Bofort dengizi — Shim. Muz okeanining Shim. Amerika sohilidagi chekka dengizi. Barrou burni bilan Banks va PrinsPatrik olari oʻrtasida. Maydoni 481 ming kilometer kvadrat, eng chuqur joyi 3749 m, oʻrtacha chuq. 1004 m. Koʻp qismi materik sayozligida joylashgan. Bofort dengiziga Makenzi daryosi quyiladi, dengiz yil boʻyi muz bilan qoplanib yotadi. Ingliz admirali F. Bofort (1774—1857) nomi bilan atalgan.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil