Abdurrahmon ibn Abu Laylo
Abdurrahmon ibn Abu Laylo (arabcha: عبد الرحمن بن أبي ليلى — Abu Iso Abdurrahmon ibn Abu Laylo ibn Bilol al-Ansoriy, taxminan 17-18/638-639, Madina — 83/702, Basra) — hadis, fiqh va qiroat olimi, tobeʼin.
Abu Iso Abdurrahmon ibn Abu Laylo ibn Bilol al-Ansoriy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | taxminan milodiy 638-639-yil (hijriy 17-18-yil) |
Vafoti |
milodiy 702-yil (hijriy 83-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | hadis, fiqh, qiroat olimi, tobeʼin |
Abu Bakr xalifaligi davrida tug‘ilgan, degan rivoyat zaif hisoblanadi. Payg‘ambar bilan bir qancha g‘azotlarda qatnashgan otasi Abu Laylo Avs qabilasiga mansub bo‘lib, Siffiyn jangida vafot etganligi zikr qilingan. Rivoyatlari hadis kitoblaridan o‘rin olgan. Mashhur faqih va qozi bo‘lgan o‘g‘li Muhammad ham Ibn Abu Laylo deb zikr qilingani uchun keyingi manbalarda uning nomi Ibn Abu Laylo al-Akbar shaklida qayd qilinadi. Abdurrahmon ibn Abu Laylo keyinchalik otasi bilan birga Madinadan Kufaga ko‘chadi. Ansorlardan bir yuz yigirmata sahoba bilan uchrashib, ularning aksariyatidan hadis taʼlimini oladi.
Ustozlari
tahrirUstozlari orasida Ali ibn Abu Tolib, Abdulloh ibn Mas’ud, Sahl ibn Hunayf, Anas ibn Molik, Barro ibn Ozib, Abu Saʼid al-Xudriy, Saʼd ibn Abu Vaqqos, Bilol al-Habashiy, Abu Zarr al-Gʻiforiy, Ibn Abbos, Ibn Umar, Abu Ayyub al-Ansoriy va Abu Dardo kabi sahobalar bo‘lgan.
Hadis ilmi
tahrirUning o‘zidan o‘g‘li Iso va nabirasi Abdulloh ibn Iso, Alqama ibn Marsad, Ato ibn Soib, Mujohid ibn Jabr, Aʼmash, Shaʼbiy, Muhammad ibn Siriyn, Sobit al-Bunoniy kabi olimlar hadis rivoyat qilganlar.
Abdurrahmon ibn Abu Layloning Umar, Usmon, Muoz ibn Jabal, Miqdod ibn Amr dan hadis o‘rgangani haqidagi xabarlar bahslidir. Yahyo ibn Maʼiyn va al-Ijliy kabi baʼzi munaqqidlar uni siqa degan bo‘lsalar, baʼzilar zikr etilgan mazkur to‘rt sahobadan hadis eshitgan yoki eshitmagani haqidagi tortishuvlar oqibatida uni taʼdil yoki jarh deganlar.
Abdurrahmon ibn Abu Layloni o‘g‘li Muhammad bilan yanglishtirib, Muhammadning rivoyatlariga oid baʼzi tanqidlarni unga nisbat berganlar ham bo‘lgan. Shu bois rivoyatlari „Kutubi sitta“dan o‘rin olgan Abdurrahmon ibn Abu Layloning hadislarini zikr etishda jiddiy ahamiyat berish kerakligi maʼlum bo‘ladi.
Qiroat ilmi
tahrirQiroat ilmida ham muhim o‘rin egallagan Abdurrahmon ibn Abu Laylo bu ilmni arz yo‘li bilan Alidan olgan. Siqa roviy hisoblangan o‘g‘li Iso ayni usul bilan otasidan olgan qiroatni ukasi Muhammadga o‘rgatgan. Muhammad ham arz yo‘li bilan yetti qiroat imomlaridan biri Hamza ibn Habibga qiroat ijozasini bergan.
