Badiuzzamon

Xuroson hukmdori (1506–1507)
(Badi O`z-Zamon (Temuriy)dan yoʻnaltirildi)

Badiuzzamon (1458, Hirot — 1515, Istanbul) — Xuroson hukmdori (1506—1507). Husayn Boyqaroning toʻngʻich oʻgʻli, onasi — Marv hokimi Sanjar Mirzoning qizi Beka Sulton begim (1488-yil vafot etgan). Badiuzzamon 1473-yildan Seiston, keyinchalik Mozandaron hokimi boʻlgan. Astrobod hokimi amir Moʻgʻul xiyonatidan soʻng, Husayn Boyqaro uni Astrobodga hokim qilib tayinlagan (1493-yildan). Soʻng, u 1496-1506-yillarda Balx hokimi boʻlgan.

nothumb
Movarounnahr
1370 - 1405 Amir Temur
1405 - 1447 Shohruh Mirzo
1447 - 1449 Mirzo Ulug'bek
1449 - 1450 Mirzo Abdullatif
1451 - 1469 Abu Said
1469 - 1494 Sulton Ahmad
1494 - 1495 Sulton Mahmud
1495 - 1497 Boysungʻur Mirzo
1498 - 1500 Sulton Ali Mirzo
1500 - 1512 Zahiriddin Muhammad Bobur

Boburning yozishicha, "Sulton Husayn Mirzo Balxga kelganida Movarounnahr foydasini koʻzlab Balxni Badiuzzamonga beradi, uning mulki — Astrobodni esa Muzaffar Husayn Mirzoga topshiradi. Badiuzzamon shu tufayli arazlagani aytiladi. Uzoq yillar davom etgan dushmanlik va isyon sababi ayni shu holat boʻlgan. Badiuzzamon Astrobodni ukasiga berishga koʻnmagan, chunki Husayn Boyqaro Astrobodni uning oʻgʻli Muhammad Moʻmin Mirzoga sunnat toʻyini qilayotganda inʼom qilib yuborgan. Oxir-oqibat, ota-oʻgʻil oʻrtasidagi mojaro urushga aylanadi. 1497-yil Badiuzzamon Puli Chirogʻ darasidagi jangda magʻlubiyatga uchraydi. Xuddi shu kuni Muzaffar Husayn Mirzo Astrobod yonida Muhammad Moʻmin Mirzoni yengadi. Husayn Boyqaro Balxni oʻgʻillaridan Ibrohim Husayn Mirzoga beradi. Yengilgan Badiuzzamon qolgan-qutgan lashkari bilan Qunduzga qochadi, soʻng Xusravshoh huzuridan panoh topadi. Xusravshoh Badiuzzamonga qoʻshin, qurol-yarogʻ bilan yordam bergach, u Qandahor va Zamindavorga boradi. 1505-yil Badiuzzamon otasi bilan yarashib, uning xizmatiga kiradi. Otasi vafot etgach, ukasi Muzaffar Husayn Mirzo bilan birgalikda taxtga oʻtiradi.

1506-yil Shayboniyxon Balxni qamal qilganda unga qarshi Badiuzzamon Muzaffar Mirzo bilan otlanib boshqa ukalarini ham yordamga chaqiradi. Bodxizda Badiuzzamon qoʻshiniga Abulmuhsin Mirzo va Ibn Husayn Mirzo kelib qoʻshiladi. Zahiriddin Muhammad Bobur ham ularga yordamga keladi, ammo ular toʻplangunga qadar oradan 3-4 oy oʻtadi, bu orada Shayboniyxon Balxni egallab, Badiuzzamon qoʻshin toʻplayotganidan xabar topgach, kech kuzda Samarqandga qaytib ketadi. Shayboniyxon 1507-yil Samarqanddan Xurosonga qoʻshin tortadi. Badiuzzamon ukasi bilan Hirotni tashlab qochadi, soʻng Eronga, Ismoil Safaviy huzuriga boradi. 1514-yil Badiuzzamonni turk sultoni Salim I Istanbulga olib ketadi, u oʻsha yerda vaboga chalinib vafot etadi.

Badiuzzamon Husayn Boyqaroning oʻgʻillari orasida eng oqili va tadbirkori boʻlib, taqvodor, adolatpesha hamda ilm-u maʼrifat va hunar ahliga muruvvatli hukmdor edi. U oʻz saroyida olim, shoir, sanʼatkor va boshqalarni yigʻib anjumanlar oʻtkazib turardi. Shuning bilan birga, u oʻzi ham goʻzal gʻazallar bitgan, mamlakatda qurilish-obodonchilik ishlariga katta eʼtibor bergan. Alisher Navoiy Badiuzzamonni quyidagicha taʼriflagan: „Sulton Badiuzzamon Mirzo husni surat va husni siyrat bila orasta va jamoli zohiriy va kamoli botiniy bila piyrosta yigitdur. Razm atvoridin otar-tutarda dilpisand va bazm asbobidan ichmak va bagʻishlamaqda bemonand. Tabʼi ham nazm uslubida muloyim tushubtur…“.

Temuriylar sulolasi

Movаrounnahr
Amir Temur (1370 - 1405)
Shohrux (1405 - 1447)
Mirzo Ulugʻbek (1447 - 1449)
Bobur (1449 - 1457)
Mahmud (1457 - 1459)
Abu Said (1459 - 1469)
Yodgor Muhammad (1469 - 1470)
Husayn Boyqaro (1470 - 1506)
Badi O`z-Zamon (1506)

Adabiyotlar

tahrir
  • Fayziyev T., Husayn Boyqaroning sirli oʻlimi, T., 1995.[1]



  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil