Baxtiyor Mengliyev

filologiya fanlar doktori, professor, 4 bora „Yilning eng yaxshi oʻquv adabiyoti muallifi“ tanlovi gʻolibi boʻlgan tilshunos olim

Baxtiyor Mengliyev (toʻliq ismi: Mengliyev Baxtiyor Rajabovich; 1965-yil 20-noyabr, Dehqonobod tumani, Oʻzbekiston SSR) – filologiya fanlar doktori, professor, 4 bora „Yilning eng yaxshi oʻquv adabiyoti muallifi“ tanlovi gʻolibi boʻlgan tilshunos olim.

Mengliyev Baxtiyor Rajabovich
Tavalludi 20-noyabr 1965-yil (1965-11-20) (59 yosh)
Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani
Fuqaroligi Oʻzbekiston SSR Oʻzbek SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati Oʻzbek
Sohasi Tilshunoslik
Ish joylari Termiz davlat universiteti
Qarshi davlat universiteti
Oʻzbekiston Milliy universiteti
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti
Toshkent amaliy fanlar universiteti
Taʼlimi Termiz davlat pedagogika instituti
Ilmiy darajasi Filologiya fanlari doktori,
professor
Veb-sayt Rasmiy sahifa

Biografiyasi

tahrir

Taʼlimi

tahrir

1983-yilda Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumandagi oʻrta maktabni Oltin medal bilan bitirgan. 19831990-yillarda Termiz davlat pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 19841986-yillarda harbiy xizmatda boʻlgan. Buxoro davlat universitetida aspirantura (19911994) va doktoranturani (19982001) oʻtagan. 1996-yil 13-sentyabrda nomzodlik, 2002-yil 1-noyabrda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2003-yilda professor ilmiy unvonini olgan[manba kerak].

Mehnat faoliyati

tahrir

Termiz davlat universitetida oʻqituvchi (1990-1991), Qarshi davlat universitetida oʻqituvchi, katta oʻqituvchi, dotsent, professor, fakultet dekani (19942008), Oʻzbekiston milliy universitetida professor, kafedra mudiri (2008-2016), Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida fakultet dekani, professor, kafedra mudiri (2016-2023) lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. 2023-yil 10-oktyabrdan Toshkent amaliy fanlar universitetida tadqiqotchi-professor lavozimida ishlab kelmoqda. Baxtiyor Mengliyev jami 250 dan ortiq nashriy ish muallifi. Shundan, 56 ta jurnal maqolasi, 8 ta monografiya, 6 ta darslik, 10 ta oʻquv qoʻllanma, 5 ta lugʻat, 1 ta qomus. Intellektual mulk agentligining 10 ta mualliflik guvohnomasini olgan.

Web of Science xalqaro maʼlumotlar bazasidagi reytingi: Scopus – 2 Google Scolar – 14. Turkiya (Marmara universiteti, Karabyuk universiteti), Qozogʻiston va Rossiya Federatsiyasi (Spb universiteti)da maʼruza qilgan. 4 marta „Yilning eng yaxshi oʻquv adabiyoti muallifi“ tanlovi gʻolibi.
Baxtiyor Mengliyev 68 nafar ilmiy darajali kadr tayyorlagan[manba kerak]. Jumladan:

fan doktori – 17 nafar;

falsafa doktori (fan nomzodi) – 48 nafar.
Til bilish darajasi:

  1. Rus tili – C1
  2. Ingliz tili – B2
  3. Turk tili – B2

Tanlov gʻoliblari

tahrir
  1. „Yilning eng yaxshi darsligi va oʻquv adabiyoti muallifi – 2007“ respublika tanlovida gʻolib deb topilgan oʻquv adabiyotlari va ularning mualliflari: Umumkasbiy fanlar: 2- oʻrin. R.Sayfullaeva, B.Mengliev, G.Boqieva va boshq. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. 3-qismli. –Toshkent, 2006, OʻzMU [1].
  2. „Yilning eng yaxshi darsligi va oʻquv adabiyoti muallifi“ – 2009" respublika tanlovida gʻolib deb topilgan oʻquv adabiyotlari va ularning mualliflari: 2- oʻrin. B.Mengliev, Oʻ.Xoliyorov. Oʻzbek tilidan universal qoʻllanma[2].
  3. „Yilning eng yaxshi darsligi va oʻquv adabiyoti muallifi“ – 2010" respublika tanlovida gʻolib deb topilgan oʻquv adabiyotlari va ularning mualliflari: 2- oʻrin. R.Sayfullaeva, B.Mengliev. Zamonaviy oʻzbek tili. Morfologiya. – Toshkent: Mumtoz soʻz, 2009.
  4. „Yilning eng yaxshi darsligi va oʻquv adabiyoti muallifi“ – 2011" respublika tanlovida gʻolib deb topilgan oʻquv adabiyotlari va ularning mualliflari: 2- oʻrin. R.Sayfullaeva, B.Mengliev va boshqa. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010.

Mengliyev ilmiy maktabi

tahrir
  1. „Oʻzbek amaliy tilshunosligi“ ilmiy maktabi asoschisi.
  2. Oʻzbek milliy grammatikasiga yangi gʻoya olib kirdi. „Oʻzbek tilidagi ayrim grammatik shakllargina sintaktik vazifa bajaradi“ degan anʼanaviy qarashlarni oʻzgartirdi va barcha grammatik shakllar sintaktik imkoniyatlarga egaligini isbotladi (nomz. diss.,1996).
  3. Yangi grammatik kategoriyalarni ochdi. Feʼlning funksional shakllari deb atalgan tilimizdagi tizim hamda koʻmakchi feʼlli soʻz qoʻshilmalarining kategorial xususiyatlarini aniqladi va oʻzbek tilshunosligiga alohida morfologik kategoriya – „oʻzgalovchi kategoriya“ va „harakat tarzi kategoriyasi“ tushunchasi va terminini olib kirdi (nomz. diss., 2005). Bu oʻzbek ilmiy grammatikasini milliylashtirishga hissa boʻlib qoʻshildi;
  4. Oʻzbek amaliy tilshunosligini boshlab berdi. Jahon tilshunosligida til sathlari (fonetik sath, leksik sath, grammatik sath) doirasidagina eʼtirof etib kelingan sistemaviylik taʼlimotini yangi bosqichga olib chiqdi – nafaqat sathlar, hatto tilning oʻzi ham yaxlit sistema ekanligini ilmiy asosladi („Lisoniy tizim yaxlitligi va unda sathlararo munosabatlar“: dokt. diss., 2001). Bu tilshunoslik nazariyasini yangi qonuniyat bilan boyitdi (2 DSc; 3 PhD;);
  5. Oʻzbek oʻquv leksikografiyasi nazariyasini yaratdi. Oʻzbek tilshunosligida „Oʻzbek oʻquv leksikografiyasi“ ilmiy yoʻnalishiga asos soldi va muammo doirasida shogirdlari tomonidan qator dissertatsiya va tadqiqotlar bajarildi, shu asosda yaratilgan oʻquv lugʻatlari ona tili taʼlimini rivojlantirishga hissa boʻlib qoʻshildi (1 DSc; 2 PhD; 1 jamoaviy monografiya);
  6. Oʻzbek tilshunosligida til korpusi nazariyasini yaratdi. Oʻzbek tilshunosligida „Oʻzbek korpus tilshunosligi“ ilmiy yoʻnalishiga asos soldi va bu borada shogirdlari tomonidan 10 dan ortiq dissertatsiya himoya qilindi. Juda ulkan ish – oʻzbek tilining 10 jildlik „Grammatik shakllar lugʻati“, morfologik, semantik va sintaktik analizatorlari yaratildi. „Oʻzbek milliy korpusi“ning tamal toshi qoʻyildi. Bu – oʻzbek madaniyati taraqqiyotiga qoʻshilgan ulkan hissadir (5 DSc; 3 PhD; 1 jamoaviy monografiya);
  7. Oʻzbek tilshunosligida lingvomaʼnaviyatshunoslik nazariyasini yaratdi. Jahon tilshunosligida ilk bor bor „til va maʼnaviyat mushtarakligi“ tamoyili asosida shaxsni maʼnaviy yuksaltirishga xizmat qiladigan, tarbiyaviy amaliyot uchun lingvistik baza tayyorlaydigan „Lingvomaʼnaviyatshunoslik“ ilmiy yoʻnalishiga asos soldi – yangi nazariya yaratildi (1 DSc; 5 PhD; 1 jamoaviy monografiya);
  8. Oʻzbek tilshunosligida graduonimik leksikografiyaga asos soldi. Oʻzbek leksikografiyasi va lugʻatchilik amaliyotiga oʻzbek fanida ochilgan darajalanish (graduonimiya) qonuniyatini tatbiq qilish boʻyicha tadqiqotlar tizimini shakllantirdi (2 DSc; 4 PhD; 1 jamoaviy monografiya);
  9. Oʻzbek tilshunosligida lingvistik ekspertologiya nazariyasini shakllantirdi. „Lingvistik ekspertologiya“ ilmiy yoʻnalishiga asos soldi va bu soha jadal rivojlanmoqda – 10 dan ortiq dissertatsiya muvaffaqiyatli himoya qilindi. Soha filolog-ekspertlar, lingvistik-ekspertlar tayyorlash tizimini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi (1 DSc; 5 PhD; 1 jamoaviy monografiya);
  10. Amaliy adabiyotshunoslik yoʻnalishini boshlab berdi. Tasavvuf (maʼrifiy, mumtoz) adabiyotiga shaxsiy takomillashuv dasturi sifatida munosabatda boʻlish gʻoyasini ilgari surdi. („Jahon adabiyoti“, 2016-yil, 4-son);
  11. Adabiyot metodologiyasini yangi bosqichga olib chiqdi. Adabiyot nazariyasida adabiyot va adabiyotshunoslikka sistema sifatida munosabatda boʻlish, adabiyotni sistema sifatida oʻrganish asoslari, adabiyotda mohiyat va hodisani farqlash („Tafakkur“, 2023-yil, 3-son) milliy adabiy tahlilga 3D yondashuvni tatbiq qilish, adabiyotshunoslikka 80/20 prinsipi tatbiqi („Maʼrifat“, 2023-yil 8-noyabr) gʻoyasi muallifi.
  12. Ona tili taʼlimida kognitiv-progmatik, kommunikativ yondashuv nazariyasini ilmiy asoslab olib kirdi. Oʻzbek tilini oʻqitish metodikasida „Ona tili taʼlimida nutqiy koʻnikmalarni baholash“ ilmiy yoʻnalishiga asos soldi va muammo doirasida shogirdlari tomonidan qator dissertatsiya va tadqiqotlar bajarildi. Bu sohani rivojlantirishga hissa boʻlib qoʻshildi. (1 DSc; 1 PhD; 2 ta monografiya)

Mualliflik guvohnomalari

tahrir
  1. Abdulla Qahhorning „Bemor“ hikoyasi korpusi Elektron Guvohnoma № 000896, Toshkent, 2018.
  2. Oʻzbek tilining milliy va mualliflik korpusi uchun EHM dasturi Elektron Guvohnoma № DGU 05735, Toshkent, 2018 [3].
  3. „Oʻzbek tili milliy korpusining sinonim soʻzlar bazasi“ dasturining on-line versiyasi Elektron Guvohnoma № DGU 06200, Toshkent, 2019.
  4. Oʻzbek tilining orfoepik audiovizual lugʻati (h va x harflari) Elektron Guvohnoma № DGU 08017, Toshkent, 2020.
  5. "Abdulla Qahhorning „Anor“ hikoyasi semantik razmetkasi" Elektron Guvohnoma № DGU 08980, Toshkent, 2020.
  6. „Ot va feʼl, sifat va feʼl soʻz turkumlari orasidagi omonimlikni farqlovchi lingvistik, matematik modellar va vositalarning maʼlumotlar bazasi“ Elektron Guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi № DGU 12071
  7. „Korpus lingvistikasi“ nomli oʻquv qoʻllanma – mualliflik huquqi obekti sifatida deponentlash uchun taqdim etilgani tasdiqlandi Elektron Guvohnoma „Intellektual mulk konsultativ markazi“ davlat unitar korxonasi, 004378-son
  8. „Korpus lingvistikasi“ nomli oʻquv qoʻllanmasi Elektron Guvohnoma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, 2022-yil 17-mart, 106-sonli buyrugʻi
  9. „Kompyuter leksikografiyasi“ nomli oʻquv qoʻllanmasi Elektron Guvohnoma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, 2022-yil 17-mart, 106-sonli buyrugʻi.
  10. „Kompyuter leksikografiyasi“ nomli oʻquv qoʻllanma – mualliflik huquqi obekti sifatida deponentlash uchun taqdim etilgani tasdiqlandi Elektron Guvohnoma „Intellektual mulk konsultativ markazi“ davlat unitar korxonasi, 004377-son

Maqolalar

tahrir
  1. Morfologik shakllarning sintaktik imkoniyatlari haqida. – Til va adabiyot taʼlimi - 1996, № 1.– B 50-52.
  2. Grammatik kategoriyalarni belgilashga doir mulohazalar. – Oʻzbek tili va adabiyoti. – 1998. – № 6. – B. 22–26.
  3. Ona tili darslarida soʻz maʼnolari tahlili—Xalq taʼlimi. – 2000, № 6. – B.103-106.
  4. Haq tajallisi. – Tafakkur. 2001, № 1. – B.121-123.
  5. Lugʻaviy maʼno talqini haqida. – OʻzR IA Qaraqalpaqstan boliminin XABARShISI. – 2001, № 6-7. – B.117-118.
  6. Lugʻaviy maʼnoni umumlashtirish haqida. – Sharqshunoslik. – 2000, № 2. – B.34-37.
  7. Lugʻaviy koʻpmaʼnolilik lison va nutq boʻlinishida. – O‘zbek tili va adabiyoti. – 2000, № 5. –B.51-53.
  8. Mustaqil soʻzlar sifatida taqlidlar. – Til va adabiyot taʼlimi. – 2001, № 2. – B.75-77. – A.Aliqulov.
  9. Tilni sistem yaxlitlikda oʻrganish haqida. – Til va adabiyot taʼlimi. – 2000, № 5. – B.49-53.
  10. Lisoniy tizim yaxlitligida leksik sath va uning birligi masalasi. – O‘zbek tili va adabiyoti. – 2001, № 6. – B.29-32.
  11. Tasavvuf va bilish. – Fan va turmush. – 2002, № 5-6. – B. 30-31.
  12. Nisbat shakllari lisoniy tizim yaxlitligida. – Ilm sarchashmalari / Urganch DU ilmiy jurnali 2004. – № 4.
  13. Son kategoriyasi lisoniy tizim yaxlitligida. – Xorijiy filologiya / SamDChI ilmiy jurnali 2002. – № 2.
  14. Milliy lugʻatchilik muammolari. – Nasaf ziyosi / Qarshi DU ilmiy jurnali 2004. – № 1. – Sh. Bobojonov.
  15. Egalik kategoriyasi umumiy maʼnosining voqelanishida sathlar hamkorligi. – SamDU ilmiy tadqiqotlar Axborotnomasi Samarqand, 2005. – № 4. – B. 58-60.
  16. Yasama soʻzlarning lison va nutqqa munosabati. – Nasaf ziyosi / Qarshi DU ilmiy jurnali Qarshi, 2005. – № 2-3.
  17. Toʻra Nafasov. – „O‘zbek tili va adabiyoti“ jurnali,2008, № 1. – B. 110-112. – E.Begmatov.
  18. Ona tili taʼlimining dolzarb masalalari. – „Til va adabiyot“ taʼlimi, 2008-yil, sentyabr, № 9. – R.Sayfullaeva, N.Mahmudova, X.Suvonova.
  19. Ona tili taʼlimi: uzluksiz taʼlim bosqichlarida chalkashliklarga uchramayaptimi. – „Til va adabiyot taʼlimi“, 2015 yil, 2-son. – Bahriddinova.
  20. „Konsept-tushuncha-soʻz“ zanjiri haqida. – „Til va adabiyot taʼlimi“, 2015 yil, 9-son. – B.Sulaymonov.
  21. Davlat tili haqidagi qonun va adabiy til meyorlari. – Oʻzbek tili va adabiyoti, 2016-yil 5-son (oktyabr).
  22. Hiylagarmi yo hiylakor? – O‘zbek tili va adabiyoti, 2016 yil (dekabr). – Z.Allayorova.
  23. Qoʻshimchaning milliy tasnifi va uni oʻqitishga doir muammolar. – Til va adabiyot taʼlimi, 2016-yil , № 9. – B.Bahriddinova.
  24. Yuksalish metodologiyasi haqida oʻylar. – Jahon adabiyoti, 2016-yil, aprel № 4. –. B 151-158.
  25. Davlat tili haqidagi qonun va adabiy til meyorlari. – O‘zbek tili va adabiyoti, 2016-yil, № 5.
  26. Dialektika qonunlarining tilni substansial-pragmatik tadqiq qilishdagi metodologik ahamiyati haqida. – OʻzMU xabarlari, Toshkent, 2017-yil, № 5.
  27. Oʻzbek tilini matematik modellashtirishning nazariy va amaliy asoslari. – Filologiya masalalari, Toshkent, 2018-yil, № 2.
  28. Spirituality in the soul of the language: about linguomaʼnaviyatshunoslik and its perspektives[4]. – American Journal of Research. – USA, Michigan, 2018. – № 9-10. – R.187-198.
  29. Lexical-semantic classification of euphemisms of the feminine gender in the Uzbek language[5]. – Academia Open. Vol 1. No 1. (2019): June Articles, 2019.
  30. Ona tili taʼlimidagi tang holat yoki tildagi „oraliq“ hodisalar haqida. – Til va adabiyot taʼlimi, 2019-yil, № 1.
  31. The Role of the Parallel Corpus in Linguistics, the Importance and the Possibilities of Interpretation. – International Journal of Engineering and Advanced Technology (IJEAT) ISSN: 2249 – 8958, Volume-8, Issue-5S3 July 2019. R. 388-391.
  32. Maʼrifiy adabiyot lingvistik tadqiq metodologiyasi sifatida. – Uzbekistan language & Culture. Alisher Navoʻi Tashkent State Universitety of the uzbek language and literature ISSN 2181-922X; 2019 Vol.1.
  33. Semantic Tag Categories in Corpus Linguistics: Experience and Examination. – International Journal of Recent Technology and Engineering (IJRTE) ISSN: 2277-3878, Volume-8, Issue-3S, October 2019. – R. 208-212.
  34. Problems of language, culture and spirituality in general explanatory dictionaries of Uzbek language[6]. – Inernational Journal of Psychosocial Rehabilitation.
  35. Theoretical fundamentals of uzbek-english parallel corpus[7]. – Journal of critical reviews. – VOL 7, ISSUE 17, 2020, 25.06.2020.
  36. Some issues related to the transfer of english tourism terms in uzbek language. – Journal of critical reviews. –VOL 7, ISSUE 15, 2020.
  37. Linguistic expertise logical and linguistic bases of the concepts „abuse“ and „insult“ in uzbek speech. – Asian Journal of Multidimensional Research. ISSN: 2278-4853 Vol 9, Issue 12, December, 2020. Impact Factor: SJIF 2020 = 6.882.
  38. „Konsept–tushuncha–soʻz“ zanjiri haqida. – Philological research: language, literature, education 2021; 1(1). 7.01.2021. ISNN: 2181-1741 (Print); ISNN: 2181-1725 (Online).
  39. The Morphological Analysis and Synthesis of Word Forms in the Linguistic Analyzer[8]. – Journal of Language and Linguistic Studies, 2021, 17(1). – S. 558-564.
  40. The Morphological Analysis and Synthesis of Word Forms in the Linguistic Analyzer. – Linguistica Antverpiensia, 2021 (1). – S. 703-712.
  41. The main directions of studying terminological vocabulary. – ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal Vol. 11, Issue 2, February 2021.
  42. Methods of linguistic examination by anonymous letters in the uzbek language[9]. – Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities Volume 1, Issue 1.2, May 2021. – R. 101-105.
  43. Til, alifbo, imlo: muammoga ilmiy yechim zarur. – „Til va adabiyot taʼlimi“ jurnali, 2021 yil 5-son. – B.3-5.
  44. Ona tili – davlat mustaqilligi ramzlaridan biridir. – „Til va adabiyot taʼlimi“, 2022 yil 10-son. ‒ B. 3-5.
  45. Linguistic Modeling of Polysemous Words for the Semantic Analyzer of Uzbek Language[10]. – IEEE – UBMK – VII. Uluslararası Bilgisayar Bilimleri ve Mühendisliği Konferansı, 2022. 14-16 September B 545-549.
  46. Anonim yozishmalarda huquqqa aloqador til birliklarining lingvistik tahlili. – „HUQUQ va BURCh“ ijtimoiy-huquqiy, ilmiy jurnal, 2022-yil 10-son /2-8 b.
  47. Some notes on the thematic meta-metric of the national corpus of Uzbek dialects (On the example of dialects using the sound „j“ in Boysun district). – Philosophical Readings XIII. 4 (2021), pp. 3267-3275.
  48. Özbekçe-Türkçe Çekim Eklerinin Karşılaştırılması[11]. – IEEE – UBMK – VII. Uluslararası Bilgisayar Bilimleri ve Mühendisliği Konferansı / 2022, 14-15-16 September. – S. 440-443.
  49. Turkiy tillar lingvodidaktik elektron platformasi. – „Til va adabiyot taʼlimi“, 2022-yil 2-son. ‒ B. 3-4.
  50. Scopus-based bibliometric analysis on corpus linguistics for the period of 2017-2021. – E3S Web of Conferences 413, 03008 (2023) | INTERAGROMASH 2023.
  51. „Maʼrifatparvarlik adabiyoti“ tushunchasining konseptual tizimi. – Innovation science and research. International scientific journal. – volume 1, issue 2, june 2023.
  52. Mumtoz adabiyot mazmunini oʻrganish va oʻrgatish metodikasiga doir muammolar. – „Til va adabiyot taʼlimi“ jurnali. – 2023, 8-son. – B. 3-7.
  53. Janobi mohiyat. – „Tafakkur“ jurnali.-2023, 3-son. – B. 80-86.
  54. Jadidlar unlilar va singarmonizm haqida. – Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(7), July, 2023. – B. 140-153.

Monografiya, darslik va oʻquv qoʻllanmalar

tahrir
  1. Oʻzbek tilining struktur sintaksisi. – Qarshi, „Nasaf“ nashriyoti, 2002.
  2. Oʻzbek tilining struktural sintaksisi. – Toshkent, „Universitet“ nashriyoti, 2004. R.Sayfullaeva, M.Qurbonova, G.Boqieva
  3. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Fonetika. Leksikologiya. Leksikografiya. – Qarshi, QarshiDU nashri, 2004.
  4. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Fonetika. Leksikologiya. Leksikografiya. – Toshkent, „Universitet“ nashriyoti, 2005. R.Sayfullaeva, M.Qurbonova, G.Boqieva.
  5. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Morfologiya. – Qarshi, „Nasaf“ nashriyoti, 2005.
  6. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Morfologiya. – Toshkent, „Universitet“ nashriyoti, 2005. R.Sayfullaeva, M.Abuzalova, G.Boqieva.
  7. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Sintaksis. III qism. – Toshkent, „Universitet“ nashriyoti, 2005. R.Sayfullaeva, M.Abuzalova, G.Boqieva, M.Qurbonova, Z.Yunusova.
  8. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. 1- qism. – Qarshi DU kompyuter markazi. I.Xudoynazarov.
  9. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. 2- qism. – Qarshi DU kompyuter markazi. B.Bahriddinova
  10. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. 3- qism. – Qarshi DU kompyuter markazi. O.Shukurov.
  11. Oʻzbek tilining soʻz tarkibi oʻquv lugʻati. – Toshkent, „Yangi asr avlodi“ nashriyoti, 2007. B.Bahriddinova.
  12. Oʻzbek tili iboralarining oʻquv izohli lugʻati. – Toshkent, „Yangi asr avlodi“ nashriyoti, 2007. M.Xudoyberdieva, O.Boymatova.
  13. Oʻzbek tilining shakldosh soʻzlar oʻquv lugʻati. – Toshkent, „Yangi asr avlodi“ nashriyoti, 2007. Suvonova X., Turdieva G.
  14. Oʻzbek tilining zid maʼnoli soʻzlar oʻquv lugʻati. – Toshkent, „Yangi asr avlodi“ nashriyoti, 2007. Toʻraeva U., Shodmonova D.
  15. Oʻzbek tilining maʼnodosh soʻzlar oʻquv izohli lugʻati. – Toshkent, „Yangi asr avlodi“ nashriyoti, 2007. Shukurov O., Boymatova B.
  16. Oʻzbek tilining soʻzlar darajalanishi oʻquv izohli lugʻati. – Toshkent, „Yangi asr avlodi“ nashriyoti, 2007. Bobojonov Sh., Islomov I.
  17. Oʻzbek tilidan universal qoʻllanma. – Toshkent, „Fan“ nashriyoti, 2007. Oʻ.Xoliyorov.
  18. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. – Toshkent, „Universitet“, 2007. R.Sayfullaeva, G.Bokieva, M.Kurbonova, Yunusova, M.Abuzalova
  19. Yangi pedagogik texnologiya asoslari. – Uslubiy qoʻllanma. Falsafa va huquq instituti nashriyoti, 2007. S.Toshev, F.Boynazaov.
  20. Oʻzbek tilining soʻz yasalishi oʻquv lugʻati. – Toshkent, „Yangi asr avlodi“ nashriyoti, 2008. B.Bahriddinova, Oʻ.Xoliyorov, M.Zaripova, M.Xushvaqtov.
  21. Oʻzbek tilidan universal qoʻllanma. – Toshkent, „Fan“ nashriyoti, 2008. Oʻ.Xoliyorov.
  22. Oʻzbek tili iboralarining oʻquv izohli lugʻati. – Toshkent, „Yangi asr avlodi“ nashriyoti, 2009 (Qayta nashri). M.Xudoyberdieva, O.Boymatova.
  23. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. – Toshkent, „Fan va texnologiyalar“ nashriyoti, 2009. R.Sayfullaeva, G.Boqieva.
  24. Zamonaviy oʻzbek tili. Morfologiya. – Darslik, Toshkent, „Mumtoz soʻz“, 2009. R.Sayfullaeva.
  25. Til yaxlit sistema sifatida. – Monografiya, Toshkent, „Nihol“, 2010.
  26. Ona tili. – Qomus, Toshkent, „Yangi asr avlodi“, 2011. Oʻ.Xoliyorov, X.Qodirova.
  27. Zamonaviy ona tili. – Mavzulashtirilgan lugʻat, Toshkent, „Sharq“ NMAK, 2011. Oʻ.Xoliyorov, X.Qodirova.
  28. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. – Darslik, Toshkent, „Fan va texnologiyalar“ nashriyoti, 2010. R.Sayfullaeva, G.Boqieva.
  29. Oʻzbek tilidan universal qoʻllanma. – Toshkent, „Akademnashr“ nashriyoti, 2011. Oʻ.Xoliyorov.
  30. Zamonaviy oʻzbek tili. Morfologiya. – Darslik, Toshkent, „Mumtoz soʻz“, 2012. R.Sayfullaeva.
  31. Zamonaviy oʻzbek tili. Sintaksis. – Darslik, Toshkent, „Mumtoz soʻz“, 2013. R.Sayfullaeva.
  32. Oʻzbek tilidan universal qoʻllanma. – Toshkent, „Akademnashr“ nashriyoti, 2014. Oʻ.Xoliyorov, N.Abdurahmonova.
  33. Oʻzbek tilidan universal qoʻllanma. – Toshkent, „Akademnashr“ nashriyoti, 2015. Oʻ.Xoliyorov, N.Abdurahmonova.
  34. Modern uzbek language. – Qoʻllanma, Toshkent, „Akademnashr“ nashriyoti, 2015. Oʻ.Yusupov.
  35. Hozirgi oʻzbek tili. – Darslik, Toshkent: „Tafakkur boʻstoni“, 2018.
  36. Ona tili. – Qomus,Toshkent: „Choʻlpon“, 2019.
  37. Hozirgi oʻzbek tili. – Darslik, Toshkent, 2020.
  38. Ona tili. 10-sinf. – Darslik, Toshkent: „Oʻqituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2020.
  39. Korpus lingvistikasi: korpus tuzish va undan foydalanish (amaliy mashgʻulot uchun qoʻllanma) – Globe Edit, 2020. Sh. Xamroeva.
  40. Tilshunoslikning metodologik masalalari. – Monografiya, Globe Edit, 2020. H.Neʼmatov.
  41. Tilshunoslikning falsafiy masalalari. – Monografiya, Globe Edit, 2020. H.Neʼmatov.
  42. Tilshunoslikning amaliy masalalari. – Monografiya, Globe Edit, 2020.
  43. Oʻzbek tilining milliy korpusi. – Monografiya, Toshkent, „Muharrir“ nashriyoti, 2023. Sh. Xamroeva.
  44. Leksikografiya va terminografiya: maʼlumotlar bazasi va semantizatsiyasi. – Monografiya, Toshkent, „Lesson pressm“ nashriyoti, 2023. I.Islomov.
  45. Lingvistik ekspertizada nutq tahlili metodikasi. – Monografiya, Toshkent, „IJOD-PRINT“ MCHJ" nashriyoti, 2023. K.Musulmonova.
  46. Til va maʼnaviyat mushtarakligi: metodologiya va talqin. – Monografiya, Toshkent, „Lesson pressm“ , 2023. F.Yoʻldoshev.

Manbalar

tahrir
  1. Mengliyev, Baxtiyor. Hozirgi o‘zbek adabiy tili, 2009, Toshkent: Fan va texnologiya, 26.08.2009 — 416-bet. ISBN 978-9943-10-208-8. Qaraldi: 2023-yil 12-dekabr.  (Wayback Machine saytida 2022-02-16 sanasida arxivlangan)
  2. Mengliyev, Baxtiyor. O'ZBEK TILIDAN UNIVERSAL QO‘LLANMA, 2008, Toshkent: Fan va texnologiya, 2008 — 430-bet. ISBN 978-9943-09-248-8. Qaraldi: 2023-yil 12-dekabr.  (Wayback Machine saytida 2023-12-12 sanasida arxivlangan)
  3. „O‘zbek tilining milliy va mualliflik korpusi“. Qaraldi: 2023-yil 12-dekabr.
  4. Mengliev, Bakhtiyor Rajabovich; Akhmedova, Mehrinigor Bahodirovna „Spirituality in the soul of the language: about linguoma’naviyatshunoslik and its perspektives“ (inglizcha). American Journal of Research. SOCIAL SCIENCE AND HUMANITIES (30-oktyabr 2018-yil). Qaraldi: 18-dekabr 2023-yil.
  5. Mengliyev, Baxtiyor; Gulnamova, Shakhnoza „Lexical-semantic classification of euphemisms of the feminine gender in the Uzbek language“ (inglizcha). Academia Open. Universitas Muhammadiyah Sidoarjo (19-avgust 2019-yil). Qaraldi: 2023-yil 12-dekabr.
  6. Mengliyev, Baxtiyor; Nigmatova, Lolakhon Hamidovna „Problems of language, culture and spirituality in general explanatory dictionaries of Uzbek language“ (inglizcha). International Journal of Psychosocial Rehabilitation. PsychoSocial (2020-yil). 2023-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-dekabr.
  7. Mengliyev, Baxtiyor; Karimov, Rustam „Theoretical fundamentals of uzbek-english parallel corpus“. TSUULL. JOURNAL OF CRITICAL REVIEWS (25-iyul 2020-yil). Qaraldi: 2023-yil 12-dekabr.
  8. Mengliev, Bakhtiyor; Shahabitdinova, Shohida; Khamroeva, Shahlo; Gulyamova, Shakhnoza; Botirova, Adiba „The Morphological Analysis and Synthesis of Word Forms in the Linguistic Analyzer“ (inglizcha). Journal of Language and Linguistic Studies (2021-yil). Qaraldi: 2023-yil 12-dekabr.
  9. Mengliev, Bakhtiyor Rajabovich; Turaeva, Dildora Anvarovna „Methods of linguistic examination by anonymous letters in the uzbek language“ (inglizcha). Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities. E publicatio PVT LTD Issued Bimonthly (2021-yil). Qaraldi: 2023-yil 12-dekabr.
  10. Mengliev, Bakhtiyor; Gulnamova, Shakhnoza „Linguistic Modeling of Polysemous Words for the Semantic Analyzer of The Uzbek Language“ (inglizcha). IEEE - UBMK. Uluslararası Bilgisayar Bilimleri ve Mühendisliği Konferansı (2022-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 12-dekabr.
  11. Mengliyev, Bakhtiyor Rajabovich; Khamroyeva, Shahlo Mirdjonovna; Eşref, Adalı „Özbekçe-Türkçe Çekim Eklerinin Karşılaştırılması“. TSUULL. Uluslararası Bilgisayar Bilimleri ve Mühendisliği Konferansı (2022-yil). Qaraldi: 2023-yil 12-dekabr.

Havolalar

tahrir