==Janglardagi ishtiroki]] Ali bilan birga ikki marta Madoin (Sosoniylar davlatining poytaxti)ga safar qilgan Abdurrahmon ibn Abu Laylo Jamal, Siffiyn va Nahravon janglarida Alining yonida bo‘lgan. Jamal urushida Aliga bayroqdorlik qilgan. Usmon tarafdorlari bilan ham yaxshi munosabatlarni o‘rnatgan. Muoviyaga elchi sifatida jo‘natilgan. Hajjoj ibn Yusuf zamonida qisqa vaqt Kufa qozisi lavozimiga tayinlangan.
Vafoti
tahrirAbdurrahmon ibn al-Ash’as 82/701-yil Hajjojga qarshi urush eʼlon qilganida ko‘plab qori va olimlar qatorida Abdurrahmon ibn Abu Laylo ham Ibn al-Ash’asning yonida bo‘lgan. Dayr al-Jamojimda bo‘lib o‘tgan jangdan oldin askarlarni ruhlantirish uchun bir necha bor nutq so‘zlagan. Aksariyat tarixchilarning fikriga ko‘ra, Abdurrahmon ibn Abu Laylo mazkur jangda yoki keyinchalik, Ibn al-Ash’as va Hajjoj orasida bo‘lib o‘tgan boshqa jangda o‘ldirilgan. 80-81/699-700-yillarda Basrada yoki Dujaylda, boshqa bir rivoyatga ko‘ra, otidan yiqilib, Furot daryosiga tushib o‘lgani zikr qilinadi.
Tobeʼinlarning peshqadamlaridan bo‘lgan Abdurrahmon ibn Abu Layloning uyidan bir necha Mushaf nusxasi topilgan. Undan sahobalar hadis tinglagan. U nufuzli shaxs, fiqh sohasida ham yetuk olim bo‘lgan[1].
Adabiyotlar
tahrir- Ibn Saʼd. At-Tabaqāt. VI, 109-113;
- Musnad. IV, 347-348;
- Yahyo ibn Maʼiyn. At-Tarӣx. II, 356-357;
- III, 97, 144, 276;
- Al-Buxoriy. At-Tarӣx al-kabӣr. V, 369;
- Al-Ijliy. As-Siqāt. 298;
- Abu Zur’a ad-Dimashqiy. Tarӣx. — Damashq: 1980. I, 292, 541, 549;
- Vakiy’. Axbār al-quzāt. II, 406-408;
- Ibn Abu Hotim. Al-Jarh va-t-taʼdӣl. V, 301;
- Ibn Hibbon. As-Siqāt. V, 100-101;
- Al-Xatib. Tarӣx Bag‘dād. X, 199-202;
- Ibn Xallikon. Vafayāt. II, 309;
- Az-Zahabiy. Tazkira al-huffāz. I, 58;
- Az-Zahabiy. Tarӣx al-islām: 81-100. 127-129;
- Az-Zahabiy. Siyar. IV, 262-267;
- Abdussattor ash-Shayx. Aʼlām al-huffāz va-l-muhaddisӣn. — Damashq: 1417/1997. III, 494-517;
- J. Schacht. „Ibn Abī Laylā“. EI2 (İng.). III, 687;
- Hasan Yûsufî Eşkûrî. „İbn Ebî Leylâ“. DMBİ. II, 696, 697;
- Abdülvehhâb İbrâhim. „İbn Ebî Leylâ“. Mevsûʿatü’l-ḥaḍâreti’l-İslâmiyye. — Amman: 1993. 126-127;
- Tayyar Altıkulaç. „Hamza b. Habîb“. DİA. XV, 511;
- Abdullah Aydinli. „İbn Ebû Leylâ, Abdurrahman“. TDV İA. — İstanbul: 1999. XIX, 435-436.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |