Alixontoʻra Sog‘uniy

islom ulamosi, adib, shoir, tabib
(Alixontoʻra Sogʻuniydan yoʻnaltirildi)

Alixontoʻra Shokirxontoʻra oʻgʻli Sogʻuniy (21-mart, 1885-yil, To‘qmoq — 28-fevral, 1976-yil, Toshkent) — Turkistonning atoqli olimi va adibi, Sharqiy Turkiston Jumhuriyatining birinchi prezidenti va marshali.

Alixontoʻra Sog‘uniy
Tavalludi 21-mart, 1885-yil
To‘qmoq shahri, Turkiston
Vafoti 28-fevral 1976-yil(1976-02-28)
(90 yoshda)
Toshkent, O‘zSSR
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR
Kasbi Olim, tabib
Unvoni Marshal
Bolalari Asilxon Alixontoʻra oʻgʻli
Otasi Shokirxonto‘ra

Hayoti

tahrir

U milodiy 1885-yili Turkiston oʻlkasining qadimgi nomi "Bolasog‘un" bo‘lgan Toʻqmoq (hozirgi Qirg‘iziston) shahrida tugʻilgan (Adabiy taxallusi tugʻilgan shahrining qadimiy nomi "Balasogʻun" bilan bogʻliq). Alixonto‘raning otasi (asli Andijonlik) Shokirxonto‘raning 3 o‘gli bor, Alixonto‘ra esa ikkinchi(o‘rtancha) o‘g‘il edi. Ikki marta (1905-1924) Makkaga haj qilgan. Shokirxontoʻra davrining oʻqimishli kishisi boʻlgani uchun oʻgʻlini Saudiya Arabistonining Madina shahriga oʻqishga yuboradi. Keyinchalik u tahsilni Buxorodagi Mir Arab madrasasida davom ettiradi. Yaxshi bilim olgan Alixontoʻra ulugʻ olim va siyosiy arbob boʻlib yetishadi. Tafsir, hadis, fiqh ilmlari bilimdoni, maʼrifatparvar va taqvoli zot edi. 19151923-yillarda Buxoro madrasasida Islom dinidan dars beradi. 6 o‘g‘il, 2 qizning otasi.[1]

Ijtimoiy-siyosiy harakatlari

tahrir

Tabiatan zakovatli, ziyrak, yangilikka oʻch boʻlgan yosh Alixonto‘ra Turkistonga qaytib kelganidan keyin yurtdagi ijtimoiy-siyosiy faoliyatga aralashib ketadi. Mustabid bosqinchilarning mahalliy aholi vakillarini mardikorlikka olish siyosatiga qarshi chiqqani uchun yosh Alixontoʻra 1914-yil rus podshohining maxfiy politsiyasi nazoratiga tushib qoladi. 1916-yili xalq qoʻzgʻoloni shafqatsizlarcha bostirilgach, u mamlakatda qolish xavfliligini sezib, siyosiy muhojir sifatida Qashqarga (Xitoy) ketishga majbur boʻldi.

Keyinroq Sharqiy Turkistonning boshqa bir yirik shahri Gʻuljaga boradi. G‘uljada u Qur’on tafsiri hamda tabiblik bilan shug‘ullanadi. Alixonto‘ra musulmon aholi orasida mashhur bo‘lib, G‘uljaning “Beytulla” masjidining imomi bo‘lib faoliyat yuritadi. 1937-yilda u xalq orasida yurtni bosqinchilar zulmidan ozod qilish gʻoyalarini faol targʻib qilgani sababli 1937-yili Xitoy maʼmurlari tomonidan hibsga olinib, umrbod qamoq jazosiga hukm etildi va mahalliy nufuzli diniy arboblarning aralashuvi bilan 1941-yilda adliyaviy taftish natijasida qamoqdan ozod qilinadi.

