Harb al-Kirmoniy
Abu Muhammad Harb ibn Ismoil al-Kirmoniy | |
---|---|
أبو محمد حرب بن إسماعيل الكرماني | |
Unvoni | Muhaddis |
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi |
803-yil 190-yil AH |
Vafoti |
893-yil 280-yil AH |
Dini | Islom |
Fuqarolik | Kirmon, Fors |
Era | Abbosiylar xilofoti |
Mazhab | Hanbaliy |
Maktab | Sunniy |
Oqim |
Ahl al-Hadis Ahl al-Asar |
Asosiy qiziqish(lar)i | Hadis, Aqida, Fiqh |
Mashhur ish(lar)i |
Masail al-Sunnah val-Jamoa (yo'qolgan) |
Kasbi | Muhaddis, Faqih |
Abu Muhammad Harb ibn Ismoil al-Kirmoniy (arabcha: أبو محمد حرب بن إسماعيل الكرماني) – muhaddis, hanbaliy mazhabining faqihi, Ahmad ibn Hanbal va Isʼhoq ibn Rahova shogirdlari va izdoshlaridan biri.
Tarjimai hol
tahrirToʻliq ismi Abu Muhammad Harb ibn Ismoil ibn Xalaf Al-Xanzoliy Al-Kirmoniy Al-Sirjoniy[1]. U Kirmonning eng yirik tumanlaridan biri hisoblangan Sirjon tumanida tugʻilgan[2]. Tugʻilgan sanasi aniq emas. Abdul-Boqiy ibn Koniyning yozishicha, Harb ibn Ismoil hijriy 280-yili vafot etgan. Tarixchi, ulamo Al-Zahabiy keltirishlaricha, Al-Kirmoniy taxminan 90 yoshida vafot etgan. Bu maʼlumotga tayansak, u 806- va 815- yillar orasida tugʻilganligi kelib chiqadi. Millati arab.
Ustozlari
tahrirIlm izlab koʻplab mamlakatlarga tashrif buyurgan. Abu Dovud At-Tayalisiy, Abu Bakr Al-Xumaydiy, Abu Ubayd ibn Qosim ibn Salom, Said ibn Mansur, Ahmad ibn Hanbal va Isʼhoq ibn Rahovalardan tahsil olgan. Shuningdek, uning ustozlari orasida Ali ibn al-Madiniy, Sulaymon ibn Harb, Abu Dovud Al-Sijjistoniy, Ahmad ibn Nasir Al-Naysoburiy,Abu Xotim Ar-Roziy, Abu Zuʼra Al-Dimashqiylar bor.
Shogirdlari
tahrirUning mashhur shogirdlariga Abu Muhammad ibn Abu Xotim Al-Marvaziy, Abdurahmon ibn Muhammad ar-Roziy, Al-Qosim ibn Muhamamd Al-Kirmoniy, Iso ibn Muhammad ibn Saidlar kiradi. Undan quyidagilar hadislar rivoyat qilgan: Al-Qosim ibn Muhammad al-Kirmoniy, Abdulloh ibn Ishoq an-Nahovendiy, Abdulloh ibn Yaqub al-Kirmoniy, Abu Xotim Ar-Roziy, Al-Xallol Ahmad ibn Muhammad ibn Xorun va boshqalar.
Ijodi
tahrirMasail
tahrirBu katta kitobdan bugungi kunga kelib faqat ikkita qism saqlanib qolgan xolos.
1-qism: Tahorat bobidan boshlanib namoz bobi bilan yakunlanadi. Uning toʻliqmas qismi Shayx Al-Valid Al-Fariyana tomonidan „Ibn Al-Asir“ nashriyot uyi tomonidan 1434-yili AH bosib chiqarilgan.
2-qism: Nikoh bobidan to kitobni oxirigacha. Qoʻlyozmaning bu qismi ilmiy dissertatsiya sifatida doktorlik maqomini olish uchun „Umm Al-Quro“ Universitetida (Makka, 1442-yil AH) Faiz ibn Ahmad ibn Xomid Xobis tomonidan oʻrganib chiqilgan. Lekin u hali chop etilmagan. Keyinchalik Shayx Nasir As-Salom uning tahriri bilan shugʻullangan, va 1425-yili AH „Ar-Rushd“ nashriyot uyi tomonidan Ar-Riyod shahrida chiqarilgan.
Bu kitob haqida koʻplab ulamolar gapirib oʻtishgan. Xususan:
Ibn Taymiya bu kitob haqida: „Ahmad (ibn Hanbal) va Is’hoq (ibn Rahova) va boshqa ulamolardan turli savollarni (javoblarini) toʻplagan. Bu katta kitob, u (Imom Molikning) Al-Muvatto va shunga oʻxshash kitoblar tarzida yozilgan“[3] deydi.
Ibn Qoyyim al-Javziya shunday deydi: „Harb Al-Kirmoniy, Ahmad va Ish’oqlarni shogirdi. Unda ikkalalaridan ham buyuk masalalarni (javoblari) bor“[4].
Az-Zahabiy: "Harbning „Masail“i – hanbaliylarning eng qimmatli kitoblaridan, va u 2 qismli katta kitob"[5].
Abu Bakr Al-Xallol Harb va uning kitobi haqida: "Hurmatli olim. Abu Bakr Al-Marvaziy menga: "U (Al-Kirmoniy) Abu Abdullohni (Ahmad ibn Hanbal) oldilariga kelganda mening xonamda qoldi, va Abu Abdullohdan eshitganlarini menga „Masail“da yozib berdi" deb, meni uni oldiga borishga undadi. Menga kitoblarni berib, uni oldiga joʻnatdi. Men kitoblar bilan Al-Kirmoniyni oldiga kirdim, u kelganimga xursand boʻldi… Men undan „Masail“ni eshitdim... U menga: „Men oldin tasavvuf bilan shugʻullanar edim, va ilm olishga oʻtmagan edim“ dedi. Va yana menga: "Bu Abu Abdulloh va Ish’oq ibn Rahovalardan 4000ta savol-javob („Masail“), va men ularni tartiblashtirmadim" dedi. U davlatning (oldi) erkaklaridan va faqih edi. Hukmdor esa uni osh qozi etib tayinlagan edi" deydi.
As-Sunna val Jamoa
tahrirHarb Al-Kirmoniy sunnat va aqida masalalarida alohida „Masail“dan tashqari boʻlgan kitob yozgan. As-Sidjziy[6], Ar-Romaxurmurziy[7], Yoqut Al-Xamaviy[8], Abu Abdulloh Muhammad Ar-Roziy[9], Ibn Hojar al-Asqaloniy[10] Harb Al-Kirmoniyni „As-Sunna val Jamoa“ kitobi haqida oʻzlarini kitoblarida taʼkidlab oʻtishgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Mu'jamu al-Buldan — 3/295-bet.
- ↑ Mu'jamu al-Buldan — 4/454-bet.
- ↑ Da'ru at-Ta'arud — 2/22-bet.
- ↑ Ijtimau al-Duyush — 352-bet.
- ↑ Tabaqat al-Xuffaz — 2/613-bet.
- ↑ Al-Harf va as-Savt — 231-bet.
- ↑ Al-Muhaddis al-Fasil — 309-bet.
- ↑ Mu'jamu al-Buldan — 3/296-bet.
- ↑ Mashihatuhu — 167-bet.
- ↑ Fath al-Boriy Sharh Sahih al-Buxoriy — 5/183-bet.