Badshahi masjidi (urdu: بادشاہی مسجد) – Pokistonning Panjob provinsiyasining markazi Lohur shahridagi Mugʻil davriga oid jamoat masjidi[1][2]. Masjid Lahor qal’asining roʻparasida Devorli shaharning chekkasida joylashgan boʻlib, u Lahorning eng diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanadi[3].

Badshahi masjidi
urdu: بادشاہی مسجد
Umumiy maʼlumot
Maqomi Masjid
Shahar Lohur
Mamlakat Pokiston
Koordinatalar 31°35′17″N 74°18′34″E / 31.58806°N 74.30944°E / 31.58806; 74.30944
Qurilishi boshlangan 1671-yil
Qurilishi tugagan 1673-yil
Badshahi masjidi

Badshahi masjidi 1671—1673-yillarda va Mugʻil imperatori Aurangzeb tomonidan qurilgan. Masjid Mugʻil meʼmorchiligining yorqin namunalaridan biri hisoblanib, tashqi koʻrinishi marmar bilan oʻyilgan va qizil qumtosh bilan bezatilgan. Bu Mugʻil davrining eng katta masjidi boʻlib, Pokistondagi uchinchi yirik masjiddir hisoblanadi[4]. 1799-yilda Sikx imperiyasining Ranjit Singh hukmronligi davrida masjid hovlisi otxona, hujralari askarlar turar joyi sifatida ishlatilgan. Britaniya imperiyasi Lahor boshqaruvini qoʻlga kiritganda olganida Badshahi masjidi 1846-yildan 1852-yilgacha garnizon sifatida ishlatilgan. Keyinchalik, masjid ibodat joyi sifatida qayta tiklanishini nazorat qilish uchun Badshahi masjidi maʼmuriyati tashkil etildi. Hozirgi kunga kelib Badshahi masjidi Pokistonning eng diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanadi[5].

Tarixi

tahrir

Oltinchi Mugʻil imperatori Aurangzeb yangi masjidi qurish uchun Lahor shahrini tanladi. Aurangzeb, oldingi imperatorlardan farqli oʻlaroq, oʻz hukmronligi davrida sanʼat va arxitekturadan koʻra Mugʻallar saltanatiga qoʻshilgan turli xil harbiy zabtlarga eʼtibor qaratgan[6]. Masjid Hindiston janubida Maratha imperatori Shivajiga qarshi harbiy yurishlarini xotirlash uchun qurilgan[7]. Masjid Lahor qal’asi va uning Alamgiri darvozasi qarshisida qurilgan. Lahor qal’asi va Alamgiri darvozasi Aurangzeb tomonidan bir vaqtning oʻzida qurdirilgan[8].

Masjid 1671-yilda foydalanishga topshirilgan. Qurilish ishlariga imperatorning oʻgay akasi va Lahor gubernatori Muzaffar Husayn (Fidai Xon Koka nomi bilan ham mashhur)[9] boshchilik qilgan. Ikki yillik qurilish ishlaridan soʻng masjid 1673-yilda ochilgan[10].

Sikx davri

tahrir
Sikxlar hukmronligi davrida yaroqsiz holga kelgan Badshahi masjidi, Masjid yonida Ranjit Singxning Samadhi (o'ng tarafda oq bino) qurilgan.

1799-yil 7-iyulda Ranjit Singh boshchiligidagi sikx armiyasi Lahorni egalladi[11]. Shaharni qoʻlga kiritilgandan soʻng, Maharaja Ranjit Singh shahar keng hovlisidan qoʻshin otlari uchun otxona va 80 ta hujrani (hovlini oʻrab turgan kichik oʻquv xonalari) askarlari uchun turar joy va harbiy doʻkonlar sifatida ishlatgan[12]. 1818-yilda u Hazuri bogʻida masjidga qaragan marmar bino qurdiradi. Hozirda ushbu inshoot Hazuri Bagʻ Baradari sifatida tanilgan[13] va Ranjit Singh ushbu binodan oʻzining rasmiy qirollik saroyi sifatida foydalana boshlagan[14]. 1839-yilda Ranjit Singh vafotidan soʻng, uning oʻgʻli va vorisi Kharak Singh tomonidan masjidga tutash joyda uning xotirasiga samadxi qurish boshlandi.

Britaniya hukmronligi davri

tahrir

1849-yilda inglizlar Lahorni sikxlar imperiyasidan tortib oldilar. Britaniya Raj davrida masjid va qal’a harbiy garnizon sifatida foydalanilishi boshlandi. Uning keng hovlisinida mavjid boʻlgan 80 ta hujra 1857-yilgi Hindiston qoʻzgʻolonidan keyin inglizlar tomonidan Britaniyaga qarshi harakatlar uchun buzib tashlangan. Hujralar oʻrnini dalanlar deb nomlanuvchi ochiq arkadalar egalladi[15].

Masjiddan harbiy garnizon sifatida foydalanishga musulmonlarning noroziligi kuchayganligi sababli, inglizlar 1852-yilda qayta tiklashni nazorat qilish va uni diniy ibodat joyi sifatida qayta tiklash uchun Badshahi masjidi maʼmuriyatini tuziladi. Maʼmuriyat tuzilgandan keyin Badshahi masjidida qisman taʼmirlash ishlari olib borildi. Bino rasman musulmon jamiyati Hindiston vitse-qiroli boʻlgan Jon Lourensga topshirildi[16]. Keyin bino masjid sifatida qayta tiklandi.

1919-yil aprel oyida Amritsar qirgʻinidan soʻng, masjid hovlisida taxminan 25-35 ming kishilik sikx, hindu va musulmon aralash olomon norozilik bildirish uchun yigʻiladi. Yigʻilishda Gandining nutqi keyinchalik Panjob provinsiyasi assambleyasi spikeri boʻlgan Khalifa Shuja-ud-Din tomonidan oʻqiladi[17][18].

Keng qamrovli taʼmirlash ishlari 1939-yildan boshlangan boʻlib, ushbu taʼmirlash ishlarida Sikandar Hayat Khan mablagʻ toʻplay boshlandi[19]. Taʼmirlash ishlari arxitektor Navab Alam Yar Jung Bahadur tomonidan nazorat qilinadi[20]. Sikandar Hayat Khan masjiddagi keng koʻlamli taʼmirlash ishlarida katta hissa qoʻshganligi sababli Hazuri Bagʻdagi masjid yoniga dafn etilgan.

Pokiston mustaqillikdan keyingi

tahrir
 
Masjid Islom dini bayramlari boʻlgan Hayit va Ramazon kunlarida.

1939-yilda boshlangan restavratsiya ishlari Pokiston Mustaqillikka erishgandan keyin ham davom etdi va 1960- yilda qurilish umumiy qiymati 4,8 million rupiya boʻldi[21].

1974-yil 22-fevralda boʻlib oʻtgan ikkinchi Islom sammiti munosabati bilan oʻttiz toʻqqiz musulmon davlat rahbarlari Lahorga kelishdi. Pokistonlik Zulfiqor Ali Bhutto, Saudiya Arabistonidan Faysal ibn Abdulaziz as-Saud, Muammar Qaddafiy, Yosir Arafat va Quvaytdan Sabah III Al-Salim Al-Sabah Badshahi masjidida juma namozini oʻqishdi. 1993- yilda Badshahi masjidi YUNESKOning Butunjahon merosi ob’ekti sifatida roʻyxatga kiritilgan[22]. 2000-yilda asosiy namozxonadagi marmar qoplama taʼmirlandi. 2008-yilda Hindistonning Rajastan shtatidagi Jaypur yaqinidagi Mugʻil davriga oid vayronalardan olib kelingan qizil qumtosh yordamida masjidning katta hovlisida plitalarini almashtirish ishlari boshlandi[23][24].

Meʼmorchiligi

tahrir

Badshahi masjidi xususan, g'arb Fors davlatlariga kirish darvozasini o'tagan bo'lib Lahor shahridagi mintaqaviy uslub Fors me'morchiligi uslublari ta'sirida vujudga kelgan. Oldingi masjidlar, masalan, Vazir Xon masjidi kashi kari va Koshon uslubida[25] bezatilgan edi. Aurangzeb Dehlidagi Jama masjidini Shoh Jahon tanlagan me'moriy uslubga o'xshash qilib tanladi. Ikkala masjid ham oq marmar bilan qoplangan qizil qumtoshdan iborat bo'lib, bu Lahordagi odatiy masjid dizaynidan farq qiladi, unda bezatish murakkab kafel ishlari orqali amalga oshiriladi[26].

Manbalar

tahrir
  1. „Badshahi Mosque (built 1672–74)“. Asian Historical Architecture website. Qaraldi: 2021-yil 1-yanvar.
  2. Haroon Khalid. „Lahore's iconic mosque stood witness to two historic moments where tolerance gave way to brutality“. Scroll.in website (2016-yil 26-avgust). Qaraldi: 2021-yil 1-yanvar.
  3. „Holiday tourism: Hundreds throng Lahore Fort, Badshahi Masjid“ (en-US). The Express Tribune (newspaper) (2014-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 1-yanvar.
  4. Meri, Joseph. Medieval Islamic Civilization: An Encyclopedia. Routledge, 31 October 2005 — 91-bet. ISBN 9780415966917. 
  5. „Badshahi Mosque (built 1672–74)“. Asian Historical Architecture website. Qaraldi: 2021-yil 1-yanvar.
  6. „Badshahi Mosque, Lahore (architectural details of the structure given)“. Architecture Courses website. Qaraldi: 2021-yil 1-yanvar.
  7. Meri, Joseph. Medieval Islamic Civilization: An Encyclopedia. Routledge, 31 October 2005 — 91-bet. ISBN 9780415966917. 
  8. „Badshahi Mosque“ (en-US). Visit Lahore website. Qaraldi: 2021-yil 1-yanvar.
  9. Meri, p.91
  10. „Badshahi Mosque“ (en-US). Visit Lahore website. Qaraldi: 2021-yil 1-yanvar.
  11. „Welcome to the Sikh Encyclopedia“. Thesikhencyclopedia.com (2012-yil 14-aprel). 2013-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-yanvar.
  12. Chida-Razvi, Mehreen. The Friday Mosque in the City: Liminality, Ritual, and Politics (en). Intellect Books, 2020-09-20 — 91–94-bet. ISBN 978-1-78938-304-1. „In addition to the masjid's use as a site for military storage, stables for the cavalry horses, and barracks for soldiers, parts of it were also used as storage for powder magazines“ 
  13. Tikekar, p. 74
  14. Khullar, K. K.. Maharaja Ranjit Singh. Hem Publishers, 1980 — 7-bet. 
  15. Development of mosque Architecture in Pakistan by Ahmad Nabi Khan, p.114
  16. Amin. „Political and Military Situation from 1839 to 1857“. Defence Journal website. 2017-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-yanvar.
  17. Lloyd, Nick. The Amritsar Massacre: The Untold Story of One Fateful Day. I.B.Tauris, 30 September 2011. 
  18. Note: Reports on the Punjab Disturbances April 1919 gives a figure of 25,000
  19. Omer Tarin, Sir Sikandar Hyat Khan and the Renovation of the Badshahi Mosque, Lahore: An Historical Survey, in Pakistan Historical Digest Vol 2, No 4, Lahore, 1995, pp. 21-29
  20. „Badshahi Mosque (built 1672–74)“. Asian Historical Architecture website. Qaraldi: 2021-yil 1-yanvar.
  21. „Badshahi Mosque (built 1672–74)“. Asian Historical Architecture website. Qaraldi: 2021-yil 1-yanvar.
  22. UNESCO World Heritage Centre. „Badshahi Mosque, Lahore – UNESCO World Heritage Centre“. UNESCO.org website. Qaraldi: 2021-yil 1-yanvar.
  23. „Badshahi Mosque Re-flooring“. Archpresspk.com. 2012-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-yanvar.
  24. „Badshahi Mosque“. Atlas Obscura website. Qaraldi: 2021-yil 1-yanvar.
  25. Meri, Joseph. Medieval Islamic Civilization: An Encyclopedia. Routledge, 31 October 2005 — 91-bet. ISBN 9780415966917. 
  26. „Badshahi Masjid, Lahore, Pakistan“. ArchNet website. Qaraldi: 2021-yil 1-yanvar.