchi qo'mondon etib tayinlagan. U Misrni fath etishda harbiy qo‘mondon sifatida katta rol o‘ynagan. U Amrning oʻng qanot qoʻmondoni boʻlib, Amr qoʻmondonligida Misrdagi barcha janglarda qatnashgan[4].
Xalifa Usmon davrida
tahrirUsmon (r.a.) 644-yilda xalifa boʻlgach, Amr ibn al-Osning oʻrniga Abdullohni Misrga voliy, Muhammad ibn Abu Huzayfani esa, unga yordamchi qilib tayinladi. Abdulloh koʻplab xorijlik odamlarni olib kelib, devon oʻrnatdi va "mamlakatning barcha soliq ishlarini devonda tartibga solishni buyurdi"[5].
Bu orada Abdullohga qarshi noroziliklarni uning yordamchisi Muhammad ibn Abu Huzayfa qoʻzgʻatgan koʻrinadi. Muhammadning otasi (Abu Huzayfa) Islomni erta qabul qilgan, Yamoma jangida vafot etgan. Muhammadni Usmon voyaga yetkazgan. U balog'atga yetgach, turli mamlakatlardagi harbiy yurishlarda qatnashgan va Abdullohning yordamchisi sifatida Misrga borgan. Muhammad ibn Abu Huzayfa Abdullohga nasihat qilib, hukumatni oʻzgartirishni tavsiya qilgan, lekin Abdulloh buni qabul qilmagan.
Abdullohni hukumatni oʻzgartirishga koʻndirish boʻyicha tinimsiz saʻy-harakatlardan soʻng, Muhammad ibn Abu Huzayfaning sabr-toqati tugab, hamdard nasihatchidan hafsalasi pir boʻlgan raqibga aylandi. Abdulloh xalifa Usmonga maktub yozib, Muhammad fitna tarqatayotganini va agar uni to'xtatish uchun hech narsa qilinmasa, vaziyat keskinlashib ketishini aytdi. Usmon Muhammadning noroziliklarini bostirishga harakat qildi. Usmon Muhammadga koʻplab maktublar yubordi, lekin u Abdullohga qarshi jamoaviy qarshilik koʻrsatishda davom etdi. 656-yilda Misr jamoati rahbarlari Abdullohni ishdan boʻshatishni talab qilish uchun Madinaga delegatsiya yuborishga qaror qildilar. Abdulloh ham xalifaning saroyida oʻzini himoya qilish uchun Madinaga joʻnadi. Uning yoʻqligida Muhammad ibn Abu Huzayfa hukumat mas‘uliyatini oʻz zimmasiga oldi.
Abdulloh Aylaga yetib borgach, Usmonning uyi qamalda ekanidan xabar topib, Misrga qaytishga qaror qildi. Chegarada Muhammad ibn Abu Huzayfa uning Misrga kirishiga toʻsqinlik qilish haqida buyruq berganini oʻrgandi. Keyin Madinadagi voqealar oqibatini kutib Falastinga ketdi. Bu orada Usmon (r.a.) Madinada oʻldirildi. Abdulloh bu xabarni eshitgach, Falastinni tark etdi va Muoviya I himoyasida yashash uchun Damashqqa yo’l oldi.
Vafoti
tahrirTarqoq rivoyatlarga ko‘ra, Abdulloh ibn Saʼd ibn Abu Sarh Misrga kira olmagach, Muoviyaning yoniga borishni ham to‘g‘ri sanamay, Asqalon yoki Ramlaga ketadi va o‘sha yerda vafot etadi. U hijriy ellik to’qqizinchi yil Shomda vafot etadi.
Hadisi
tahrirAbdulloh ibn Saʼd ibn Abu Sarh Payg‘ambardan faqat bittagina hadis rivoyat qilgan[6].
Adabiyotlar
tahrir- Al-Voqidiy. Al-Mag‘āzӣ. — London: 1965-66. III, 825, 855-857, 865;
- Ibn Hishom. As-Sӣra. — Qohira: 1955. II, 409;
- Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. — Bayrut: 1968. II, 141; III, 72, 250, 407; VII, 496-497;
- Xalifa ibn Xayyot. At-Tabaqāt. — Damashq: 1966-67. II, 746, 747-748;
- Ibn Qutayba. Al-Maʼārif. — Qohira: 1960. 300-301, 507;
- Al-Balozuriy. Ansāb al-ashrāf. — Qohira: 1959. I, 160, 357, 358, 531-532;
- Ibn Abdulbar. Al-Istӣ’āb. — Qohira: 1328. III, 918-920;
- Ibn al-Asir. Usd al-g‘āba. — Qohira: 1285-87. III, 173-174;
- Ibn Hajar. Al-Isāba. — Qohira: 1328. IV, 109-111;
- Mustafa Fayda. „Abdullah b. Sa‘d b. Ebû Serh“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 130-131.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Becker, C.H. „ʿAbd Allāh b. Saʿd“ (en).
- ↑ Ibn Ishaq. The Life of Muhammad - Sirat Rasul Allah — 550-bet. ISBN 0196360331.
- ↑ Al-Tabari, "History of al-Tabari Vol. 9 - The Last Years of the Prophet", transl
- ↑ Ibn, Athir. Usûd Ulghâbah fî Ma'rifat Is-Sahâbah (Urdu). Lahore: Al-Meezan — 265-bet.
- ↑ Archdeacon George (fl. 715), as transferred to ; B. Evetts „Benjamin I“, History of the Patriarchs of the Coptic church of Alexandria, 1904. On George's authorship of Lives 27-42:Robert G. Hoyland. Seeing Islam As Others Saw It. Darwin Press, 1998 — 447-bet.
- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |