Baxtiyor Ashurmatov
Baxtiyor Ashurmatov (1976-yilning 25-martida tugʻilgan) Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi sobiq himoyachisi.[1] Hozirda Turon jamoasi bosh murabbiyi.[2]
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Baxtiyor Aʼzamovich Ashurmatov | ||
Tavallud sanasi | 25-mart 1976-yil | ||
Tavallud joyi | Qoʻqon Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 184 sm | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1994—1997 | MHSK | 62 | (1) |
1998—1999 | Paxtakor | 45 | (3) |
2000 | Doʻstlik | 30 | (3) |
2001—2002 | Paxtakor | 49 | (1) |
2003 | Alania Vladikavkaz | 6 | (0) |
2003 | Torpedo-Metallurg | 5 | (0) |
2004—2005 | Paxtakor | 32 | (4) |
2005—2006 | Krylia Sovetov | 1 | (0) |
2007—2009 | Bunyodkor | 44 | (0) |
2010 | Xorazm | 13 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
1997—2008 | Oʻzbekiston | 53 | (1) |
Boshqargan klublari | |||
2012—2013 | Guliston | ||
2014 | Navbahor | ||
2015 | Oʻzbekiston U23 | ||
2016 | Andijon | ||
2017—2018 | Buxoro | ||
2018 | AGMK | ||
2018—2019 | Buxoro | ||
2019 | Surxon | ||
2019—2022 | Qoʻqon 1912 | ||
2022 | Turon | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022 uchun) |
Futbolchilik faoliyati
tahrir1994-1997 yillarda Ashurmatov MHSK klubida Oʻzbekiston oliy ligasida toʻp surgan. 1997-yilda „Paxtakor“ ga oʻtib, 2002-yilgacha oʻynagan, faqat 2000-yilda Toshkent viloyatining „Doʻstlik“ klubida oʻynagan. 2003-yilda Oʻzbekiston chempionatidan Rossiya Premer-ligasiga yoʻl oldi. Bu yil u „Alaniya“da 6ta va „Torpedo-Metallurg“da 5ta oʻyin oʻtkazdi. 2004—2005-yillarda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi safida yana Oʻzbekiston oliy ligasida oʻynagan. 2005-yil 20-iyulda samaraliklarning sport direktori uni „Krilya Sovetov“ ni koʻrishga taklif qildi va 31-iyul kuni u yangi jamoadagi birinchi va yagona oʻyinida zaxiradan maydonga tushdi. Bu Tom klubi bilan mehmondagi oʻyini edi. Ashurmatov 77-daqiqada maydonga tushdi va koʻp oʻtmay tizzasidan jaroxat olib, uch oyga safdan chiqdi. Germaniyada davolanish va reabilitatsiyadan keyin[3] mavsumdan tashqari yigʻinni oʻtkazgan Ashurmatov 2006-yilning aprel oyida asosiy tarkibda koʻp oʻynamadi, oʻrinbosarlar tarkibida 4 ta oʻyin oʻtkazdi. 2007-yildan boshlab u yana Oʻzbekistonda „Quruvchi“ klubi tarkibida oʻynadi. „Quruvchi“ safida 3 mavsum oʻynab, „Xorazm“ (Urganch) klubiga oʻtdi.
2011/12-yilgi mavsumda u Toshkentning „Lokomotiv“ klubida oʻynab, futbolchilik faoliyatini shu yerda yakunladi.
International
tahrirAshurmatov Sovet Ittifoqi, Oʻzbekiston SSR, Qoʻqon shahrida tugʻilgan. U 1997-yilgi debyutidan buyon futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 54 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.[4][5]
Murabbiylik faoliyati
tahrirAshurmatov 2012-yil mavsumning birinchi yarmini Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasida oʻtkazgan holda futbol faoliyatini yakunlagan. Shundan soʻng u "Guliston" futbol klubida boshqaruv faoliyatini boshladi. U 2012-yilgi Oʻzbekiston Birinchi ligasini ikkinchi oʻrinda yakunlab, Oʻzbekiston oliy Ligasiga yoʻl oldi.
2013-yilgi mavsum yakunlangach, „Guliston“ klubini tark etdi va 2013-yil dekabr oyida „Bunyodkor“ murabbiylar shtabiga qoʻshildi. 2014-yilning 10-yanvarida Namanganning „Navbahor“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan.
2015-yilning 18-fevralida Ashurmatov Oʻzbekiston U-23 terma jamoasiga yangi bosh murabbiy etib tayinlandi. U „Navbahor“da bosh murabbiylik lavozimini saqlab qoldi.[6] Oʻzbekiston U-23 bilan u 2015-yilning mart oyi oxirida oʻtkazilgan saralash turnirida guruhda ikkinchi oʻrinni egallagan jamoadan soʻng U-23 Osiyo chempionatiga yoʻllanma oldi. 2015-yilning 23-iyunida Ashurmatov U-23 terma jamoasidagi lavozimidan ozod etildi.[7][8]
2017-yilning yanvar oyida esa „Buxoro“ klubi seleksiya xizmati rahbari etib tayinlangandi. Oʻsha yilning yanvar oyida u murabbiylar shtabiga qoʻshildi, keyin esa texnik direktor boʻldi.
2018-yilning 4-iyunidan boshlab u „AGMK“ ga yangi bosh murabbiy etib tayinlangan. 2018-yilning 28-oktyabr kuni AGMK tarixida ilk bor futbol boʻyicha Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi. 2018-yil 22-dekabrda u oʻz lavozimini tark etdi.[9]
Oradan toʻrt kun oʻtib „Buxoro“ ga bosh murabbiy etib tayinlandi. 2019-yil 14-may kuni jamoani tark etdi. 2019-yil 27-iyundan 29-iyulgacha „Surxon“ni boshqargan. 2019-yil 9-dekabrdan buyon „Qoʻqon-1912“ bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelmoqda.
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrir- 2009-yil 12-noyabrda o'tkazilgan o'yin holatiga ko'ra
Club | Mavsum | Liga | Milliy kubok | OFK | Umumiy | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Division | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Bunyodkor[10] | 2007 | Oʻzbekiston Superligasi | 26 | 0 | 7 | 0 | - | 33 | 0 | |
2008 | 13 | 0 | 1 | 0 | 7 | 0 | 21 | 0 | ||
2009 | 5 | 0 | 1 | 0 | 2 | 1 | 8 | 1 | ||
Umumiy | 44 | 0 | 9 | 0 | 9 | 1 | 62 | 1 | ||
Umumiy faoliyat | 44 | 0 | 9 | 0 | 9 | 1 | 62 | 1 |
Xalqaro
tahrirOʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyin | Gol |
1997 | 4 | 0 |
1998 | 1 | 0 |
1999 | 2 | 0 |
2000 | 6 | 0 |
2001 | 13 | 0 |
2002 | 2 | 0 |
2003 | 5 | 0 |
2004 | 8 | 1 |
2005 | 3 | 0 |
2006 | 0 | 0 |
2007 | 5 | 0 |
2008 | 4 | 0 |
Umumiy | 53 | 1 |
2008-yil 6-sentyabrda oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika[11]
Xalqaro oʻyinlardagi gollar
tahrir- Gollar va natijalar roʻyxati. Oʻzbekistonning gollari hisobi birinchi.[12]
№ | Sana | Stadion va shahar | Raqib | Hisob | Natija | Musoboqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 9 June 2004 | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Uzbekistan | Falastin | 1 — 0 | 3-0 | World Cup qualifier |
Yutuqlar
tahrir=== Futbolchi sifatida ===; MHSK Toshkent
- Oʻzbekiston vitse-chempioni: 1995-yil; Paxtakor
- Oʻzbekiston chempioni (3): 1998, 2002, 2004
- Oʻzbekiston kubogi sohibi (3): 2001, 2002, 2004
- Oʻzbekiston chempioni: 2000-yil
- Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2000-yil
- Oʻzbekiston chempioni (3): 2007, 2008, 2009
- Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2008-yil
- Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finalchisi: 2008-yil
Murabbiy sifatida
tahrir- Oʻzbekiston Birinchi ligasi gʻolibi: 2012-yil
- Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2018-yil
Manbalar
tahrir- ↑ Bunyodkor PFK saytidagi profillar (Wayback Machine saytida 7-oktyabr 2008-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ „Бахтиёр Ашурматов - "Турон" бош мураббийи!“. 2022-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-oktyabr 2022-yil.
- ↑ „«Крылья»: привычный полёт в неизвестность“. www.kc-camapa.ru. 2-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-mart 2011-yil.
- ↑ „Uzbekistan - Record International Players“. 2008-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-oktyabr 2008-yil.
- ↑ Bakhtiyor Ashurmatov – FIFA musobaqalaridagi natijalari (arxivlangan)
- ↑ „Bakhtiyor Ashurmatov appointed as head coach of Uzbekistan U-23 team“. UzDaily (18-fevral 2015-yil). 4-oktyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-oktyabr 2022-yil.
- ↑ „Victor Jalilov heads Uzbekistan Olympic team“. UzDaily (23-iyun 2015-yil).
- ↑ „Бахтиёр Ашурматов назначен главным тренером Олимпийской сборной Узбекистана по футболу“ (deadlink). 2015-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-mart 2015-yil.
- ↑ „Бахтиёр Ашурматов назначен новым главным тренером АГМК“. 2-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-yanvar 2019-yil.
- ↑ „Alltime Goalscorers of Bunyodkor“. bunyodkor.com. FC Bunyodkor. 2014-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-mart 2016-yil.
- ↑ „Bahtiyor Ashurmatov“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 17-mart 2016-yil.
- ↑ „Bakhtier Ashurmatov - International Appearances“.
Havolalar
tahrir- Bio at playerhistory.com
- Bakhtiyor Ashurmatov at Footballdatabase
- FootballFacts.ru
- Transfermarkt (oʻyinchi)
- Transfermarkt (murabbiy)
- National Football Teams.com