Hisorak suv ombori

Oʻzbekistondagi suv ombori

Hisorak suv ombori — Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidan 35 km uzoqlikda[1] Miroqi shaharchasida joylashdan suv ombori, yirik gidrotexnika inshooti va tabiat maskani sanaladi. 1988-yil qurilishi tugatilib foydalanishga topshirilgan[2].

Hisorak suv ombori
Hisorak suv ombori
Joylashuvi
Mamlakat O‘zbekiston
Koordinatalar 39°01′03″N 67°10′09″E / 39.01749°N 67.16914°E / 39.01749; 67.16914
Map
Hisorak suv ombori xaritada

Tarixi

tahrir

Shahrisabz tumani Miroqi shaharchasidan 1,5 km uzoqlikda joylashgan. Hisorak yirik gidrotexnika inshooti Qashqadaryo viloyatidagi Qashqadaryoning irmogʻi boʻlgan Oqsuv daryosi oʻzanida barpo etilgan. Hisorak suv ombori qurilishi 1983-yilda boshlanib 1988-yillarda yakunlangan. Uni qurishdan maqsad Shahrisabz tumani, Chiroqchi, Kitob tumani va Yakkabogʻ tumanining unumdor yerlaridan foydalanib, qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildorligini oshirish boʻlgan.

Tavsifi

tahrir

Foydalanishga topshirilgan yili sugʻorishga bogʻlangan maydon 46,8 ming km² edi. Suv ombori atrofida dam olish hududi tashkil etilgan boʻlib har yili koʻp sayyohlar tashrif buyurishadi[3]. Suv ombor umumiy hajmi 170 mln m³ boʻlib, foydalaniladigan qismi 161,6 mln m³ tashkil etadi. Hisorak suv omborining atrofi deyarli oʻt bilan qoplangan[4]. Suv ombori shimoldan janubga 1,7 km, sharqdan gʻarbga 4,0 km masofani egallaydi.

Tosh-tuproqli toʻgʻoni uzunligi 666 metr, balandligi 138 metr, suv yuzasi 4,2 km², suv chiqaruvchi inshootning suv oʻtkazish imkoniyati 200 m/s, suv tashlama inshootniki 130 m/s ni tashkil etadi. Hisorak suv ombori toʻgʻon, suv chiqarish, suv tashlama inshootlari, suv keltiruvchi va suv chiqaruvchi kanallar, drenaj tarmoqlari bilan jihozlangan.

Iqlimi

tahrir

Suv omborining iqlimi sovuq va quruq[5]. Oʻrtacha harorat 12 °C ni tashkil etadi. Eng issiq oy iyul boʻlib, harorat 28 °C ni, eng sovuq oy esa yanvarda harorat −8 °C ni tashkil qiladi[6].

Yogʻingarchilik miqdori

tahrir

Oʻrtacha yogʻingarchilik yiliga 886 millimetrni tashkil qiladi. Eng yomgʻirli oy aprel boʻlib, yomgʻir 189 millimetr miqdorida, eng quruq oy avgustda esa 6 millimetr miqdorida tushadi[7].

Oʻrganilinishi

tahrir

2021-yil 15–28-mart kunlari Oʻzbekiston elchixonasi va AQSH armiyasi harbiy muhandislar korpusi (United States Army Corps of Engineers, USACE) bilan erishilgan kelishuv doirasida gidrotexnika inshootlari xavfsiz faoliyatini monitoring qilish boʻyicha koʻp yillik amaliy tajribaga ega boʻlgan amerikalik mutaxassislar, Suv xoʻjaligi vazirligi, „Oʻzbekgidroenergo“ AJ, „Davsuvxoʻjaliknazorat“ davlat inspeksiyasi vakillari bilan birgalikda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida joylashgan „Hisorak“ va „Toʻpalang“ suv omborlarining holatini oʻrganishdi[8].

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 8-iyun kuni suv omborlarini modernizatsiya qilish hamda Surxondaryo viloyatida ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash loyihalariga oid taqdimotida Hisorak va Ohangaron suv omborlarida yillik 22 million kilovatt soat quvvatli 2 ta yangi kichik GES qurilishi belgilangandi[9].

Galereya

tahrir

Yana qarang

tahrir

Adabiyotlar

tahrir

Hisorak suv ombori“,   Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 9-jild (Toʻychi Hofiz — Sharshara). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2005 — 704-bet. 

Manbalar

tahrir