"Jimjitlik kodeksi" — Zinoviy Royzman tomonidan suratga olingan kriminal detektiv boʻlib, Georgiy Vayner va Leonid Slovinning „Oyning qorongʻu tomonida“ hikoyasi asosida 1990-yilda suratga olingan.[1] Keyinchalik, filmning 2-qismi, „Jimjitlik kodeksi 2: Qora baliq izidan“ nomi bilan suratga olindi.

Jimjitlik kodeksi (Кодекс молчания)
Rejissyor(lar) Zinoviy Royzman
Ssenariynavis(lar) Georgiy Vayner
Leonid Slovin
Zinoviy Royzman
Rollarda Murod Rajabov
Aleksandr Fatyushin
Irina Shevchuk
Nabi Rahimov
Bastakor(lar) Yevgeniy Shiryayev
Studiya(lar) Oʻzbekfilm
Chiqarilgan sanasi 1990
Davomiyligi 261 min.
Mamlakat OʻzSSR
Til rus tilida

Mazmuni tahrir

Filmdagi voqealar rivoji 1980-yilda Jizzax va Toshkent shaharlarida boʻlib oʻtadi. Jizzaxdan uncha uzoq boʻlmagan „Chiroyli“ nomi ostidagi yozgi kafeda Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari, mayor Andrey Pak qurolli hujum qurboni boʻladi. U bilan birga hamkasbi ham voqea joyida halok boʻladi. Ushbu qotillikni tergov qilish chogʻida filmning bosh qahramoni podpolkovnik Toʻra Samatov dastlab viloyat jinoyat qidiruv boshqarmasi boshligʻi lavozimidan ozod etiladi, soʻngra mahalliy jinoiy uyushma tomonidan kuzatuv ostiga olinadi. Ularning jinoiy toʻdasiga restoran direktori, sobiq huquq-tartibot idoralari xodimlari, Oʻzbekiston SSR yuqori martabali amaldorlari va Samatovning boshligʻi, general-mayor Aʼzamovlar kiradi. Filmning kulminatsion nuqtasida, ichki ishlardagi xizmatdan haydalgan Toʻra Samatov, uning doʻsti va isteʼfodagi kapitan Valentin Silov mahalliy ichki ishlar xodimlarining korruptsion hatti-harakatlariga nuqta qoʻyishadi.

Rollarda tahrir

Manbalar tahrir

Tomosha qilish uchun tahrir

Kodeks molchaniya Youtube.com