 
Sogʻuniy (Egnida oq toʻn va boshiga qora doʻppi kiygan) va hamrohlari

Ozodlikka chiqqanidan keyin u Xitoyga qarshi yashirin harakatlarda faol ishtirok etdi. 1943-yilda u “Sharqiy Turkiston Ozodligi Tashkiloti”ni tuzdi. Tashkilot tarkibiga Ili viloyatining nufuzli shaxslari: Rahimjon Sobirxajiyev (tatar), Abdukarim Abbosov (tatar), Abdurauf Maxsum (Uygʻur), Muxitdin (Uygʻur), Purdunbek (Uygʻur), Muhammadjon Maxsum (Uygʻur), Umarjanbay (Uygʻur), Solihjonboy (Oʻzbek)lar kiradi. 1943-yilda Nilka viloyatida Gʻani Mametbakiev, Fotih Muslimov va Akbar boshchiligidagi tub aholi qoʻzgʻoloni koʻtarialdi. Gʻulja qoʻzgʻolonchilar tomonidan qamal qilinganda shahardagi qoʻzgʻolonga Alixonto‘raning tashkiloti boshchilik qiladi.1944-yil 12-noyabrda Sharqiy Turkiston jumhuriyati eʼlon qilinib, Alixontoʻra Muvaqqat inqilobiy hukumat raisligiga saylandi. Milliy qoʻshinni tuzish, uni qurollantirish va tarkibini mustahkamlash ishining tashabbuskori sifatida qoʻshin bosh qoʻmondoni etib tayinlandi va unga "marshal" oliy harbiy unvoni beriladi.  

Alixontoʻra boshliq Sharqiy Turkiston fidoyilari yurtni Xitoy zulmidan ozod qilish uchun umumxalq kurashini boshlab yuborishadi. 1944-yil 7–10-noyabrda Gʻuljada musulmon sharqiy turkistonliklarning qurolli qoʻzgʻoloni gʻalaba qozonadi. Xitoy va Sovet davlati oraligʻidagi katta bir hududda uygʻur, qozoq, oʻzbek, qirgʻiz, tatar va doʻngan xalqlarini mustahkam ishonch va diniy birodarlik asosida birlashtirgan Sharqiy Turkiston jumhuriyatini barpo etish harakati boshlanib ketadi. Xitoyning Chankayshi va gomindanchilardan iborat yuz ming kishilik armiyasi ketma-ket boʻlgan shiddatli janglarda tor-mor etiladi. 1946-yil 28-iyulda Alixontoʻra sovet maxfiy xizmatlari tomonidan oʻgʻirlab, yashirincha SSSRga (Toshkent, Oʻzbekiston SSSR) olib ketilib, u yerda umrining oxirigacha uy qamogʻida saqlangan. Alixontoʻra tarixiy meʼmorlik obidalari va qadimiy qoʻlyozmalarni saqlab qolishda jonkuyarlik qilgan. Toshkentdagi Shayx Zayniddin bobo qabristoniga dafn etilgan.[2]

Ilmiy faoliyati

tahrir

Asarlari:

tahrir

Tarjima qilgan asarlari:

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Alixonto‘ra Sog‘uniy; Qutlug‘xon Shokirov. Tarixi Muhammadiy (O‘zbek). Toshkent: "Munir" nashriyoti, 2021 — 720-bet. ISBN 978-9943-6946-3-7. 
  2. Yoqubjon Xo‘jamberdiyev. Alixonto‘ra Sog‘uniy (O‘zbek). Toshkent: "Azon kitoblari" nashriyoti, 2021 — 628-bet. ISBN 978-9943-7272-7-4. 
  3. Alixonto‘ra Sog‘uniy. Turkiston qayg‘usi (O‘zbek). Toshkent: "Sharq" nashriyoti, 2021 — 496-bet. ISBN 978-9943-6613-8-7. 
  4. Alixonto‘ra Sog‘uniy. Baxtlik nedur? (O‘zbek). Toshkent: "Munir" nashriyoti, 2021 — 116-bet. ISBN 978-9943-7160-8-7. 

Havolalar

tahrir
  1. Oʻzbek imomlari
  2. Ziyo sayti
  3. [1]
  4. [2] (Wayback Machine saytida 2012-03-07 sanasida arxivlangan)

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.