Ekvador
Ekvador, Ekvador Respublikasi – Janubiy Amerikaning shimoli-gʻarbiy qismidagi davlat. Maydoni 283,6 ming km². Aholisi 13,447 mln. kishi ʻ (2002). Poytaxti – Kito shahri. Maʼmuriyjihatdan 21 provinsiyaga boʻlinadi.
Ekvador Respublikasi República del Ecuador
| |
---|---|
Shior: Dios, patria y libertad (Ispancha: Hudo, Vatan va Ozodlik) | |
Madhiya: Salve, Oh Patria | |
Poytaxt | Kito |
Rasmiy til(lar) | Ispancha |
Hukumat | Prezidentlik Respublika |
Rafael Correa Delgado | |
Mustaqillik (Ispaniyadan) | |
• Sana |
24-may 1822 |
Maydon | |
• Butun |
283,560 km2 (72-oʻrin) |
• Suv (%) |
5 |
Aholi | |
• 2002-yilgi roʻyxat |
13,363,593 (65-oʻrin) |
• Zichlik | 47/km2 |
YIM (XQT) | 2005-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$52,770 mil. (76-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$3,949 |
Pul birligi | AQSh Dollar (USD) |
Vaqt mintaqasi | UTC–5/–6 |
• Yoz (DST) |
UTC–5/–6 |
Qisqartma | EC |
Telefon prefiksi | 593 |
Internet domeni | .ec |
|
Davlat tuzumi
tahrirEkvador – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1998-yil 10-avgustda qabul qilingan. Davlat boshligʻi – prezident (2005-yil apreldan Alfredo Palasio), u 4 yil muddatga saylanadi va qayta saylanishi mumkin emas. Qonoʻn chiqaruvchi hokimiyatni Milliy kongress (1 palatali parlament), ijrochi hokimiyatni prezident va u tomonidan tayinlanadigan hukumat amalga oshiradi; prezident hukumatga ham boshchilik qiladi.
Tabiati
tahrirEkvador ekvatorda joylashgan. Shimolida Kolumbiya, janubiy va sharqda Peru bilan chegaradosh. Gʻarbda Tinch okean suvlariga tutash. Tinch okeandagi Galapagos orollari ham Ekvadorga qaraydi. Ekvador hududi tabiiy jihatdan 3 qismga boʻlinadi: Oryente (togʻ oddi tekisliklar), Syerra (And togʻligi) va Kosta (togʻ etagi va Guayas vodiysi pasttekisliklari). Kordilyera togʻlarining ichki yon bagʻirlarida soʻngan (Chimboraso – Ekvador ning eng baland nuqtasi, 6262 m) va harakatdagi (Kotopaxi va boshqalar) vulkanlar bor. Asosiy foydali qazilmalari: neft, tabiiy gaz, oltin, kumush, oltingugurt, toshkoʻmir, marganets, mis va polimetall rudalari. Iqlimi Oryenteda ekvatorial, Syerrada togʻekvatorial, Kostada subeqvatorial Iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura Kito (2800 m balandlik)da 13°, janubida 23° dan 27° gacha. Yillik yogʻin 100 mm dan (jan.da) 6000 mm gacha (And togʻlarining sharqiy yon bagʻirlarida). Yirik daryolari: Guayas, Putumayo, Napo, Tigro. Hududining 75% oʻdshon (asosan, nam tropik oʻrmon). Urmonlarda ayiq, yaguar, yovvoyi mushuk vab. sut emizuvchi hayvonlar yashaydi. Ilon, toshbaqa, echkemar, dengiz iguanasi, timsoh, qush koʻp. Tuproqlari podzollashgan qizil, togʻoʻtloq va allyuvial tuproq. Galapagos, Kotopaxi, Sangay va boshqalar milliy bogʻlari bor.
Aholisi
tahrirAholisining 40% indeyslar (asosan, kechua) va 40% ga yaqini ispanindeys metislari, qolganlari oq tanlilar. Rasmiy til – ispan tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Shahar aholisi 62%. Muhim shaharlari: Kito, Guayakil, Kuenka.
Tarixi
tahrirEkvador hududida qadimdan 16-asr boshlariga qadar indeys qabilalari yashagan. 15-asr oxirida inklar zabt etgan. 1526-yil Ekvador sohiliga ispan konkistadorlari kelib oʻrnashdi. 1531—33 yillarda F. Pisarro boshchiligidagi konkistadorlar ekspeditsiyasi Ekvador hududini egallab oldi. 16-asrning 40-yillarida aholining ispanlarga qarshi qoʻzgolonlari boʻlib oʻtdi. 1563— 1739-yillarda Ekvador Kito audensiyasi nomi bilan Peru vitseqirolligi, 1739—1822-yil larda Yangi Granada vitseqirolligi tarkibida. 1809-yil aholining mustaqillik uchun harakati avj oddi. 1822-yil Ispaniya mustamlakachiligi tugatildi. 1830-yil maygacha Kito viloyati nomi bilan Buyuk Kolumbiya tarkibida boʻddi. 1830-yil mustaqil davlatga aylandi va Ekvador Respublikasi deb nomlandi. Ikkinchi jahon urushi yillari (1939—45) Ekvador fashistik blokdagi davlatlar bilan munosabatlarni uzdi. 1944— 46 yillar hokimiyatga turli partiya va jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat hukumat boshchilik qildi. 1972-yildagi davlat toʻntarishidan soʻng harbiy hukumat mamlakat suverenitetini himoya qilish, iqtisodiyotda davlat sektorini mustahkamlash siyosatini olib bordi. 1979-yildan hokimiyatga fuqarolik hukumati boshchilik qilib kelmoqda. 1945-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 2-yanvarda tan olgan. Milliy bayrami – 10-avgust – Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1809).
Asosiy siyosiy partiya va kasaba uyushmalari
tahrirSoʻl demokratik partiya, 1977-yil tuzilgan; Demokratik partiya, 1979-yil asos solingan; Ekvador Kommunistik partiyasi, 1926-yil tashkil etilgan; Konservativ partiya, 1855-yil tuzilgan; Xalq demokratik partiyasi,1978-yil asos solingan; Radikal liberal partiya, 1878-yil tashkil etilgan; Sotsialxristian partiya, 1951-yil tuzilgan. Ekvador mehnatkashlari konfederatsiyasi, 1944-yil asos solingan; Mehnatkashlarning birlashgan fronti, 1971-yil tashkil etilgan; Ekvador sinfiy tashkilotlar konfederatsiyasi, 1938-yil tuzilgan; Ekvador erkin kasaba uyushma tashkilotlari konfederatsiyasi, 1962-yil asos solingan.
Maʼmuriy boʻlinmalari
tahrirEkvador 24 provinsiyaga (ispancha: provincias), boʻlingan boʻlib, har biri oʻzining maʼmuriy markaziga ega:
Provinsiyallari | Maydoni (km2) | Aholisi(2021)[1] | Markazi | |
---|---|---|---|---|
1 | Azuay | 8,189 | 895,503 | Cuenca |
2 | Bolívar | 4,148 | 211,413 | Guaranda |
3 | Cañar | 3,669 | 285,960 | Azogues |
4 | Carchi | 3,790 | 188,167 | Tulcán |
5 | [[File:|23x15px|border |alt=|link=]] Chimborazo | 5,999 | 528,104 | Riobamba |
6 | Cotopaxi | 6,085 | 494,716 | Latacunga |
7 | El Oro | 5,879 | 724,123 | Machala |
8 | Esmeraldas | 14,893 | 651,917 | Esmeraldas |
9 | Galápagos | 8,010 | 33,769 | Puerto Baquerizo Moreno |
10 | Guayas | 15,927 | 4,446,641 | Guayaquil |
11 | Imbabura | 4,611 | 482,326 | Ibarra |
12 | Loja | 11,100 | 525,984 | Loja |
13 | Los Ríos | 7,100 | 932,593 | Babahoyo |
14 | Manabí | 19,427 | 1,573,950 | Portoviejo |
15 | Morona Santiago | 23,875 | 200,737 | Macas |
16 | Napo | 12,476 | 136,434 | Tena |
17 | Orellana | 21,691 | 163,095 | Puerto Francisco de Orellana |
18 | Pastaza | 29,068 | 117,155 | Puyo |
19 | Pichincha | 9,692 | 3,284,186 | Quito |
20 | [[File:|23x15px|border |alt=|link=]] Santa Elena | 3,696 | 409,810 | Santa Elena |
21 | Santo Domingo de los Tsáchilas | 4,180 | 466,423 | Santo Domingo |
22 | Sucumbíos | 18,612 | 235,537 | Nueva Loja |
23 | Tungurahua | 3,222 | 597,011 | Ambato |
24 | Zamora Chinchipe | 10,556 | 122,921 | Zamora |
The provinces are divided into cantons and further subdivided into parishes (parroquias).
Xoʻjaligi
tahrirEkvador – yirik neft sanoatiga ega boʻlgan agrarindustrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliq ovlash 16,8%, neft va kon sanoati 14,5%, qayta ishlash sanoati 15,3% ni tashkil etadi.
Qishloq xoʻjaligida dehqonchilik yetakchi tarmoq. Ekvador – banan yetishtirish va eksport qilish boʻyicha dunyodagi yetakchi davlatlardan biri (yiliga oʻrtacha 5,32 mln. tonna hosil yigʻib olinadi). Shuningdek, kofe, kakao oʻstiriladi. Shakarqamish, paxta, sholi, kartoshka, makkajoʻxori, bugʻdoy, soya, tamaki ekiladi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy, choʻchqa, parranda boqiladi. Hududiy suvlaridan __ baliq, krevetka, languot ovlanadi. Oʻrmonda qimmatbaho daraxtdan yogʻoch tayyorlanadi, geveya daraxtidan kauchuk olinadi.
Sanoati
tahrirSanoatining yetakchi tarmogʻi – neft qazib olish; tabiiy gaz, mis va qoʻrgʻoshin rudalari, oltin, ku^mush, oltingugurt ham qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 8,2 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, yogʻochsozlik, sellyulozaqogoz, sement korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan.
Transporti
tahrirTransport yoʻlining uzunligi 0,97 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 43,1 ming km. Dengiz savdo flotining tonnaji 504 ming t dedveyt. Yirik portlari: Guayakil, Balao, Esmeraldas. Kito va Guayakidda xalqaro aeroportlar bor. Ekvador chetga neft va neft mahsulotlari, banan, krevetka, kofe, baliq, kakao, shakar chiqaradi. Chetdan sanoat xom ashyosi va yarim fabrikatlar, mashina va jihozlar, qogʻoz, karton, oziq-ovqat oladi. Tashqi savdoda AQSH, Lotin Amerikasi mamlakatlari, Yaponiya bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi – AQSH dollari.
Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madannymaʼrifiy muassasalari
tahrirEkvadorda vrachlar 5 tibbiyot oliy maktabida tayyorlanadi. Mamlakatda 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy bepul taʼlim joriy etilgan. Boshlangʻich va oʻrta maktablarda oʻqish muddati 12 yil (boshlangʻich maktabda 6 yil, oʻrta maktabda 6 yil). Davlat maktablari bilan birga xususiy maktablar ham faoliyat yuritadi. Oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, 20 oliy oʻquv yurti bor. Yiriklari: Kito shahrida Markaziy va Katolik untlar, Kuenka shahridagi universitet. Ekvador akademiyasi, Kito shahridagi tibbiyot fanlari akademiyasi va 20 dan ortiq ilmiy muassasa va jamiyatlarda ilmiy tekshirish ishlari olib boriladi. Kutubxonalari: Markaziy unt, Kito shahridagi milliy va munitsipal, Kuenka shahridagi universitet va munitsipal kutubxonalar. Muzeylari: Mustamlaka sanʼati muzeyi, shahar ʻsanʼat va tarix muzeyi, arxeologiya va etnografiya muzeyi, antropologiya muzeyi, geologiya muzeyi (hammasi Kito shahrida).
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi
tahrirEkvadorda bir qancha gazeta va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: „Bandera roxa“ („Qizil bayroq“, nazariy jurnal, 1940-yillarda asos solingan), „Vistaso“ („Sharq“, 1 oyda 2-marta chiqadigan jurnal, 1957 ydan), „Komersio“ („Savdo“, kundalik gazeta, 1906 ydan), „Letras del Ekuador“ („Ekvador adabiyoti“, oylik adabiy jurnal, 1944-yildan), „Oy“ („Bugun“, kundalik gazeta, 1982-yildan), „Pueblo“ („Xalq“, haftalik gazeta, 1946-yildan), „Ultimas notisias“ („Soʻnggi xabarlar“, kundalik oqshom gazeta, 1938-yildan), „Universo“ („Koinot“, kundalik gazeta, 1921-yildan), „Ekspreso“ („Ekspress“, kundalik gazeta, 1973-yildan). Ekuapress, davlat axborot agentligi, 1982-yil tashkil etilgan. „Asosiason ekuatoriana de radiodifuson“, radiostyalar uyushmasi. 300 ga yaqin tijorat radiostansiya faoliyat yuritadi. Bir qancha tijorat televideniye xizmati, jumladan, „Korporason ekuatoriana de televison“ (1967-yil tuzilgan) xizmati mavjud.
Adabiyoti
tahrirAdabiyoti ispan tilida rivojlanmoqda. Mustamlakachilik davri (16-asr boshi – 19-asr boshi)da tarixiy va diniy asar hamda sheʼrlar yaratildi. Mustaqillik uchun urush yillari „Xunin davridagi gʻalaba. Bolivarga qoʻshiq“ odasi muallifi X. X. Olmedo samarali ijod qiddi. 19-asrning 30-yillaridan asr oxirigacha nasrda romantizm hukmronlik qildi (X. L. Merining „Kumanda“ romani, 1825). 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida sheʼriyat modernizm ruhida rivojlandi, nasrda naturalizm taʼsiri sezildi. X.Ikas va 20-asrning boshqa yozuvchilari irqiy kamsitish sharoitida indeys va metislarning ijtimoiy fojiasini aks etgirdilar. X. dela Kuadra, X. Galyegos Lara, Jorge Queirolo Bravo, E.Xil Xilbert, A.Parexa Diyeskanseko, D.Agilera Malta, P. X. Vera va boshqalar yozuvchilar, X.Karrera Andrade, X. E. Adoum va boshqalar shoirlar oʻz asarlarida xalqning haqqoniy turmushini, uning ijtimoiy ziddiyatlarini keng yoritdilar.
Meʼmorligi va tasvnriy sanʼati
tahrirEkvador indeyslarining qadimiy sanʼati Peruning taraqqiy etgan madaniyati bilan bogʻliq (kulollik, haykalchalar, metall buyumlar, sharqiy rayonlarda tosh istehkomlar). 16-asrdan Ekvadorda shaharlar barpo etilaboshladi. 17— 18-asrlarda binolarbarokko uslubida qurildi (meʼmor A.Rodriges), ular mahalliy anʼanaviy chiroyli oʻyma naqshlar bilan bezatildi. Diniy mazmundagi rang-tasvir (N. X. de Gorivar) va haykaltaroshlik (indeys M.Inli, 18-asr) oʻziga xos. 20-asrning oʻrtalaridan hozirgi zamon meʼmorligi rivojlana boshladi. O.Guayasamin, E. Kingman, D.Paredes kabi rassomlar mehnatkash xalq, asosan, indeyslar turmushini aks etgirdilar. Ekvadorda kulollik, toʻquvchilik, niqoblar yasash, kumushdan buyumlar ishlash, tosh va yogʻoch oʻymakorligi rivojlangan.
Musiqasi
tahrirEkvador xalq musiqasi (kreol va indeys) Boliviya, Peru, Shim. Gʻarbiy Argentina musiqalarining ajralmas qismi sifatida rivojlanib kelmoqda. 19-asrdan professional musiqa shakllandi (kompozitor A.Baldeon va boshqalar). 1870-yil Kito shahrida Milliy konservatoriya ochiddi. 19-asr 2-yarmida kompozitor va musiqashunos P. Traversari, kompozitor va folklorshunos S. L. Mareno, 20-asr 2-yarmida kompozitorlar S. M. Duran, akauka L. va G. Salgado mashhur boʻlgan. Kito va Kuenka shahrilarida konservatoriyalar bor.[2]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |