Jasurbek Jaloliddinov (tugʻ. 2002- yil 15-may, Navoiy) – oʻzbek futbolchisi, Oʻzbekiston Super ligasining „Neftchi Fargʻona“ klubi futbolchisi. U The Guardian nashrining „Next Generation 2019“ (Keyingi avlod 2019) roʻyxatiga kiritilgan[1].

Jasurbek Jaloliddinov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jasurbek Jaloliddinov
Tavallud sanasi 15-may 2002-yil (2002-05-15) (21 yosh)
Tavallud joyi Navoiy, Oʻzbekiston
Boʻyi 1.71 cm (12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Neftchi
Raqami 7
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018—2020 Bunyodkor 29 (3)
2020—2021 Lokomotiv Moskva 0 (0)
2020—2021   FC Tambov 0 (0)
2021 Andijon 12 (1)
2021—2023 Lokomotiv Toshkent 22 (1)
2022   Qayrat FK 8 (0)
2023   Olimpik FK 21 (5)
2024— Neftchi 1 (0)
Milliy terma jamoa
2016–2018 Oʻzbekiston U-17 4 (0)
2018–2021 Oʻzbekiston U-20 3 (1)
2019– Oʻzbekiston U-23 15 (5)
2020– Oʻzbekiston 1
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Bunyodkor tahrir

Jasurbek Jaloliddinov 2018-yilning 2-avgust kuni Bunyodkorning asosiy tarkibida Oʻzbekiston Superligasining Qoʻqon-1912 klubiga qarshi oʻyinida[2] debyut qildi va Oʻzbekiston chempionati oliy ligasi tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi (debyut paytida u 16 yoshda edi). 2019-yil 6-aprel kuni Navbahorga qarshi oʻyinda klub safidagi ilk golini urdi[3].

2019-yil oktyabr oyida u The Guardian gazetasi[4] tomonidan tuzilgan 2002-yilda tugʻilgan „Jahon futbolining 60 ta eng yaxshi yosh iqtidori“ roʻyxatiga kiritildi.

Lokomotiv (Moskva) tahrir

2020-yilning 29-iyul kuni Moskvaning „Lokomotiv“ klubiga oʻtdi. „Temiryoʻlchilar“ bilan shartnoma besh yilga moʻljallangan.[5] Ikki oyni klubda oʻtkazgan Jasur hech qachon maydonga tushmadi, zaxirada bor yoʻgʻi 2 oʻyin bor edi. 2021-yilning 26-yanvarida „Lokomotiv“ bilan shartnoma bekor qilingani maʼlum boʻldi[6].

2020-yilning 13-oktyabr kuni Jasurning Tambov klubiga ijaraga berilgani maʼlum boʻldi[7]. Lekin Jasur ham yangi klubida oʻynamadi, 5 ta oʻyinni zaxirada oʻtkazdi[8].

2021-yilning 6-mart kuni u Oʻzbekistonning Andijon klubi bilan 2022-yilning dekabrigacha shartnoma imzoladi. shu yilninmg yozgi transfer oynasi vaqtida Toshkentning „Lokomotiv“ klubi safiga oʻtdi. 2022-yil yangi mavsum oldidan Qozogʻistonning „Qayrat“ klubi safiga oʻtdi.[9] 2022-yilning 7-iyulida Qayrat Jaloliddinovning ijara muddati tugaganini va u Toshkentning „Lokomotiv“ iga qaytganini tasdiqladi[10][11]. 2024-yilgi mavsum oldidan erkin agentga aylangan Jasur Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan[12].

Yutuqlari tahrir

Terma jamoa tahrir

Jaloliddinov futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 2020-yilning 23-fevral kuni Belarusga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan edi.[14]

Xalqaro tahrir

match played 23 February 2020[15]
Terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Oʻzbekiston 2020 1 0
Total 1 0

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

match played 14 May 2022.[16]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Xalqaro Boshqa Jami
Division Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol
Bunyodkor 2018 Oʻzbekiston Superligasi 1 0 0 0 - - - 1 0
2019 20 2 1 0 1 1 - - 22 3
2020 8 1 0 0 - 2[lower-alpha 1] 0 - 10 1
Jami 29 3 1 0 1 1 2 0 0 0 33 4
Lokomotiv Moskva 2020–21 Rossiya Premyer-ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Tambov (ijara) 2020–21 Rossiya Premyer-ligasi 0 0 1 0 1 0
Andijon 2021 Oʻzbekiston Superligasi 12 1 2 1 14 2
Lokomotiv Toshkent 2021 Oʻzbekiston Superligasi 11 1 1 0 12 1
2022 11 0 1 0 11 0
Jami 34 2 5 1 - - - - - - 39 3
Qayrat (ijara) 2022 Qozogʻiston Premyer-ligasi 7 0 0 0 0 0 0 0 7 0
Olimpik 2023 Oʻzbekiston Superligasi 21 5 5 4 0 0 0 0 26 9
Umumiy faoliyat 91 10 11 5 1 1 2 0 0 0 105 16
  1. Appearances in the AFC Champions League

Hayoti tahrir

Jasurbek Jaloliddinov 2022-yil 30-iyun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan „Kelajak bunyodkori“ medali bilan taqdirlandi.

Manbalar tahrir

  1. „⚡️ Jaloliddinov – Osiyoning 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilaridan tuzilgan yil ramziy jamoasida“. 2023-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyun.
  2. „Bunyodkor vs. Kokand-1912“ (inglizcha). Soccerway.com (2-avgust 2018-yil).
  3. „Navbahor vs. Bunyodkor“ (inglizcha). Soccerway.com (6-aprel 2019-yil).
  4. „Next Generation 2019: 60 of the best young talents in world football“ (inglizcha). The Guardian (10-oktabr 2019-yil).
  5. https://www.fclm.ru/ru/publications/news/22475
  6. https://www.fclm.ru/ru/publications/news/23463
  7. https://www.fclm.ru/ru/publications/news/22914
  8. https://fclmnews.ru/russia/102765-zhaloliddinov.html
  9. „Rasman: Jasur Jaloliddinov - "Qayrat" o'yinchisi!“. 2023-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyun.
  10. „Футбольный клуб «Кайрат» покинули два игрока.“ (Russian). fckairat.com. FC Kairat (2022-yil 7-iyul). Qaraldi: 2022-yil 7-iyul.
  11. „Jasur Jaloliddinov "Lokomotiv"ga qaytdi“. 2023-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyun.
  12. „"Нефтчи" Жасур Жалолиддинов трансферини эълон қилди. У билан неча йиллик шартнома тузилди?“ (2023-yil 29-dekabr).
  13. „Ular kubokka juda yaqin kelishgandi...“. 2023-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyun.
  14. „Одноклубник Нурмурадова пополнил ряды московского «Локомотива» | Спорт“.
  15. Andoza:NFT
  16. Jasurbek Jaloliddinov Soccerway saytida


Havolalar tahrir